Reja: Jamiyatni demokratik yangilash strategiyasining olti ustuvor yo'nalishi mazmun-mohiyati. Davlat va jamiyat qurilishi jarayonlarini erkinlashtirish muammolari. Sud-huquq sohasi islohotlari va inson huquq hamda burchlari
Download 126 Kb.
|
1548921602 73910
- Bu sahifa navigatsiya:
- “Kuchli davlatdan – kuchli fuqarolik jamiyati sari”
Bikameralizm, ya'ni ikki palatali tizim zamonaviy demokratik parlamentarizmning sinalgan shakliga aylandi. Aynan shu sabab jahon senatorlarining 2000 yil 14 mart kuni Parijda o'tgan maxsus anjumani ikki palatali parlament mexanizmi, uning demokratik huquqiy davlat, fuqarolik jamiyati tarkib topishidagi o'rni bilan bog'liq fenomenini muhokama qildi. Va bikameralizm mintaqalar, kichik tuzilmalar, olisda joylashgan qismlarning manfaatlariga rioya etilishiga olib kelishi qayd etildi. Ikkinchi palata qonunlar chiqarish jarayonida uchraydigan populizm, lobbizm va engil-elpi, tor doiradagi manfaatlarga qarshi turuvchi qo'shimcha filtr sifatida ish tutadi.
Anjumanda ta'kidlanganidek, ikki palatali tizim ijroiya hokimiyati bilan bir palatali parlament o'rtasidagi ortiqcha tortishuvlarning oldini oladi hamda parlament va hukumat vakolatlarining aralashib ketishiga yo'l qo'ymaydi1. Demokratik huquqiy davlat barpo etishni konstitutsiyaviy maqsad qilib qo'ygan O'zbekistonda ikki palatali parlamentning yuzaga kelishi va professional faoliyat ko'rsatishi uchun tegishli siyosiy - ijtimoiy, siyosiy-huquqiy shart-sharoitlar mavjudligini ta'kidlash mantiqan adolatli bo'ladi. Shuningdek, ikki palatali parlament tashkil etishning yana bir ob'ektiv sababi Komfirqa yakkahokimligiga asoslangan tuzumning ijtimoiy-tarixiy jihatdan ham rasmiy - yuridik jihatdan ham qonuniy halokati, O'zbekistonning demokratik dunyo tajribalariga asoslanib qisqa davrda asrlarga tatigalik o'ziga xos va mos mustaqillik yo'li, shu yo'lning konstitutsiyaviy - huquqiy bazasini yaratilgani bo'ldi. Ayni paytda, O'zbekiston Respublikasida ikki palatali professional parlamentning tuzilishi, qonun chiqaruvchi hokimiyatning kuchayishi xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashlariga ijroiya hokimiyat rahbari bo'lmish hokimiyatlarning raislik maqomini o'zgartirish maqsadga muvofiqligini taqozo etmoqda. Konstitutsiyayuga va tegishli Qonunga ko'ra, Qonun chiqaruvchi hokimiyat, xalq deputatlari Kengashi Qonunlar ijrosini nazorat qilish vakolatiga ega. Madomiki shunday ekan, Kengash raisi hokimning ushbu yo'nalishdagi faoliyatini nazorat qilishi lozim. Amaliyotda hozir shunaqa. Lekin aynan bir kishi - ham hokim va ham Kengash raisi o'zini o'zi qanday nazorat qildi? Joylarda qonunlar ijrosining nazoratsizligi, qonunlarning to'liq ishlamayotganligining asl sabablaridan biri shu emasmi, axir. Shuning uchun Kengash raislarini hokimlardan emas, balki xalq deputatlari ichidan yashirin ovoz bilan saylash amaliyotiga o'tish mantiqan to'g'ri va asosli bo'ladi. Bu mahalliy davlat hokimiyatida qonun chiqaruvchi hokimiyat bilan ijro etuvchi hokimiyat o'rtasidagi bir-birini nazorat qilish va tiyib turish tamoyilining ko'zlangan aniq samaralar berishiga olib kelishi muqarrar. Xalq deputatlari tuman, shahar, viloyat Kengashlari deputatlaridan olti, kishi yuqori palata - Senatga a'zo bo'lishlari, ya'ni senator maqomida faoliyat ko'rsatishlarini esdan chiqarmaslik lozim. Shunday bo'lgan taqdirda amaldagi Konstitutsiyaning 103-moddasiga ham tegishli o'zgarish kiritilishi mantiqan to'g'ri bo'ladi. O'zbekiston 90-yillarning o'rtalarida xalqning insonparvar demokratik huquqiy davlat barpo etish bilan bog'liq konstitutsiyaviy maqsadidan kelib chiqib, davlat va jamiyat qurilishi jarayonlarini tezlashtirish niyatida “Kuchli davlatdan – kuchli fuqarolik jamiyati sari” siyosiy qurilish dasturini ishlab chiqib, uning ijrosini to'liq bajarishga kirishgani, bu islohotlar bugungi kunda o'zining kutilgan natijalarini berayotganligi erkinlashtirish siyosati amaliyoti va samaralari misolida hammaga ma'lum. Ma'lumki, rivojlangan demokratik mamlakatlarda kuchli davlat kuchli hokimiyatga asoslanadi. Kuchli hokimiyatga ega bo'lish aslida davlat boshqaruvi tizimi bilan bog'liq. Bu bevosita davlat boshlig'ining Konstitutsiyaviy maqomiga asoslanadi. Shu jihatdan O'zbekistonda kuchli Prezidentlik boshqaruviga asoslangan demokratik davlat barpo etildi. Shu nutqai nazardan davlat va jamiyatimiz taraqqiyotini demokratik asosda rivojlantirish va erkinlashtirish uchun muhim asoslar bo'lgan umumxalq -Referendumi yakunlari va qabul qilingan Konstitutsiyaviy Qonun maqomi ijrosi bilan bog'liq tashkiliy-huquqiy jarayonlar kuchli davlatni barpo etish, fuqarolik jamiyatini shakllantirish sari tashlangan navbatdagi taqdirilomon qadam bo'ldi. Download 126 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling