Demokratik o'zgarishlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyati
asoslarini shakllantirishning etti ustuvor maqsadi hamda vazifalari
Fuqarolik jamiyatini demokratlashtirishni yanada chuqurlashtirishning yangi sifat bosqichining nazariy metodologik asos-manbasi bo'lib Yo'lboshchimiz Islom Karimov yaxlit siyosiy-huquqiy ta'limotining mushtarak kvintessentsiyasi bo'lmish O'zbekistonda demokratik o'zgarishlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirishning “o'zbek modeli”ning mashhur besh tamoyili hamda jamiyat hayotining barcha sohalarini erkinlashtirish bilan bog'liq mumtoz strategiyasi uzviyligiga botinan vobasta etti ustuvor maqsad - vazifalar kontseptsiyasi xizmat qiladi.2
Islom Karimovning 2002 yil 29-30 avgust kunlari bo'lib o'tgan ikkinchi chaqiriq O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining IX sessiyasida qilgan “O'zbekistonda demokratik yo'nalishlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirishning asosiy yo'nalishlari”3 ma'ruzasida aniq belgilab berilgan ushbu etti ustuvor maqsad va vazifalar o'z teran falsafasi hamda mundarijasi bilan milliy taraqqiyotimizning mashhur besh tamoyili hamda XXI asr boshlaridagi olti ustuvor yo'nalishdan iborat strategiyaning bevosita uzviy mantiqiy davomi, yalpi islohiy yangilanishlarning dasturilamali bo'ldi. Ayni paytda, milliy demokratik kamolotimizning yangi muammolari va ularni bartaraf etish yo'lidagi vazifalar ijrosi bilan bog'liq mexanizmlar kvintesentsiyasi, dasturi bo'ldi.
Xo'sh bu etti ustuvor maqsad-vazifalar maqom-mohiyati nimalardan iborat?
Ularni amalga oshirish yo'llari - mexanizmlari qanday?
“Biz uchun eng asosiy, eng muhim ustuvor maqsad - tengsiz oliy ne'mat -mustaqillikni bundan buyon ham asrab-avaylash, himoya qilish va mustahkamlash bo'lib qolaveradi”, deya Islom Karimov dastlabki vazifani belgiladi.
Mustaqillik osonlikcha qo'lga kiritilmadi. Ne-ne ulug' farzandlarimiz uning uchun aziz jonini tikmadi. Mustaqillikka erishish bir saodat, lekin uni asrab-avaylash, qadriga etib, yanada mustahkamlash o'zgacha saodat. Mustaqillik-huquq, degan qarash taomilga aylandi. Yo'lboshimiz so'zlari bilan aytganda, “Mustaqillik biz uchun, avvalo, o'z taqdirimizcha o'zimiz egalik qilish huquqi, kelajagimizni o'z qo'limiz bilan barpo etish, yurtimiz boyliklaridan faqat xalqimiz va Vatanimiz manfaatlari yo'lida foydalanish demakdir”.
Mustaqillik, ayni paytda bizdan zimmamizga olgan xalqaro majburiyatlarga rioya etish va ularni bajarish, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Nizomi talablariga, xalqaro huquqning umume'tirof etilgan me'yorlariga qat'iy amal qilib yashash mas'uliyati hamdir.
Uzoq-yaqin qo'shnilar bilan samimiy do'stlik, manfaatli hamkorlik asosida yashash, tsivilizatsiya dunyosida o'zimizning betakror o'rnimizni mustahkamlash, qonuniy imidjimizni yanada orttirish uchun tinimsiz intilish va kurash aynan mustaqillik maqomi ekanligini unutmaslik lozim.
Darvoqe, aynan ana shu strategiya mustaqil davlatimizni siyosiy jihatdan rivojlantirish, iqtisodiyotni modernizatsiya qilish, jamiyatni ma'naviy yangilash borasida olib borayotgan barcha islohotlarimizning mezonidir. Xavfsizlik va barqarorlikni, davlatimiz hududiy yaxlitligini, sarhadlarimiz daxlsizligini, fuqarolarimiz tinchligi va osoyishtaligini ta'minlash - ikkinchi ustuvor yo'nalish, deb belgilandi.
O'zbekiston istiqlolning dastlabki kunlaridanoq, xavfsizlik va barqarorlikni to'la ta'minlash orqali demokratik taraqqiyotda izchil davom etishdek, bosh maqsadni davlat siyosatining taqdirilomon strategik yo'nalishga aylantirdi. Prezidentimiz Islom Karimov “O'zbekiston XXI asr bo'sag'asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari” asarida milliy xavfsizlik va mamlakat barqaror rivojlanishining, sifat jihatidan ichki va tashqi muvoziyligini saqlash hamda qo'llab-quvvatlashning mintaqaviy mojarolarning oldini olish, dunyoda siyosiy muvozanatni saqlash, global xavfsizlikni ta'minlash muammolari echimining aniq yo'llarini belgilab berdi.
Xavfsizlik va barqarorlikka tahdidlarning kuchayishlari oldini olish, ularni keltirib chiqargan manbalarni o'z vaqtida aniqlab, ularni zudlik bilan bartaraf etishda O'zbekiston, birinchidan, xavfsizlikning yaxlitligini, uni ta'minlashda butun dunyoning yakdilu yaktan bo'lishi zarurligini, zotan, xavfsizlik chegara bilmas uzluksiz holat, hadsiz – hududsizligi haqiqatini qo'llab-quvvatladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |