Reja: Jinoyatning subyekti va subyektiv tomoni tushinchasi


Jinoyatning obyektiv tomoni


Download 20.52 Kb.
bet2/2
Sana26.01.2023
Hajmi20.52 Kb.
#1126656
1   2
Bog'liq
Jinoyatning subyekti va subyektiv tomoni .

Jinoyatning obyektiv tomoni ijtimoiy-xavfli qilmishning tashqi tomoni bo‘lib, jinoyatning qanday sodir etilganligini ko‘rsatadi. Aynan ijtimoiy xavfli qilmishning tashqi tomoni bir jinoyatni ikkin-chisidan ajratish imkonini beradi, chunki bitta obyektga qilingan tajovo‘z ijtimoiy xavfli qilmishning xususiyati va darajasiga ko‘ra tur-licha bo‘lishi mumkin. Masalan, o‘g‘rilik yashirin sodir etilsa, talon-chilik ochiqdan-ochiq, bosqinchilik esa jabrlanuvchining badaniga shikast yetkazilishiga olib kelgan hujum qilish bilan bog‘liq bo‘ladi. Jinoyatning obyektiv tomoni asosan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi Maxsus qismi moddalari dispozitsiyasi va bandlarida ko‘rsatiladi. Aynan moddaning dispozitsiyasida jinoyatning obyektiv tomoni ta’riflanadi yoki ko‘rsatiladi. Har qanday jinoyat turli harakat, ayrim hollarda esa harakatsizlik orqali sodir etiladi. Masalan, qasddan odam o‘ldirish ko‘pchilik hol-larda faol harakat orqali sodir etiladi (pichoq urish, quroldan o‘q otish, qandaydir narsa bilan qattiq jarohat yetkazish, bo‘g‘ish va hokazolar), ammo xuddi shunday o‘lim harakatsizlik (onaning o‘z chaqalog‘ini qasddan ovqatlantirmasligi, yordamga muhtoj holda yotgan shaxsni yordamsiz qoldirish va boshqalar) natijasida ham kelib chiqishi mum-kin. Ya’ni har qanday ijtimoiy xavfli qilmish harakat yoki harakat-sizlik natijasida sodir etilishi mumkin.
Download 20.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling