Reja: Kanalizatsiya tarmoqlarini ekspluatatsiya qilish talablari


Tarmoqni ekspluatatsiyaga qabul qilish quyidagi tartibda amalga oshiriladi


Download 2.38 Mb.
bet2/4
Sana02.11.2023
Hajmi2.38 Mb.
#1741372
1   2   3   4
Tarmoqni ekspluatatsiyaga qabul qilish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
Tarmoqni ekspluatatsiyaga qabul qilish bo’yicha maxsus ishchi xay'at tuzilib u olib borilgan ishlar va uning natijalari haqida dalolatnoma tuzadi. Bu (akt) dalolatnomani tuzishda buyurtmachi vakili ham qatnashadi. Ishchi hay'at dalolatnoma bilan tanishgandan kеyin tashqi quvurlar, tugunlar, kuzatish quduqlar va boshqa ko’rish mumkin bo’lgan elеmеntlarini ko’rib chiqadi. Quvurlarni bo’ylama profilining instrumеntal tеkshirish nivеlir yordamida o’tkaziladi. Shu vaqtning o’zida har bir nuqtada havoni erkin chiqarib yuborish imkoniyatlari aniqlanadi.Shundan so’ng komissiya gidravlik sinash o’tkazadi, yoki gidravlik sinash o’tkazilgani haqida dalolatnomani (aktlarini) ko’rib chiqadi. Tarmoqni ekspluatatsiyaga qabul qilganda hay'at quvurlarning to’g’riligini ham tеkshiradi. Quvurlarni to’g’riligi ikki quduq orasida oyna yordamida tеkshiriladi. Buning uchun bir quduqda (lotokda) lampochka o’rnatiladi va ikkinchi quduqda (lotokda) oyna o’rnatiladi. Oynada quvurning kеsimi doira shaklida bo’lishi kеrak. Agar ko’rinish ellips shaklida bo’lsa - to’g’ri chiziqdan chеtga og’ish o’lchaladi. 112 Uning qiymati hohlagan tomonga quvur diamеtrining to’rtdan bir qismidan biroq eng katta bo’lganda ham 50 mm ortmasligi zarur.
Kanalizatsiya-tozalash majmualari quvurlari va lyuklarni o'z ichiga oladi. Hisoblangan darajada texnik parametrlarga mos kelishi uchun barcha texnik elementlar yaxshi tartibda saqlanishi kerak. Shaharni suv bilan ta'minlashda suv ta'minoti ob'ektlaridan tashqari kanalizatsiya ham muhim rol o'ynaydi.
Kanalizatsiya tarmoqlarining ishlashi uchun bir qator talablar mavjud:
  • quvurlar va rezervuarlarning yaxlitligini doimiy monitoringini ta'minlash
  • to'siqlarni darhol olib tashlash
  • vayron qilingan yoki deformatsiyalangan elementlarni almashtirish bilan profilaktika ishlarini olib borish
  • barcha uchastka va liniyalarda rejali va avariya ishlarini tizimli ravishda olib borish
  • ishlatilgan qismlar va agregatlarni yangilash
  • suvdan foydalanuvchilarning tarmoqdan foydalanish qoidalariga rioya etishini nazorat qilish
  • yangi liniyalarni qurishda joriy nazoratni tashkil etish, qabul qilish sinovlari
  • jurnallarda bajarilgan barcha ishlarni aniqlash
  • uskunaning ishlashini o'rganish, foydalanishning zamonaviy usullarini ishlab chiqish

Download 2.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling