Reja: Kimyoviy tajribalar vazifalari, o‘qitishni nazorat qilish


Kimyoviy tajribalar ko‘rsatish


Download 91.5 Kb.
bet4/13
Sana14.02.2023
Hajmi91.5 Kb.
#1195937
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
1424104828 60035

3.3. Kimyoviy tajribalar ko‘rsatish.
Tajriba o‘tkazishga yaxshi tayyorlanib, xavfsizligiga alohida e’tibor berish lozim. Agar o‘qituvchi o‘z ishiga e’tibor bilan qarasa, kimyo dasturida ko‘rsatilgan tajribalarning barchasi muvaffaqiyatli chiqadi, bu tajribalarni o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan sharoitini bilmagan o‘quvchilarda ular muvaffaqiyatli chiqmaydi. Probirkada o‘tkazilgan tajriba o‘quvchilarni idrok qilishida qiyinchilikga olib keladi. Shu sababli kattaroq probirkada, kolba, menzurkalarda ko‘rsatish kerak, yirik obyektlarni ko‘rsatish va taqsimlab beriladigan ma’ruza materiallaridan foydalanish katta ahamiyatga ega. O‘qituvchi tajriba qilib ko‘rsatish jarayonida uzoqdan yaxshi ko‘rinmaydigan obyektlarni butun sinfni aylanib ko‘rsatib chiqishi, ayrim holda tajriba obyekti orqasiga oq qog‘oz yoki qora qog‘oz qo‘yib ko‘rsatishi kerak.
Yangi dasturlarga kiritilgan, asosiy maqsadi o‘quvchilar olgan bilimlarni amalda qo‘llash, zaruriy ma’lumotlarni mustaqil topish, tajriba vositasida sifat va mikdoriy masalalar yechish o‘quvini rivojlantirish bo‘lgan amaliyot (praktikum) alohida o‘rin tutadi.
O‘quvchilarning tayyorgarlik darajasi va ularning amaliy vazifalarni mustaqil bajarishga tayyorgarligi turlicha bo‘ladi. O‘quvchilar tajriba aniq turlarining didaktik vazifasi ham bir xil bo‘lmaydi.
O‘quvchilar laboratoriya tajribalarini bajarishda ayniqsa kimyo kursining o‘rganishning boshlanishida ularga o‘qituvchining bevosita ishtiroki va rahbarligi talab qilinadi.
Yuqori sinfda o‘quvchilar tegishli malakalarga ega bo‘lganlaridan keyin o‘qituvchining vazifasi umumiy rahbarlikning o‘zi bilangina cheklanadi.
Amaliy mashg‘ulotlar bajarishda o‘quvchilarning mustaqilligi yanada ortadi. Tajribaviy masalalarni yechishda o‘quvchilar batamom mustaqil bo‘lishlari talab qilinadi.
O‘qitish jarayoni nuqtai-nazaridan o‘quv tajribaning bajarilishi quyidagi bosqichlarni o‘tish zarur:
-tajribaning maqsadini anglash;
-moddani o‘rganish;
-asbob yig‘ish yoki tayyor asbobdan foydalanish;
-tajribani bajarish;
-tajribani tahlil qilish va xulosa chiqarish;
-olingan natijalarni tushuntirish va reaksiya tenglamalarini yozish;
-hisobot yozish.
O‘quvchilar tajribaning har bir shakli, texnikasi, uslubiyoti, uning uchun ajratilgan vaqt va tegishli uskunalarni tanlash kabi ishlarni mustaqil bajarishlari kerak.

Download 91.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling