Reja: Kimyoviy tajribalar vazifalari, o‘qitishni nazorat qilish


– sinf o‘quvchilari uchun


Download 91.5 Kb.
bet13/13
Sana14.02.2023
Hajmi91.5 Kb.
#1195937
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
1424104828 60035

8 – sinf o‘quvchilari uchun:
Ammiak, uglerod (IV) – oksid gazlarini olish va ularni yig‘ish uchun ishlatiladigan eng oddiy asboblarni yig‘ish va tajribalarni o‘tkazish sulfat, ammoniy, nitrat va karbonat ionlariga xos sifat reaksiyalarni bilish va ularni noma’lum modda tarkibida borligini aniqlab bilish, eng muhim mineral o‘g‘itlarni aniqlay bilish, maktab issiq xonasida, yer bo‘limida, tomorqa yerlarida mineral o‘g‘itlar, ularning mahalliy o‘g‘itlar bilan aralashmalari bilan eng sodda tajribalarni o‘tkazish va kuzatishlar olib borish, oltingugurt va uning birikmalaridan qishloq xo‘jalik zararkunandalariga qarshi kurash bo‘yicha ishlarni o‘qituvchi bilan birga bajarish va samarasini kuzatish, ularni ehtiyot choralariga amal qilgan holda tomorqa yerida ham qo‘llashni bilish.
9 – sinf o‘quvchilari uchun:
Ammiak, uglerod (IV) – oksid, atsetilen gazlarini olish va ularni yig‘ish uchun ishlatiladigan eng oddiy asboblarni yig‘ish va tajribalarni o‘tkazish.
Sulfat, ammoniy, nitrat va karbonat ionlariga, organik birikmalarning turli xil sinflariga xos sifat reaksiyalarini bilish va ularning noma’lum modda tarkibida borligini aniqlash.
3.7.Kimyoviy tajribalarni ko‘rsatish vaqtida kimyoviy tajribalarga qo‘yiladigan talablar
Ishlarni bajarish tartibi:.
1. Har bir talaba laboratoriyadan ish daftari tutishi shart. Ish daftari talabaning butun ishini ko‘rsatuvchi asosiy hujjatdir. Ish daftarining muqovasida yoki birinchi sahifasida talabaning familiyasi, ismi, guruhining tartib raqami va laboratoriya mashg‘ulot fanining nomi yoziladi.
2. Ish daftariga laboratoriya ishi quyidagi tartibda yozilishi lozim:.
Ish bajarilgan kun.
Mavzuning nomi.
Ishning mazmuni.
Kuzatish natijalari.
Reaksiya tenglamalari.
Hisoblar va xulosalar.
3. Ish daftaridagi hamma yozuvlar faqat sharikli ruchkada qisqa, aniq, puxta va ketma-ket yoziladi, laboratoriya ishlanmasini va olingan natijalarni ish daftaridan boshqa varaqchalarga yozib olish qat’iyan man etiladi.
4. Zarur bo‘lganda asboblarning rasm va sxemasini puxta chizish lozim.
5. Yangi ishni boshlashdan oldin o‘qituvchi bir necha talaba shu ishning mazmunini qanchalik bilib olganliklarini tekshirib ko‘rishi lozim. O‘qituvchi talabalar nazariy materialni o‘zlashtirib, eksperiment texnikasini tushunib olganliklariga ishonch hosil qilgandan keyingina ishni boshlash uchun ruxsat etadi.
Har bir laboratoriya ishini bajarishdan oldin, talaba oldingi ish yuzasidan hisobot tuzib o‘qituvchiga ko‘rsatganlaridan keyingina, keyingi laboratoriya ishini bajarishlariga ruxsat etiladi.
7. Talabalar tayyorlagan asboblari va sxemalari to‘g‘riligini o‘qituvchi yoki katta laborant tekshirib ko‘rib, ruxsat etgandan keyingina tajriba o‘tkazishga kirishadi.
8. Hamma kuzatish natijalari va xulosalari har qaysi tajribadan keyin ish daftariga qayd qilinadi.
9. Tajribaning borishini diqqat bilan kuzating va uning o‘ziga xos barcha xususiyatlarini tajriba tamom bo‘lishi bilanoq ish daftariga yozib qo‘ying.
10. Ish tamom bo‘lganidan keyin, talaba o‘z ish o‘rnini tartibga keltirishi lozim. Ishning so‘ngida daftarga o‘qituvchining imzosini qo‘ydirib, ish yuzasidan berilgan nazorat savollarga javob berish lozim.
Reaktiv solingan har bir idishga reaktivning nomi, sifati (markasi) va konsentratsiyasi (eritmalar uchun) yozilgan etiketka yopishtirib qo‘yilishi kerak.
Download 91.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling