Reja: Kimyoviy tajribalar vazifalari, o‘qitishni nazorat qilish


- sinf Ko‘rsatiladigan tajribalar


Download 91.5 Kb.
bet8/13
Sana14.02.2023
Hajmi91.5 Kb.
#1195937
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
1424104828 60035

9- sinf Ko‘rsatiladigan tajribalar.
1. Tabiiy ko‘mir, grafit va pista ko‘mir namunalarini ko‘rsatish.
2. Yog‘ochni quruq haydash yo‘li bilan ko‘mir olish.
3. Eritmadagi rangli moddalar va gazlarning ko‘mirga yutilishi.
4. Mis (II)-oksiddan misni ko‘mir yordamida qaytarish.
5. Xuddi shu tajribani ko‘mir o‘rnida uglerod (II)-oksiddan foydalanib o‘tkazish.
Uglerod (IV)-oksidini olish, uning yonishga yordam bermasligi, suv ishqor eritmasi bilan o‘zaro ta’siri.
7. O‘t o‘chirish asbobining nusxasi bilan tanishish va undan yong‘inga qarshi kurashda qanday foydalanish lozimligini ko‘rsatish.
8.Silikat va chinnisozlik sanoatlari mahsulotlari namunalarini ko‘rsatish.
9. Metallarning namunalari bilan tanishish, ularning fizik xossalari (yaltiroqligi, qattiq-yumshoqligi, og‘ir-yengilligi, yassilanuvchanligi, elektr o‘tkazuvchanligi) ni solishtirish.
10.Metallarning fazoviy panjara nusxalari bilan tanishish.
11. Metallarning metalmaslar, suv va kislotalar bilan o‘zaro ta’sirini ko‘rsatuvchi tajribalar.
12. Mis (II)- xlorid va kaliy yodid eritmalarning elektrolizi.
13.Kalsiy va natriy yonganda alanga rangining bo‘yalishi.
14. Natriy va kalsiyning suv bilan o‘zaro ta’sirini namoyish qilish.
15. Kalsiy oksidining suv bilan o‘zaro ta’siri.
1 Kalsiy va bariy ionlarining eritmada borligini aniqlash.
17. Suvning muvaqqat va doimiy qattiqligini yo‘qotish.
18. Alyuminiy sirtidagi oksid pardaning mustahkamligini namoyish qilish.
19. Alyuminiyning konsentrlangan nitrat kislota bilan ta’sirlashmasligini tajribada ko‘rsatish.
20. Amalgamalangan alyuminiy plastinkasining oksidlanishi.
21.Temir va uning oksididan alyuminiy yordamida qaytarish.
22. Metallar yemirilishiga sabab bo‘luvchi omillarni ko‘rsatuvchi tajribalar.
23. Metallarni yemirilishdan saqlashga imkon beradigan omillar.
24. Metanni yonishi.
O‘quv tajribasi.
O‘quvchilar tomonidan bajariladigan o‘quv tajribalari mustaqil ishning bir turidir. O‘quv tajriba ishlari yangi mavzuni o‘rganish, uni tekshirish va puxtalashga qaratilgan hamma bir xil (frontal) tarzda yoki guruhlarga bo‘lib bajariladigan laboratoriya tajribalari va amaliy mashg‘ulotlaridan, dasturning alohida mavzularini o‘rganib bo‘lganidan keyin turli xil tajriba masalalarini yoki amaliyotdan iborat bo‘lishi kerak.
Eng muhim metodik usul-kimyoviy tajribalar qilib ko‘rsatish ham ana shu eksperimentga kiradi. O‘qish jarayonida demonstratsiya ham juda katta rol o‘ynaydi. Laboratoriya ishlari ham ko‘proq ahamiyatga ega, chunki hamma o‘quvchilarga o‘qituvchi ishtirokida ko‘rsatiladi.
Laboratoriya ishlari. Laboratoriya ishlari o‘quvchilarning yangi materialni ancha tushunib idrok etishlari uchun yordam beradigan juda muhim vositalardan biridir. Mavjud dasturga muvofiq laboratoriya rejalari maktabning barcha sinflarida o‘tiladi. 8- sinfda o‘quvchilar daftarlariga yozadigan materialni, o‘qituvchi og‘zaki so‘zlab yozdiradi, yuqori sinflarda esa o‘quvchilar mustaqil sur’atda yozadilar va o‘qituvchi yozilganlarni albatta tekshirishi kerak.

Download 91.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling