Reja: Kimyoviy tajribalar vazifalari, o‘qitishni nazorat qilish


Kimyo o‘qitish jarayonida kimyoviy tajribani tashkil etish, uning turlari


Download 91.5 Kb.
bet2/13
Sana14.02.2023
Hajmi91.5 Kb.
#1195937
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
1424104828 60035

3.2. Kimyo o‘qitish jarayonida kimyoviy tajribani tashkil etish, uning turlari.
Kimyoviy eksperiment va kimyoning nazariy materiali bir – biriga chambarchas bog‘langan bo‘lishi kerak.
Kimyoda eksperimentga boshqa hamma fanlardagidan ko‘ra ko‘proq ehtiyoj tug‘iladi. Kimyoning asosiy qonunlari, nazariyalari va xulosalari dalil – isbotlarga tayanadi.
Ba’zi o‘qituvchilar o‘qitish jarayonida kimyoviy eksperimentdan juda muvaffaqiyatli sur’atda foydalanadilar. Ammo hamma o‘qituvchilar ham kimyoviy eksperimentning o‘qitish jarayonidagi rolini to‘g‘ri tushunavermaydilar.
O‘quvchilar eksperimentdan uni nazariy jihatdan tushunib olishga va umumlashtirishga o‘tishlari, so‘ngra yana eksperimentga o‘tishlari kerak (laboratoriya va ishlab chiqarish amaliyotida), nazariyani tekshirib ko‘rish, to‘g‘ri tushunish va bilib olish uchun ana shunday qilishlari kerak.
Kimyo fanidan eksperiment: laboratoriya ishlari va amaliy mashg‘ulotlardir.
Umumiy o‘rta maktabning 7 – 11 sinflarida kimyo darslari o‘tiladi. Har bir sinfning kimyo darslarida laboratoriya ishi va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkaziladi.
Laboratoriya ishlari darsning nazariy qismi orasida o‘tkaziladi va asosan darsda o‘rgatilayotgan mavzuning biror masalasini aniq bilib olishga qaratilgan bo‘ladi.
Amaliy mashg‘ulotlarning asosiy vazifasi esa maxsus darsda nazariy masalalarni aniq bilib olishdan ko‘ra ko‘proq, o‘quvchilarda kimyoviy eksperiment texnikasi sohasida mustaqil ishlay bilish malakalari hosil qilishdan iboratdir.
Eng muhim metodik usul – kimyoviy tajribalar qilib ko‘rsatish ham ana shu kimyoviy eksperimentga kiradi. O‘qish jarayonida demonstratsiya ham juda katta rol o‘ynaydi. Laboratoriya ishlari ham ko‘proq ahamiyatga ega, chunki hamma o‘quvchilarga o‘qituvchi ishtirokida ko‘rsatiladi.
Laboratoriya ishlari: Laboratoriya ishlari o‘quvchilarning yangi meterialni ancha tushunib idrok etishlari uchun yordam beradigan juda muhim vositalardan biridir. Mavjud dasturga muvofiq laboratoriya rejalari maktabning barcha sinflarida o‘tiladi. 7 – sinfda o‘quvchilar daftarlariga yozadigan narsani og‘zaki o‘qituvchi so‘zlab yozdiradi, yuqori sinflarda esa o‘quvchilar mustaqil suratda yozadilar va o‘qituvchi yozilganlarni albatta tekshirishi kerak.

Download 91.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling