Reja: Kimyoviy va dori moddalar bilan zaharlanish sabablari


Birinchi tibbiy yordam ko`rsatish maqsadida ishlatiladigan nashatir spirti bilan zaharlanish


Download 70 Kb.
bet6/8
Sana05.01.2023
Hajmi70 Kb.
#1079940
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Kimyoviy va dori moddalar bilan zaharlanish

8.Birinchi tibbiy yordam ko`rsatish maqsadida ishlatiladigan nashatir spirti bilan zaharlanish.
Odatda odamni noxosdan qo`rqqanida, hayajonlanganida, biror hashorot chaqqanida hushidan ketish holati ro`y berishi mumkin. Bunday hollarda burniga paxtaga namlangan nashatir spirti hidlatiladi.
Ammo, paxtaga nashatir spirti ko`proq qo`yilgan bo`lsa, uning tomchisi bemorning burniga, labiga, og`ziga kirishi mumkin, hatto tomog`iga, qizilo`ngachiga, me`daga tushishi ham mumkin.Bunday holatda nashatir spirti tekkan joylarning shilliq pardasi kuyadi, ya`ni qizaradi, shishadi, og`riydi, yutinish va nafas olish qiyinlashadi.
9.Perekis vodorod, pergidrol bilan zaharlanish.
Odatda bular dezinfeksiyalovchi moddalar bo`lib, yiringli yaralarga sepiladi.
Ayrim hollarda ehtiyotsizlik tufayli (ko`pincha bolalar) bu moddalarni ho`plab yoki ichib qo`ysa og`iz, tomoq, qizilo`ngach, me`da shilliq pardalarida kuyish va yaralanish yuzaga keladi.Qonga so`rilsa organizmning umumiy zaharlanishi sodir bo`ladi.
Tibbiy yordam: 1.Zudlik bilan tez yordam chaqirish kerak.
2.Tez yordam kelgunicha quyidagi birinchi tibbiy yordam ko`rsatiladi:
- 2-3 stakan sovuq sut ichiriladi, yoki 2 ta xom tuxum suyultirib ichiriladi;
- agar ovozi xirillab nafas olishi qiyinlashsa issiq sodali ingalyatsiya qilinadi (bir choy qoshiq soda 1 stakan qaynoq suvga eritib, unga ozroq zaytun yog`i yoki shaftoli yog`i qo`shib, ingalyatorga quyib burun-tomoqqa purkaladi).So`ngra, bemor boshini baland qilib yo`tqiziladi.
Izoh: 1.Shifokor kelgunicha me`dani yuvish mumkin emas.
2.Yuqorida aytilgan nashatir spirti bilan zaharlanganda ham perekis vodoroddan zaharlanishga o`xhshash yordam ko`rsatilishi mumkin.
10.Radiatsion moddalar bilan zaharlanish va nurlanish kasalligi.
Radiatsion moddalar atom bombasi portlashidan hosil bo`ladi. Shuning uchun radiatsion moddalar bilan zaharlanish kombinatsiyalashgan shikastlanishlarni tarkibiy qismiga kiradi, chunki atom bombasi portlaganda ham travmatik jarohatlanish va atom ionlaridan zararlanish bir vaqtda yuzaga keladi.
Radiatsion moddalar ko`zga ko`rinmaydigan nurlar bo`lib, ular havoga tarqalib, havo tarkibida odamning nafas a`zolariga kiradi, teriga o`rnashadi, suv va ovqat moddalari tarkibida me`da-ichaklarga tushadi.
Radiatsion moddalar odamda nurlanish kasalligini vujudga keltiradi.
Nurlanish kasalligida odam tanasining hamma to`qima-a`zolari zararlanadi. Buning natijasida odamda quyidagi kasallik holatlari yuzaga keladi:
1.Terining ochiq joylarida va shilliq pardalarning nurlangan sohalarida, ya`ni terining yuz, qo`l, bo`yin sohalarida shilliq pardalarning lab, milk, til, burun, ko`z sohalarida qizarish va uzoq tuzalmaydigan yaralar paydo bo`ladi.
Ovqat va suv tarkibida me`da-ichaklarga kirgan radiatsion nurlar bu a`zolarning shilliq pardalarida yallig`lanish va yaralarni hosil qiladi.
2.Radiatsion nurlar qonga so`rilib suyaklarning ko`mik qismida qonning shaklli elementlarini ishlab chiqarilish jarayonini buzilishiga olib keladi.Natijada qon tarkibida eritrotsitlar, leykotsitlar, trombotsitlar soni kamayadi.
Bu esa kamqonlik, gemorragik diatez (qon ketish) kasalliklarini vujudga keltiradi.
3.Radiatsion moddalarning zaharlovchi ta`sirida odam organizmining immun qobiliyati, ya`ni yuqumli kasalliklardan o`zini-o`zi himoya qilish qobiliyati kuchsizlanadi.Buning natigasida odam turli xil yuqumli kasalliklarga beriluvchan bo`lib qoladi, ya`ni gripp, angina, ich terlama, yuqumli gepatit, dizenteriya, pnevmoniya (zotiljam) va boshqa kasalliklar mikrob va viruslari yuqishi bilanoq kasallik yuzaga kelaveradi, chunki bu mikroblarga qarshi organizmning immunitet kuchi past bo`ladi.

Download 70 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling