Reja: Kirish; Amaliyot maqsadi, joyi va muddatlari
Download 69.79 Kb.
|
hisobot Eldor
- Bu sahifa navigatsiya:
- Amaliyot jarayonida ishning tashkil etilishi tavsifi; Dastur bo`limlari bo`yicha bajarilgan ishlarning umumiy tavsifi;
- Amaliyot jarayonida aniqlangan amaliyot ob`yektining rivojlanishiga to`siqlik qilayotgan muammolar;
Reja: Kirish; Amaliyot maqsadi, joyi va muddatlari; Amaliyot ob`yektining tashkil etilishi, rivojlanishi va hozirgi holati; Amaliyot o`tashning bosqichlari, amaliyot jarayonida bajariladigan ishlar ro`yxati; Amaliyot jarayonida ishning tashkil etilishi tavsifi; Dastur bo`limlari bo`yicha bajarilgan ishlarning umumiy tavsifi; Tanishuv amaliyoti jarayonida talaba tomonidan yechilgan amaliy masalalarning umumiy tavsifi; Talaba tomonidan o`rganilgan murakkab vaziyatlarning tahlili; Amaliyot jarayonida aniqlangan amaliyot ob`yektining rivojlanishiga to`siqlik qilayotgan muammolar; Amaliyot joyidan berilgan topshiriqlar va ko`rsatmalarning qisqacha tavsifi; Xulosa va takliflar; Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati: Kirish Surxondaryo viloyatida turizm sohasini yanada rivojlantirish maqsadida Muhtaram Prezidentimizning 2019 yil 6 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3510-sonli qarori bilan qo‘mitaning hududiy boshqarmasi tashkil etildi. Muhtaram Prezidentimizning 2017 yil 16 avgustdagi PQ-3217-sonli qarori bilan tasdiqlangan “2018-2019 yillarda turizm sohasini rivojlantirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar dasturi” xamda turizm sohasini rivojlantirish borasida qabul qilingan 4 ta (PF-5326, PF-5611, PF-5781 PF6002, 75) farmon va 4 ta (PQ-3509, PQ-3510, PQ-3514 va PQ-4095, 135, 104, 232) qarorlari bilan shu sohada faoliyat ko‘rsatayotgan va shu sohaga kirib kelayotgan yangi tadbirkorlik subyektlari hamda xorijiy investorlar uchun katta imkoniyatlar va imtiyozlar yaratib berilmoqda. Men Termiz Davlat Universiteti “Iqtisodiyot va turim” fakulteti “Iqtisodiyot” yo’nalishi 118-guruh 5-kurs talabasi Po’latov Eldor Imomovich Termiz davlat universiteti Rektori A.R.Marahimovning “Bitiruv oldi malakaviy amaliyotiga chiqarish to’grisida”gi buyrug’iga asosan Surxandaryo viloyat “Turizm va Madaniy meros” boshqarmasiga bitiruv oldi malakaviy amaliyotini o’tash uchun yuborildim. Amaliyot kuni 10-okbatrdan 17-dekabrga qadar davom etdi. Tanishuv amaliyotiga borishimdan asosiy maqsad Termiz davlat universiteti “Iqtisodiyot” yo’nalishi oquv jarayonida olgan bilimlarimni va konikmalarimni amaliy kasb faoliyatida chuqurlashtirish, amaliyot boyicha bilim, tashkiliy konikmalarni hosil qilib dastur rejasiga amal etish, amaliyot jarayonida ish sifatimni doimiy takomillashtirib kelgusida yetuk mutaxassislikka ega bolish, “Iqtisodiyot” mutaxassisligiga kasb etikasi tartiblari manfaatlaridan kelib chiqqan holda muammoli masalalar va vaziyatlarni yechish, amaliyot davomida olgan bilimlarimni nazariy bilimlar bilan solishtirib, amaliyot obyekti iqtisodiyotini takomillashtirish bo`yicha mustaqil ravishda takliflar berishdan iboratdir. O'zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo’mitasi Surxondaryo viloyat hududiy boshqarmasida amaliyot o’tadim Manzili:, Surxandaryo viloyati Termiz shahar, Bog’zor mahallasi 30-uy. Telefon raqami: (0 376) 22335 10. Ish vaqti: 09:00 dan 17:00 gacha, tushlik vaqti 13:00 dan 14:00 gacha qilib belgilangan. 2022- yil davomida viloyat Turizmni rivojlantirish boshqarmasi tomonidan amalga oshiriladigan rejalar va istiqboldagi loyihalar. 1). Surxondaryo viloyatining tog'li hududlarida turizmni rivojlantirish bo'yicha bir qator ishlar boshlab yuborilgan. Jumladan, Boysun tumanidagi Omonxona, Darband qishlog'i va Zovboshi tog'li hududini qamrab oladigan Boysun tog' turizmi klasteri, Sariosiyo va Uzun tumanlaridagi Xonjiza tog' tizmalari yonbag'ri hamda Sariosiyo tumanidagi Sangardak qishlog'i hududida Sariosiyo tog' turizmi klasteri faoliyati yo'lga qo'yiladi. Shuningdek, Sherobod tog' turizmi klasteri tarkibiga Shalqon qishlog'i, Xo'jaikon tuz koni atrofi va hududdagi anorzor hamda boshqa mevali bog'-rog'lar kiritiladi. Boysun tumanidagi mashhur “Omonxona” shifobaxsh bulog'ida, Sherobod tumanidagi tuz konida va Oltinsoy tumanidagi Xo'jaipok oltingugurtli suv bulog'i atrofida tibbiyot turizmini rivojlantirish ko'zda tutilgan. O'tgan yili Boysun tumanida Omonxona qishlog'i, Zovboshi tog'li hududlarini o'z ichiga olgan Boysun kichik turizm zonasi tashkil etish bo'yicha Turkiya Respublikasining "IdeaLIST" shaharsozlik, ko'chmas mulk investitsion kompaniyasi bilan tuzilgan shartnomaga asosan, bu maskanning bosh loyihasi ishlab chiqildi. Mazkur loyihaga ko'ra, Boysun tumanining Omonxona qishlog'idan Zovboshi tog'li hududigacha bo'lgan hududda an'anaviy qishloq hayotini aks ettiruvchi 3 ta kichik - madaniy, tibbiy va tabiat turizmi markazlari tashkil etiladi. Madaniy turizm markazida madaniyat markazi, hunarmandchilik san'ati ustaxonalari, masjid, tadbirlar o'tkaziladigan maydon, o'tovlar majmuasi oynali ayvon, avtoturargoh va texnik xizmat ko'rsatish ob'ektlari joylashtiriladi. Tabiat turizmi markazida mehmonxona, savdo, gastronomik va ma'muriy majmualar, tibbiy muassasalar, villalar hamda eko bog'lar joylashtirilsa, tibbiy turizm markazida tog'-dor yo'li bekati, maydon, masjid va mehmonxonalar quriladi. Turizm markazlaritog'-dor yo'liliniyalariorqalio'zarobog'lanadi. Shuningdek, piyoda sayr qilishyo'llari, erkintog'velomarshrutiyo'nalishlaritashkiletiladi. Ushbu loyihani 4 bosqichda 20 yil davomida amalga oshirish belgilangan. Surxondaryo viloyatining tog'li va tog'oldi hududlari o'zining ko'ngilochar, go'zal va betakror manzaralari bilan dunyo ahlida katta qiziqish uyg'otmoqda. Keyingi yillarda mamlakatimizda turizm sohasiga qaratilayotgan alohida e'tibor viloyatning ana shu salohiyatidan yanada unumli foydalanib, iqtisodiyotimizni rivojlantirishda muhim o'rin tutmoqda. Shu bois ham, bu sohaga e'tiborni yanada kuchaytirib, mazkur hududlarni obodonlashtirish, sayyohlarga qulay infratuzilma ob'ektlarini barpo etish bo'yicha ham keng qamrovli ishlar boshlanayapti. Bularning barchasi vohaning turistik salohiyatidan samarali foydalanish hamda tog'li hududlarda yangi ish o'rinlari barpo etib, odamlarni turmush sharoitini yanada yaxshilashga qaratilgani bilan ahamiyatlidir. 2). Yapon bog'i kompleksi Termiz shahrining Baxt bog’i hududida 5.5 gektar yer maydonida tashkil etiladi. Kompleks uch qismdan iborat bo'ladi: Bog', mehmonxona va markaz. Shundan mehmonxona 1220 m.kv., markaz 900 m.kv. maydonda joylashadi, qolgan 2780 m.kv. hudud bog'dan iborat bo'ladi. Yapon bog'ining tuzilishi: Bog'da Yaponiyaning flora dunyosini aks ettiradi. Unda voha iqlimiga mos yapon bexisi, sakura, qizil chinor, shamshut, beriskelet, ispanskiy grob, hind sireni, arab va livan sireni, pal`ma, yuka, agava, rozmarin, chibrets, lavanda, shalfeya, tmin`, ofyanitsa, sosna, mojevel`nik, tuya, kiparus va boshqa o'simliklar ekiladi. Tojikistonning Panj va Vaxsh daryolari quyilishi natijasida hosil bo'luvchi Amudaryo Afg'oniston va O'zbekiston hududlarini ajratib turuvchi tabiiy chegara hisoblanadi. Bog'da mazkur daryolarning timsoli aks etgan arnalar, arnalar ustida yapon uslubidagi ko'prikchalar (baxt, nasiba va cheksizlik ko'priklari), bog' hududi bo'ylab bisetkalar va toshlar bog'i aks ettiriladi. Ushbu tematik bog' O'zbekistondagi ikkinchi yapon bog'i bo'lib, bu kunchiqar mamlakat Yaponiya va serquyosh o'lka O'zbekiston o'rtasidagi madaniy aloqalarni yanayam mustahkamlanishiga xizmat qiladi. Mehmonxona tuzilishi: Unda Yaponiyaning Ryokan uslubidagi mehmonxona tashkil etilib, barcha zamonaviy qulayliklarga ega bo'ladi. Mehmonxona Yaponiya me'morchiligi asosida qurilib, yapon milliy madaniyati ruhida jihozlanadi. Mehmonxona 3-qavat va 100 o'rinli qilib barpo etiladi. Xonalar lyuks, polulyuks va standart appartamentlariga ega bo'ladi. Mehmonxona tarkibida yapon milliy madaniyati va milliy taomlarini targ'ib qiluvchi restoran ham o'rin oladi. Mazkur mehmonxona O'zbekistondagi yaponlarning “Ryokan” uslubida qurilgan yagona mehmonxonaligi bilan ajralib turadi va Termiz shahrining turistik jozibadorligini oshiradi. Xalqaro turizmda faqat besh yulduzli mehmonxonalarda yashaydigan sayyohlar segmenti mavjudligini hisobga olgan holda, Yapon bog'i majmuasi tarkibiga kiruvchi “Ryokan” uslubidagi mehmonhonalar qurishni ko'zda tutish maqsadga muvofiqdir. Chunki, Surxondaryoning mavjud turizm ob'ektlari, betakror tabiati, arxeologiyasi va ziyoratgohlari dunyoning o'rta va yuqori tabaqa vakillari uchun tobora chuqur qiziqish uyg'otayotgani hech kimga sir emas. Tarkibiga Kyudzo Kato ko'rgazmasi kiruvchi Markaziy Osiyo tarixiy-madaniy markazi binosi tuzilishi: Markaz binosi yerto'la va ikki qavatdaniboratbo'lib, umumiy maydoni 2266,56 m.kv., balandligi 13 metrga teng bo'ladi. Binoning yerto'la qismidakafe, suvenirdo'konlarivaboshqaqo'shimchaxonalar, birinchi qavatida koferents-zal, ilmiy tadqiqot laboratoriyasi, kutubxona, fond zaxira xonalari va ilmiy xodimlar uchun xonalar joylashadi, ikkinchi qavati vohaningkushondavrimoddiymadaniyati va yapon professori Kato Kyudzo ishtirokida vohamizhududidantopilganashyolarni aks ettiruvchi ko'rgazma zallaridan iborat bo'ladi. 3). “O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 3 dekabrdagi “Ekoturizmni rivojlantirish va suv omborlarining suvini muhofaza qilish zonalari doirasida yer uchastkalari ajratish tartibini takomillashtirish bo'yicha chora-tadbirlar to'g'risida”gi 978-sonli qaror ijrosini yuzasidan bugungi kunda Viloyat Turizmni rivojlantirish boshqarmasi tomonidan suv omborlarining muhofaza zonasi doirasida ekoturizmni rivojlantirish uchun Termiz tumani «Uchqizil suv Ombori» 1 gektar, Sariosiyo tumani «To'palang suv ombori» 1 gektar hamda Qumkurg'on tumani «Janubiy surxon suv ombori»da 0,5 gektar yer uchastkalari belgilab olindi. Shuningdek, viloyat Turizmni rivojlantirish hududiy boshqarmasi tomonidan 2020 yil 13 yanvar kunidagi suv omborlarining suvini muhofaza qilish zonalari doirasida turizm infratuzilmasi ob'ektlarini joylashtirish rejasini (mehmonxona, motellar, kempinglar, restoran, savdo shahobchalari, turistik axborot markazi, avtoturargoh, dushxona, sanitariya-gigiena shaxobchalari, qutqaruv xizmati, selfi maydonlari va boshqa)o'z ichiga olgan bosh rejasini ishlab chiqish rejalashtirilgan va ushbu reja asosida suv bo'yi infratuzilmasini rivojlantirish ko'zda tutilgan. 4). O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 13 avgustdagi “O'zbekiston Respublikasida turizm salohiyatini yanada rivojlantirish to'g'risida”gi PF-5781-sonfarmonining 5-bandiga muvofiq, Surxondaryo viloyatining “Andijon viloyatining Xonobod shahridan Surxondaryo viloyatining Termiz shahriga bog'langan holda Qoraqalpog'iston Respublikasining Mo'ynoq shahrigacha “O'zbekiston turizm magistrali” turizm transport koridorini tashkil etish” bo'yicha M-39 “Toshkent-Termiz” avtomobil` yo'lining Termiz, Sherobod va Boysun tumanlari hududidan o'tuvchi hamda M-41 “Termiz-Dushanbe” avtomobil` yo'lining Qumqo'rg'on tumanidan o'tuvchi kismlarida mehmonxona, namozgoh, restoran, savdo shohobchalari, avtomobillarga xizmat ko'rsatuvchi markaz, avtoturargoh, sauna-tahoratxona, sanitariya-gigiena shohobchasi hamda selfi maydonlarini o'z ichiga olgan TIR park va turizm komplekslarini tashkil qilish rejalashtirilgan. Dastlabki ishlar Termiz tumanida boshlangan. 5). O'zbekiston Respublikasi Prezidentining2019 yil 5 yanvardagi “Turizm tarmog'ini jadal rivojlantirishga oid chora-tadbirlar to'g'risida”gi PQ-4095-sonli qarori hamda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 9 yanvardagi “O'zbekiston Respublikasining 2020-2022 yillarga mo'ljallangan Investitsiya dasturlarini amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PQ-4563-qaroriga asosan investitsiya loyihalari xisobida 4 ta mexmonxonalar qurish rejalashtirilgan. Download 69.79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling