Reja: Kirish; Amaliyot maqsadi, joyi va muddatlari


Download 69.79 Kb.
bet8/9
Sana05.01.2023
Hajmi69.79 Kb.
#1080165
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
hisobot Eldor

24.12.2019 yil holatiga
I.Xorijiy sayyohlar soni.
Viloyatga joriy yil davomida 114 ta xorijiy davlatlardan 119756nafar xorijiy sayyohlar tashrif buyurgan bo'lib, bu o'tgan yilning mos davriga nisbatan 3,7 baravarga o'sgan.Shu bilan bir qatorda, ichki sayyohlar soni joriy yil davomida 501,8 ming nafarni tashkil etdi, bu ko'rsatgich o'tgan yilga nisbatan 10 baravarga ortganini ko'rsatadi.
II. Mavjud turistik salohiyat.
2019 yil yanvar`-dekabr` oylari davomida jami 77 ta joylashtirish vositalari (578 xona, 1150 o'rin) ishga tushirildi:
- 13 ta mehmonxona (289 xona, 579 o'rin)
- 64 ta oilaviy mehmonxona uyi (289 xona, 571 o'rin)
Viloyatda bugungi kunda 111 ta joylashtirish vositalari faoliyat yuritayotgan bo'lib, shundan 46 ta mehmonxona (1085 xona, 1988 o'rin),65 ta oilaviy mehmon uylari (292 xona, 580 o'rin) tashkil qiladi.
Shuningdek, 24 ta turistik sinfga mansub (572 o'rinli) transport vositalari, shundan, 6 ta mikroavtobuslar, 16 ta avtobus va 2 ta elektromobil, (shundan, 2019 yil yanvar-dekabr oylari davomida viloyatda jami 2 ta avtobuslar sotib olindi)28 ta turoperatorlar hamda 5 ta gid-tarjimonlar tomonidan mahalliy va xorijiy fuqarolarga sayyohlik xizmatlari ko'rsatib kelinmoqda.
Joriy yil davomida xorijiy va mahalliy turistlar uchun 3 ta turizm axborot markazi tashkil etildi, 19 ta yangidan sanitariya-gigiena shohobchalari qurildi, jami 46 ta SGSH bo'ldi, 20 ta turistik ob'ektlarga olib boruvchi yo'l ko'rsatgich belgilari, 7 ta turizm ob'ektlarini o'z ichiga olgan ko'chmas xaritalar o'rnatildi va 28 ta turizm ob'ektlarda Wi-Fi hududi tashkil qilindi, jami 30 ta bo'ldi.
Bundan tashqari, viloyat vakillari tomonidan Rossiya, Belorussiya, Turkiya,Tojikiston, Afg'oniston, Xitoy, Koreya, Yaponiya davlatlarida o'tkazilgan Xalqaro ko'rgazmalarda viloyatning turizm salohiyati namoyish etildi.
III. Turizm infratuzilmasini rivojlantirish, targ'ibot-tashviqot bo'yicha amalga oshirilgan ishlar.
Surxondaryo viloyatida turizm sohasini yanada rivojlantirish maqsadida, 2019 yil yanvar`-dekabr` oylari davomida mahalliy va xorijiy tashabbuskorlar tomonidan umumiy qiymati 4,1 mlrd. so'm (o'z mablag'lari 2.2 mlrd. so'm, bank kreditlari 1.9 mlrd. so'm) miqdoridagi jami 12 ta loyihalar amalga oshirilib, natijada 144 nafar yangi ish o'rinlari yaratildi, Jumladan,- 77 ta joylashtirish vositalari(578 xona, 1150 o'rinli), shundan;
13 ta mehmonxona (jami 289xona, 579 o'rinli), 64 ta oilaviy mehmon uylari (jami 289 xona, 571 o'rinli);
- 2 ta turistik sinfga mansub transport vositalari (2 ta avtobus sotib olindi) sotib olish;
- 1 ta ekoturizm sohasini rivojlantirish bo'yicha;
- 6 ta ta'mirlangan va qayta qurilgan yo'llar bo'yicha;
- 19ta SGSh larini tashkil etish bo'yicha;
- 12 ta turoperatorlik faoliyatini tashkil etish bo'yicha;
- 1 ta muzeylar tashkil etish bo'yicha.
Surxondaryo viloyatida 2019 yilda 3 ta turistik axborot markazlari tashkil etildi va sayyohlarga sifatli xizmat ko'rsatib kelmoqda.
Surxondaryo viloyatining turistik xaritalari, turistik buklet, buklet va broshyuralar ishlab chiqilib, axborot markazlari orqali bepul tarqatilishi yo'lga qo'yildi. Hududning turistik salohiyatini keng reklama qilish maqsadida 100 ga yaqin xorijiy ommaviy axborot vositalari jalb qilinib, targ'ibot ishlari olib borildi.
Ma'lumot uchun: xorijiy davlatlarning, xususan Rossiyaning “Rossiya 24”, “Rossiya kultura”, “Reuters TV”, Turkiyaning “TRT (Turkish Radio and Television) Avaz”, Xitoyning “CNC (China Xinhua News Network Corporation) World” va “BBC” (British Broadcasting Corporation), Portugaliyaning “CBF web Radio” radiokanali, Qatarning “Al-Arab”, Xitoyning “Jingji Rabao” va “Global Times”, Lyuksemburgning “AGEFI Luxembourg” kabi gazetalari, Kanadaning “Diplomat Magazine De Laru”, Serbiyaning “Etnoumlje” jurnallari, sputnik.ru, regnum.ru, ca-news.org, kulturarb.ru, cnwest.com, trtavaz.ru, trend.az, inform.kz, belta.by, strana.ua, yenicag.ru, dailysabah.com, akipress.com, diplomatmagazine.nl, versus.az, miq.az, mediapress.az, ilkxeber.org, factor.uz, altinmiras.com va boshqa xorijiy OAV lari.
Sayyohlar tashrifini yanada mazmunli tashkil etish va ularning hududda ko'proq qolishini ta'minlash maqsadida 5 ta yirik ommaviy tadbirlar, jumladan madaniy, sport, biznes bo'yicha festival va forumlar tashkil etildi.
Ma'lumot uchun: joriy yilning 5-10 aprel kunlari bo'lib o'tgan “Baxshichilik san'ati festivali”, 27-28 aprel` kunlari “Boysun bahori” festivali, 24-25 avgust kunlari “O'zbekiston – buyuk yo'llar va sivilizatsiyalar chorrahasi” nomli xalqaro arxeologiya turizm forumi, 21-22 sentyabr kunlari “Open South International Business Forum” xalqaro biznes-forumi, 2-7 oktyabr` kunlari O'zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun Al-Hakim At-Termiziy xotirasiga bag'ishlangan kurash bo'yicha an'anaviy XIV-Xalqaro turnir.
IV. 2019 yil yakuni va 2020 yillarda kutilayotgan asosiy ko'rsatkichlar2019-2020 yillarda Surxondaryo viloyatini kompleks rivojlantirish Dasturi doirasida Surxondaryo viloyatining turizm sohasini yanada rivojlantirish maqsadida amalga oshirilishi rejalashtirilgan loyihalar.
2019-2020 yillarda umumiy loyiha qiymati 214,5 mlrd. so'm (shundan tashabbuskor mablag'lari 91,1 mlrd. so'm, tijorat banklari krediti 84,4 mlrd. so'm va 4,6 mln. dollar xorijiy investitsiya mablag'lari) miqdoridagi 2157 o'rinli 46 ta mehmonxona qurilishi belgilangan.
Jumladan, Termiz shahrida (673 o'rinli 8 ta), Termiz tumanida (150 o'rinli 3 ta), Boysun tumanida (500 o'rinli 12 ta), Denov tumanida (223 o'rinli 4 ta), Sherobod tumanida (274 o'rinli 8 ta), Sariosiyo tumanida (27 o'rinli 1 ta), Uzun tumanida (70 o'rinli 3 ta), Qiziriq tumanida (40 o'rinli 2 ta), Sho'rchi tumanida (30 o'rinli 1 ta), Oltinsoy tumanida (12 o'rinli 1 ta), Angor tumanida (28 o'rinli 1 ta), Jarqo'rg'on tumanida (30 o'rinli 1 ta) va Qumqo'rg'on tumanida (100 o'rinli 1 ta) mehmonxonalar tashkil etilmoqda.
2019 yilda, ushbu mehmonxonalarning 42 tasi (1942 o'rinli), 2020 yilda, 4 tasi (215 o'rinli) ishga tushirilishi belgilangan.
Bugungi kunda, Dastur doirasida qurilishi belgilangan 46 ta mexmonxonalarning 12 tasi o'z faoliyatini boshlangan qolgan 34 tasida qurilish ishlari davom etmoqda.
Shundan, 2019 yil yanvar`-dekabr` oylari davomida mahalliy va xorijiy tashabbuskorlar tomonidan umumiy qiymati 4,1 mlrd. so'm (o'z mablag'lari 2.2 mlrd. so'm, bank krediti 1.9 mlrd. so'm) miqdoridagi jami 12 ta loyihalar amalga oshirilib, natijada 144 nafar yangi ish o'rinlari yaratildi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 5 yanvardagi “Turizm tarmog'ini jadal rivojlantirishga oid chora-tadbirlar to'g'risida”gi PK-4095 sonli qarorining ilolvasiga muvofiq, Surxondaryo viloyatida 5 ta loyiha yuzasidan amalga oshirilgan ishlar:
Bugungi kunda, 2019 yil davomida mahalliy va xorijiy tashabbuskorlar tomonidan umumiy qiymati 800,0 mln. so'm (o'z mablag'lari 200,0 mln. so'm, bank krediti 6,0 mln. so'm) miqdoridagi jami 5 ta loyihalar amalga oshirilib, natijada 67 nafar yangi ish o'rinlari yaratildi. Bundan tashqari, mazkur qaror ijrosi bo'yicha viloyat xududlarida 50 ta SGShlar qurish uchun yer maydonlari belgilanib, viloyat hokimligi tomonidan manzilli dastur ishlab chiqildi va tasdiqlandi.
Bundan tashqari, 8 ta turistik ob'ektlar ("Jarqo'rg'on minorasi" 1,0 km, “Xo'jaikon tuz g'ori” 5,0 km, "Oqostona bobo" maqbarasi 14,0 km, "So'fi Ollayor" va “Mavlono Muxammad zohid” ziyoratgohi 7,0 km, "Xo'jaipok" ziyoratgohi 30,0 km, “Qoratepa” buddaviylik markazida 1,0 km va “Zurmala” buddaviylik inshoati 1,0 km)ga olib boruvchi 59 km yo'llarni ta'mirlashni yakuniga yetkazish.
Shuningdek, turistlar tashrif buyuradigan va xalqaro yo'l buylarida 20 ga yaqin namunaviy sanitariya-gigiena shahobchalari qurish ishlari amalga oshiriladi.
Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 3 dekabrdagi “Ekoturizmni rivojlantirish va suv omborlarining suvini muhofaza qilish zonalari doirasida yer uchastkalari ajratish tartibini takomillashtirish bo'yicha chora-tadbirlar to'g'risida”gi 978-sonli qarori ijrosini ta'minlash maqsadida “Uchqizil suv ombori” hududida 2020 yilda 1 gektar, “To'palang suv ombori” hududida 2021 yilda 1 gektar hamda “Janubiy surxon suv ombori” hududida 2020 yilda 0,5 gektar yer maydonlarida ekoturizm ob'ektlari tashkil etilishi rejalashtirilgan.
Boysun tumanining Zovboshi tog'li hududida Turkiyaning "IdeaLIST" kompaniyasi tomonidan 20 yillik muddatda 4 bosqichda amalga oshiriladigan turizm zonasining bosh rejasi asosida madaniy, tibbiy va tabiat turizimi ob'ektlari loyihalarini xorijiy va mahalliy investorlarni jalb etgan holda bosqichma-bosqich amalga oshirish boshlanadi.
Surxondaryo viloyatida 2019 yil yanvar`-dekabr` oylarida turizm sohasini rivojlantirish bo'yicha amalga oshirilgan ishlar bo'yicha
H I S O B O T
24.12.2020 yil holatiga:
Surxondaryo viloyatida turizm sohasini yanada rivojlantirish, viloyatimizga xorijiy va mahalliy sayyohlarni yanada ko'proq jalb qilish, turizm sohasida ko'rsatilayotgan xizmatlar sifati va ko'lamini yanada oshirish, soha uchun malakali kadrlar tayyorlash, sayyohlar xavfsizligini ta'minlash bo'yicha Surxondaryo viloyati turizmni rivojlantirish boshqarmasi va viloyat hokimligi hamda mutasaddi idora, tashkilotlar bilan hamkorlikda birqator ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.
1. Viloyatning turistik salohiyati va infratuzilmasi.
1.1. Surxondaryo viloyatida 2018 yilda joylashtirish vositalari soni jami 33 tani,ulardagi xonalar soni 796 tani va o'rinlar soni 1409 tani tashkil qilgan bo'lib, 2019 yil davomida bu ko'rsatkich jami 46 tani, ulardagi xonalar soni 1085 tani, o'rinlar soni 1988 tani tashkil qilgan. 2018 yilga nisbatan 1,3 baravarga o'sishga erishildi.
Shundan: 46 ta mehmonxona (2* yulduzli sinfga mansub 2 ta mehmonxona) (1 085 xona 1988 o'rin), 65 ta oilaviy mehmon uylari (289 xona, 580o'rin), tashkil etadi.
Ma'lumot uchun: Termiz shahrida 18 ta, Termiz tumanida 5 ta, Boysun tumanida 6 ta, Denov tumanida 6 ta, Qumqo'rg'on tumanida 1 ta, Oltinsoy tumanida 1 ta,Sariosiyo tumanida 2 ta, Uzun tumanida 1 ta, Sho'rchi tumanida 4 ta, Sherobod tumanida 2 ta.
1.2. Viloyatda 2018 yil davomida sayyohlik tashkilotlari soni jami 16 tani tashkil etgan bo'lib, bu ko'rsatkich 2019yil davomida 36tani tashkil qilib, 2018 yilga nisbatan1,7 baravarga o'sishga erishildi.
Ma'lumot uchun: Termiz shahrida 28 ta, Termiz tumanida1 ta, Angor tumanida 1 ta, Sherobod tumanida 2 ta, Boysun tumanida 2 ta, Sho'rchi tumanida1 ta, Qumqo'rg'on 1 tadan. 2019 yil yanvar-dekabr`oylari davomida viloyatda jami 20 ta turoperatorlar faoliyatlari yo'lga qo'yildi.
1.3. Surxondaryo viloyatida 2018yil dazamonaviy turistik sinfga mansub avtotransport vositalari soni jami 22 tani tashkil qilgan bo'lib, bugungi kunda viloyatda zamonaviy turistik sinfga mansub avtotransport vositalari soni jami 24 tani tashkil qilib, 2018 yilga nisbatan 1,09 baravarga o'sishga erishildi.
Ma'lumot uchun:14 ta avtobus, 6 ta mikroavtobus va 2 ta elektromobillar mavjud.
2019 yil yanvar-dekabr oylari davomida viloyatda jami 2 ta (2 ta avtobus) zamonaviy turistik sinfga mansub avtotransport vositalari olib kelinib, faoliyati yo'lga qo'yildi.
1.4. Surxondaryo viloyatida 2018yilda tegishli sertifikatlarga ega gid-ekskursavodlarning jami 3tasi faoliyat yuritgan bo'lsa, hozirgi kunda viloyatda 5 ta gid ekskursavodlar sayyohlarga xizmat ko'rsatib kelmoqda.
Ma'lumotuchun: Ingliz 2, rus tili 1, ingliz va rus tillarida 2 nafar tarjimonlar mavjud.
1.5. Bugungi kunda Surxondaryo viloyatida moddiy madaniy meros ob'ektlari 561 tani tashkil qilib, shundan 450 ta arxelogiya ob'ektlari, 30 ta arxitektura ob'ektlari, 39 ta monumental san'at yodgorliklari, 42 ta diqqatga sazovor joylarni hamda bundan tashqari, 3 ta muzeylar tashqil qiladi. Shulardan, 76 tasi turistik namoyish maskanlari hisoblanadi.
1.6. Surxondaryo viloyatida 2019 yil yanvar`-dekabr` oylari davomida turistik axborot markazlar soni jami 3 tani tashkil qilib, sayyohlarga sifatli xizmat ko'rsatib kelmoqda.
Ma'lumot uchun: Termiz tumanida (Termiz xalqaro aeroporti), Termiz shahrida 2 ta (Termiz temir yo'l vokzali, Termiz arxeologiya muzeyi).
1.7. Surxondaryo viloyatida 2018 yildaturistik yo'l ko'rsatkich belgilar soni jami 45 tani tashkil qilgan bo'lib, bugungi kunda viloyatda turistik yo'l ko'rsatkich belgilar soni jami 65 tani tashkil qiladi.
Ma'lumot uchun: Angor tumanida 3 ta, Boysun tumanida 11 ta, Denov tumanida 5 ta, Jarqo'rg'on tumanida 1 ta, Qumqo'rg'on tumanida 3 ta, Muzrabot tumanida 3 ta, Oltinsoy tumanida 3 ta, Sariosiyo tumanida 3 ta, Termiz tumanida 11 ta, Termiz shahrida 15 ta, Uzun tumanida 1 ta, Sherobod tumanlarida 4 ta. 2019 yil yanvar`-dekabr` oylari davomida viloyatda jami 20 ta turistik yo'l ko'rsatkich belgilar sayyohlarga yanada qulaylik yaratish maqsadida o'rnatilgan.
1.8. Surxondaryo viloyatida 2018 yildaturistik xaritalar mavjud bo'lmagan bo'lib, 2019 yilda ushbu ko'rsatkich 7 tani tashkil qiladi.
Ma'lumot uchun: Termiz shahrida 3 ta (Termiz arxeologiya muzeyi, Termiz vokzali, Tarix va madaniyat muzeyi), Termiz tumanida 3 ta (Al-Hakim at-Termiziy ziyoratgohi, Fayoztepa buddizm yodgorligi, Termiz xalqaro aeroporti), Boysun tumanida 1 ta (Omonxona sanotoriyasi). 2019 yil yanvar`-dekabr` oylari davomida viloyatda jami 7 ta turistik xaritalar sayyohlar gavjum buladigan joylarga o'rnatildi.
2. Viloyatga tashrif buyurayotgan xorijiy va mahalliy sayyohlar soni va geografiyasi bo'yicha amalga oshirilgan ishlar.
2.1. Turizm sohasida olib borilgan ishlar natijasida viloyatga 2019 yil yanvar-dekabr oylarida jami 621,556 nafar sayyohlar tashrif buyurib, shundan 119,756 nafar xorijiy sayyohlar va 501,800 nafar mahalliy sayyohlar tashkil etadi.
Viloyatga joriy yil yanvar-noyabr oylarida jami 114 taxorijiy mamlakatlardan sayyohlar tashrifi amalga oshirilgan.

Download 69.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling