Reja: Kirish; Amaliyot maqsadi, joyi va muddatlari


Surxondaryo viloyatining turizm salohiyati to'g'risida umumiy


Download 69.79 Kb.
bet9/9
Sana05.01.2023
Hajmi69.79 Kb.
#1080165
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
hisobot Eldor

Surxondaryo viloyatining turizm salohiyati to'g'risida umumiy
MA'LUMOT





Ko’rsatkich nomi

2015 yil

2016 yil

2017 yil

2018 yil

2019 yil
(24 dekabr holatiga)

1

Sayyohlar soni

42051

49986

58318

82350

621556




Xorijiy sayyohlar soni

7462

8052

9754

32050

119 756




Mahalliy sayyohlar soni

34589

41934

48564

50300

501800

Turizm sohasidagi “startap” loyihalar va innovatsion biznes g'oyalarni, shu jumladan birinchi navbatda turistlar uchun qulayliklar yaratishga yo'naltirilgan axborot dasturlari va xizmatlarini qisman subsidiyalash bo'yicha


YO'RIQNOMA
Mazkur yo'riqnoma O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 28 maydagi “Koronavirus pandemiyasining salbiy ta'sirini kamaytirish uchun turizm sohasini qo'llab-quvvatlashga doir kechiktirib bo'lmaydigan chora-tadbirlar to'g'risida”gi PF-6002-son qarori va Turizmni rivojlantirish davlat qo'mitasining 2020 yil 27 iyuldagi 126-son buyrug'i asosida ishlab chiqildi.
I. Umumiy qoidalar
1.Turizm sohasidagi “startap” loyihalar va innovatsion biznes g'oyalarni, shu jumladan birinchi navbatda turistlar uchun qulayliklar yaratishga yo'naltirilgan axborot dasturlari va xizmatlarini qisman subsidiyalash O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 15 iyuldagi 589-son qarori bilan tasdiqlangan “Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki faoliyatini tashkil etish tartibi to'g'risida” nizom bilan tartibga solinadi.
2.Ajratiladigan jami mablag'lar hajmi 1,5 mlrd so'mni tashkil qiladi.
3.Mazkur Nizom talablaridan kelib chiqqan holda “startap-loyihasi” bu — foyda olish noaniq va moliyaviy tavakkalchilik yuqori bo'lgan sharoitlarda dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari sohasida yangi mahsulot yaratishni yoki xizmatni joriy etishni ko'zda tutuvchi loyihalardir.Loyihalar turistlar uchun qulayliklar yaratish, mavjud turizm ob'ektini qo'shimcha servis xizmatlari bilan to'ldirish va servisni yaxshilashga yo'naltirilgan dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalarini joriy etishni nazarda tutadi. Misol uchun “E-mehmon” va shu kabi mahsulotlar.
Kirish va ichki turizm uchun O'zbekiston Respublikasining turistik mahsulotlari to'g'risida ma'lumot berish va reklama qilish, turmahsulotni sotib olish uchun elektron (sifrovoy) platformani(turistik marketpleys) yaratish bugungi kunda eng muhim vazifalardan hisoblanadi.
Turistik marketpleysni yaratish va shu kabi yangi mahsulotlarnishakllantirish istagida bo'lgan yuridik shaxslarni qidirib topishga e'tibor qaratish lozim.
Eslatma: O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 13 avgustdagi“ O'zbekiston Respublikasida turizm sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PF-5781-son Farmonining 7-bandida nazarda tutilgan masalalar bilan adashtirmaslik talab etiladi. Unga ko'ra, O'zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo'mitasi huzuridagi byudjetdan tashqari Turizm sohasini qo'llab-quvvatlash jamg'armasi mablag'lari hisobidan turizm uchun innovatsion biznes g'oya va startaplarni amalga oshirish maqsadida loyiha tashabbuskorlariga loyiha qiymatining 30 foizi, lekin 100 million so'mdan oshmagan miqdorda grantlar ajratiladi. Turizmni rivojlantirish davlat qo'mitasi tomonidan turizm uchun innovatsion biznes g'oya va startaplar ro'yxatini tasdiqlangan.
4.Turizm sohasiga dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalar joriy etishni xohlovchilar (yuridik shaxslar)avvalo Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari Texnologik parki rezidentiga aylanishlari lozim.
5.O'zbekiston Respublikasi hududida ro'yxatdan o'tkazilgan yuridik shaxslar Texnopark rezidenti maqomini olishga talabgorlik qilishlari mumkin.
II. Yuridik shaxslarning faoliyat turi bo'yicha talablar.
6.Yuridik shaxslar Texnopark rezidenti maqomini olish uchun quyidagi mezonlarga muvofiq bo'lishlari kerak:
- “Kompyuter dasturlashtirish, maslahat berish va boshqa yordamchi xizmatlar”;
- “Ma'lumotlarni joylashtirish va ishlov berish bo'yicha xizmatlar, Web-portallar”;
- “Dasturiy ta'minotni chiqarish”;
- “Boshqa toifalarga kiritilmagan ta'limning boshqa turlari” — faqat axborot
texnologiyalarini o'qitish yo'nalishi bo'yicha.
7.Texnopark rezidenti sifatida ro'yxatdan o'tish uchun ariza beruvchi Texnopark Direktsiyaga (shaxsan o'zi kelib, pochta aloqasi orqali, elektron pochta yoki Direktsiyaning rasmiy veb-sayti orqali) Texnoparkning rezidenti sifatida amalga oshirish taklif etilayotgan biznes-rejani ilova qilgan holda ariza taqdim etadi.
8.Biznes-reja davlat yoki rus tilida taqdim etiladi.
9.Biznes-reja taqdim etilgan vaqtda undagi ko'rsatkichlar va ma'lumotlar dolzarb bo'lishi, asoslantirilgan, tizimlashtirilgan hamda o'zaro bog'liq bo'lishi lozim. Biznes-reja matni qisqa, ammo barcha kerakli ma'lumotlarni olish uchun yetarli bo'lishi kerak. Ariza beruvchi taqdim etilgan ma'lumotlarning ishonchliligini ta'minlashi shart.
III. Biznes-rejaning tuzilishiga bo'lgan talablar Biznes-rejaning tuzilishi quyidagi bo'limlarni o'z ichiga olishi kerak:
1. Loyihaning pasporti;
2. Yuridik shaxs to'g'risida asosiy ma'lumotlar;
3. Yuridik shaxsning loyihasi(lari) to'g'risida ma'lumotlar;
4. Tashkiliy reja;
5. Marketing strategiyasi va sotuv rejasi;
6. Moliyaviy reja;
7. Ilovalar (agar zarur bo'lsa).
IV. Biznes-rejaning tarkibiga qo'yiladigan talablar
10. Loyihaning pasportida quyidagi ma'lumotlar ko'rsatilishi kerak:
1 Korxonaning to'liq nomlanishi
2 STIR
3 IFUT
4 Ro'yxatdan o'tkazilgan sana va raqami
5 Yuridik shaxsning loyihalari ro'yxati (xizmatlar/mahsulotlar)
6 Yuridik shaxsning eksportga yo'naltirilganligi Ha/Yo'q Agar Ha
bo'lsa, Unda mamlakatlar Ro'yxatini keltiriladi
7 Korxonaning yuridik manzili
8 Bog'lanish uchun telefon
9 E-mail

11.“Yuridik shaxs to'g'risida asosiy ma'lumotlar” bo'limida qisqachama'lumot berilishi kerak:



  • Yuridik shaxs tashkil etilganligi to'g'risida ma'lumot;

  • Amalga oshirilayotgan faoliyat turlari;

  • Yuridik shaxsning ta'sischilari;

  • Biznesni rivojlantirish bosqichi;

  • Hamkorlarning mavjudligi (shu jumladan xalqaro) va qo'shma loyihalarsoni;

  • Agar mavjud bo'lsa, xalqaro musobaqalarda ishtirok etganligi va uningnatijalari;

  • Ariza beruvchining fikriga ko'ra, korxona to'g'risida muhim bo'lganboshqa huquqiy ma'lumotlar.

12.“Yuridik shaxsning loyihasi(lari) to'g'risida ma'lumotlar” bo'limidahar bir loyiha (amalga oshirilayotgan yoki rejalashtirilgan, ko'rsatilayotganxizmatlar va mahsulotlar) bo'yicha quyidagi ma'lumotlar ko'rsatilishi kerak:

  • Loyihaning tavsifi, maqsadi va vazifalari;

  • Mahsulot va/yoki xizmat tomonidan hal qilinadigan muammolar.

  • Mahsulotning qo'llanish sohasi/tarmoqlari;

  • Texnologiya va qo'llaniladigan dasturlash tili (ushbu bo'limda loyihaning yangiligi va shunga o'xshash loyihalardan ajralib turadiganxususiyatlari batafsil bayon etiladi). Agar loyiha bir nechtaplatformalar (Windows, IoS, Android)da amalga oshirilayotgan bo'lsa, qaysi birida amalga oshirilgan va kelajakda qaysi biri yaratilishini ko'rsatib o'tishi kerak;

  • Xizmat ko'rsatish jarayoni, shu jumladan funktsional xususiyatlari, ishning boshidan va yakuniy natijaga erishishgacha (yoki mijoz bilan o'zaro munosabatlari) bo'lgan barcha bosqichlari. Agar mavjud bo'lsa,taklif qilinayotgan loyihaning skrinshotlari;

  • Agar mavjud bo'lsa, korxona yoki loyiha haqidagi ma'lumotlar joylashgan veb-resurs ko'rsatiladi (loyiha bilan tanishib chiqish va yuklab olish uchun havolalar);

  • Mahsulotning huquqiy egasi. Agar mahsulot xarid qilinsa, mahsulot huquqi egasi tomonidan foydalanish huquqlarini qaytarish shartlari va xatarlarni ko'rsatib o'tish zarur;

  • Korxonaning maqsadli auditoriyasi (loyiha kim uchunmo'ljallanganligi, iste'molchilarning umumiy guruhi, masalan, kichik va o'rta biznes ko'rsatib o'tilganda, mahsulotni muayyan yuridik shaxsga nisbatan joriy qilish bo'yicha (joriy qilingan yokirejalashtirilayotgan) aniq bir misol tariqasida ma'lumot berilishi kerak);

  • Loyihani amalga oshirish jadvali (loyihani boshidan va qo'yilgan maqsadga erishish bosqichlari bo'yicha ma'lumot beriladi);

  • Monetizatsiya usuli (loyihani amalga oshirishdan qanday qilib daromadolinishi, bir martalik yoki har oylik belgilangan to'lov,foydalanuvchilar sonidan olinadigan daromad yoki sotuvdan foizva boshqalar aks ettiriladi. Shu bilan birga, agarda loyiha veb-portalko'rinishda amalga oshirilsa ariza beruvchi foydalanuvchilardan qandayusulda pul olish amalga oshirilishini ko'rsatib o'tishi kerak)va loyihaning qoplanishi (“moliyaviy ko'rsatkichlar” bo'limidaasoslangan hisob-kitoblar bilan);

  • Axborot xavfsizligi haqida ma'lumot (foydalanuvchilar ma'lumotlarixavfsizligini ta'minlash uchun qo'llaniladigan dasutriy ta'minot,masalan, bank sektorida ishlaydigan yoki foydalanuvchilarga moddiyboyliklar bilan ishlash uchun veb-platforma taqdim etiladigantizimlar uchun tavsiflanadi);

  • Serverlar haqida ma'lumot, agar loyihada katta hajmdagima'lumotlarni saqlash va qayta ishlash nazarda tutilgan bo'lsa(serverlar xarid qilinadimi yoki ijaraga olinadimi va qaerga o'rnatiladi);

Loyihaning qiymati va moliyalashtirish manbalari.
13.Tashkiliy reja biznes-rejaning maqsadlariga va xodimlarning soni esaloyihaning imkoniyatlariga mos kelishi kerak (agar loyiha dasturiy ta'minotniishlab chiqishni nazarda tutsa, tashkiliy tuzilmada dasturchi ko'rsatilishi kerak). “Tashkiliy reja” bo'limi quyidagi asosiy ma'lumotlarni oshkor qilishi kerak: Tashkiliy tuzilma (ariza berilgan vaqtda) ro'yxat yoki sxema ko'rinishda; Ariza berilgan vaqtda har bir lavozim buyicha xodimlar soni va umuman olganda shtat tarkibi;
Xodimlarning asosiy vazifalari;
Agar zaruriyat bo'lsa, tashkiliy rejadagi rejalashtirilayotgan o'zgarishlar (qanday o'zgarishlar rejalatirilayotganligi, o'zgarishlarning sababi (yuzaga kelish shartlari) va taxminiy sanasi);
Xodimlarga, shu jumladan dasturchilarga taklif etilayotgan (rejalashtirilayotgan) ish haqi (bunda ish haqi bozor kon'ekturasiga mos kelishi va bila turib past ish haqini ko'rsatishga yo'l qo'yilmaydi);
14. “Marketing strategiyasi va sotuv rejasi” bo'limi quyidagi ma'lumotlarni o'z ichiga olishi kerak:

  • Bozor hajmi to'g'risida ma'lumot (bozorda taklif etilayotgan mahsulotga bo'lgan jami talab kal`kulyatsiyasi);

  • Raqobat muhitini tahlil qilish (bozorda mavjud bo'lgan analoglarito'g'risida ma'lumotlar);

  • Taklif etilayotgan mahsulot va/yoki xizmatning raqobatbardosh afzalliklari;

  • Marketing strategiyasi (bozorga kirishning bosqichma-bosqich rejasi, reklama kanallari to'g'risidagi ma'lumotlarni inobatga olgan holda, agar loyiha tashqi bozorga mo'ljallangan bo'lsa, unda tashqi bozorlardamarketing strategiyasini qanday qilib amalga oshrilishi yoritiladi);

  • Narx-navo siyosati (asoslangan kal`kulyatsiyasi bilan);

  • Loyihani amalga oshirish modeli (bosqichma-bosqich tavsifi yoki sxemashaklida);

  • Agar mavjud bo'lsa, tovarlar (uskunalar)ning taxminiy xaridlarito'g'risida ma'lumot ko'rsatiladi;

Loyihani amalga oshirish uchun rejalashtirilayotgan xarajatlar.
15. Moliyaviy ko'rsatkichlar bozor kon'yunkturasiga mos kelishi kerak.

  • Eksportga yo'naltirilgan bo'lsa, taqdim etilgan ko'rsatkichlardan eksport ulushiniajratib ko'rsatilishi kerak. “Moliyaviy reja” bo'limida quyidagi ma'lumotlarbo'lishi kerak:

  • Tannarx kal`kulyatsiyasi;

  • Loyihani qoplash kal`kulyatsiyasi va likvidlik nuqtasi;

  • Har bir loyiha bo'yicha moliyalashtirish grafigi;

  • Ish haqi fondi uchun xarajatlar;

  • Pul mablag'lari harakati byudjeti;

  • Daromadlar va xarajatlar byudjeti;

  • Rejalashtirilayotgan materiallar va uskunalarni xarid qilish,shu jumaladan o'z ehtiyoji uchun import qilish to'g'risida ma'lumot;

  • Joriy va oldingi kalendar` yildagi moliyaviy ko'rsatkichlar (har chorakbo'yicha);

  • Keyingi kalendar` yil va keyingi 2 yil uchun moliyaviy prognoz ko'rsatkichlari (har chorak bo'yicha).

16.Ilovada biznesni rejalashtirishni amalga oshirishda asos bo'ladigan hujjatlar, shuningdek yuridik shaxsning loyihasini baholay olish uchun zarur bo'lgan boshqa maxsus ma'lumotlar keltiriladi. Biznes-rejada ko'rsatilgan ma'lumotlarning to'g'riligiga binoan yuridik shaxsga taqdim etilgan soliq va bojxona imtiyozlar berilganligi uchun javobgarlik ariza beruvchiga yuklatiladi.
Xulosa va takliflar.
Xulosa o`rnida shuni ta`kidlash joizki men “Iqtisodiyot va Turizim” fakulteti “Iqtisodiyot” yonalishi 118-guruh 5-kurs talabasi Po’latov Eldor Imomovich 10 haftalik biriruv oldi malakaviy amaliyotimni O'zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo’mitasi Surxondaryo viloyat hududiy boshqarmasiga o`tkazdim va shu vaqt davomida dars jarayonlarimda nazariy olgan bilimlarimlarim va ko`nikmalarimni mustahkamladim. Amaliyot o`tash mobaynida o`zimga kerakli bilimlarni egalladm.
Turizmning ichki tartib qoidalari, ishning bajarilish tartibini menga amaliyot rahbari qilib biriktirilgan X. Sulaymonov tomonidan o`rgandim. Tanishuv amaliyotini o`tash bo`yicha tuzilgan dastur asosida mavzularni o`zlashtirdim. Turizmdagi yuridik va jismoniy shaxslar uchun beriladigan imtiyozlar tartiblarini amaliyotim davomida o`rgandim va shu mavzular bo`yicha yetarlicha boshlang`ich ko`nikmalarga ega bo`ldim.



Download 69.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling