Reja: Kirish; Amaliyot maqsadi, joyi va muddatlari


Download 69.79 Kb.
bet5/9
Sana05.01.2023
Hajmi69.79 Kb.
#1080165
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
hisobot Eldor

MA'LUMOT
Xorijiy sayyohlar soni Viloyatga 2022 yil yanvar-iyun davomida 60 ta xorijiy davlatlardan 4266 nafar xorijiy sayyohlar tashrif buyurgan bo'lib, bu o'tgan yilning mos davriga nisbatan 0.47 baravarga pasaygan.
Shu bilan bir qatorda, ichki sayyohlar soni joriy yil davomida12016 ming nafarni tashkil etdi, bu ko'rsatgich o'tgan yilning mos davriga nisbatan 0.59 baravarga pasayganiniko'rsatadi.O'zbekiston Respublikasiga Koronavirus pandemiyasi kirib kelganligi sababi ko'rsatkich pasaygan. Mavjud turistik salohiyat.
2020 yilda 111 ta joylashtirish vositalari faoliyat yuritayotgan bo'lib, shundan 46 ta mehmonxona (1085 xona, 1988 o'rin), 65 ta oilaviy mehmon uylari (292 xona, 580 o'rin) tashkil qiladi.
2021 yil yanvar-iyun oylari davomida 119 ta joylashtirish vositalari faoliyat yuritayotgan bo'lib, shundan 51 ta mehmonxona (1151 xona, 2279 o'rin), 69 ta oilaviy mehmon uylari (308 xona, 620 o'rin) tashkil qiladi.
Bugungi kunda, Oltinsoy tumanidagi “Xo'jaipok” ma'danli shifobaxsh buloq suvi quvur orqali 25,7 km uzoqlikdan tuman markaziga tortib kelindi va 200 o'rinli sog'lomlashtirish sanatoriyasi barpo etildi.Shuningdek, 2020 yilda 28 ta turoperatorlar hamda 5 ta gid-tarjimonlar tomonidan mahalliy va xorijiy fuqarolarga sayyohlik xizmatlari ko'rsatib kelgan.2021 yil yanvar-fevral oylari davomida 38 ta turoperatorlar hamda 5 ta gid-tarjimonlar tomonidan mahalliy va xorijiy fuqarolarga sayyohlik xizmatlari ko'rsatib kelinmoqda.
Bundan tashqari, mahalliy va xorijiy turistlarga qulayliklar yaratish maqsadida, 35 ta yo'l bo'yi yoqilg'i quyish shahobchalariga Wi-Fi nuqtalaritashkil etildi.
Hozirgi kunda, pandimeniya sababli yashil va sariq hududlarda turistik infratuzilmalari va ziyoradgohlari sanitariya gigiena qoyidalariga qatiq amal qilgan xolda o'z faoliyatini boshlagan.
Yanvar-iyun oylarida mahalliy sayyohlar jami soni 15558 ming nafar (mexmonxonaga tunab qolganlaroni 12016ming nafar, birkunda kelib kaytib kelganlar soni 3542 ming nafar) takil etgan.
Boysun tumani “Bibishirin” mahallasida joylashgan “Amfiteatr Muzeyi” hunarmandchilik markaziga aylantirilganligi bu esa mahalliy fuqarolarning o'zini-o'zi band qilish va ishlab chiqarilgan mahsulotlari bilan maxalliy va xorijiy sayyohlarni jalb qilinmoqda.Turizm solohiyatiga ega bo'lgan mahallalarning imkoniyatlarini baholash mezonlari asosida eng yuqori turizm salohiyatga va imkoniyatlariga ega bo'lgan fuqorolar yig'inlarga “Turizm maxallasi”, “Turizm qishlog'i” yoki “Turizm ovuli” maqomini berish bo'yicha viloyat turizm boshqarmasi tomonidan targ'ibot ishlari muntazam o'tkazib kelinmoqda. 2020 yil yakuni va 2021 yillarda kutilayotgan asosiy ko'rsatkichlar 2020-2021 yillarda Surxondaryo viloyatini kompleks rivojlantirish Dasturi doirasida Surxondaryo viloyatining turizm sohasini yanada rivojlantirish maqsadida amalga oshirilishi rejalashtirilgan loyihalar. 2021-2022 yillarda umumiy loyiha qiymati 288,3 mlrd. so'm (shundan tashabbuskor mablag'lari 161,7 mlrd. so'm, tijorat banklari krediti 111,2 mlrd. so'm va 7,6 mln. dollar xorijiy investitsiya mablag'lari) miqdoridagi 2758 o'rinli 63 ta mehmonxona qurilishi belgilangan. Jumladan, Angor tumanida (28 o'rinli 1 ta), Boysun tumanida (350 o'rinli 13 ta), Denov tumanida (323 o'rinli 7 ta), Jarqo'rg'on tumanida (30 o'rinli 1 ta), Qiziriq tumanida (40 o'rinli 2 ta), Qumqo'rg'on tumanida (172 o'rinli 3 ta), Muzrabot tumanida (42 o'rinli 2 ta), Oltinsoy tumanida (257 o'rinli 3 ta), Sariosiyo tumanida (115 o'rinli 3 ta), Termiz tumanida (258 o'rinli 6 ta), Termiz shahrida (786 o'rinli 10 ta), Uzun tumanida (67 o'rinli 3 ta), Sherobod tumanida (200 o'rinli 6 ta), Sho'rchi tumanida (90 o'rinli 3 ta), va mehmonxonalar tashkil etilmoqda. 2020 yilda, ushbu mehmonxonalarning 50 tasi (2286 o'rinli), 2021 yilda 13 tasi (472 o'rinli) ishga tushirilishi belgilangan.Bugungi kunda, 18 tasi qurilishini yakunlangan.O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 21-sentyabrdagi “Yo'l bo'yi va turistik infratuzilmani yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi 793-sonli qarorining ijrosini ta'minlash maqsadida viloyat hokimining 2019 yil 25-sentyabrdagi Q-477-sonli qaroriga asosan (viloyat hokimining birinchi o'rinbosari tomonidan viloyat Ishchi guruh a'zolariga yuborgan 2019 yil 9-oktyabrdagi 03-03/3191-sonli xati va reja grafiklari) tuzilgan ishchi guruh bilan birgalikda Surxondaryo viloyati, “Avtomobillarga gaz to'ldirish kompressor stantsiyalari (AGTKS), Avtomobillarga gaz quyish stantsiyalari (AGQS) hamda Avtomobillarga yoqilg'i quyish stantsiyalari (AYOQS)ning sanitariya-gigiena shahobchalarini mavjudligi, sanitariya va shaharsozlik normalari hamda qoidalari talablariga muvofiqligi bo'yichaIshchi guruh tomonidan 2020 yil 10 mart kunidan 13 mart kunigacha viloyat -gigiena shahobchalari 3 marotalab xatlovdan o'tkazilib, tegishli dalolatnomalar tuzildi.
Xatlov hududidagi jami 208 ta shahobchalar (AGTKS 39 ta, AGQS 76 ta, AYOQS 93ta,) sanitariya natijasida, yangidan qurilganlar 63 ta, qayta ta'mirlanganlar 10 ta, qurilishi tugallanmagan 81 ta, talabga javob bermaydigan 53 ta xolatlari aniqlandi.
Viloyat hokimining 2019 yil 7 dekabr kunidagi “O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 13 avgustdagi “O'zbekiston Respublikasida turizm salohiyatini yanada rivojlantirish to'g'risida”gi PF-5781-son farmonining 5-bandiga muvofiq, Surxondaryo viloyatining “Andijon viloyatining Xonobod shahridan Surxondaryo viloyatining Termiz shahriga bog'langan holda Qoraqalpog'iston Respublikasining Mo'ynoq shahrigacha “O'zbekiston turizm magistrali” turizm transport koridorini tashkil etish” to'g'risida”gi 06-01/1008-sonli chora-tadbirlari rejasida belgilab berilgan topshiriqlar ijrosini ta'minlash maqsadida quyidagi ishlar amalga oshirilgan.
Hozirgi kunda, M-41 “Termiz-Dushanbe” avtomobil` yo'lining Qumqo'rg'on tumanidan o'tuvchi 1539 km. kismida aniqlangan yer maydoni elektron auktsionga «E-IJRO AUKSION» orqali Axmedov Olovidin Xakimovich yutib olingan bo'lib, “NUMOYUN UZAGROEKSPORT” X/K raxbari Axmedov Olovidin Xakimovich bilan tarmoq jadvali ishlab chiqildi va bugungi kunda loyixalashtirish ishlari olib borilmoqda.
Shuningdek, M-39 “Toshkent-Termiz” avtomobil` yo'lining Sherobod tumani “Qorabog'” mahallasidan o'tuvchi 1401 km qismida faoliyat yuritib kelayotgan “Oltinvoha porloq yo'l” MCHJga Sherobod tuman hokimligi tomonidan 2019 yil 7 may yuk mashina turargohi va servis, oshxona, mehmonxona qurilishi uchun yer maydoni ajratish haqidagi Q-2801-sonli qarori tasdiqlangan. Hozirgi kunda loyixalartirish ishlari olib borilmoqda.
Shu bilan birga, M-39 “Toshkent-Termiz” avtomobil` yo'lining Termiz tumani “Xalqabod” mahallasidan o'tuvchi 1441 km. qismi hududidagi aniqlangan yer maydoni motel va KYOYOQSH, yuk mashina turargohi va servis, oshxona, qurilishini tashkil etish uchun “HTTCH GROUP” MCHJga investitsiya mablag'lari kiritish sharti bilan yer maydoni ajratish choralari ko'rilmoqda.
M-39 “Toshkent-Termiz” avtomobil` yo'lining Boysun tumanidan “Sayrob” mahallasidan o'tuvchi 1351 km. kismida aniqlangan yer maydonini 28 sotixini lotlarga bo'lib «E-IJRO AUKSION» elektron savdo maydonchasiga qo'yilgan.
Shundan; O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 5 yanvardagi “Turizm tarmog'ini jadal rivojlantirishga oid chora-tadbirlar to'g'risida”gi PQ-4095-sonli qarori hamda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 9 yanvardagi “O'zbekiston Respublikasining 2020-2022 yillarga mo'ljallangan Investitsiya dasturlarini amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PQ-4563-qaroriga asosan investitsiya loyihalari xisobida 4 ta mexmonxonalar qurish rejalashtirilgan.
-Afg'oniston islom Respublikasi tomonidan jami 7620,0 mln AQSH investiyiya mablag'i xisobidan 3 ta mexmonxona tashkil etiladi.
-Tojikiston Respublikasi tomonidan jami 500,0 mln AQSH investitsiya mablag'i xisobidan 1 ta zamonaviy mexmonxona tashkil etiladi.

Download 69.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling