Reja: Kirish Asosiy qism Barqarolashish siyosati nima? Mamlakatda iqtisodiy barqarolikka erishish O`zbekistonda barqaror o`sish tushunchasi va uni amalga oshirish Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar Kirish
Uzoq muddatli past foiz stavkalari
Download 34.19 Kb.
|
akhmedov shohjahon
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mamlakat yalpi ichki mahsulotiga nisbatan past milliy qarz
- Kam tanqislik
- Valyuta barqarorligi
- 2.3. O`zbekistonda barqaror o`sish tushunchasi va uni amalga oshirish
Uzoq muddatli past foiz stavkalari
Uzoq muddatli past foiz stavkalari mavjud bo'lganda, mamlakat siyosatchilari foiz stavkalari juda ozgina o'zgarib turishini bashorat qilishining aniq dalilidir.Shuni ta'kidlash kerakki, yuqori foiz stavkalari yuqori ko'rsatkichlar o'zgaruvchanligining aniq ko'rsatkichi bo'lsa-da, foiz stavkalarining pasayishi inflyatsiya kutishlarining pasayishini anglatadi. Mamlakat yalpi ichki mahsulotiga nisbatan past milliy qarz Milliy qarz / yalpi ichki mahsulotning past nisbati mamlakat ijtimoiy yordamga ko'proq mablag 'sarflash imkoniyatiga ega bo'lishini va inqiroz davrida g'aznaning buning uchun yaxshi jihozlanganligini anglatadi. Kam tanqislik Iqtisodiy barqarorlikning yana bir muhim jihati - kam defitsitning mavjudligi. Bu shuni anglatadiki, hukumat tashqi farovonlik va iqtisodiy shoklarga qarshi kurashish uchun yaxshiroq mavqega ega bo'lib, iqtisodiy farovonlik holatini yaxshilaydi. Valyuta barqarorligi Bu import qiluvchilar va eksport qiluvchilarga uzoq muddatli o'sish strategiyasini ishlab chiqish, investorlarga valyuta kursi xavfini boshqarish talabini kamaytirish imkonini beradi.Milliy buxgalteriya hisobi uchun valyutaning barqarorligi qarzni chet el valyutasida chiqarish xavfini kamaytiradi. 2.3. O`zbekistonda barqaror o`sish tushunchasi va uni amalga oshirish Iqtisodchi olimlarning iqtisodiy o'sish omillarini o'rganish hamda uning kelgusidagi natijalarini bashorat qilish borasidagi tadqiqotlari pirovardida turli iqtisodiy o'sish modellarining yaratilishiga olib keldi. Iqtisodiy o'sish modellari yalpi ishlab chiqarishning uzoq muddatli ko'payishi taklif omillariga tayangan holda tahlil etish imkonini beradi. Boshqa iqtisodiy modellar singari iqtisodiy o'sish modellari ham real jarayonlarni abstrakt va soddalashgan ko'rinishda, shartli tarzda grafiklarda va tenglamalarda aks ettiradi. Odatda iqtisodiy o'sishning quyidagi nazariyalarini farqlaydilar: - iqtisodiy o'sishning yangi keynscha nazariyalari; - iqtisodiy o'sishning yangi klassik nazariyalari; - iqtisodiy o'sishning empirik nazariyalari; - endogen o'sishning yangi nazariyalari Ushbu yo'nalishlar doirasida esa iqtisodiy o'sishning turli nazariy modellari yaratila boshlandi. XX asrning o'rtalarida keynschilikning makroiqtisodiy muvozanat nazariyasi asosida yangi yo'nalish, ya'ni neokeynschilik vujudga keldi. Iqtisodiy o'sishning dinamik modellarini ishlab chiqqan neokeynschilik vakillari orasida ingliz iqtisodchisi Roy Xarrod (1900-1978 y.) o'z modelida ishchi kuchi, aholi jon boshiga daromad va naqd kapital o'sishi o'rtasidagi munosabatlarni tadqiq qildi. U milliy daromadning kapital sig'imlilik darajasini ifodalovchi “kapital koeffitsiyenti” tushunchasini yaratdi. R. Xarrod kapital sig'imlilik mezonidan texnika taraqqiyotining iqtisodiyotga ta'sirini tahlil qilishda foydalandi. Amerikalik iqtisodchi neokeynschilik yo'nalishi vakili Yevsey Domar (1914-1997 y.) ham R. Xarrod tadqiqotlaridan bexabar ravishda mutanosib iqtisodiy o'sishning biroz boshqacharoq modelini taklif etdi. U J.M. Keynsning investitsiyalar daromadni shakllantirish orqali talabni oshiradi, degan fikriga qo'shimcha qilib, investitsiyalar bir vaqtning o'zida tovarlar taklifining oshishiga ham olib keladi, deb ta'kidlaydi. Ye. Domar va R. Xarrod modellarida iqtisodiy o'sishni rag'batlantiruvchi omil sifatida investitsiyalar keltiriladi, chunki ular mulьtiplikativ ta'sirga ega va shuning uchun barqaror o'sishni ta'minlaydi. Ushbu modelda J. Keynsdan farqli o'laroq takror ishlab chiqarish jarayoni uzoq muddatli davr dinamikasida tadqiq qilingan. Xarrod-Domar modeli bozor iqtisodiyotining o'z-o'zini boshqarish imkoniyatiga ega bo'la olmasligini asoslab berdi. Ushbu modelni respublikamiz iqtisodiyotida qo'llaydigan bo'lsak, mustaqillikning datlabki kunlaridan boshlab mamlakatimizda qator izchil islohotlar olib borilib, mamlakatda yalpi ichki mahsulotning o'sishiga hamda iqtisodiy rivojlanishga bevosita ta'sir ko'rsatayotgan investitsiyalarga katta e'tibor berib kelinmoqda. Mamlakatimiz iqtisodiyotini yuksaltirish, zamonaviy texnika va texnologiyalar bilan jihozlangan yangi korxonalarni barpo etish va rekonstruktsiya qilish uchun investitsiyalarni jalb qilish hal qiluvchi ahamiyatga ega. So'nggi vaqtlarda respublikamizda investitsion muhitni sog'lomlashtiruvchi va mustahkamlovchi iqtisodiy-siyosiy vaziyat tendentsiyasi hukm surmoqda. Iqtisodiy o'sishning yangi klassik ilk nazariyalari 1950-1960 yillarning chegarasida paydo bo'ldi. O'sha davrda iqtisodiy o'sish sur'atlarini foydalanilmayotgan quvvatlar hisobiga emas, balki yangi texnikalarni joriy qilish, mehnat unumdorligini oshirish va ishlab chiqarishni tashkil etishni takomillashtirish hisobiga jadallashtirish muammosi birinchi o'ringa ko'tarildi. Bu yo'nalish vakillari (amerikalik iqtisodchi Robert Solou va ingliz iqtisodchisi Jeym Smit va boshqalar) nazariyasining metodologik asosini ishlab chiqarish omillarining klassik nazariyasi tashkil etadi. Ma'lumki, bu nazariyada mehnat, kapital va yer ijtimoiy mahsulotni hosil qilishning mustaqil omillari sifatida talqin etiladi. Shu bilan birga, yangi klassik nazariyada ishlab chiqarish omillari egalari tomonidan olinayotgan daromadlar bu omillarning eng ko'p miqdordagi mahsulotlari tomonidan belgilanishi g'oyasi ilgari surilgan eng yuksak unumdorlik nazariyasiga ham tayanadi. Neoklassik nazariyasi vakili Robert Solou (1924 yilda tug'ilgan) o'z modelida jamg'armalar, mehnat resurslari o'sishi va ilmiy-texnik taraqqiyotning aholi turmush darajasi va uning dinamikasiga ta'sir qilish mexanizmini aniqladi. R. Solouning asosiy xulosasi shuki, uzoq muddatda iqtisodiy o'sish sur'atlari kapital qo'yilmalar oshishiga emas, balki texnologik rivojlanish omiliga bog'liq bo'ladi. Shunday ekan, uningcha doimiy texnik rivojlanish va resurslardan samarali foydalanish iqtisodiy o'sishning asosiy omillari hisoblanadi. Dj. Mid modeli ham neoklassik asoslarga ega bo'lib, iqtisodiy o'sishni marjinalistik yondashuvlar orqali tushuntiradi. O'z kontseptsiyasini Dj. Mid “Iqtisodiy o'sishning neoklassik nazariyasi” (1961 y.) nomli kitobida ifodalagan. Mehnat va texnik taraqqiyot o'sish sur'atlarini doimiy deb taxmin qilib Dj. Mid quyidagi xulosaga keldi: iqtisodiy o'sishning barqaror sur'atiga kapital o'sishning barqaror sur'atlari va uning milliy daromad o'sish sur'atlari bilan tengligi sharoitida erishiladi. Agar kapital oshishining sur'atlari milliy daromad o'sishi sur'atlaridan oshsa, unda bu jamg'arish sur'atlarining o'z-o'zidan pasayish sur'atlariga olib keladi.Dj. Mid modelida davlat faqatgina pul-kredit siyosatidan foydalanilgan holda barqarorlashtiradigan vazifani bajaradi. Faqatgina shu resurslarning zarur bandligi va barqaror iqtisodiy o'sishni ta'minlaydigan daromad va jamg'armalarning qayta taqsimlash mexanizmini yaratishga imkon beradi. Iqtisodiy o'sishning zamonaviy nazariyalari shakllanishiga iqtisodiy o'sishga turli omillarning ta'sirini o'rganishga yo'naltirilgan empirik tadqiqotlar ulkan hissa qo'shdi. Bu sohada izlanishlar olib borgan eng yirik tadqiqotchilardan biri Edvar Denison (1915-1992 y.y.)dir. Amerikalik iqtisodchi inson omili ta'sirini o'lchash uchun faqat ish kuchi soninigina emas, balki mehnat unumdorligining xodimning yoshi va jinsi, ma'lumoti va kasbiy tayyorgalik darajasiga bog'liqligini ham hisobga olgan. Agar barcha modellarni umumlashtirgan holda o'rganadigan bo'lsak, bugungi kunda ayni bir modelning iqtisodiyotda to'liq qo'llanilayotganligini ko'rishning iloji yo'q deb o'ylaymiz. Keynschilar bu borada iqtisodiy o'sishni modellashtirishda asosiy e'tiborni investitsiya va davlat boshqaruviga qaratsa, neoklassiklar davlat boshqaruvini inkor etgan holda barcha ishlab chiqarish omillarining samadorlik jihatlarini ustuvor deb hisoblashadi. Biror davlat o'z iqtisodiyotini barqaror rivojlantirish yo'lida ayni bir iqtisodiy o'sish modelini tanlamasdan, o'z mamlakat tabiiy, ijtimoiy hamda iqtisodiy salohiyatidan kelib chiqqan holda, aholining urf-odatlari, an'analari va mentalitetidan kelib chiqqan holda o'z iqtisodiy o'sish modelini ishlab chiqishi lozimdir. Shundan so'ng bu mamlakat iqtisodiyoti turli xil tashqi ta'sirlarga sezuvchanlik darajasi kamayadi va jahon iqtisodiyoti bo'ylab sodir bo'layotgan inqirozlarga qarshi chidamlilik darajasi yetarlicha yuqori bo'ladi. Bunga yaqqol misol sifatida mamlakatimizning muhtaram birinchi Prezidenti tomonidan ishlab chiqilgan rivojlanishning “O'zbek modeli”i, 2017-2021 yillar uchun “Harakatlar strategiyasi” va hozirgi kunda “Yangi O`zbekistonning Taraqqiyot strategiyasi”larni keltirishimiz mumkin
Download 34.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling