Reja: Kirish. Asosiy qism. Fuqarolik huquq layoqati tushunchasi
Fuqarolik huquq layoqati tushunchasi
Download 102.5 Kb.
|
Fuqorolik huquqi subyekti sifatida fuqorolar
Fuqarolik huquq layoqati tushunchasi
O`zbekiston Respublikasi fuqarolari huquq layoqatining mazmuni Konstitutsiyaning “Inson va fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlari” nomli ikkinchi bo`limidagi qator moddalarda keng ta`riflangan va mustahkamlangan. Ularda fuqarolarning mol-mulkka ega bo`lishi, meros olishi, meros qoldirishi, kasb va turar-joy tanlash, fan, adabiyot, san`at asarlari yaratish, tadbirkorlik faoliyati bilan va umuman qonunda taqiqlanmagan har qanday faoliyat bilan shug`ullanish, shuningdek boshqa keng mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlarga ega bo`lishlari mumkinligi aytilgan va asosiy qonun doirasida mustahkamlangan. O`zbekiston Respublikasida fuqarolarning fuqarolik huquq layoqati mazmunini FKning 18-moddasida mustahkamlab qo`yilgan. Unga asosan fuqarolar: mulk huquqi asosida mol-mulkka ega bo`lishlari; mulkni meros qilib olishlari va vasiyat qilib qoldirish-lari; bankda jamg`armalarga ega bo`lishlari; –tadbirkorlik, dehqon (fermer) xo`jaligi bilan hamda qonun-da taqiqlab qo`yilmagan boshqa faoliyat bilan shug`ullanishlari; –yollanma mehnatdan foydalanishlari, o`zlari mustaqil ra-vishda yoki boshqa fuqarolar va yuridik shaxslar bilan birgalikda yuridik shaxslar tashkil etishlari; –qonunga zid bo`lmagan har qanday bitimlar tuzishlari va majburiyatlarda qatnashishlari; –boshqa shaxslar tomonidan yetkazilgan zararning to`lanishini talab qilishlari; –mahsulot turini va yashash joyini tanlashlari; –fan, adabiyot va san`at asarlarining, ixtirolarning, qonun bilan qo`riqlanadigan boshqa intellektual faoliyat natijalari-ning muallifi huquqiga ega bo`lishlari; –shuningdek, boshqa mulkiy va shaxsiy huquqlarga ega bo`lishlari mumkin. Qonunda belgilangan hollar va tartibdan tashqari, hech kim-ning huquq va muomala layoqati cheklanishi mumkin emas. Fuqaro-ning huquq va muomala layoqatidan to`la yoki qisman voz kechishi haqidagi, shuningdek o`z huquq va muomala layoqatini cheklashga qaratilgan bitimlar qonun yo`l qo`ygan hollardan tashqari o`z o`zidan haqiqiy emas deb hisoblanadi (FK, 23-modda). O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 43-moddasi ayrim fuqarolik huquqlaridan, chunonchi xizmat bo`yicha cheklash, muayyan huquqdan mahrum qilish hollarini ko`zda tutadi. Jinoyat qonunida huquqdan mahrum qilish vaqtincha chora sifatida ko`zda tutiladi. O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 45-moddasida ko`rsatilganidek, muayyan huquqdan mahrum qilish bir yildan besh yilgacha muddatga tayinlanishi mumkin. Bu muddat o`tgach, fuqaro yana o`zi mahrum qilingan o`sha huquqni qonuniy asoslarda qo`lga kiritishi mumkin bo`ladi.
Download 102.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling