Reja: Kirish. Asosiy qism. Fuqarolik huquq layoqati tushunchasi
Fuqarolik holati hujjatlarini qayd etish
Download 102.5 Kb.
|
Fuqorolik huquqi subyekti sifatida fuqorolar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydalanilgan adabiyotlar.
Fuqarolik holati hujjatlarini qayd etish
O`zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 38-moddasiga asosan, quyidagi fuqarolik holati hujjatlari davlat tomonidan qayd etilishi kerak: 1. Tug`ilish. 2. O`lim. 3. Nikoh tuzilganligi. 4. Nikohdan ajralish. Farzandlikka olish, otalikni belgilash, familiya, ism va ota ismini o`zgartirish, jinsning o`zgartirilishi kabi faktlar yuqori-da sanab o`tilgan fuqarolik holati hujjatlariga tegishli o`zgar-tirishlar kiritish yo`li bilan ifodalanadi. Fuqaroning shaxsiy hayotdagi hamda uning jamiyatdagi huquqiy holati (fuqarolik holati) uchun, uning fuqarolik huquqi va oila huquqining subyekti sifatida tanilishi uchun ahamiyatli hisoblan-gan yuqoridagi faktlar davlatning tegishli organlari tomonidan ro`yxatga olinadi (qayd qilinadi). Fuqarolik holati dalolatnomalarini ro`yxatga olish shahar va tuman markazlarida, fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish (FHDYO) bo`limi tomonidan, fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organlari (fuqarolik yig`inlari) kotiblari tomonidan olib boriladi. Fuqaroning tug`ilish faktini ro`yxatga olish mazkur fuqaroga nisbatan fuqarolik huquq layoqatining vujudga kelganligini va bolaning ma`lum ota-onadan tug`ilganligini belgilash uchun zarur. Fuqaroning faqat ma`lum yoshga to`lgandan so`ng muomala layoqatiga ega bo`lganligi sababli tug`ilish faktini olish mazkur fuqaroga FHDYO bo`limi fuqarolik muomala layoqatining vujudga kelganligi-ni belgilash uchun ham ahamiyatlidir. Bolaning tug`ilishi to`g`risi-dagi ariza FHDYO organiga bir oylik muddat ichida bolaning ota-onasi yoki ulardan biri tomonidan, alohida hollarda esa, qo`shnilari, qarindoshlari, tibbiyot muassasalari ma`muriyati, ichki ishlar yoki vasiylik va homiylik organlari tomonidan berilishi mumkin. Tug`ilish to`g`risidagi ariza bola o`lik tug`ilgan taqdirda ham berilishi shart. O`lik tug`ilgan bola tug`ilgandan keyin 24 soat ichida FHDYO idorasida qayd etilishi kerak. Nikohni qayd etish muhim davlat ahamiyatiga ega bo`lgan hujjat hisoblanadi. Oila qonunchiligida belgilanishicha, faqat FHDYO idoralarida qayd etilgan nikohgina er va xotin uchun muayyan huquq hamda majburiyatlarni vujudga keltiradi. Nikoh nikohla-nuvchilarning turar-joylari bo`yicha O`zbekiston Respublikasi Oila qonunchiligiga rioya qilinib ro`yxatdan o`tkaziladi. Nikohdan ajralish er-xotinning roziligi bo`yicha yoki sudning nikohni bekor qilish to`g`risidagi hal qiluv qarori asosida qayd etiladi. Er va xotinning ajralishlari FHDYO idoralarida qayd etilgandan keyingina tan olinadi, ular o`rtasidagi er va xotin-likka oid huquq hamda majburiyatlar bekor bo`ladi. Fuqaroning vafot etganligi yoki vafot etgan deb e`lon qilin-ganligini qayd etish ham muhim ahamiyatga ega. Fuqaroning o`lim fakti qayd etilishi huquq layoqatini bekor qiladi. Shu munosabat bilan vafot etgan shaxsning huquq va majburiyatlari tamom bo`ladi. Uning mulkiga nisbatan meros ochiladi. Fuqaroning vafot etganli-gi to`g`risidagi ma`lumot o`lim fakti to`g`risidagi tibbiyot guvoh-nomasi bilan uch kundan kechiktirilmay FHDYO idorasiga bildiri-lishi va shu muddat ichida o`lim fakti qayd etilishi shart. O`ldirilgan, shuningdek o`zini o`zi o`ldirgan yoki baxtsiz hodisadan o`lgan yoki murda topilgan paytdan boshlab 24 soat ichida o`lim sababi to`g`risida tibbiyot muassasasi tomonidan berilgan guvohno-maga muvofiq FHDYO organida qayd etiladi. O`lim fakti to`g`risi-dagi arizalar marhumning yaqin kishilari yoki turar-joy idorasi tomonidan, zo`rlik bilan o`ldirilishi, o`zini o`zi o`ldirish yoki baxtsizlik hodisasidan o`lish hollaridagi tegishli ma`lumotlar tergov organlari yoxud militsiya tomonidan berilishi lozim. Farzandlikka olish fakti shahar (tuman) hokimligi tomoni-dan chiqarilgan qarorga binoan ro`yxatdan o`tkaziladi. Farzand-likka olinuvchining nasabi va ota ismi sifatida farzandlikka oluvchining nasabi va ismi ko`rsatilishida yoki farzandlikka oluv-chi er va xotin bolaning ota-onalari sifatida yozilishida bolaning tug`ilishi to`g`risida yozilgan ma`lumotlarga tegishlicha o`zgartirish-lar kiritiladi. Farzandlikka olishning bekor qilinishi ham shahar (tuman) hokimliklari qarori bilan rasmiylashtiriladi va FHDYO idorasida qayd etiladi. Fuqarolar familiya, ism va ota ismlarini o`zgartirish to`g`risida 16 yoshga to`lganlaridan so`ng FHDYO idoralariga murojaat qilishlari mumkin. Fuqaroning ishi tergovda yoki u sudlangan bo`lsa, shuningdek davlat hokimiyati idoralari norozilik bildir-sa, FHDYO idoralarida nasab va ismlarning o`zgartirilishiga yo`l qo`yilmaydi va bu sud tomonidan hal etiladi. Otalikni belgilash nikohda bo`lmagan ota-onadan tug`ilgan bolaga otalikni belgilash ota va onasi (agar otasi voyaga yetmagan bo`lsa, unda uning ota-onasi yoki qonuniy vakili) tomonidan be-rilgan birgalikdagi ariza asosida FHDYO organida amalga oshiri-ladi. Otalikni belgilashda ota-onaning shaxsan ishtiroki talab etiladi. 10 yoshga to`lgan bolaga nisbatan otalik uning roziligi bilan belgilanadi. FHDYO organi otalikni belgilash haqidagi ariza asosida tug`ilganlik haqidagi dalolatnoma yozuviga tegishli o`zgartirishlar kiritadi. Agar otalik belgilangan shaxs nikoh tuzgan bo`lsa, u holda FHDYO organi nikoh tuzilganligi va bolalarining tug`ilganligi haqidagi dalolatnoma yozuvlariga tegishli o`zgartirishlar kirita-di, shuningdek otalikning belgilanganligi haqida ma`lumotnoma beradi. Fuqarolik holatlari hujjatlari yozuvlarini bekor qilish va tiklash FHDYO idoralari tomonidan manfaatdor shaxslar o`rtasida nizo bo`lsa yoki fuqarolik holati hujjatlaridagi yozuvlarda jiddiy tafovutlar bo`lsa, sud qaroriga asosan amalga oshiraladi. Ushbu faktlarning davlat va jamiyat hayotidagi, fuqarolar hayotidagi ahamiyatidan kelib chiqib, FHDYO organlari arxivlarida ular tuzilgan kundan boshlab, 75 yil mobaynida saqlanadi. Bu muddat tugagach, ushbu dalolatnoma yozuvlari daftarlari tegishli shahar, viloyat va respublika FHDYO arxivlariga topshiriladi. Xulosa Huquq subyektlarini belgilaydigan asosiy huquqiy xususiyatlar huquq va muomala layoqatlaridan iborat. Fuqarolik huquq va burchlariga ega bo`lish layoqati (huquq layoqati) teng ravishda e`tirof etiladi (FK, 17-modda). Har bir shaxs fuqarolik huquq va burchlariga ega bo`lish layoqatiga molik bo`lmay turib, fuqarolik huquqining subyekti bo`la olmaydi. Bu qoida, odatda, yuridik shaxslarga taalluqli bo`lsada, jismoniy shaxslar uchun ham ahamiyatli hisoblanadi. Davlat hayotning moddiy sharoitlariga qarab fuqarolarning huquq layoqati, ya`ni muayyan huquq va burchlarga ega bo`lish layoqatini belgilaydi. Huquq layoqatining belgilari va mazmuni jamiyatdagi ishlab chiqarish munosabatlaridan kelib chiqadi. Fuqarolik huquq layoqati fuqarolarga o`zlarining moddiy va madaniy ehtiyojlarini qondirish maqsadida xilma-xil huquqiy munosabatlarga kirishishning yuridik imkoniyatini beradi. O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 18-moddasida aytilganidek, O`zbekiston Respublikasidagi barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo`lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e`tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeidan qat`i nazar, qonun oldida tengdirlar. Ushbu qoidaga asoslangan holda fuqarolik huquqida fuqarolar huquq layoqatida teng hisoblanadilar. YA`ni barcha fuqarolarga bir xildagi huquq va burchlar belgilanadi. Huquq layoqati kishi tug`ilganidan to o`limigacha undan ajralmaydi, u bilan birga bo`ladi. Yangi tug`ilgan chaqaloq ham har xil huquqlarga, chunonchi, yashash huquqi, ovqatlanish huquqi, erkin bo`lish huquqi kabi qator tabiiy huquqlarga, shu jumladan, ota-onalardan tarbiya olish va boshqa huquqlarga ega bo`ladi. Aqli zaif va ruhiy xastalar ham huquq subyekti bo`lib hisoblanadi. Ular, xususan, davolanish, pensiya olish va boshqa huquqlarga ega. Ularning mulkiy huquqlari to`liq hajmda saqlanadi. Kishi tug`ilishi bilan uning hayoti boshlanganidek, tug`ilishi bilan huquq subyekti sifatida yashashi ham boshlanadi. Kishining tug`ilish fakti muhim yuridik ahamiyatga ega bo`lganligi tufayli bolaning tug`ilishi fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish bo`limida davlat ro`yxatidan o`tkaziladi. Ro`yxatdan o`tkazilmaslik tug`ilgan bolaning huquqiga ta`sir etmaydi, faqat uning huquqlarini ro`yobga chiqarish uchun zarur harakatlarni amalga oshirishda qiyinchilik tug`diradi. Foydalanilgan adabiyotlar. Баратов М.Х. Фуқаролик-ҳуқуқий муносабатлар субъекти сифатида давлат иштирокининг назарий ва амалий муаммолари: Юрид. фан. докт. дис... автореф. –Т.: 2008. -Б.48. Зокиров И.Б. Фуқаролик ҳуқуқи. –Т.: ТДЮИ, 2009. -Б.296. Раҳмонқулов Ҳ. Р. Фуқаролик ҳуқуқининг предмети, методи ва тамойиллари. –Т.: ТДЮИ, 2003. –Б.49. Раҳмонқулов Ҳ. Р. Фуқаролик ҳуқуқининг субъектлари. –Т.: Oʻzbеkistоn, 2008. –Б.168. Download 102.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling