Reja: Kirish Asosiy qism. Maktabda "Tarbiya" fanini bosqichma-bosqich amaliyotga joriy qilishning asosiy talablari


“Tarbiya” fanini o‘qitish texnologiyasi”


Download 26.72 Kb.
bet3/3
Sana19.04.2023
Hajmi26.72 Kb.
#1364929
1   2   3
Bog'liq
1 Milliy tarbiya konsepsiyasi.

“Tarbiya” fanini o‘qitish texnologiyasi” nomli qo‘llanma nashrga tayyorlandi. “Tarbiya” fani bo‘yicha o‘quv-uslubiy ta’minotning axborot platformasini yaratish maqsadida internet tarmog‘ining www.tarbiyam.uz domenida fanga doir ma’lumotlar va vazifalari bayon etilgan o‘qituvchiga uslubiy yordam ko‘rsatuvchi ma’lumotlar bazasi yaratildi. Bu platformada o‘qituvchilar uchun “Tarbiya” fanining maqsad- vazifalarini ochib beruvchi me’yoriy-huquqiy hujjatlar – fan konsepsiyasi, Davlat ta’lim standartlari, o‘quv dasturi, uslubiy tavsiyalar, taqvim-rejalar, fanni o‘qitishga
doir texnologiyalar, dars ishlanmalari, qo‘shimcha manbalar joylashtirilmoqda. Shuningdek, platformada o‘quvchilar va ota-onalar uchun maxsus ruknlar ham mavjud.“Tarbiya” fanining 1-9-sinflarga mo‘ljallangan darsliklari yaratilib, undagi mavzularga oid 21 ta videoroliklar darsliklarga QR-kod bilan kiritildi.
Mazkur darsliklarda yoshlarni fikrlashga o‘rgatadigan, ularni milliy
qadriyatlarimizga sodiq, vatanparvar etib tarbiyalashga xizmat qiladigan zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanishga qay darajada e’tibor qaratilgan?
“Tarbiya” fanining o‘quv dasturi va darsliklarida vatanparvarlik,
tadbirkorlik, irodalilik, mafkuraviy immunitet, mehr-oqibatlilik, mas’uliyatlilik, bag‘rikenglik, huquqiy madaniyat, innovatsion fikrlash, mehnatsevarlik kabi ko‘nikmalarni shakllantirishga alohida urg‘u berilgan. Xususan, bunda milliy an’analar, ulug‘ allomalarning xayot va yo‘llari, asarlari, zamondosh qahramonlarning faoliyati ibrat sifatida keng foydalanilgan. Mavzularni o‘qitishda bugun jahon miqyosida ommalashgan “Loyiha asosida o‘qitish”, “Qiziqishlar asosida ta’lim berish”, “Art-fest”, “Namuna ko‘rsatish”, “Misollar orqali o‘qitish”, “Vaziyatlarni tahlil qilish” kabi ta’lim berishning ilg‘or texnologiya va uslublari qo‘llanilgan.
Ta’lim muassasalarida o‘quvchilar orasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, badantarbiya mashg‘ulotlari va shaxsiy gigiena qoidalariga rioya
qilinishini kundalik turmush tarziga singdirish, sog‘lom va to‘g‘ri ovqatlanishni targ‘ib etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ham ushbu darslikda qamrab
olinmoqda.
Xalq ta’limi tizimidagi 10 008 ta umumiy o‘rta ta’lim muassasasida 6 mln.
236 ming nafar o‘quvchi tahsil oladi. Bugungi kun o‘quvchi-yoshlarni har tomonlama yetuk va barkamol bo‘lib ulg‘ayishlarini nazarda tutib, vazirlikda Sog‘lom ovqatlantirishni tashkil etish va tibbiy xizmat ko‘rsatishni muvofiqlashtirish sho‘basi tashkil etilgan.

Xulosa
Tarbiya fanini boshlang‘ich ta’lim, milliy g‘oya va huquq, tarix hamda dinshunoslik mutaxassisligiga ega fan o‘qituvchilari o‘qitishi mumkin. AOKAda o‘tkazilgan onlayn brifingda Xalq ta’limi vazirligi axborot xizmati rahbari Laylo Rustamova o‘quv dasturiga kiritilayotgan yangi tarbiya fanidan qaysi fan o‘qituvchilari dars berishi mumkinligi haqida ma’lumot berdi. Vazirlik rasmiysining qayd etishicha, tarbiya fanini boshlang‘ich ta’lim, milliy g‘oya va huquq, tarix, dinshunoslik mutaxassisligiga ega fan o‘qituvchilari o‘qitishi mumkinligi aytib o‘tilgan. «Bugungi kunda ushbu fan o‘qituvchilarining malakasini oshirish, qayta tayyorlash bo‘yicha onlayn kurslar tashkil etilmoqda»


Shuningdek, axborot xizmati rahbari ayni paytda maktablarda yangi o‘quv
yiliga tayyorgarlik olib borilayotgani, 1-sinfga qabul ishlari amalga oshirilayotgani
haqida to‘xtalib o‘tilgan. «Shuning uchun bu vaziyatda mehnat ta’tili tugagan o‘qituvchilar ish beruvchi bilan kelishuvga erisha olsa, masofadan turib, agar maktabga borib ishlashlariga to‘g‘ri kelsa, unda karantin qoidalariga amal qilgan holda ish joyida faoliyatini davom ettirishi mumkin»ligi aytilgan.

Foydalanilgan adabiyotlar



  1. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. –// O‘zbekiston. 2017 y.

  2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirishni yangi bosqichga ko‘tarish to‘g‘risida”gi PQ–3160-son Qarori. – Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.09.2017 y. 06/17/5194/0032-son.

  3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 14 avgustdagi “Yoshlarni ma’naviy-axloqiy va jismoniy barkamol etib tarbiyalash, ularga ta’lim-tarbiya berish tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi»gi

Download 26.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling