Reja: kirish asosiy qism. O‘zbekiston Respublikasida o‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish borasidagi ishlarining olib borilishi 2


Download 249.34 Kb.
bet1/7
Sana10.02.2023
Hajmi249.34 Kb.
#1186639
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
KASBGA YO’NALTRISHDA KASBIY DIAGNOSTIK



Mavzu: kasbga yo’naltrishda kasbiy diagnostik
REJA:
KIRISH
ASOSIY QISM.
1. O‘zbekiston Respublikasida o‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish borasidagi ishlarining olib borilishi
2. O‘quvchilarni kasbga yo‘naltirishning diagnostik metodlari va ularning amaliy asoslari
3. Kasbga yo‘naltirishda O‘quvchi shaxsiga individual yondoshish va kasbiy diagnostik.
4. Kasbga yo‘naltirish yuzasidan amalga oshiriladigan tajriba – sinov ishlari va ularning xususiyatlari
XULOSA
Foydalanilgan adabiyotlar


KIRISH
Hozirgi vatqda O‘zbekiston Respublikasida amaliy va ijtimoiy sheriklik tomonlari sifatida, fan va ishlab chiqarishning ishtiroki bilan kasb-hunar ta’limi hamda kadrlar tayyorlashni rivojlantirish strategiyasining asosiy yo‘nalishlari kadrlar tayyorlash milliy dasturida belgilangan.
Biroq, kasb-hunar ta’limiga ijtimoiy sheriklarni jalb qilishning real mexanizmi hali ishlab chiqilmagan. Ish beruvchilar bilan hunar ta’limi tizimi boshqaruv organlari O‘rtasidagi O‘zaro munosabat davlat darajasida qonun yo‘li bilan mustahkamlangan. Tadbirkorlar, ayniqsa kichik korxonalar avvalo bozorda O‘zlarining tovarlarini raqobatbardoshligini oshirishga intilmoqdalar. Ular kadrlar tayyorlashda ishtirok etishdan manfaatdor emaslar, sababi ular asosan davlat ta’lim tizimidan tayyor xodimlarni oladilar.
Bundan tashqari ko‘pchilik korxonalar O‘zlarining xodimlarini tayyorlash va ularning malakasini oshirish uchun etarli mablag`ga ega emaslar. TO‘lov asosida, ya’ni buyurtmachi kadrlar tayyorlashga to‘la yoki qisman pul to‘lashi ko‘zda tutiladigan shartnomalar tuzish hali keng tarqalmagan. Shunday qilib, ishlab chiqaruvchilarni kadrlar tayyorlash ishiga jalb qilishni sekinlatadigan sabablardan biri, bu masala bo‘yicha me`yoriy-qonuniy bazaning mavjud emasligi hisoblanadi. Kadrlar tayyorlashga mablag` sarflaydigan korxonalar uchun soliq to‘lashdagi mavjud imtiyozlar kam samaralidir.
Me`yoriy-qonuniy ta’minlash kasb-hunar ta’limi faoliyat ko‘rsatishining asosiy negizi hisoblanadi. Islohot davrida bu yo‘nalish hammasidan ko‘ra ko‘proq qayta ko‘rib chiqishga va O‘zgartirishlarga duchor bo‘lgan. SHu bilan birga, davr talabiga mos keladigan, muvaffaqiyatli qonunlar islohotlari nisbatan bazalar va muvaffaqiyatli amalga oshirishga imkon beradi. O‘zbekistonda kasb-hunar ta’limini tashkil etishning tartibga soluvchi asosiy qonuniy hujjatlar ishlab chiqilgan. O‘quv-moddiy baza. Kasb-hunar ta’limining O‘quv-moddiy bazasi avvalo ta’lim muassasalari tarmoqlarini O‘z ichiga oladi. 1997 yilning oxirida respublikada xalq ta’limi vazirligiga qarashli 442 ta hunar-texnika O‘quv yurtlari faoliyat ko‘rsatgan.
1998 yil mart oyidan ushbu O‘quv yurtlari O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi Markazi boshqaruviga berildi. Bugungi kunga kelib, mavjud O‘quv yurtlari negizida 35 ta yangi turdagi O‘quv yurtlari tashkil etildi, shu jumladan 22 ta kasb-hunar kollejlari va 13 akademik litseylar. Respublikada 2005-2006 O‘quv yili boshlanishiga 1800 akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarini O‘z ichiga olgan yangi ta’lim muassasalari tarmog`ini yaratish vazifasi qo‘yilgan. Ularda 618200 O‘quvchi O‘rniga ega bo‘lgan 925 ob`ektlar yangi qurilish yo‘li bilan barpo etiladi.
O‘quv-metodik ta’minlanishi. Respublika mustaqillikka erishgandan sO‘ng shu bugungacha ta’lim tizimining barcha zvenolarida O‘quv dasturlari va darslarni isloh qilish bo‘yicha katta ishlar amalga oshirildi. KO‘pgina gumanitar fanlar va iqtisodiy fanlarning ta’lim mazmuni qayta ko‘rib chiqildi.


Download 249.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling