Reja: Kirish Asosiy qism Qishloq xojaligi kooperatsiyasi haqida


) tashkilotning ilg'or tajribasidan foydalanishni rag'batlantirish ishlab chiqarish, mehnatni rag'batlantirish


Download 17.41 Kb.
bet5/5
Sana03.05.2023
Hajmi17.41 Kb.
#1423845
1   2   3   4   5
Bog'liq
kooperatsiya haqida va vazifalari

4) tashkilotning ilg'or tajribasidan foydalanishni rag'batlantirish ishlab chiqarish, mehnatni rag'batlantirish;
5) moddiy-texnikaviy egallash imkoniyatlarini kengaytirish resurslar, ishlab chiqarilgan
mahsulotlarni qayta ishlash va sotish;
6) ishchilar uchun qulay ishlab chiqarish va ijtimoiy sharoitlar yaratilishini, unumli mehnatga qiziqishning ortishi va hayot sifatini oshirishni ta'minlash. O’zbekistonda qishloq xo’jaligini isloh qilish va bu sohada bozor mexanizmlarini joriy qilish borasida izchil chora tadbirlar amalga oshirilmoqda. Shu maqsadda Mamlakatimiz Prezidentining 2019-yil 14- martdagi Meva–sabzavotchilik sohasida qishloq xo’jaligi kooperatsiyasini rivojlantirish chora- tadbirlari to’g’risida”gi PQ-4239-son qarori qabul qilindi,
Kooperativ tuzish


Kooperativ fuqarolar istagi bilan yoki yuridik shaxslarning tashabbusi bilan mutlaqo ixtiyoriylik asosida tashkil etiladi. Kooperativ a’zolari bo‘lgan fuqarolarning soni uch kishidan kam bo‘lmasligi, matlubot kooperativida (jamiyatida) va jamoa xo‘jaligida esa yetti kishidan kam bo‘lmasligi kerak.
Kooperativ mustaqillik asosida ham, davlat korxonalari, muassasalari, tashkilotlari, kooperativ va boshqa korxonalar, muassasalar hamda tashkilotlar qoshida ham tashkil etiladi va amal qiladi. Mulkchilikning har qanday turdagi korxonaning, tashkilotning qaroriga ko‘ra tuziladigan kooperativ yuridik shaxs huquqiga ega bo‘lishi, joriy va hisob-kitob schyotlari ochishi mumkin. Korxona, tashkilot shunday turdagi kooperativning ustavini tasdiqlaydi, uning ishlab chiqarish va xo‘jalik faoliyatini nazorat qiladi hamda uning faoliyat natijalari uchun to‘la javobgar bo‘ladi.
Kooperativning ustavi kooperativ ta’sis etishni istagan fuqarolarning umumiy yig‘ilishida yoki yuridik shaxslar muxtor vakillarining yig‘ilishida qabul qilinadi va kooperativ joylashgan erdagi nohiya, shahar xalq deputatlari Soveti ijroiya qo‘mitasi tomonidan ro‘yxatga olinadi.
Mulkchilikning barcha shakllaridagi korxonalar va tashkilotlar, shuningdek boshqa kooperativlar va shirkatlar kooperativning jamoa a’zolari bo‘lishi mumkin. Kooperativlar va ularning jamoa a’zolari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar shartnoma asoslarida quriladi.
XULOSA


Xulosa qilib shuni e’tirof etsak bo’ladiki, kooperatsya - xodimlarning turmush darajasini oshirishni ta'minlaydi, ijtimoiy muammolarni hal etishga hissa qo‘shadi, ishtirokchilarning mulkiy manfaatlarini himoya qilishni ta’minlaydi , qo’shilgan qiymat zanjirini yaratishga xizmat qiladi, qishloq joylarda eng muhim vazifalardan biri bo’lgan bandlikni ta’minlaydi. Uning sanoat bilan integratsiyasi mamlakat eksport salohiyatini oshiradi,qishloq xo’jaligi mahsulotlariga
bo’lgan ichki va tashqi ehtiyojlar bozorini qoplashda muhim o’rin tutadi. O‘zbekiston Respublikasida kooperatsiya jismoniy va yuridik shaxslarning iqtisodiy hamda ijtimoiy faoliyatning turli sohalarida umumiy maqsadlarga erishish uchun tashkiliy jihatdan rasmiylashtirilgan, mulkning shirkat shakliga asoslangan ixtiyoriy birlashmalaridan (kooperativlaridan) iboratdir.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati



  1. Lex. Uz

  2. Google

3. Student.tdau.uz


Download 17.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling