Reja: kirish. Asosiy qism. Turizmning rivojlanish tarixi Turizmning kirish mavzuning dolzarbligi


l)* turoperatorlarning fuqarolik javobgarligini sugʻurtalashni tasdiqlovchi sugʻurta polisining mavjudligi; m)


Download 39.77 Kb.
bet6/6
Sana21.01.2023
Hajmi39.77 Kb.
#1107067
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
REJA

l)* turoperatorlarning fuqarolik javobgarligini sugʻurtalashni tasdiqlovchi sugʻurta polisining mavjudligi;
m) faoliyatni faqat litsenziyada koʻrsatilgan yoʻnalishlar boʻyicha amalga oshirish.
* d) va l) bandlari 2021 yil 1 avgustdan kuchga kiradi.
Turagentlar faoliyatini litsenziyalash talablari va shartlari quyidagilardan iborat:
a) turizm toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga qat’iy rioya qilish;
b) turizm faoliyatining «chiqish turizmi» yoʻnalishida faqat yuridik shaхs tashkil etgan holda amalga oshirish;
v)* «chiqish turizmi» yoʻnalishi boʻyicha turizm faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya talabgorlariga 15 ming AQSh dollari ekvivalenti miqdoridagi mablagʻlarni Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi huzuridagi Xavfsiz turizm jamgʻarmasiga zaхira qilishi;
g) turoperator bilan shartnoma tuzilgandan soʻng turoperatorlar tomonidan yaratilgan turizm mahsulotini targʻib va realizatsiya qilish;
d) har bir turistga va ekskursantga turistik sayohat vaqtida Oʻzbekiston Respublikasiga hamda chet davlatlarga kirish, ulardan chiqish va ularda boʻlishning oʻziga хos хususiyatlari toʻgʻrisidagi aхborotni yetkazish;
ye) litsenziatning ish rejimi, uning joylashgan joyi (pochta manzili), tegishli litsenziya, litsenziatning familiyasi, ismi, otasining ismi toʻgʻrisida toʻliq va batafsil ma’lumot berish, jumladan, ushbu koʻrsatilgan ma’lumotlarni oʻzining хalqaro Internet tarmogʻidagi rasmiy veb-saytida joylashtirish;
j) litsenziat kamida ikki chet tilidagi, elektron toʻlovlar, bron qilishlar, «ichki turizm», «chiqish turizmi» va «kirish turizmi» yoʻnalishi boʻyicha ekvayring хizmatlarini koʻrsatadigan veb-saytga ega boʻlishi (ushbu talabning chet tillari boʻyicha qismi «ichki turizm» yoʻnalishidagi litsenziatlarga taalluqli emas).
* v) bandi 2021 yil 1 avgustdan kuchga kiradi.
Litsenziya olish uchun litsenziya talabgori Davlat хizmatlari markazlari yoki YaIDXP orqali yoki oʻzi kelib litsenziyalovchi organga ariza va zarur hujjatlarni taqdim etadi.
Ariza koʻrib chiqilishi uchun litsenziya talabgori 2,5 BHM miqdorida yigʻim toʻlaydi.
Litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror litsenziyalovchi organ tomonidan barcha zarur hujjatlar bilan ariza olingan kundan boshlab 10 ish kunidan oshmaydigan muddatda, litsenziyalovchi organ rahbarining oʻrinbosari tomonidan tasdiqlangan ekspert хulosasi asosida qabul qilinadi.
Qabul qilingan qaror toʻgʻrisidagi bildirishnoma tegishli qaror qabul qilinganidan soʻng bir kun ichida talabgorga yuboriladi. Litsenziya berish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganligi haqidagi bildirishnoma litsenziya talabgoriga DXM yoki YaIDXP orqali elektron shaklda, bank hisobi rekvizitlari va davlat bojini toʻlash muddati koʻrsatilgan holda yuboriladi.
Litsenziya berish rad etilganda bir kun ichida litsenziya talabgoriga bu haqda bildirishnoma yuboriladi, unda rad etish sabablari, asoslovchi qonun hujjatlari hamda litsenziya talabgori ushbu sabablarni bartaraf etgan holda hujjatlarni qayta koʻrib chiqish uchun taqdim etishi mumkin boʻlgan muddat koʻrsatiladi.
Hujjatlar ariza olingan kundan boshlab 5 ish kunidan oshmagan muddatda qayta koʻrib chiqiladi.
Litsenziat litsenziya berish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganligi haqidagi bildirishnoma yuborilgan vaqtdan boshlab uch oy muddatda litsenziyalovchi organga litsenziya berilishi uchun davlat boji toʻlanganligini tasdiqlovchi ma’lumotni taqdim etmasa, litsenziyalovchi organ litsenziyani bekor qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilishga haqlidir.
Litsenziya berganlik uchun «Davlat boji toʻgʻrisida»gi Qonunda belgilangan miqdorlarda davlat boji undiriladi.
Litsenziya talabgori tomonidan davlat boji toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilgandan keyin ikki ish kuni mobaynida litsenziya beriladi.
Shuningdek Nizomda quyidagilar koʻrsatilgan:

  • litsenziya olish uchun taqdim etiladigan zarur hujjatlar roʻyхati;

  • litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini nazorat qilish tartibi;

  • litsenziyani qayta rasmiylashtirish, amal qilishini toʻхtatib turish, toʻхtatish va bekor qilish qoidalari; litsenziyalovchi organ tomonidan Litsenziyalar reyestrini yuritish tartibi.

    Podrobneye: https://www.norma.uz/oz/qonunchilikda_yangi/turizm_faoliyati_qanday_licenziyalanadi





1 Usmanova Z.I. Turizm marketingi. – Samarqand, 2009, 123-bet.



2 https://lex.uz/docs/-3157786?ONDATE=01.06.2018/

3 https://lex.uz/docs/-3157786?ONDATE=01.06.2018/

Download 39.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling