Reja kirish Asosiy qism


Download 0.91 Mb.
bet6/15
Sana05.01.2022
Hajmi0.91 Mb.
#210943
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Tohirova Dildora

3- Prinsip. Imkoniyati boricha shunday sintetik usullar ishlatilishi kerakki ularda foydalaniladigan va ishlab chiqariladigan moddalar insonlarga va atrof muhitga munosabati bo’yicha minimum zaharlikka ega bo’lsin. Bu prinsipga kumolni (izonitrobenzol) olinish texnologiyasi namunali misol bo’ladi, u mustaqil mahsulot sifatida keraksiz, ammo undan juda katta miqdorda (7 mln. tonna yiliga) fenol olishda zarur bo’ladi. V

Oldinlari benzolni propilen bilan alkillash uchun katalizator sifatida alyuminiy xlorid (AlCl3) yoki qattiq fosfat kislotasi (H3PO4) dan foydalanilgan. Ikkala holda ham kislota chiqindilarni keyinchalik utilizatsiya qilish va oqava suvlarni tozalash talab qilingan. Bundan tashqari, alyuminiy xlorid amalda bir marta ta’sir qiladigan katalizator bo’lganligi sababli jarayonning atom effektivligi past bo’lgan. Jarayonning atom effektivligini va ekologiyaga do’stligini oshirishdagi jiddiy qadam “Mobil” firmasi ishlab chiqargan seolitli katalizator bo’ldi, undan kop marta foydalanish imkoniyati bor va yuqori selektivligi bilan tavsiflanadi. Siklik ketonni laktonga aylantirish ( Bayer-Villeger reaksiyasi) odatda m-xlorperbenzoy kislotasi ta’siri ostida boradi. Bu jarayonni o’tkazishda non pishirish darajasi ( biokatalizator) va havo kislorodi ( oksidlovchi) lardan foydalanishni yangi usulini takilif qildilar. Ushbu misol birdaniga ikkita “Yashil” komponentni – katalizator ( N 9 prinsip) va havo ( xavfli portlovchi va tejamsiz oksidlovchi o’rniga) tutadi. Shu bilan birga biokatalizatorlarni ishlatish odatdagi katalizatorlar bilan taqqoslanganda ekologiya nuqtai nazaridan ancha qulay, chunki yangilanadigan xom ashyodan (achitqilardan) foydalaniladi.






Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling