4-prinsp. Ishlab chiqariladigan kimyoviy mahsulotlar zaharliligi kam bo’lgan holda ularning funksionalligi saqlangan bo’lishi kerak. Ushbu prinsp tor maqsadli harakatdagi o’simliklarni himoya qiluvchi pestisidlar va boshqa himoya vositalarini yaratishda juda muhim. Agar berilgan turdagi o’simlikni himoyalash mexanizmi tushunarli bo’lsa, u holda mahsulotlarni maqsadli sintez qilish imkoniyati bo’ladi, qaysiki preparatning
effektiv ta’sir etishi uchun kerak, bunda birikmaning umumiy zaharliligi minimumgacha kamaytirilishi kerak bo’ladi.
O’simlikni himoya qilish nuqtai- nazaridan muhimi jarayon emas, muhimi oxirgi natija, unga boshqa yo’l bilan ham erishilish mumkin masalan, an’anaviy insetsitlar (o’ldiruvchi modda) o’rniga feremonlardan foydalanish mumkin (aldab chaqiruvchi yoki qo’rqituvchi moddalar).
Keyingi vaqtda zamonaviy upokovkaga o’raladigan, jumladan oziq- ovqat mahsulotlari uchun ham bioparchalanadigan polimerlar olish bo’yicha keng jabhada ishlar olib borilmoqda. Masalan, “Dow Chemical” kompaniyasi bir necha yil oldin sut kislotasi (poliloktat) asosida “Nature Works) polimerni ishlab chiqardi. Hazil qilib aytganda o’ralgan konfetni o’rami bilan yeyish mumkin- ziyoni bo’lmaydi, garchi ta’m sifati hozircha kafolatlanmagan.
Do'stlaringiz bilan baham: |