Reja: Kirish Asosiy qsim
Narx – mahsulot sifatining indikatori sifatida
Download 38.01 Kb.
|
Mavzu123
- Bu sahifa navigatsiya:
- Marketing—miks kompleksidagi narxning o‘rn i.
Narx – mahsulot sifatining indikatori sifatida.
Bozor sharoitida narx siyosati o‘ziga xos bo‘lib, turli narxlarning mavjudligi bozor qonuniyatidir. Narx shakllanishida tovar bahosi uning sifatini bildiruvchi muhim indikator sifatida namoyon bo‘ladi. Tovar narxi qancha yuqori bo‘lsa, talab tushadi va aksincha, past narxda tovarga bo‘lgan talab oshadi. Xarid qilish haqida qaror qabul qilishga tovar narxi miqdoriy ko‘rsatkich sifatida xizmat qilib, xarid budjetiga qarab u yoki bu narxdagi tovarni sotib oladi. Har doim ham narx tovar sifatini obyektiv baholaydi, deb bo‘lmaydi. Savdo do‘konlarining turiga qarab ishlab chiqaruvchidan olingan tovarlarga turli narxlar belgilanadi.Supermarket, Gipermarketlardagi tovar narxining oddiy kichik chakana savdo do‘konidagi narxlardan yuqoriligi yirik savdo markazlaridagi servisning yuqoriligi bilan izohlanadi. Nima uchun tovar narxi uning sifatini o‘lchaydigan ko‘rsatkich sifatida namoyon bo‘ladi? Bu quyidagilar bilan izohlanadi: Tajribalardan ma’lumki, yuqori narx tovar sifatini past narxga qaraganda ko‘proq kafolatlaydi. Narx xarid jarayonida iste’molchi uchun bir o‘lchovli ma’lum ko‘rsatkich bo‘lib xizmat qiladi. Mahsulot narx bilan solishtiriladi. Bir iste’mol ehtiyojini qondiruvchi bir necha firmaning mahsuloti xaridor tomonidan solishtiriladi, so‘ngra xarid haqida qarorlar qabul qilinadi. Tovar narxi sotuvchi orqali xaridorga yetib boradigan signal bo‘lib hisoblanadi. Reklamada tovar narxi ko‘rsatilmaydi. Uzoq vaqt davomida bizning iqti-sodiyotimizda barqaror narxlar holatini haqiqatda tovar va xizmatlar bilan ijtimoiy ta’minlash belgilaydi, degan fikr hukmron edi. O‘zgarmas narxlar barqaror ishlab chiqarish rivojiga va talabni qondirishga to‘sqinlik qiladi. Bugungi kunda narxlar tizimi ancha chalkashki, uni tushunib yetish birmuncha murakkab, eng asosiysi u xo‘jalik yuritishning yangi bozorlar sharoitiga moslashmog‘i lozim. Bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrida narxlar ahamiyatining ortib borishi kuzatilmoqda, chunki mana shu davrda umumiy ishlab chiqarish hajmi, xarajatlar oshishi iqtisodiy qiyinchiliklar bilan uyg‘unlashib ketmoqda. Moliyaviy va bank boshqarish tizimlarining susayishi, transport va milliy iqtisodiyot tarmoqlarining kuchsizlanishi narx raqobatini oshirib yubordi. Narxlar darajasi ko‘p hollarda xaridor tomonidan belgilanadi. Savdogar uchun marketing tizimida narx siyosatini olib borish birmuncha cheklangan. Ma’lumki, yuqori daromadli rivojlangan ba’zi bir mamlakatlarda narxning pasayishi sifatning yomonligidan dalolat beradi. Shuning uchun narx pasayishi shu davlatlarda korxona mavqeyini bozorda mustahkamlamaydi, balki uni raqobatdoshlilik darajasini pasaytiradi. Xaridorlar ana shu davlatlarda yuqori sifatli mahsulotlarni yuqori narxda sotib olishga intiladilar. Hozirda narx raqobati asta-sekin narxsiz raqobatlarga o‘z o‘rnini bo‘shatib ber-moqda. Marketingda narx siyosatini boshqarish masalasi u amal qilib turgan narx strukturasiga bog‘liq. Albatta, marketing - miks vositalari o‘rtasida juda katta farq mavjud. Kommunikativ va distribyutorlik siyosati kabi vositalar mahsulotning bozordagi yutug‘i uchun kerak bo‘lgan shartlardir. Marketing — miks ichida mahsulot narxiga katta vazifa yuklanadi. Faqat narxgina xaridorning iqtisodiy “qurbonligi” (aniq bir mahsulot sotib olish bilan bog‘liq bo‘lgan va boshqa mahsulotlardan voz kechish) ni belgilaydi. Xaridor uchun narx bu “qurbonlik” hisoblanadi. Uni xaridor biron bir foyda yoki nafliligiga ega bo‘lish uchun to‘laydi. Biron bir mahsulot uchun yuqori narx to‘lash xaridor uchun boshqa biron bir mahsulotdan voz kechishni bildiradi. Shuning uchun u sotuvchi taklif qilgan narxni mahsulot nafliligi bilan va boshqa alternativ mahsulotlar narxi bilan solishtiradi. Shunday qilib, har xil xaridorlar uchun mahsulot nafliligi bo‘lishi bizni bozor segmentatsiyasiga va har xil narxlarga olib keladi. Xaridorlarning talablari, raqobatchilar tomonidan mahsulotlar doimo o‘zgarib turishini inobatga olgan holda muntazam ravishda narxlarni qayta ko‘rib chiqib turish lozim.Narx marketing kompleksining boshqa uchta unsuri (tovar, savdo, harakatlantirish) bilan daromad keltirish borasida farqlanadi. Narx (baho) sotuvchi uchun o‘z mehnati taqdirlanishini ko‘rsatadi Marketing—miks kompleksidagi narxning o‘rni. Narx bajaradigan ba’zi bir vazifalarni ko‘rib chiqamiz: avvalo, narxlar ishlab chiqarish va iste’moldagi o‘zgarishlardan xabar beradi. Masalan, poyafzalga bo‘lgan talab biron bir sababga ko‘ra ko‘payib borayapti, deb faraz qilaylik. Bu hol poyafzal do‘konlari egalariga, poyafzallar uchun yuqoriroq narx qo‘yish imkonini beradi. Ikkinchi tomondan, sotuvchilar poyafzal fabrikalariga qo‘shimcha buyurtmalar beradilar, chunki ularni ko‘proq sotish ularning daromadlarini oshiradi. Fabrikani aynan poyafzal ishlab chiqarishdan manfaatdor qilish uchun ularga poyafzal do‘konlarining egalari ilgarigiga qaraganda balandroq narx taklif qilishlari lozim. Fabrikalar ishlab chiqarishni kengaytirish uchun har xil charm va uning o‘rnini bosuvchi boshqa resurslarni ko‘proq sotib olishlari, shuningdek, qo‘shimcha ishchi kuchini yollashlari lozim bo‘ladi. Ishlab chiqarishning ushbu omillariga talabning ortishi ularning baholari oshishiga olib keladi, bu esa o‘z navbatida ularni taklif qilishning o‘sishini rag‘batlantiradi. Shu tariqa ishlab chiqarishning bir bo‘g‘unidan boshqasiga poyafzalga talab oshganligi haqida axborot yetkazib turiladi. Poyafzal uchun kerakli bo‘lgan tovarlarga ehtiyojning ortishi mo‘yna (jun) sanoati, furnituralar ishlab chiqarish ko‘lamini kengaytirishni, ishlab chiqaruvchilarni rag‘batlantiradi. Narxlar faqat iste’moldagina emas, balki ishlab chiqarishdagi o‘zgarishlardan ham darak beradi. Masalan, yong‘in chiqishi natijasida ko‘p zavodlar to‘xtab qoldi, deylik u holda ishlab chiqarish kamayib ketadi. Ushbu hol ularning narxini oshishiga olib keladi, bu o‘z navbatida poyafzal fabrikalari egalari uchun poyafzallarni ilgarigi miqdorda tayyorlashni befoyda qilib qo‘yishi mumkin. Talab ilgaridek qolganda poyafzal ishlab chiqarishni qisqartirish va sotuvchilar uchun ularga balandroq chakana narxlar belgilash imkonini yaratadi. Tovarning oshgan narxi uni iste’mol qilishni qisqartirishdan darak beradi. Charm ishlab chiqarishni qisqartirish haqidagi xabar shu tariqa poyafzal iste’molchisiga yetib boradi. Ammo uning uchun poyafzal narxi nima sababdan oshganligi muhim emas. U sabablaridan qat’iy nazar tovar narxi oshganligiga bir xilda qaraydi. Narxlarning boshqa muhim vazifasi - ishlab chiqaruvchilar va iste’molchini rag‘batlantirishdir. Narxlarning o‘zgarishi ishlab chiqaruvchilarni ham, iste’molchini ham chorasini ko‘rishga, ayni vaqtda bunday chora imkoniyat yaratishga undaydi. Bizning misolimizda poyafzalga talabning ortishi ularni ishlab chiqarishni ko‘paytirishga rag‘batlantiradi. Lekin bu xomashyo materiallarini, xullas, ishlab chiqarishni kengaytirish uchun zarur hamma narsalarni xarid qilish, ko‘paytirishni talab etadi. Poyafzal fabrikalarida bunday imkoniyat paydo bo‘ladi ham, zero poyafzalga bo‘lgan talab va narxning oshishi ular qo‘shimcha daromad olishi va bu daromad ishlab chiqarishni kengaytirishga sarflanishi mumkin. Bu esa poyafzalning narxi balandroq bo‘lganda poyafzal fabrikalari egalariga o‘z daromadlarini yanada oshirish imkonini beradi. Shunisi ham muhimki, narxlar mexanizmi ishlab chiqarilayotgan mahsulot miqdorini ko‘paytirishgina emas, ishlab chiqarishning eng tejamli usullarini ishlashni ham rag‘batlantiradi. Poyafzal ishlab chiqaruvchilarning daromadi sotishdan tushgan pul bilan ishlab chiqarish xarajatlari o‘rtasidagi tafovutdan iborat bo‘lganligi sababli eng kam xarajat qilgan holda mahsulot ishlab chiqarish ular uchun foydali bo‘ladi. Poyafzal ishlab chiqarishda foydalaniladigan charmning biron xili borgan sayin kamyob va qimmat bo‘lib boradi, deb faraz qilaylik. Bu hol uni tejashga va uni o‘rnini bosa oladigan arzonroq materialni izlashga rag‘batlantiradi. Narxlarning uchinchi vazifasi ikkinchisi bilan chambarchas bog‘liq. Bu daromadlarning taqsimlanishidir. Tovar ishlab chiqarish sharoitida xo‘jalik faoliyati ishtirokchilari oladigan daromadlar ular o‘z shaxsiy yoki ishlab chiqarish iste’mollarini ko‘zlab sotadigan yoki sotib oladigan tovarlar va xizmatlarning narxlariga bevosita bog‘liqdir. Narxlarning o‘zgarishi iqtisodiy ne’matlar sotuvchilari va xaridorlari turli guruhlarining daromadlari miqdoriga to‘g‘ridan to‘g‘ri ta’sir ko‘rsatadi. Bozorga jamiyat uchun eng zarur ne’matlarni yetkazib beruvchilar, shuningdek, ushbu paytda mo‘l-ko‘l bo‘lgan ne’matlarni sotib oluvchilar ham yutadilar. Poyafzalchilik mehnatiga bo‘lgan talab oshsa (taklif o‘zgarmay qolgan darajada), ularning ish kuchining narxi, demak, daromadlari ham ortadi. Mehnat bozorida taklif oshadigan (doimiy talab sharoitida) bo‘lsa, uning aksi bo‘ladi: ish kuchining narxi pasayadi. Narxlarning to‘rtinchi vazifasi alohida korxonalarga va xo‘jalik sohalariga ishlab chiqarish omillarini taqsimlashdir. Narxlar xo‘jalik yurgizishning muhim vositasidir. Marketingni boshqarish jarayonida marketologlar narxlarning barcha turlaridan, asosan ulgurji narxlar, mahsulot tashish tariflari va hisob narxlari bilan ish ko‘radilar. Narxlarni quyidagi belgilar orqali turkumlash mumkin: a) Savdo sohasi bilan bog‘liq narxlar turlari: Ulgurji Chakana Xarid va boshqalar. b) Boshqarish darajasi va usullari jihatidan farq qiluvchi hamda davlat tomonidan tartibga solinish darajasiga qarab narxlar: Tartibga solinadigan (boshqarilib, o‘zgarib turadigan) narxlar Erkin narxlar Qat’iy belgilangan, tasdiqlangan narxlar c) Narxning boshqa xillari (masalan, bozor narxi, xalqaro narxlar va h.k.). Xaridorga realizatsiya qilinadigan tovar miqdoriga bog‘liq holda narxlarning quyidagi turlari farqlanadi: Download 38.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling