Reja: Kirish. Asosiy vositalarning mavjudligi va saqlanishini tekshirish maqsadi va tartibi. Asosiy vositalarning inventarizatsiyadan o’tgan holatini tekshirish


Download 42.44 Kb.
bet1/2
Sana20.10.2023
Hajmi42.44 Kb.
#1711981
  1   2
Bog'liq
audit


Reja:
Kirish.

  1. Asosiy vositalarning mavjudligi va saqlanishini tekshirish maqsadi va tartibi.

  2. Asosiy vositalarning inventarizatsiyadan o’tgan holatini tekshirish.

  3. Bosh daftar ma’lumotlari bilan sintetik va analitik hisob registlari ko’rsatkichlarini solishtirish natijalari bo’yicha tekshiruv.

Foydalanilgan adabiyotlar.

1.Asosiy vositalarning mavjudligi va saqlanishini tekshirish maqsadi va tartibi.
Balansning aktivlar bo’limida eng kata ulushni egallagan asosiy vositalar buxgalteriya hisobida alohida e'tibor talab qiladi. Asosiy vositalar to'g'risidagi ma'lumotlar korxonalarning moliyaviy holati va faoliyatini tavsiflash uchun katta ahamiyatga ega. Asosiy vositalar auditi nafaqat asosiy vositalarning holatini aks ettiruvchi hisobotning ishonchliligi to'g'risida xulosa chiqarishga imkon beradi, bu birinchi navbatda uchinchi shaxslar uchun muhimdir, balki audit ichki ma'lumotlar foydalanuvchilari uchun boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun foydalidir.
Asosiy vositalar mavjudligi va saqlanishini auditorlik tekshiruvidan o‘tkazishdan maqsad buxgalteriya hisoboti moddalarining haqqoniyligini ta’minlashdan iborat.
Bunda auditor quyidagilarni tekshirishi lozim:

  • qiymati korxonada belgilab qo‘yilgan chegaradan past bo‘lgan obyektlar yoki qiymatidan qat’i nazar xizmat muddati 12 oydan kam bo‘lgan obyektlar asosiy vositalar qatoriga o‘tib qolmaganligi;

  • korxonada asosiy vositalar inventar va xo‘jalik ashyolari qatoriga va aksincha o‘tkazilmaganligi;

bunda shuni nazarda tutish zarurki, obyekt qiymatining chegarasi obyektni sotib olish (foydalanishga topshirish) sanasiga aniqlanadi. Asosiy vositalarni inventar va xo‘jalik ashyolari qatoriga asossiz o‘tkazish auditorlik tekshiruvi chog‘ida aniqlanadigan xatolardan biridir. Ko‘p hollarda bunday o‘tkazishning sababi korxonaning amortizatsiya hisoblash ishlarini kamaytirishga intilishi hisoblanadi.
Auditor O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksiga muvofiq

  • asosiy vositalar oldi-sotdi shartnomalarining mavjudligi va rasmiylashtirilishini,

  • ayrim xarajatlarni asosiy vositalar qiymatiga qo‘shishning qonuniyligini;

  • tugallangan qurilish obyektlari inventar qiymatining to‘g‘ri aniqlanganligi;

  • qo‘shimcha qurilganidan va qo‘shimcha jihozlanganidan, qayta jihozlanganidan, zamonaviylashtirilganidan;

  • qisman tugatilganidan so‘ng obyekt qiymati to‘g‘ri aniqlanganligini tekshiradi.

Auditorlik tekshiruvi chog‘ida korxonaning asosiy vositalar obyektlariga “mulkiy huquqi’ning talab darajasida rasmiylashtirilganligini isbotlash zarur.
Auditorga asosiy vositalar obyektlarini yaratish, sotib olish, berish shartnomalari, zarur hollarda esa - qonunchilikka muvofiq oldi-sotdini ro‘yxatga olish guvohnomasi taqdim qilinadi.
Asosiy vositalarning to‘g‘ri baholanganligini aniqlash asosiy vositalar mavjudligi va harakatini tekshirish chog‘idagi muhim masalalardan biri hisoblanadi. Chunki mulk solig‘i bo‘yicha budjet bilan hisob-kitoblar, shuningdek, korxona faoliyatining moliyaviy natijalarini aks ettirish va hisobot tuzish shunga bog‘liq.
Auditor tekshiruv o‘tkazishda asosiy vositalarni hisobga qabul qilish uchun asos bo‘lgan dastlabki hujjatlarni (AV-1, AV-6 va boshqa shakllar) jalb qiladi.
Asosiy vositalar mavjudligi, saqlanishini tеkshirish maqsadida auditor tomonidan quyidagilar:

Asosiy vositalar ob'еktlarini nazorat qilish va hisobga olish holatini tеkshirish natijalariga ko’ra auditor nazorat samaradorligi to’g’risida xulosa chiqarishi mumkin.


Asosiy vositalarni baholashning to‘g‘riligini tekshirish yoppasiga (obyektlar soni unchalik katta bo‘lmaganda) yoki tanlab o‘tkaziladi. Asosiy vositalarni baholash va dastlabki qiymatini aniqlash amaldagi qoidalarga muvofiq amalga oshiriladi hamda asosiy vositalar obyektlarini sotib olish usuliga bog‘liq.
Auditor O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksiga muvofiq asosiy vositalar oldi-sotdi shartnomalarining mavjudligi va rasmiylashtirilishini, ayrim xarajatlarni asosiy vositalar qiymatiga qo‘shishning qonuniyligini; tugallangan qurilish obyektlari inventar qiymatining to‘g‘ri aniqlanganligi; qo‘shimcha qurilganidan va qo‘shimcha jihozlanganidan, qayta jihozlanganidan, zamonaviylashtirilganidan yoki qisman tugatilganidan so‘ng obyekt qiymati to‘g‘ri aniqlanganligini tekshiradi.
Auditor baholarni kelishish bayonnomasi va ta’sis hujjatlarida asosiy vositalar baholanishining aks ettirilishi; boshqa xarajatlarni asosiy vositalar dastlabki qiymatiga qo‘shishning qonuniyligi; bozor baholarini qo‘llashning ishonchliligini tekshiradi.
Asosiy vositalar bozor bahosini aniqlash uchun aynan shularga o‘xshash mahsulotlar baholari to‘g‘risida tayyorlovchi – tashkilotlarning yozma ravishda bergan ma’lumotlaridan; ommaviy axborot vositalari va maxsus adabiyotlarda e’lon qilingan baholar to‘g‘risidagi ma’lumotlardan; ayrim asosiy vositalar obyektlarining qiymati to‘g‘risida ekspert xulosalaridan foydalanish mumkin. Bunday asosiy vositalarni tashib keltirish bo‘yicha korxona tomonidan qilingan xarajatlar ham obyekt qiymatiga qo‘shiladi.
Chet el valutalari hisobiga sotib olingan asosiy vositalarni baholash chet el valutasini O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan, asosiy vositalar obyektini sotib olish sanasiga amal qilayotgan valuta kursi bo‘yicha so‘mga hisoblab o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Auditor kontrakt shartlariga muvofiq mulkka egalik huquqining o’tish vaqti to’g’ri aniqlanganligi; asosiy vositalarni sotib olish bilan bog’liq bojxona to’lovlari va boshqa chiqimlarning sotib olingan asosiy vositalar qiymatiga qo’shilganligini tekshirishi lozim.
Auditor asosiy vositalarni baholashning to’g’riligini tekshirish chog’ida asosiy vositalar dastlabki qiymatining o’zgarish hollari bo’lganligiga, qanday sabablar (qo’shimcha qurish, qo’shimcha jihozlash, qayta jihozlash, qisman tugatish) o’zgarishga olib kelganligiga, kapital qo’yilmalarga doir xarajatlar

Schot N




0820

Asosiy vositalarni xarid qilish

0840

Asosiy podani tashkil etish

0850

Yerni obodonlashtirish capital qo’yilmalar

0860

Moliyaviy ijara shartnomasi bo’yicha olingan asosiy vositalarga capital qo’yilmalar

0890

Boshqa capital qo’yilmalar

ushbu schyotlarda aks ettirilganligiga e’tibor qaratishi lozim.
So’ngi yillarda asosiy vositalarni qayta baholashni tekshirish muhim ahamiyat kasb etmoqda. 21-BHMSga muvofiq korxonalarda asosiy vositalar ob’ektlarini qayta baholash summalari 8510–«Mulklarni qayta baholash bo’yicha tuzatishlar» schyotida aks ettiriladi. Bunday tekshiruv qayta baholash natijalari rasmiylashtirilgan hujjatlar asosida amalga oshiriladi.
Bunda auditor quyidagilarni tekshirishi lozim: barcha asosiy vositalar to’lig’iga yoki ularning bir qismi qayta baholanganligi; asosiy vositalar tarkibida hisobda turgan er uchastkalari va tabiiy foydalanish ob’ektlari qayta baholanganligi; qayta baholash qanday usullar yordamida o’tkazilganligi (indeksatsiya qilish yoki hujjat bilan tasdiqlangan bozor baholari bo’yicha to’g’ridan-to’g’ri hisoblab o’tkazilishi va h. k. ); bozor baholarini tasdiqlaydigan hujjatlarning mavjudligi; hisob-kitoblar to’g’riligini tanlab tekshirish; qayta baholashdan so’ng eskirganlik darajasi o’zgarganligi, qayta baholash natijalarining inventar kartochkalarida aks ettirilganligi, qayta baholash natijalarining buxgalteriya hisobi schyotlarida to’g’ri aks ettirilganligi, qayta baholash natijalarining hisobot tuzishda hisobga olinganligi va shunga o’xshashlar.

Download 42.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling