Reja: Kirish Banklararo hisob-kitoblarning mazmuni va ularning rivojlanishi


Download 55.78 Kb.
bet6/7
Sana19.06.2023
Hajmi55.78 Kb.
#1626709
1   2   3   4   5   6   7
Hududlararo hisob-kitoblar hisobi
Banklararo hisob- kitoblar bir viloyat ichidagi hisob – kitoblar markazi orqali amalga oshirilib qolmay viloyat tashqarisiga ham chiqishi mumkin. Bunda banklararo hisob-kitoblar viloyat Markaziy banki boshqarmalari qoshida ochilgan Hisob-kitob markazlari orqali o’tkaziladi.
Turli Hisob –kitoblar markazida vakillik hisobvarag’iga ega bo’lgan banklar o’rtasidagi hisob-kitoblar hududlararo hisob-kitoblar deb yuritiladi.
Hududlararo hisob-kitoblarda Hisob-kitoblar markazlaridan o’tadigan barcha elektron to’lovlarning filiallararo oborotlari hisob –kitoblar markazlarida ochiladigan quyidagi hisob varaqlarida aks ettiriladi.
27402-joriy kunning boshlang’ich avizosi
17405-joriy kunning javob avizosi
17409-joriy kunning taqqoslangan avizosi
27414-taqqoslanmagan kredit avizosi
Har bir tijorat bankidan kelib tushgan barcha elektron to’lov hujjatlari asosida hisob-kitoblar markazida debet va kredit elektron avizolar shakillanadi. Hududlararo va banklararo hisob-kitoblar bo’yicha ham buxgalteriya yozuvlari alohida kredit va debet, alohida kredit elektron avizolar bo’yicha dasturiy yo’l bilan amalga oshiriladi. Xududlararo banklararo to’lovlarni bir hisob-kitob markazi boshlab beradi, ikkinchi hisob markazi esa ularni qabul qiladi, ya’ni operatsiyalarni yakunlaydi. Operatsiyalarni boshlab beruvchi hisob kitoblar markazida quyidagi buxgalteriya yozuvlari o’tkaziladi:
Debet 21302 TB ‹‹A››
Kredit 27402
Tushunish oson bo’lishi uchun kredit avizolari bo’yicha operatsiyalarni keltiramiz. Yuqoridagi buxgalteriya yozuvi ham kredit avizolari bo’yichadir. Bu buxgalteriya yozuvi birinchi hisob-kitoblar markazida to’lovchi tijorat bankining hisobvarag’idan pul kamaytirilib kunning boshlang;ich avizosi hisobvarag’iga o’tkazilgani va boshlang’ich banklararo oborotlar bajarilganligini bildiradi.
Hisob-kitoblar markazida boshqa (birinchi) hisob-kitoblar markazining tijorat bankidan olingan elektron avizolar bo’yicha dasturiy usulda quyidagi javob buxgalteriya yozuvi o’tkaziladi.
Debet 17405
Kredit 21302 TB ‹‹B››
Bu buxgalteriya yozuvi birinchi hisob-kitoblar Markazidan kelgan elektron avizoga javoban, elektron pullarni joriy kunning javob avizosi hisobvarag’i orqali ‹‹B›› tijorat bankining vakillik hisobvarag’iga o’tkazilganligini bildiradi. Boshqacha aytganda, bir hisob-kitob markazi boshlagan banklararo operatsiyasi ikkinchi hisob-kitob markazida yakunlanadi.
Barcha hududlararo hisob-kitoblar tijorat bankining vakillik hisobvarag’larida va 17405, 27402 – balans hisobvaraqlarining shaxsiy hisobvaraqlarida aks ettiriladi. Hisob-kitoblar Markazidan jo’natilgan elektron to’lov hujjatlari asosida “Hududlararo hisob-kitoblar bo’yicha jo’natilgan hujjatlarning elektron avizolari ro’yhati” va 606-shakldagi hisobot tuziladi. Olingan elektron avizolar bo’yicha esa “Hududlararo olingan hisob-kitoblar bo’yicha olingan elektron avizolar ro’yhati” tuziladi.
Hisob-kitob markazlarida yaratilgan (ya’ni tijorat banklaridan olingan hujjatlar asosida shakillantirilgan) debet va kredit avizolar asosida har kuni 606 shakildagi hisobot shakillanadi. Hudud ichidagi va xududlararo to’lovlar mavjud bo’lmagan hollarda ham hisobot tuziladi, lekin bu hisobot shakli kunlik aylanmasi nol holida tuziladi. Bunda aylanmalar yil boshidan boshlab hisobotda aks ettiriladi.
Hududlararo hisob-kitoblar bo’yicha 606- hisobot shakli tizimi vaqti qat’iy chegaralangan, chunki bunday hisob-kitoblar bo’yicha taqqoslash operatsiyalari o’tkaziladi. Taqqoslash uchun o’z vaqtida olingan ma’lumotlar asosida elektron tabulyagramma tuzish lozim bo’ladi.
Tuzilgan hisobot kompyuter ekraniga chiqariladi, so’ngra ma’lumot tarzida qog’ozga bosib chiqariladi. U ro’yhat bilan yoki hududlararo to’lovlar va 27402 hisob raqamining shaxsiy hisobvaraqlari bilan filiallar hisobvaraqlarining hisobvaraqlarini yozish bo’yicha buxgalteriya yozuvlarini hisobga olmagan holda taqqoslanadi. Tuzilgan hisobot Axborotlashtirish Markaziga beriladi. Bu yerda hisobot tekshiruvdan o’tkaziladi va berilgan hisobot bo’yicha tasdiq fayli tuziladi hamda hisob-kitoblar markaziga jo’natiladi. Tasdiq faylini olgandan so’ng hisob-kitob markazlarida ular qayta ishlanadi. Qayta ishlash jarayonida xatolar topilishi mumkin, bunday hollarda hisobot xatolarni tuzatgan holda qayta tuziladi va Axborotlash bosh markaziga yuboriladi.
Umuman, hisobot davridagi axborotlar joriy kun uchun 27402- hisob raqam bo’yicha kunning oxiridagi qoldiqqa teng bo’lishi shart. Yil boshidan hisoblangan oborotlar yil boshidan boshlab 27402- hisob raqam bo’yicha sof oborotlarga teng bo’lishi lozim.
Hisob-kitoblar markazidan 606 hisobot va elektron avizosi bilan olinadigan fayllar Axborotlash bosh markazida “filiallararo oborotlar tekshiruvi” bo’yicha keying bosqichda qayta ishlanadi. Bunday tekshiruvni o’tkazishdan maqsad “taqqoslash” vazifasini bajarish uchun elektron tabulyagrammalarni shakllantirishdir.
Elektron to’lovlar tizimida hududlararo hisob-kitoblarni amalga oshirilishini nazorat qilish uchun har bir Hisob-kitoblar markazida taqqoslash vazifasi o’rnatilgan. Taqqoslash vazifasining mohiyati kun davomida Axborotlashtirish bosh markazidan olingan elektron tabulyagrammalarni barcha javob elektron avizolar bilan solishtirishdir. Ushbu vazifa hisob-kitoblar markazi amaliyot kunining bajarilishi shart bo’lgan yakuniy bosqich bo’lib hisoblanadi. Axborotlashtirish bosh markazidan tabulyagrammalar olingandan so’ng hisob-kitoblar markazida “taqqoslash” vazifasini amalga oshirish boshlanadi. Bu vazifani bajarish jarayonida tabulyagrammalar to’plami va kun davomida hisob-kitoblar markazidan o’tgan javob avizolar to’plamining ma’lumotlari quyidagi asosiy belgilar bo’yicha taqqoslanadi.

  • ‹‹A›› bankning kodi

  • ‹‹B›› bankning kodi

  • mijozlar hisobvaraqlari nomeri

  • avizo raqami, sanasi, summasi

Taqqoslash natijalari bo’yicha filiallararo hisobvaraqlarining yopilishi bilan
yakunlanadigan hisob-kitoblar markazining hisobvaraqlari bo’yicha tegishli buxgalteriya o’tkazmalari bajariladi. Yuqorida kredit avizolarni misol qilganimiz uchun kredit avizolar bo’yicha o’tkazmalarni ko’rib chiqamiz. Taqqoslangan avizolar uchun hisob-kitoblar markazida quyidagi buxgalteriya yozuvlari qayd etiladi.
Debet 17409
Kredit 17405
Javob elektron avizolar ro’yhatda topilmasa yoki ikki belgi bo’yicha qiyoslanmasa, bunday avizolar taqqoslanmagan avizolar bo’lib hisoblanadi. Taqqoslanmagan kredit avizolar bo’yicha quyidagi buxgalteriya o’tkazmalari bajariladi.
Debet 17409
Kredit 27414
Taqqoslash vazifasi hal qilish jarayonining oxirgi bosqichida filiallararo oborotlar hisobvaraqlarini yopish avtomatik tarzda amalga oshiriladi. Filiallararo oborotlar bo’yicha hisobvaraqlari faqat Toshkent Hisob-kitob markazida ochilgan 27418 tranzit hisobvaraqlari orqali o’tkazmalar asosida yopiladi.
Toshkent shahar Hisob-kitoblar markazida barcha hududiy Hisob-kitob markazlaridan filiallararo oborotlar hisob-varaqlarini yopish to’g’risida elektron avizolar olingandan so’ng dasturiy tarzda quyidagi buxgalteriya o’tkazmalari amalga oshiriladi.
Debet 17405
Kredit 27418

Debet 27418


Kredit 17405

606 shakildagi hisobot barcha Hisob-kitoblar markazlaridan o’z vaqtida olinsa hamda Toshkent shahar hisob-kitoblar markaziga filiallararo oborotlar hisobvaraqlarini yopish bo’yicha elektron avizo yuborilsa, amalga oshirilgan o’tkazmalar natijasida 27418-hisob raqam har kuni 0 ga yopiladi. Bu Respublika bo’yicha olingan operatsion kun bo’yicha hududlararo barcha hiso-kitoblar to’g’ri yakunlanganligini ko’rsatadi.


Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining kelib chiqish sabablari vabank-moliya tizimiga ta'siri O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A.Karimovning “Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, uni bartaraf etishning yo‘llari va choralari” asarida aniq dalillarga tayanilgan holda asoslab berilgan. I.A.Karimovning xulosasiga ko‘ra, global moliyaviy inqiroz AQShning ipotekali kreditlash tizimida ro‘y bergan tanglik holatidan boshlandi. Keyinchalik esa, bu jarayonning miqyosi kengayib, yirik banklar va moliyaviy tuzilmalarning likvidlilik, ya'ni to‘lov qobiliyati zaiflashib, moliyaviy inqirozga aylanib ketdi. Taraqqiy etgan mamlakatlarda va ko‘pchilik o‘tish iqtisodiyoti mamlakatlarida tijorat banklarining joriy likvidliligini yo‘qotib qo‘yishi ular orqali o‘tadigan naqd pulsiz hisob-kitoblarning uzluksizligini ta'minlash imkonini bermadi. Bu esa, naqd pulsiz hisobkitoblarni tashkil qilishning muhim printsipi – tijorat bankining yetarli darajada likvidli bo‘lishi printsipining buzilganligidan dalolat beradi. Likvidlilikni ta'minlash masalasining printsip darajasiga ko‘tarilganligi naqd pulsiz hisob-kitoblar amaliyotini takomillashtirish masalasini banklar va to‘lovni amalga oshiruvchi korxonalarning likvidliligini ta'minlash masalasi bilan uzviy bog‘liqlikda tadqiq qilish zaruriyatini yuzaga keltiradi. Taraqqiy etgan mamlakatlarda va qator o‘tish iqtisodiyoti mamlakatlarida jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida tijorat banklarining likvidliligini ta'minlash maqsadida quyidagi usullardan foydalanildi:
1.Markaziy banklarning lombard va ochiq bozor operatsiyalari ob'ektlarining soni oshirildi. YeMB 2008 yildan boshlab bank sektorining likvidliligini oshirish maqsadida aktivlar bilan ta'minlangan obligatsiyalar va korporatsiyalarning aktsiyalarini lombard kreditlari uchun garov sifatida qabul qilishini ma'lum qildi. Angliya Markaziy banki 2007 yilning sentyabr oyidan boshlab korporativ obligatsiyalar, shu jumladan, ipoteka obligatsiyalari bilan REPO operatsiyalarini amalga oshira boshladi.
2. Markaziy bankning qayta moliyalash kreditlarining muddati uzaytirildi. 2008 yil 16 oktyabrdan boshlab YeMB tijorat banklariga 6 oygacha muddatga markazlashgan kreditlar olish imkonini berdi. Rossiya banklariga 2020 yilgacha muddatga Markaziy bank tomonidan 500 mlrd. rubl miqdorida subordinar kreditlar berildi.
3. Hukumat tomonidan kompaniyalar va banklarning aktsiyalarini sotib olish yo‘li bilan ularning kapitallashish darajasi oshirildi. Rossiyada kompaniyalar va banklarning kapitallashish darajasini oshirish maqsadida hukumat tomonidan 2007-2008 yillarda 185 mlrd. AQSh dollari miqdoridagi mablag‘lar ajratildi. Ushbu ko‘rsatkich mazkur davr mobaynida AQShda 714 mlrd. dollarni, Germaniyada 177 mlrd. Dollarni tashkil qildi.
4. Hukumatlar tomonidan kompaniyalar va banklarning moliyaviy majburiyatlarining kafolatlanishi. Ana shu maqsadlarga AQSh hukumati tomonidan 1769 mlrd. AQSh dollari, Germaniya hukumati tomonidan 539 mln. AQSh dollari, Yapoiniya hukumati tomonidan 303 mlrd. AQSh dollari miqdorida mablag‘ sarflandi. Mamlakatimiz Prezidenti I.A.Karimov ushbu asarida O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklarining likvidliligi va to‘lovga qobilligiga nisbatan global moliyaviy inqirozning ta'sirini yumshatish imkonini beradigan shart-sharoitlarning mavjudligini e'tirof etganlar. Buboradagi asosiy shart-sharoitlar sifatida quyidagilar e'tirof etilgan:
1. O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklarining aktivlari vadepozitlari o‘rtasidagi optimal nisbatni shakllantirilganligi. Mamlakatimiz Prezidenti tomonidan keltirilgan hisob-kitoblarga ko‘ra, respublikamiz tijorat banklari aktivlari miqdori, “Fuqarolarning banklardagi omonatlarini himoyalash kafolatlari to‘g‘risida”gi qonungamuvofiq, shakllangan zaxiralarni hisobga olgan holda, 13 trillion 360 milliard so‘mdan oshadi. Bu aholi va xo‘jalik yurituvchi sub'ektlarning jalb qilingan depozitlari hajmidan taxminan 2,4 barobar ko‘p demakdir.
2. Mamlakatimiz bank tizimi joriy likvidliligining talab darajasida ekanligi. Respublikamiz bank tizimining joriy likvidliligi 1,5 mlrd. AQSh dollaridan ortiq bo‘lib, tashqi nodavlat qarzlar bo‘yicha to‘lanishi kerak bo‘lgan to‘lovlar hajmidan 10 barobar ko‘p demakdir.
3. O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklarining kapital bazasini yetarli ekanligi.
Mamlakatimiz tijorat banklari kapitalining yetarlilik darajasi Bank nazorati bo‘yicha xalqaro Bazavizavi qo‘mitasi talablari asosida belgilangan xalqaro standartlardan qariyb uch barobar ko‘p, ya'ni 24 foizdan yuqoridir.
Ma'lumki, Xalqaro hisob-kitoblar bankining ma'lumotlariga ko‘ra, dunyoning 150 dan ortiq mamlakatida, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasida tijorat banklari faoliyatini nazorat qilish bo‘yicha xalqaro Bazel standarti qabul qilingan. Ushbu standartga ko‘ra tijorat banki regulyativ kapitalining yetarliligiga nisbatan belgilangan minimal talab bank aktivlarining riskka tortilgan summasiga nisbatan 8 % qilib belgilangan. Agar tijorat bankida regulyativ kapitalning yetarlilik koeffitsiyenti amalda 8 foizdan past bo‘lsa, u holda, ushbu bankning balansi nolikvid hisoblanadi.
4. Respublikamiz tijorat banklaridagi aholi omonatlarini davlat tomonidan 100 % kafolatlanganligi. Aholining banklardagi omonatlarini davlat tomonidan to‘liq kafolatlanganligi uning bank tizimiga bo‘lgan ishonchini oshirishga xizmat qiladi. Natijada banklardagi aholi omonatlari qoldig‘ining o‘sish tendentsiyasini ta'minlash imkoni yuzaga keladi. Taraqqiy etgan mamlakatlarda jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi tijorat banklarining likvidliligiga jiddiy putur yetkazdi va hatto banklarning bankrot bo‘lishiga olib keldi. Buning asosiy sababi bo‘lib, banklar tomonidan berilgan kreditlarning qaytmasligi hisoblanadi. Kreditlarning qaytmasligi oqibatida tijorat banklarida likvidlilik muammosi chuqurlashdi, banklar faoliyatining zarar bilan yakunlanishi esa, ularning kapital bazasini mustahkamlash imkonini bermadi. Masalan, Shveytsariyaning eng yirik xalqaro banklaridan biri UBS banki 2007-2008 yillarda hammasi bo‘lib 37,4 mlrd. AQSh dollari miqdoridagi muammoli aktivlarni balansdan chiqardi. Umuman moliya institutlari 2007-yilning noyabr oyidan boshlab hammasi bo‘lib 150 mlrd. AQSh dollari miqdoridagi muammoli aktivlarni balanslaridan chiqardilar. Yevropa va AQShdagi bir qator banklar og‘ir muammolarni boshdan kechirdi. Sotilishi yoki milliylashtirilishi ko‘ndalang qo‘yilgan banklar va moliya muassasalari sirasiga Bel'giyada Fortis, AQShda Merrill Lynch va AIG, shuningdek, Germaniyada Hypo Real Estateni kiritish mumkin. Xususan, Merrill Lynch – AQSh ning eng yirik brokerlik firmasi Bank of Americaga 50 mlrd. AQSh dollariga sotildi. Shuningdek, AQShning yirik sug‘urta
kompaniyasi AIGning holati yomonlashgach, uni qutqarish choralari ko‘rildi, xususan, FZT 85 mlrd. AQSh dollari miqdorida uch oylik Libor plyus 0,85 foiz stavkasida ssuda ajratgan bo‘lsa, AQSh hukumati kompaniyaning 79,9 foiz ulushini sotib oldi. Hukumatning navbatdan tashqari bunday aralashuvi favqulodda zarur edi.
Keyinchalik Bear Stearns qisqa muddatli moliyalashtirish manbalarini topa olmagach, tanazzulga uchradi va JPMorgan Chase tomonidan sotib olindi. Qayd etish joizki, JPMorgan Bear Stearns uchun 230 mln. AQSh dollaridan ortiq mablag‘ to‘lagan.Vaholanki ipoteka sekyuritizatsiya aktivlari 2007 yilning 30 noyabrь holatiga 30,3 mlrd. AQSh dollari miqdorida baholangan edi. Jahon moliyaviy inqiroziga javoban AQSh da Polson rejasi ishlab chiqildi.Polson rejasi AQSh FZT dan banklarga 700 mlrd. AQSh dollari miqdorida kreditlar ajratilishini ko‘zda tutadi. Ushbu rejadagi bosh g‘oya bo‘lib G‘aznachilik tomonidan joriy nolikvid aktivlarni xarid qilinishi yotadi. Bundan maqsad banklarni ularning balansida osilib turgan yomon aktivlardan xalos etish va ushbu aktivlarning real qiymati borasidegi noaniqliklarni bartaraf etish edi. Rejaning qay yosinda ijro etilishi uzoq muddat nomalumligicha qoldi. Bu borada muhim masalalarda aktivlarning qanday sotib olinishi edi. Bundan tashqari rejadagi asosiy holatlar sifatida bines va aholiga soliq imtiyozlarini berish va energetika sohasida mahsus rahbatlantirish choralarini ko‘rish kabilarni e'tirof etish mumkin. Polson rejasining tanqidchilari fikricha, banklar va boshqa moliya institutlaridan muammoviy aktivlarni sotib olish uchun maxsus xedjirlash fondini tashkil etish lozim, zero bu fond banklarning zararlarini sug‘urtalash bilan shug‘ullanadi. Umuman bu rejaning oqibatlari Yevropa uchun ijobiy bo‘lishi mumkin. Fikrimizcha, rejaning zudlik bilan amalga oshirilishi bozorga nisbatan bosimni pasaytiribgina qolmay, banklar o‘rtasidagi o‘zaro ishonchini tiklashga ham xizmat qiladi. Xozirgi kunda AQSh xukumati tomonidan AQSh moliya bozorlarini tanazzuldan qutqarish maqsadida sarflangan moliyaviy mablag‘lar qariyb 1trln. AQSh dollari miqdorida baholanmoqda. Boshqacha aytganda, dastlabki 700mlrd. AQSh dollari miqdoridagi xukumat xajmi oshirilib, banklarning kapitallashuv darajasini oshirish banklarning 3 yilgacha bo‘lgan yangi qarz majburiyatlari yuzasidan federal kafolatlar berish kabilarga yo‘naltirilishi mo‘ljallandi. Moliyaviy inqirozni chuqurlashishini olidini olish maqsadida Buyuk Britaniya bank tizimining bir qismini milliylashtirdi va kelgusida banklararo kreditlar bozirini rag‘batlantirishni rejalashtirgan. Masalan hozirgi kunda Royal Bank of Scotland va Lloyds banklari aktsiyalarining 50% dan ortig‘iga Angliya banki egalik qilmoqda, bundan tashqari Angliya banki yirik moliyaviy institutlarni rag‘batlantirish yo‘lida 87 mlrd. AQSh dollari moliyaviy mablag‘larni safarbar qildi.
Yevrohududi mamlakatlari ham har bir mamlakat kapitallashuv darajasi past bo‘lgan banklarning imtiyozli aktsiyalarni sotib olish va ularga qisqa muddatli moliyalashtirish muammolariga ko‘maklashish maqsadida turli miqdordagi pul mablag‘larini ajratishlariga qaramay, Britaniya modeliga ergashgan holda harakat qilmoqdalar. Bank tizimidagi milliylik muammolarini bartaraf etish maqsadida dunyoning rivojlangan sanoat mamlakatlari markaziy banklari qayta moliyalash stavkalarini pasaytirishga harakat qilmoqdalar. AQShda FZT bank tizimidagi likvidlilik muammolarini yumshatish maqsadida diskont stavkasi va federal fondlar stavkalarini pasaytirish yo‘lidan bordi. AQShda eng yirik ipoteka agentliklari bo‘lgan Fannie Mae va Freddie Mac larning ipoteka kreditlari bo‘yicha zararlari summasining keskin oshganligi mazkur kompaniyalarning bankrotga uchrash xavfini yuzaga keltirdi. Buning jiddiy salbiy oqibatlariga barham berish maqsadida AQSh hukumati ushbu kompaniyalarni milliylashtirishga qaror qildi. Chunki ularning bankrot bo‘lishi ipoteka bozorida bitim ishtirokchilarining jiddiy moliyaviy yo‘qotishlarining yuzaga kelishiga olib kelar edi. Buning sababi shundaki, Fannie Mae va Freddie Mac AQSh ipoteka bozorining yarmini nazorat qiladi. Shuning uchun ham AQSh hukumati mazkur kompaniyalarni milliylashtirdi va buning uchun 200 mlrd. dollar ularning ustav kapitaliga qo‘ydi. 2008 yilning mart oyida AQSh FZT mamlakatning yirik investitsion banki bo‘lgan Bear Stearns ni bankrot bo‘lishdan saqlab qoldi. Ya'ni, FZT JPMorgan bankiga Bear Stearns ni sotib olish uchun 30 mlrd. dollar miqdorida kredit berdi. 2008 yil sentyabr oyida ipoteka inqirozi yanada chuqurlashdi.
2008 yilning sentyabr oyining oxiriga kelib LIBOR ning darajasi ikki martaga ko‘tarildi. Bu esa, ipoteka kreditlari hajmining yanada qisqarishiga olib keladi. AQSh Moliya vaziri G.Polьson ipoteka inqirozi tufayli yuzaga kelgan inqiroz natijasida zarar ko‘rgan moliya kompaniyalariga yordam berish maqsadida moliya kompaniyalaridan nolikvid aktivlarni sotib olish bilan shug‘ullanuvchi davlat agentligini tuzishni taklif qildi. Uning fikriga ko‘ra, Agentlikning faoliyati tijorat banklari va boshqa moliya kompaniyalarining balansidagi nolikvid aktivlarning, birinchi navbatda, muddati o‘tgan ipoteka kreditlari miqdorining kamayishiga olib keladi.
Buning natijasida banklarning kreditlash imkoniyati oshadi va ushbu holat iqtisodiy o‘sish sur'atlariga ijobiy ta'sir ko‘rsatadi. Shunisi ahamiyatliki, ipoteka inqirozi nafaqat AQShni, balki Yevropadagi qator mamlakatlarni ham qamrab oldi. Jumladan, Buyuk Britaniyaning 150 yillik tarixga ega bo‘lgan Bradford & Bingley banki tarixida birinchi marta 2008 yilning iyul oyida sof zarar bilan ishlayotganligini va buninng sababi ipoteka inqirozi ekanligini tan oldi. Hozirgi davrda ushbu bankning 20 mlrd. dollar miqdoridagi aktivlarini Ispaniyaning Banco Santander banki sotib oldi, qolgan aktivlari Buyuk Britaniya hukumatining mulkiga aylandi. Ushbu milliylashtirish ipoteka inqirozi boshlangandan buyon amalga oshirilgan ikkinchi milliylashtirishdir. Bundan oldin 2007 yil sentyabrda hukumatga yordam so‘rab mamlakatning beshinchi o‘rinda turuvchi ipoteka banki -Northern Rock banki yordam so‘rab murojaat qildi. Chunki ushbu bankni sotib oluvchi talabgor bank topilmadi. Natijada bank davlat korporatsiyasiga aylantirildi va unga 27 mlrd. funt sterling miqdorida kredit berildi. Yevropaning boshqa mamlakatlarida, shu jumladan, Belьgiya, Gollandiya va Lyuksemburgda ham ipoteka inqirozi milliy bank tizimining rivojiga kuchli salbiy ta'sir ko‘rsatdi. Jumladan, Fortis bank guruhi ipoteka inqirozi ta'sirida bankrot bo‘lish yoqasiga kelib qoldi. Pirovard natijada Gollandiya, Belьgiya va Lyuksemburg hukumatlarining har biri Fortis ning o‘sha mamlakatlardagi filiallarining 49% aktsiyasini sotib olish orqali ushbu bankni bankrot bo‘lishdan saqlab qolishdi. Bankka qayd etilgan mamlakatlarning hukumatlari tomonidan berilgan moliyaviy yordamning umumiy miqdori 1,2 mlrd. yevroni tashkil qildi. Yevropada ipoteka inqirozining salbiy oqibatlarini birinchilardan bo‘lib his qilgan davlat Islandiya bo‘ldi. Inqiroz ta'sirida mamlakatning eng yirik ipoteka banki bo‘lgan Glitnir banki bankrotlik yoqasiga kelib qoldi. Agar Glitnir bank bankrot bo‘lganida edi, Islandiya ipoteka bozori ishtirokchilari yirik miqdordagi moliyaviy yo‘qotishlarga duchor bo‘lar edilar. Ana shularni hisobga olgan Islandiya hukumati Glitnir bank aktsiyalarining 75 foizini 600 mln. yevroga sotib oldi. Germaniyada ham ipoteka inqirozining chuqurlashganligiga guvoh bo‘lishimiz mumkin. Germaniyaning eng yirik ipoteka banklaridan biri Hypo Real Estate ipoteka inqirozi tufayli bankrotlik yoqasiga kelib qoldi. Uni bankrot bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun davlat 35 mlrd. Dollar miqdorida kredit berdi. Shuni alohida e'tirof etish joizki, dunyoning ko‘pchilik mamlakatlarida global moliyaviy inqirozning oqibatlarini bartaraf etishga yo‘naltirilgan mablag‘larning asosiy qismi bank-moliya tizimigayo‘naltirildi. Masalan, Rossiya hukumati tomonidan jahon moliyaviyiqtisodiy inqirozi oqibatlarini bartaraf etish maqsadida yo‘naltirilgan mablag‘larning katta qismi, aniqrog‘i 1 trln. 500 mlrd. rubli bank tizimiga yo‘naltirilgan. Buning sababi shundaki, global moliya inqirozi Rossiya tijorat banklarining likvidlilik va to‘lovga qobillik darajasining keskin pasayishiga sabab bo‘ldi. Buning natiajsida ko‘plab banklar bankrot bo‘lishdi, qolganlari ham likvidlilik muammosi tufayli to‘lovlarni o‘tkaza olmay qolishdi. Shu sababli, Rossiya bank tizimining likvidliligi va to‘lovga qobilligini ta'minlash maqsadiga katta mablag‘ yo‘naltirildi. Rossiya kompaniyalarining qisqa muddatli qarzlarining umumiy hajmi 2008 yil 1 iyulda $336 mlrd dollarni tashkil etdi. Rossiya hukumati kompaniyalarning qarzlarini kamaytirish, ularning kapitallashish darajasini oshirishga yirik miqdorda mablag‘ sarflashga majbur bo‘lishdi. Masalan, Rossiya hukumati tomonidan real sektor korxonalarining aktsiyalari va obligatsiyalarini sotib olishga 175 mlrd. rubl miqdorida mablag‘ sarflandi.
Fikrimizcha, tijorat banklarining kapitallashish darajasini oshirish bo‘yicha Rossiya tajribasi unikal tajriba bo‘lib, dunyo amaliyotida o‘xshashi yo‘q. Ya'ni, Rossiyada birinchi marta tijorat banklarining kapitallashish darajasini oshirish bo‘yicha subordinar kreditlar berildi. Ushbu subordinar kreditlar 2020 yilgacha muddatga yillik 8 % stavkada 950 mlrd. rublь miqdorida berildi. Uning 500 mlrd. rubli Markaziy bank tomonidan, 450 mlrd. rubli esa, Milliy farovonlik fondi mablag‘lari
hisobidan berildi. Subordinar kreditlar 2020 yilga qadar qaytarib olinmaydi. Bu esa, ularning barqarorlik darajasini oshiradi. O‘zbekiston Respublikasida tijorat banklarining kapitallashish darajasini oshirishni davlat tomonidan moliyaviy qo‘llab-quvvatlash usulidan keng foydalanildi. Mamlakatimizning yirik tizimli banklariga yangi aktsiyalar chiqarishga ruxsat etilib, ular davlat va Markaziy bank
tomonidan sotib olindi.
Xulosa
Buxgalteriya hisobining xalqaro tamoyillariga o`tish muammosi va uning echilishi mamlakat bank tizimining shakllanishida muhim o`rin tutadi. Hozirgi vaqtda tijorat banklarida ushbu masalani yechish uchun imkoniyatlar vujudga kelgan bo`lsada, biroq ularning rivojlanishiga to`sqinlik qiluvchi quyidagi omillar mavjud: Birinchidan, tijorat banklarining malakali buxgalter kadrlar bilan notekis to`ldirilganligi. Ayonki, banklarning, shuningdek, turli bank assotsiatsiyalarining faol ishtirokisiz malakali buxgalter kadrlar tayyorlash muammosini echish juda qiyindir. Ikkinchidan, buxgalteriya hisobotining xalqaro standartlariga o`tishi munosabati bilan bank amaliyotida hozirgi kunda buxgalterlik kasbi to`g`risida tasavvurlarning tubdan o`zgarishi yuz bermoqda. Agarda ilgari buxgalteriya hisobi hisobchilikka tenglashtirilgan bo`lsa, bugungi kunda buxgalteriya hisobi undan tashqari axborotni tahlil qilish va boshqaruv qarorlarini qabul qilishda ishtirok etish, ya`ni bank menejmentini ham o`z ichiga oladi. Shu sababli, buxgalter kadrlarning bank boshqaruviga ishtirok etishi majburiyat sifatida qaralmog`i lozim. Uchinchidan, bir qator bank operatsiyalarini buxgalteriyada rasmiylashtirish uchun me`yoriy bazaning yetishmasligi, tijorat banklarining eskirgan planschyotlari bank faoliyatini tahlil etishni qiyinlashtiradi, xorijiy banklar amaliyotida qo`llaniladigan, banklar ishonchliligi va barqarorligini baholash ko`rsatkichlari va koeffitsiyentlaridan foydalanish imkonini bermaydi. To`rtinchidan, ma`lumotlarni uzatish, telekommunikatsiyalar va qalbaki hujjatlarning bank faoliyatiga kirib kelishidan bank axborotlarini himoya qilish vositalari texnik jihozlanishining yetarlicha bo`lmagan darajasi, shuningdek, kompyuter xavfsizligini ta‟minlashning yetarli darajada emasligi. Bu yerda ba`zi banklarning bank sirini ta`minlashga noqobilligi, shu bilan birga, bank biznesini rivojlantirish bank sirini ta‟minlashni davlat siyosati darajasiga ko`tarishni talab qiladi (G`arb statistikasi ma`lumotlariga ko`ra, bank sohasidagi jinoyatlarning 60 foizi bank xodimlari tomonidan amalga oshiriladi). Beshinchidan, ba`zi auditorlik firmalarining buxgalteriya hisobi sohasida yetarlicha kasbiy mahoratga ega emasligi, tekshirish sifatlari va mas`uliyatining yo`qligi ham buxgalteriya ishining umumiy darajasiga salbiy ta`sir ko`rsatadi. Qayd qilingan omillarni hisobga olgan holda bank hisobi sifatini, uning ishonchliligi va realligini oshirish zarur. Quyida buxgalteriya hisobining asosiy tamoyillarini ochib beruvchi xalqaro standartlarning ayrimlarini keltiramiz. Faoliyatning uzluksizligi. Ushbu standartga muvofiq, agarda kelgusida bank o`z faoliyatini davom ettirishni rejalashtirayotgan bo`lsa va uni tugatish ko`zda tutilmayotgan bo`lsa, buxgalteriya hisobini yuritish qoidasi o`zgarmaydi. Firmalarni tugatish yoki aktivlar obyektini sotish hollarida hisobotda yashirin zararni aks ettirish lozim, bunday hol agarda mavjud aktivlarning sotish qiymati qoldiq qiymatdan kam bo„lgan holda yuz beradi. Moliyaviy yil bo`yicha taqsimlash. Ushbu tamoyilni amalga oshirish banklardan daromadlar va xarajatlarni hisobga olishni kredit taqdim etilganidan boshlab, mablag`lar haqiqatda kelib tushgan vaqtdan e`tiboran, ularni amalga oshirilishiga ko`ra talab etadi. Shu bilan bir vaqtda o`sib borayotgan xarajatlar foizlari, depozitlar bo`yicha foizlar to`lanish muddatidan qat`iy nazar, joriy yil hisobotida aks etishi lozim. Ehtiyotkorlik. Bu tamoyil bank aktivlari va passivlarini muayyan ehtiyotkorlik darajasida baholashni talab etadi. Bu o`ta dolzarb, chunki ularni kredit xarajatlarini bashorat qilishga mo`ljal oladi va zaxira fondlari miqdorlari va muddatlariga mos holda tavakkalchilikda hosil qilishni rag`batlantiradi. Banklar balansini yangi schyotlar asosida tuzish moliyaviy hisobot sifatini yaxshilashga, kredit tashkilotlari faoliyatini boshqarish uchun zarur bo`lgan ma`lumotlarning ishonchlilik va amaliylik ahamiyatini yanada oshirishga imkon beradi.


Download 55.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling