Reja: Kirish Bolalarda matematik tushunchalarni shakllantirish


Bolalarda matematik tushunchalarni rivojlantirish fanining asosiy masalalari quyidagilardan iborat


Download 78.16 Kb.
bet2/4
Sana26.07.2023
Hajmi78.16 Kb.
#1662813
1   2   3   4
Bog'liq
bolalarda boshlang\'ich matematik tushunchalarni rivojlantirishni tashkil qilish shakllari

Bolalarda matematik tushunchalarni rivojlantirish fanining asosiy masalalari quyidagilardan iborat:
— bolalarda matematik tushunchalarni rivojlantirish darajasi nuqtai nazaridan ikkinchi kichik, о‘rta, katta va maktabga tayyorlov guruhlari uchun shartlar rejasini asoslash;
— matematik tushunchalarni rivojlantirish maktab matematikasini о‘rganishga tayyorlashni rejalash;
- matematik tushunchalarning rivojlantirish yо‘llari va shartlarini ishlab chiqish;
— bolalarda matematik tushunchalarni rivojlantirishni ta’minlovchi metodik kо‘rsatmalar berish.
Gnedenko о‘z ishlarida matematik qobiliyatlarning ikki darajasini ajratib kо‘rsatadi: “Oddiy о‘rta qobiliyat” (ushbu qobiliyat boshlang‘ich maktab kursini о‘zlashtirish uchun zamin bо‘lgan) va “о‘rtadan yuqori bо‘lgan qobiliyat”, ya’ni matematik bilimlarni osonlikcha egallashda masalalarning aql yechimini topishda namoyon bо‘ladigan qobiliyatdir.
Matematikani о‘rgatishda u tarbiyaviy choralarga ushbu omillarni kiritadi:

  1. bolalarda о‘qishga bо‘lgan qiziqish, bilim va kо‘nikmalarni shakllantirish;

  2. mashg‘ulot jarayoniga bо‘lgan mas’uliyatlilikni tushuntirish;

  3. о‘z kuchiga, qobiliyatiga bо‘ladigan ishonchni tarbiyalash;

  4. matematika keyingi bosqich uchun “zamin” ekanligiga ishonchlilikni tarbiyalash.

Matematik tushunchalarni shakllantirishda S.I.Shvarsburd quyidagi komponentlarni ajratadi:

  1. keng qamrovli tasvirlashni rivojlantirish;

  2. asosiyni tanlay bilish, abstrakt fikrlashni bilish;

  3. aniq holatdan savolni matematik ifodalashga о‘tishni bilish;

  4. tahlil qilishni, aniq holatlarga bо‘lishni bilish;

  5. ilmiy xulosalarni aniq materialda ishlashni bilish;

  6. matematik masalani yechishda toqat qilishni bilish, deduktiv fikrlash kо‘nikmalarini hosil qilish;

  7. yangi savollarni berish (qо‘yish)ni bilish.

Demak, ilk matematik qobiliyatlar shunday insoniy xususiyatlar orqali ifodalanadiki, ular matematika ilmida yuqori ijodiy faoliyat kо‘rsatishga imkon yaratadi.
Bilim va kо‘nikmalarni о‘rganuvchilarning kо‘pchiligi bilish bu matematik masalada qо‘yilgan maqsadga muvaffaqiyatli erishtiruvchi bilim va kо‘nikmalarga asoslangan insoniy qobiliyatdir.
“Bilish”ning ayni shunday ifodalanishi ushbu izlanishda kо‘rilmoqda. “Kо‘nikma” bolaning masalani yechishdagi shaxsiy tajribasida ifodalanuvchi faoliyat deb kо‘riladi. Bilimni о‘zlashtirish va bilim hamda kо‘nikmalarning shakllanishi о‘rtasidagi bog‘lanish bolalarning bilimlariga asoslangan bilim va kо‘nikmalarni egallashda kо‘riladi. Ushbu kо‘nikma va bilimlar hisobida bolalarda yangi bilimlar, tushunchalar о‘zlashtiriladi.
I.A.Markushevich maktabgacha ta’lim oldida turgan asosiy vazifa bolalarda matematik tushunchalarni rivojlantirishdir deydi.

Download 78.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling