Reja: Kirish Bolalarda matematik tushunchalarni shakllantirish


I .A. Markushevich bolalarda quyidagi kо‘nikmalar hosil qilish uchun batafsil metodologik dasturni beradi


Download 78,16 Kb.
bet3/4
Sana26.07.2023
Hajmi78,16 Kb.
#1662813
1   2   3   4
Bog'liq
bolalarda boshlang\'ich matematik tushunchalarni rivojlantirishni tashkil qilish shakllari

I .A. Markushevich bolalarda quyidagi kо‘nikmalar hosil qilish uchun batafsil metodologik dasturni beradi:

  1. savolning mohiyatini aniqlash;

  2. aniq qо‘yilgan savoldan sxemaga о‘tish (sxemalashtirishni bilish);

  3. berilgan farazlardan mantiqiy xulosalarni keltirish;

  4. berilgan savolni tahlil qilish;

  5. nazariy fikrlashdan kelib chiqqan xulosalarni aniq savollarda ishlatishni bilish;

  6. xulosalarni taqqoslash;

  7. shartlarning natijalariga bо‘lgan ta’sirni baholash;

  8. olingan xulosalarni umumiylashtirib, yangi savollarni qо‘yish.

Yuqorida keltirilgan bilimlar bolaning ijodiy fikrlashi asosida yotadi va bu bilimlarni bolalarda maktabga qadam qо‘yguncha muntazam rivojlantirish lozimdir. Geometrik tushunchalarni rivojlantirishda bolalarda mustaqil fikrlashni shakllantiruvchi boshqa bilim va kо‘nikmalarni shakllantirish muhimdir.
Bolalarda matematik tushunchalarni rivojlantirish bir qator shartlarga bog‘liq:
Birinchidan, bola oldin egallagan bilim va kо‘nikmalarga ega bо‘lishi muhimdir.
Ikkinchidan, matematik tushunchalarning mazmuni ketma-ketlikda bо‘lishi shartdir.
Uchinchidan, bola matematik tushunchalarni о‘zlashtirish jarayonini о‘rganib, kelib chiqadigan xulosalarni bilishi shart.
Ushbu vazifalarning bajarilishi bolaning bilim hajmi va aqlining rivojlanganlik darajasiga bog‘liq. Shuning uchun birinchi bosqichda pedagog (tarbiyachi)ga aqliy kuch va tirishqoqlikni kо‘p talab qilmaydigan masalalarni taklif etish kerak.
Bunda bola sodda matematik tushunchani о‘zlashtirishi, keyin esa bora-bora bolaning о‘zi mustaqil ishlash kо‘nikmasini hosil qilgunicha matematik tushunchalarni rivojlantirib, murakkablashtirish kerak. Matematik tushunchani о‘zlashtirish jarayonidan foydalanishning maqsadga muvofiqligi shu tushunchaning mazmuniga ham bog‘liq. Har bir tushunchadagi ma’lumotlar matematik tushunchalar va g‘oyalarning mantiqiy tugallangan doirasidir, bu esa tarbiyachi tomonidan faol о‘zlashtirilgan, qaytadan ishlab chiqilib oxirigacha о‘ylangan bо‘lishi kerak.
Bolalarda matematik tushunchalarni shakllantirishda ta’limning didaktik tamoyillarini hisobga olish kerak.
Matematik tushunchalarni rivojlantirish va uni murakkablashtirish dialektikaning asosiy qonunlaridan biri bо‘lgan inkorni inkor qonuni asosida qurilgan bо‘lishi kerak. Bu qonunga kо‘ra, bir muammoni boshqa bir muammoga almashtirish ular orasidagi aniq bog‘lanishga asoslangan bо‘lishi kerak.
Keyingi va oldingi masalalar orasidagi qonuniy bog‘lanish ularning ichki sifati birligidan kelib chiqadi. Bu sifatiy birlik har bir tо‘plam masalalarning qanday maqsad uchun tuzilish strukturasidan kelib chiqadi.
M asalalar yechishda uddaburonlik bilan xulosalar chiqara olishi, paydo bо‘lgan muammolarni yechishning yо‘llarini topa bilishi ham zarur. Masalalar yechishda pedagog (tarbiyachi)larda shakllangan bilimdan tо‘liq foydalanishga imkoniyat beradigan eng qulay va sodda masalalarni yechishdan ishni boshlash kutilgan natijalarga olib kelishi mumkin.
Shuningdek, bunday ishlarni amalga oshirish tanlangan masalalarning mazmuniga, ularning turli-tumanligiga, yechish usullariga, qolaversa, mashg‘ulotning tashkil qilinishiga ham bog‘liq bо‘ladi.
Maktabgacha ta’limda har bir mashg‘ulot tugallanadigan maqsadni о‘zida mujassamlashtirgan bо‘lishi kerak. Mashg‘ulot yetarli darajada qoniqarli va muvaffaqiyatli о‘tishligi uchun tarbiyachi mashg‘ulotning umumiy ta’lim, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsad hamda vazifasini, uni amalga oshirish usullarini aniq tushungan va egallagan bо‘lishi kerak. Mashg‘ulotda masalalar yechish jarayonida har bir bola uning mustaqil fikrlashini rivojlantirishga imkon beradigan matematik bilimlar tizimiga, maxsus va umumiy о‘quv kо‘nikma hamda malakalariga, rivojlanganlik va tarbiyalanganlik darajasiga erishgan bо‘lishi kerak.
M ashg‘ulotning har bir maqsadi aniq bо‘lib, bilimda aniq bir sifat о‘zgarishni kо‘zda tutgan bо‘lishi kerak. Bolada masalalar yechish uchun tegishli kо‘nikma va malakalari, mantiqiy hamda ijodiy fikrlash faoliyati, qolaversa, unda axloqiy tarbiyasi ham tо‘la shakllangan bо‘lishi kerak. Tarbiyachi savol yordami bilan bolani rag‘batlantirishi, mashg‘ulotlarda uni, muammoli jarayonlar yaratish, erkin ijodiy mashg‘ulotlar tashkil qilishi kerak. Bu ishlarni amalga oshirishda quyidagi qator shartlarga rioya qilishi kerak va zarur:
— tasodifiy “bо‘shliqqa” yо‘l qо‘ymaydigan mashg‘ulotning borish tezligini saqlab turmoq;
— ishning boshlanishiga qadar barcha tushuntirishlar, buyruq va kо‘rsatmalar aniq qilingan bо‘lishi zarur;
— pedagog (tarbiyachi) о‘z tushuntirishlarida bolalarning individual javoblari vaqtida bolalarning fikrlash faoliyatini doimiy ravishda faollashtirib borishi kerak;
— bolalarning barchasi ishlayotgan paytda ularni ortiqcha gaplar bilan chalg‘itmaslik, xonada aylanib yurmaslik va ayrim guruh bolalariga beriladigan tanbehlar yuqori ovozda aytilmasligi kerak;
— ishning shakli va kо‘rinishi har xil bо‘lishligi;
— muhokama qilinayotgan materialni tahlil qilishda har xil strategik usullarni tashkil qilshdan foydalanish;
— maktabga tayyorlov guruhida ish tajribasi shuni tasdiqlaydiki, bir masalani turli usullar bilan og‘zaki yechish bolalarning mantiqiy fikrlashini, uddaburonligini, tezda tiklay olishini, paydo bо‘lgan bar xil muammolarni og‘zaki bajarishning tо‘g‘ri yо‘lini topa bilishlik qobiliyatini yanada rivojlantiradi va shakllantiradi.

Download 78,16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling