Reja: Kirish. Budjetdan moliyalashtirishning mohiyati va uni amalga oshirish usullari


ikkinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchi -


Download 170.68 Kb.
bet7/16
Sana17.06.2023
Hajmi170.68 Kb.
#1539222
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16
Bog'liq
Navoiy shahar

ikkinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchi - Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchilarga biriktiriladigan va oʻziga ajratiladigan budjet mablagʻlarini taqsimlovchi yuridik shaxs;
umumiy fiskal balans - Oʻzbekiston Respublikasining konsolidatsiyalashgan budjetini hamda davlat dasturlarini amalga oshirish uchun chetdan jalb qilingan va Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti hisobidan qoplanadigan qarz mablagʻlari evaziga amalga oshiriladigan xarajatlarni oʻz ichiga olgan jamlanma balans;
fiskal tavakkalchiliklar - budjet jarayoni ishtirokchilari uchun budjet tizimi budjetlari mablagʻlarini shakllantirish va sarflashda moliyaviy resurslardagi yoʻqotishlarni baholash;
moliya yili - birinchi yanvardan oʻttiz birinchi dekabr kuni oxirigacha boʻlgan vaqtni oʻz ichiga oluvchi davr;
moliyaviy majburiyatlar - budjet tashkilotlarida va budjet mablagʻlari oluvchilarda ularga pul mablagʻlarini oʻtkazish majburiyatini yuklovchi hujjatlar, shu jumladan ijro hujjatlari asosida yuzaga keladigan majburiyatlar;
subvensiya - muayyan maqsadlarga sarflash sharti bilan yuqori turuvchi budjetdan quyi turuvchi budjetga qaytarmaslik sharti bilan ajratiladigan pul mablagʻlari;
subsidiya - tovarlar ishlab chiqarish, ishlar bajarish, xizmatlar koʻrsatish va ularni realizatsiya qilishni moliyalashtirish yoki birgalikda moliyalashtirish yoxud maqsadli xarajatlarning oʻrnini qisman qoplash uchun budjet tizimi budjetlari hisobidan yuridik va jismoniy shaxslarga beriladigan pul mablagʻlari;
tartibga soluvchi daromadlar - budjet tizimi budjetlari oʻrtasida ajratmalar normativlari belgilanadigan umumdavlat soliqlari va boshqa majburiy toʻlovlar, shuningdek soliq boʻlmagan toʻlovlar. Soliq boʻlmagan toʻlovlarga budjet tizimi budjetlariga kelib tushadigan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻlmagan toʻlovlar kiradi;
xarajatlar moddasi - budjet tizimi budjetlari xarajatlarining iqtisodiy yoʻnalishi va toʻlovlarning aniq turlari boʻyicha belgilovchi budjet tasnifining bir qismi;

Download 170.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling