Reja: Kirish Byudjet tashkilotlarida debitorlik va kreditorlik majburiyatlar hisobini tashkil etishning nazariy-uslubiy asoslari. Turli debitor va kreditorlar bilan hisoblashuvlar hisobini yuritish tartibi
Byudjet va byudjetdan tashqari jamg’armalar bilan hisoblashuvlar hisobi
Download 0.95 Mb.
|
debitor kreditor mustaqil ta`lim
- Bu sahifa navigatsiya:
- Budjet tizimi to‘g ‘risida”gi qonun, 3-modda
3. Byudjet va byudjetdan tashqari jamg’armalar bilan hisoblashuvlar hisobi.
Byudjet tashkilotlari tomonidan qonunchilikka muvofiq byudjet bilan, shuningdek,byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga ajratmalarga doir, jamg‘arib boriladigan pensiya tolovlari bo‘yicha va boshqa byudjetdan tashqari jamg‘armalar bilan hisob-kitoblar olib boriladi. Davlat maqsadli jamg‘armalari va boshqa byudjetdan tashqari jamg‘armalarga byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi, Respublika yo‘l jamg‘armasi, ta’lim hamda tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasi, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamg‘armasi, O‘zbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi va boshqa jamg‘armalar kiradi. Davlat maqsadli jamg'armalari - Davlat budjeti tarkibida jamlantiriladigan jamg'armalar bo'lib, ulaming har biri uchun mablag‘lar manbalari, har bir manbadan mablag ‘ tushishi normalari va shartlari, shuningdek shu mablag 'laridan foydalanilishi mumkin bo ‘Igan maqsadlar qonun hujjatlari bilan belgilanadi “Budjet tizimi to‘g ‘risida”gi qonun, 3-modda Byudjet bilan soliqlar va boshqa to’lovlar bo‘yicha hisoblashuvlami amalga oshiradi. Ma’lumki, 0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 3-sentabrdagi 414-sonli “Budjet tashkilotlarini mablagmbilan ta’minlash tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq 2015-yil 1-yanvargacha byudjet tashkilotini rivojlantirish jamg‘armasi mablag'lari davlat byudjetiga undiriladigan soliqlar va yig‘imlaming barcha turlaridan ozod qilinishi, bo‘shab qolgan mablaglar moddiy-texnika va ijtimoiy bazani mustahkamlashga, shuningdek, ulaming xodimlarini moddiy rag‘batlantirishga maqsadli yo‘naltirilishi belgilangan. Shuning uchun byudjet tashkilotlarida soliqlar bo‘yicha faqat xodimlrni ish haqidan qonunchilikda belgilangan miqdorda daromad solig‘i ushlanmalari amalga oshiriladi va budjetga o‘tkazib beriladi. Lekin buxgalteriya hisobida soliqlar bo‘yicha imtiyozlar hisobi alohida aks ettiriladi. Majburiy ajratmalar bo‘yicha yagona ijtimoiy to‘lov qonunchilikda belgilangan tartibda hisoblanadi va o‘tkazib beriladi. Xodimlami ish haqiga nisbatan belgilangan tartibda shaxsiy jamg‘arib boriladigan Pensiya hisobvaragi badallari Xalq banki bo’limlarida ochilgan shaxsiy hisobvaraqlarga olkazilib boriladi. Bundan tashqari xodimlaming ish haqiga nisbatan Pensiya jamg‘armasiga ushlanma (badal) amalga oshirilib olkazib beriladi. Shuningdek, Pensiya jamg‘armasi mablag’lari hisobidan xodimlarning ijtimoiy to’lovlarini (qonunchilikda belgilangan miqdorda ishlovchi xodimlarga nafaqalar va boshqalar) qoplash uchun ajratiladigan mablag’lar bo‘yicha Pensiya jamg‘armasi bilan hisoblashuvlar amalga oshiriladi. Bulardan tashqari, qonunchilikda belgilangan tartibda Davlat maqsadli jamg‘armalari (Respublika yol jamg‘armasi va boshqalar) bilan hisoblashuvlar amalga oshirilib hisoblangan ajratmalar imtiyoz ko‘rinishida aks ettiriladi. Byudjet va byudjetdan tashqari jamg‘armalarga hisoblangan majburiy ajratma va ushlanmalar bo‘yicha buxgalteriya ma’lumotnomalari, raschyotlari tuzilib 292-son shakldagi joriy hisoblar va hisob- kitoblar daftarida (kartochkasi) aks ettiriladi va bir vaqtni o‘zida tegishli buxgalteriya yozuvlari berilib tegishli memorial order - jamlanma qaydnomalariga tushiriladi. Memorial order - jamlanma qaydnomalar asosida 308-son shakldagi Bosh jurnal kitobi va hisobot shakllari toldiriladi. Buxgalteriya hisobida yuqorida keltirib o‘tilgan byudjet va byudjetdan tashqari jamg‘armalarga majburiy ajratmalar, ushlanmalar va boshqalar bo‘yicha hisoblashuvlar hisobi kiradi. 16 “Byudjet va byudjetdan tashqari jamg‘armalar bilan hisob- kitoblar” schyotida quyidagi subschyotlarga bo‘lingan holda yuritiladi: 160 “Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha byudjet bilan hisob-kitoblar”; 161 “Yagona ijtimoiy to‘lov bo'yicha hisob-kitoblar”; 162 “Shaxsiy jamg‘arib boriladigan Pensiya hisobvarag‘I badallari bo‘yicha hisob-kitoblar”; 163 “Byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi bilan hisob-kitoblar”; 169 “Boshqa byudjetdan tashqarijamg‘armalar bilan hisob-kitoblar”. 160 “Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha byudjet bilan hisob-kitoblar” subschyotida byudjet bilan quyidagilar bo‘yicha qilinadigan hisob- kitoblar hisobi yuritiladi: ish haqi va boshqa to’lovlardan ushlab qolingan soliqlar, aybdor shaxs hisobiga olib borilgan va budjetga o‘tkazilishi lozim bo‘lgan kamomadlar summalari, moddiy qimmatliklami sotishdan tushgan va qonunchilikka ko‘ra byudjet daromadiga o‘tkazilishi kerak boigan summalar va boshqa byudjet bilan hisob-kitoblar aks ettiriladi. Bu subschyotning kredit tomonida hisoblangan soliqlar summasi, debet tomonida hisoblangan soliqlami o‘tkazilishi yoki hisobdan chiqarilishi aks ettiriladi.Byudjetga to’lovlar bo‘yicha byudjet bilan hisob-kitoblar buxgalteriya o‘tkazmalarida quyidagicha aks ettiriladi. Analitik hisob har bir hisob-kitoblar turlari bo'yicha 292-son shakldagi joriy hisoblar va hisob-kitoblar daftarida (kartochkasi)da olib boriladi. 161 “Yagona ijtimoiy to‘lov bo‘yicha hisob-kitob subschyotida mehnatga haq to‘lash jamg‘armasidan hisoblangan yagona ijtimoiy to‘lovlaming hisobi olib boriladi. Bu schyotning kredit tomonida belgilangan tartibda xodimlaming ish haqiga nisbatan hisoblangan yagona ijtimoiy to‘lov summasi, debet tomonida hisoblangan yagona ijtimoiy to‘lov summasining o‘tkazib berilishi aks ettiriladi. 161“Yagona ijtimoiy to‘lov bo‘yicha hisob-kitoblar” subschyot bo‘yicha analitik hisob 292-son shakldagi joriy hisoblar va hisob-kitoblar daftarida (kartochkasida) olib boriladi. 162 “Shaxsiy jamg‘arib boriladigan Pensiya hisobvarag‘i badallari bo‘yicha hisob-kitoblar” subschyotida tashkilotlar xodimlarining jamg‘arib boriladigan pensiya to‘lovlari bo‘yicha badallari hisobi yuritiladi. Bu subschyotning kredit tomonida xodimlar ish haqiga nisbatan hisoblangan shaxsiy jamg‘arib boriladigan Pensiya hisobvarag‘i badallari summasi, debet tomonida hisoblangan badallami o‘tkazib berilishi aks ettiriladi. Analitik hisob har bir shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga majburiy badallarni o‘tkazuvchi xodimlar bo‘yicha alohida holda yuritiladi. 163 “Byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi bilan hi kitoblar” subschyotida tashkilotlaming xodimlariga hisoblangan ish haqlaridan byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga ajratma qilinadigan badallari, qonunchilikka muvofiq sotilgan mahsulot (ish, xizmat)laming haqiqatdagi hajmidan majburiy ajratmalaming hisobi, shuningdek, davlat ijtimoiy sug‘urtasi va boshqa byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi hisobidan amalga oshiriladigan to‘lovlar bo‘yicha byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi bilan olib boriladigan hisob-kitoblari hisobi yuritiladi. Bu schyotning kredit tomonida xodimlariga hisoblangan ish haqlaridan byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga hisoblangan badallar qonunchilikka muvofiq sotilgan mahsulot (ish, xizmat)larning haqiqatdagi hajmidan Pensiya jamg‘armasiga majburiy ajratmalar summasi, shuningdek, Pensiya jamg‘armasi hisobidan amalga oshiriladigan to‘lovlaming kelib tushishi aks ettiriladi. Debet tomonida Pensiya jamg‘armasiga hisoblangan badallar va ajratmalaming o‘tkazib berilishi va Pensiya jamg‘armasi hisobidan amalga oshiriladigan to‘lovlarning hisoblanishi aks ettiriladi. Byudjetdan tashqari Pensiya jamg'armasi hisobidan amalga oshiriladigan Davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo'yicha toiovlar va boshqa to‘lovlar hisoblanganda 163 “Byudjetdan tashqari Pensiya jamg'armasi bilan hisob-kitoblar” subschyotning debetida va 171 “Xodimlar bilan ijtimoiy nafaqalar bo'yicha hisob-kitoblar” subschyotning kreditida aks ettiriladi. Byudjetdan tashqari Pensiya jamg'armasining tuman (shahar) bo'limlaridan tashkilot hisobvarag'iga kelib tushgan summalarga pul mablag'larini hisobga oluvchi tegishli subschyotlar debetlanadi va 163 “Byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi bilan hisob-kitoblar” subschyot kreditlanadi. Analitik hisob byudjetdan tashqari Pensiya jamg'armasi hisobidan amalga oshiriladigan to‘lovlarni oluvchilar bo'yicha alohida holda yuritiladi. 169 “Boshqa byudjetdan tashqari jamg‘armalar bilan his kitoblar” subschyotida tashkilotlaming 0 ‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Ta’lim, tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash bo'yicha byudjetdan tashqari jamg‘arma, Respublika yo‘l jamg‘armasi va boshqa byudjetdan tashqari jamg‘armalar bilan qonunchilikka muvofiq olib boriladigan hisob-kitoblari yuritiladi. Bu schyotning kredit tomonida byudjetdan tashqari jamg‘armalarga hisoblangan ajratmalar summasi, debet tomonida hisoblangan ajratmalar summasining o'tkazib berilishi yoki hisobdan chiqarilishi aks ettiriladi. Byudjet tashkilotlarida daromadlar va xarajatlar smetalari ijrosini amalga oshirish jarayonida kamomadlar, xizmat safarlari, ish haqi va unga tenglashtirilgan to'lovlar bo'yicha xodimlar bilan, stipendiya to'lovlari bo'yicha talabalar bilan hisoblashuvlar amalga oshiriladi. Material javobgar shaxslar bilan yo'l qo'yilgan kamomadlar bo'yicha hisoblashuvlar amalga oshiriladi. Bunda mulkiy qiymatliklar bo'yicha kamomadlar undirish vaqtida bozor qiymatida undiriladi. Yo'l qo'yilgan kamomadlar inventarizatsiya dalolatnomalari orqali aks ettiriladi va mehnat qonunchiligi talablari asosida undiriladi. “Inventarizatsiya jarayonida aniqlangan mol-mulk kamomadi va ortiqchasining buxgalteriya hisobi va soliqqa tortish tartibi to'g'risidagi Nizom”ga asosan ish beruvchining mulkiga yetkazilgan zarar hajmi, zarar uchun xodimning moddiy javobgarlik chegaralari va tartibini aniqlash O'zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi bilan tartibga solinishi ko'rsatilgan. Bir oylik o'rtacha ish haqidan oshmaydigan yetkazilgan zarar summasini aybdor xodimdan undirish ish beruvchining farmoyishiga muvofiq amalga oshiriladi. Farmoyish yetkazilgan zarar aniqlangan kundan boshlab bir oydan kechikmasdan chiqarilishi mumkin. Bunda zarar hajmi inventarizatsiya o'tkazish davrida mazkur joyda amal qilayotgan bozor baholari bo'yicha hisoblanadi.Agar xodimdan undirilishi lozim bo'lgan yetkazilgan zarar summasi uning o'rtacha oylik ish haqidan yuqori yoki zarar aniqlangan kundan boshlab bir oylik muddat o'tgan bo'lsa, undirish sud orqali amalga oshiriladi.Xizmat safari xarajatlari bo'yicha hisobdor shaxslar bilan hisoblashuvlar amalga oshiriladi. Byudjet tashkilotlarida xizmat safari xarajatlarini amalga oshirish “0 ‘zbekiston Respublikasi hududidagi xizmat safarlari to‘g‘risida Yo‘riqnoma” (0‘z.R AV. tomonidan 2003-yil 29-avgustda 1268-son bilan ro‘yxatdan o‘tgan) va Xorijiy mamlakatlarga xizmat safarlari “Vazirliklar, idoralar, korxonalar va tashkilotlar xodimlari 0 ‘zbekiston Respublikasi tash- qarisiga xizmat safariga yuborilganda xizmat safari xarajatlari uchun mablag‘lar berish Tartibi” ( 0 ‘z.R AV. tomonidan 2000-yil 5 iyun- da No 932-son bilan ro‘yxatdan o‘tgan)ga asosan amalga oshiriladi. Avans summalarining sarflanganligi haqida hisobdor shaxslar 286-son shakldagi avans hisobotini tashkilot buxgalteriyasiga topshiradilar. Ular ushbu hisobotga qilingan xarajatlarni tasdiqlovchi hujjatlami ilova qilib topshiradilar. Avans hisobotiga ilova qilingan hujjatlar hisobdor shaxs tomonidan ularning hisobotda yozilish tartibiga qarab raqamlab chiqiladi. F oydalanilmagan avans qoldig‘i hisobdor shaxs tomonidan avans hisoboti topshirilgandan so‘ng uch kundan kechiktirmasdan tashkilot kassasiga qaytarilishi lozim. Hisobdor shaxsga oldin berilgan avans summasi to ‘liq qaytarilgandan so‘ng yangidan avans beriladi. Hisobi beriladigan summalaming sarflanganligi haqida belgilangan muddatda avans hisoboti topshirilmagan yoki foydalanilmagan avans qoldiq1i kassaga qaytarilmagan hollarda tashkilotlar bu qarzlami avans olgan shaxslaming ish haqlaridan qonunchilikda belgilangan tartibda ushlab qolish huquqiga ega. Ma’lumki ish haqi, o‘z navbatida, asosiy va qo‘shimcha ish haqiga bo‘linadi: Download 0.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling