Reja: kirish davlat moliyaviy nazorati haqida tushuncha berish


Moliya vazirligi markaziy apparatining tarkibi va tuzilishi, uning moliya tizimida nazoratni tashkil qilishdagi roli va ahamiyati


Download 125.77 Kb.
bet5/6
Sana18.06.2023
Hajmi125.77 Kb.
#1578842
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Moliya fanidan Kurs ishi Asilov Bekzod 2

4.Moliya vazirligi markaziy apparatining tarkibi va tuzilishi, uning moliya tizimida nazoratni tashkil qilishdagi roli va ahamiyati.
Davlat moliyaviy nazorati bosh boshqarmasi va Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar Davlat moliyaviy nazorati boshqarmalari o’z ish faoliyatini Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan yillik ish rejalariga asosan amalga oshiradi. Ular, zarur bo’lgan hollarda, moliya organlari va byudjet muasasalari faoliyatini rejadan tashqari taftish va tekshiruvdan o’tkazishadi, maxsus vakolatli organ ruxsati bilan esa, xo’jalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy xo’jalik faoliyatini taftish va nazorat qilishadi.
Moliya organlari ichida G’aznachilik tizimi moliyaviy nazoratni amalga oshirishda muhim o’rin egallaydi.
G’aznachilik tizimini monitoring, pul mablag’larini boshqarishni takomillashtirish va byudjet operasiyalari samaradorligiga erishishga yo’naltirilgan tamoyillaridan biri – byudjet ijrosini nazorat qilishni kuchaytirish bo’yicha yagona g’azna hisob varag’ini tashkil etish hisoblanadi.
O’zbekistonda G’aznachilikning asosiy vazifalari vafunksiyalari “O’zbekiston Respublikasining Buydjet Kodeksi”da aniqlangan. Ushbu hujjatda Davlat byudjetining g’azna ijrosining asosiy prinsiplari belgilangan.
Davlat moliyaviy nazorati bosh boshqarmasining asosiy vazifalari moliya organlari va byudjet muassasalari tomonidan byudjet va moliya qonunchiligi xamda byudjet majburiyatlarining ijrosi bilan bog’lik bo’lgan boshqa qonunchilik xujjatlariga rioya etilishini ta’minlash ustidan nazoratni amalga oshirish respublika va mahalliy byudjetlarning qat’iy ijro etilishi ustidan doimiy nazoratni ta’minlash kommunal xizmatlar va elektr energiyasi uchun byudjet mablag’larini sarflash limitlariga rioya etilishi ustidan muntazam ravishda tekshiruvlar o’tkazib turish byudjet muassasalari tomonidan shtatlar jadvali – smeta intizomiga rioya etilinishini nazorat qilish xokimiyat va boshqaruv organlari raxbarlarining byudjet jarayoninga noqonuniy ravishda aralashuvi faktlarini to’xtatish fuqarolarning moliya va byudjet intizomi buzilganligi faktlari to’g’risidagi xat, shikoyat va arizalarini ko’rib chiqish va boshqalar.
G’aznachilik bo’linmalari davlat moliyaviy nazoratini
 byudjet tashkilotlarining va byudjet mablag’lari oluvchilarning tovarlarni
etkazib beruvchilar (ishlarni bajaruvchilar, xizmatlar ko’rsatuvchilar) bilan Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlari mablag’lari hisobiga tuzilganshartnomalarini xarajatlar smetalarida ko’rsatilgan summalar doirasida hamdabelgilangan maqsadlarga muvofiq tuzilganligi ustidan nazorat qilish asosida majburiy ro’yxatdan o’tkazish;
 xarajatlar smetalarida va ro’yxatdan o’tkazilgan shartnomalarda nazarda tutilgan summalar doirasida byudjet tashkilotlari va byudjet mablag’lari oluvchilar nomidan hamda ularning topshirig’i bo’yicha tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) etkazib beruvchilarning hisobvaraqlariga to’lovlarni bevosita amalga oshirish orqali to’lov intizomiga rioya etilishini ta’minlash yo’li bilan amalga oshiradi. G’aznachilik o’zining hududiy bo’linmalari bilan birgalikda Davlat byudjetining g’azna ijrosini amalga oshiradigan maxsus vakolatli moliya organi hisoblanadi. G’aznachilik o’z faoliyatida O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlis palatalarining qarorlariga, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, mazkur Nizomga hamda o’z faoliyatiga tegishli bo’lgan boshqa normativ-huquqiy xujjatlarga amal qiladi.
G’aznachilik o’z faoliyatini davlat boshqaruvining boshqa organlari, mahalliydavlat hokimiyati organlari, O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki, tijoratbanklari, boshqa tashkilotlar bilan o’zaro hamkorlikda bevosita va o’ziningxududiy bo’linmalari orqali amalga oshiradi.
Davlat byudjetining g’aznachilik tizimi joriy etilishi quyidagi ijobiy natijalargaerishishga imkoniyat beradi:
• davlat moliyaviy resurslarining real hajmini va uning istiqbol ko’rsatkichlarini doimiy nazorat qilish;
• davlat moliyasining holati to’g’risidagi tezkor va muntazam ravishda axborotlarniyig’ish, ishlov berish va tahlil qilish;
• davlat byudjetining daromad va xarajat qismlarini kassa ijrosini har kungianiqlashtirilgan monitoringini o’tkazish;
 Tasdiqlangan byudjet mablag’lari doirasida byudjet tashkilotlarining tovarlar va xizmatlar yetkazib beruvchilar oldidagi majburiyatlarini qabul qilish bosqichida dastlabki nazoratni amalga oshirish;
• moliya organlari tomonidan byudjet xarajatlarini o’z vaqtida va adreslimoliyalashtirish bilan byudjet mablag’larini bosh taqsimlovchilari tomonidan
suiiste’mol qilish va noto’g’ri ishlatishning oldini olish maqsadida joriy nazorat olib borish;
• byudjet tashkilotlari majburiyatlarni olgandan keyin pul mablag’larini g’aznachilik hisob raqamidan to’g’ridan-to’g’ri tovar yetkazib beruvchilar hisob raqamiga o’tkazish orqali pul oqimlari xarakatini tezlashtirish va o’z vaqtida to’lovni amalga oshirish orqali ta’minotchilarni moliyaviy imkoniyatlarini yaxshilash;
• g’aznachilik tizimining bir pog’onasidan ikkinchi pog’onasiga pul mablag’lari o’tkazishni tezlashtirish orqali byudjet mablag’larini tezkor xarakat qilinishini ta’minlash va boshqalar. Demak, g’aznachilikni joriy etishdan asosiy maqsad,davlatning moliyaviy resurslarini samarali boshqarishga ta’sir ko’rsatishdir.
G’aznachilik organlari davlat moliyasini boshqarishga taalluqli turli vazifalarnibajaradilar.
G’aznachilik tizimini joriy qilish bilan bog’liq bo’lgan asosiy ishlar quyidagilardan tashkil topadi:
• kelgusida byudjet daromadlari va xarajatlari bo’yicha barcha operasiyalar turli banklarda ochilgan ko’plab byudjet hisob raqamlari o’rniga Markaziy bankda ochiladigan Moliya vazirligi g’aznasining Yagona hisobvaraqasiga jamlantiriladi;
• byudjet tashkilotlari xarajatlarini hisobga olish va byudjet mablag’laridan foydalanishni nazorat qilish hamda hisobotlar tayyorlash uchun ularning shaxsiy hisob-varaqalari g’aznachilikda ochiladi;
• bank o’rniga g’azna tomonidan byudjet kassa ijrosini amalga oshirilishi va byudjetjarayoni barcha bosqichlari ya’ni daromad tushimi, byudjet mablag’lariajratishdan tortib byudjet ijrosi hisobotini tayyorlashgacha bo’lgan ishlar
birlashtiriladi;
• zamonaviy axborot texnologiyalari va dasturiy mahsulotlarni qo’llagan holda g’aznachilikning yagona axborot tizimi yaratiladi hamda u banklarning elektron to’lov tizimiga ulanadi. Bu esa Davlat byudjeti daromadlari va xarajatlari kassa ijrosini kunlik monitoringini ta’minlaydi hamda barcha darajadagi byudjetlar ahvoli haqida ma’lumotlarni tezkor yig’ish, qayta ishlash va tahlil qilishni ta’minlaydi. G’aznachilik tizimida byudjetlar ijrosini tashkil qilish, byudjetlarning schyotlarini va byudjet mablag’larini boshqarish mamalakatning Moliya vazirligi maxsus g’aznachilik organlariga yuklatiladi. Maxsus g’aznachilik organlari barcha byudjet mablag’larini tasarruf qiluvchilar va byudjet mablag’lari oluvchilar uchun kassir vazifasini bajaradi hamda ularning topshiriqlari bo’yicha ular nomidan tegishli to’lovlarni amalga oshiradi.
G’aznachilikning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
- Davlat byudjetining kassa ijrosi;
- Davlat byudjeti mablag’larining tushumi va sarfi ustidan nazoratni amalga oshirish;
- Davlat byudjeti mablag’larini boshqarish;
- Davlat byudjetida mablag’lar nazarda tutilgan yuridik yoki jismoniy shaxslar nomidan va ularning topshirig’iga binoan to’lovlarni amalga oshirish;
- byudjet tashkilotlarining tovarlar yetkazib berish (ishlar bajarish, xizmatlar ko’rsatish) uchun tuzadigan shartnomalarini, shuningdek, buyurtmachilarning Davlat byudjeti mablag’lari hisobidan kapital qurilish uchun tuzadigan shartnomalarini ro’yxatga olish;
- Davlat byudjeti g’azna ijrosining buxgalteriya hisobini yuritish;
- Davlat byudjeti ijrosining qanday borayotganligi to’g’risidagi axborotlarni yig’ish, qayta ishlash va taqlil qilish.


Xulosa
Davlat moliyaviy nazorat, davlat moliyasini boshqarishning muhim va ahamiyatli qismi hisoblanadi, chunki bu nazorat, moliyaviy xizmatlar va resurslarning samaradorligini, mablag'larning to'g'riligini va xavfsizligini ta'minlashga yordam beradi. Bu esa, davlat tizimining barcha sohalarida samimiy va ishonchli faoliyatni muvaffaqiyatli amalga oshirishda juda katta ahamiyatga ega. Davlat moliyaviy nazoratning umumiy qarashlari va shakllari, qonuniy nazorat, ijro nazorati va xalqaro nazorat turlari ko'rsatilgan. Qonuniy nazorat organlari, parlament, qonun qabul qilish organlari va boshqa tashkilotlar sifatida tuzilgan. Ijro nazorati organlari, davlat moliyaviy inspeksiyalari, moliyaviy nazorat qilish tashkilotlari va boshqa tashkilotlar sifatida tuzilgan. Xalqaro nazorat organlari esa, Xalqaro Valyuta Fondi (IMF), Dunyo Banki, Moliyaviy Amaldagi Harakatlar Task Forisi (FATF) va boshqa tashkilotlar sifatida tuzilgan.
Davlat moliyaviy nazoratning ahamiyati, moliyaviy to'g'ri va samarador boshqarish, xavfsizlik, transparensiya va hisob-kitobning ochiligi, samaradorlik va sodda tuzatish, moliyaviy tashkilotlarning nazoratini ta'minlashga yordam berishi kabi ko'rsatilgan. Bu esa, moliyaviy tizimning samimiy va ishonchli faoliyatini ta'minlash, xavfli xarajatlarni, xavfli operatsiyalarni va moliyaviy jinoyatlarini oldini olishga yordam berish, moliyaviy operatsiyalarning o'zini boshqarish, moliyaviy hisob-kitobning ochiligi va xavfsizligi, moliyalashtirish va boshqa moliyaviy muammolarga javob bera oladigan yuqori sifatli xizmat ko'rsatishga yordam berishga olib keladi.
Bundan tashqari, davlat moliyaviy nazoratning ahamiyati, moliyaviy tashkilotlar va resurslarning samarador boshqarilishi, moliyaviy hisob-kitob va xujjatlar to'g'riligi va xavfsizligini ta'minlash, moliyaviy operatsiyalarning transparensiyasi, moliyaviy resurslarning optimallashtirilishi, moliyaviy hisob-kitobning ochiligi va taqdim etilgan ma'lumotlar asosida qaror qabul qilish, moliyalashtirish va boshqa O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va uning tasarrufidagi vakolatli organlar esa budjet tizimidagi budjet mablag‘laridan maqsadli hamda oqilona foydalanish ustidan davlat moliyaviy nazoratini, pensiyalar hamda boshqa tegishli to‘lovlarni tayinlash va o‘z vaqtida to‘lash bo‘yicha o‘rnatilgan qoidalarning qo‘llanilishini nazoratini qilish; sug‘urta munosabatlarini nazoratini, auditorlik faoliyatini tartibga solish va boshqa nazorat faoliyatlarini amalga oshiradi.
Davlat soliq xizmati va bojxona organlari o‘z navbatida Davlat budjetining va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining daromadlari qismi bo‘yicha berilgan vakolatlari doirasida nazoratni amalga oshiridilar. Davlat moliyaviy nazorati nafaqat budjet nazorati, balki davlat organlari tomonidan o‘tkaziladigan barcha nazoratlarni o‘z ichiga oladi. Jumladan, xo’jalik yurituvchi subyektlarni davlat tomonidan nazorat qilinishini ham. Ushbu Qonun xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga soladi. Moliyaviy muammolarga javob bera oladigan yuqori sifatli xizmat ko'rsatishga yordam beradi. Bularning barchasi, davlat tizimining iqtisodiy va sotsial rivojiga qo'shiluvchi muhim ahamiyatga ega bo'lib, davlat moliyaviy nazoratning muvaffaqiyati, moliyaviy tizimning samaradorligini, to'g'riligini va xavfsizligini ta'minlashda juda muhim ahamiyatga ega.


Download 125.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling