Reja: kirish davlat moliyaviy nazorati haqida tushuncha berish
Davlat Moliyaviy boshqaruvi, uning vazifalari, funksiyalari, huquq va majburiyatlari
Download 125.77 Kb.
|
Moliya fanidan Kurs ishi Asilov Bekzod 2
3.Davlat Moliyaviy boshqaruvi, uning vazifalari, funksiyalari, huquq va majburiyatlari.
Moliya-byudjetni rejalashtirish va respublika xalq xo’jaligini mablag’ bilan ta’minlash metodikasini, buxgalteriya hisobi va hisoboti, nazorat-taftish ishlari, soliq maslahati narx belgilash masalalari metodologiyasini takomillashtirish borasidagi takliflarni ko’rib chiqish uchun tegishli masalalar bo’yicha yuqori malakali mutaxassislar, ilmiy muassasalarning xodimlari, boshqa tashkilotlarning vakillaridan iborat metodologik va boshqa kengashlar tuzilishi mumkin. Bu kengashlarning tarkibi va ular haqidagi nizom Vazir tomonidan tasdiqlanadi. Moliya vazirligi moliya, narx, kredit, pul muomalasi, tovar-pul munosabatlarining butun jami sohasidagi ilmiy tadqiqotlarning nazariy darajasini, sifatini va amaliy ahamiyatini oshirish chora-tadbirlarini ko’radi, xalq xo’jaligini boshqarish amaliyotida iqtisodiy vositalar va rag’batlarning butun majmuidan samaraliroq foydalanishga qaratilgan aniq takliflarni ishlab chiqish uchun iqtisodiy ixtisosdagi ilmiy-tadqiqot institutlari bilan o’zaro hamkorlikni mustahkamlaydi. Moliya vazirligining markaziy apparati tuzilmasi, xodimlari soni, mehnatga haq to’lash fondi miqdori Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. Moliya vazirligi markaziy apparatining shtat jadvali, shuningdek, uning mustaqil tarkibiy bo’linmalari haqidagi nizom Moliya vaziri tomonidan tasdiqlanadi. Moliya vazirligi yuridik shaxs hisoblanadi, O’zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasvirlangan va o’z nomi yozilgan muhrga ega. Qoraqalpog’iston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari moliya boshqarmalari ko’rsatilgan vakolatlar bilan bir qatorda: -Davlat byudjeti daromadlari prognozini davlat soliq xizmati organlari va bojxona organlariga har chorakda tegishli ma’muriy-hududiy birliklar bo’yicha etkazadi; -byudjet ssudalarini beradi. Hududiy moliya organlari qonun hujjatlariga muvofiq byudjet sohasida boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin. O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Qoraqalpog’iston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining moliya boshqarmalari, tumanlar va shaharlar hokimliklarining moliya bo’limlari o’z vakolatlari doirasida o quyi turuvchi moliya organlari tomonidan byudjet to’g’risidagi qonun hujjatlari ijrosining ta’minlanishi ustidan; o ijtimoiy nafaqalar va kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam tayinlanishi hamda o’z vaqtida to’lanishi ustidan; o byudjet tashkilotlari va byudjet mablag’lari oluvchilar tomonidan smetashtat intizomiga rioya etilishining ta’minlanishi ustidan; o aktsiz solig’i to’g’ri hisoblanishi va o’z vaqtida to’lanishi ustidan; o aktsiz to’lanadigan ayrim turdagi tovarlarning aktsiz markalari bilan to’liq tamg’alanishi va olingan aktsiz markalari sonining ishlab chiqarilayotgan mahsulot hajmiga muvofiqligi ustidan; o byudjet tashkilotlari tomonidan byudjet hisobini yuritish va moliyaviy hisobotni tuzishning, shuningdek quyi turuvchi hududiy moliya organlari tomonidan byudjet hisobotini tuzishning to’g’riligi ustidan davlat moliyaviy nazoratini amalga oshiradi. Davat moliyaviy nazorat bosh boshqarmasi va Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar nazorat-taftish boshqarmalarining boshqa vazifalari sifatida quyidagilar belgilangan: moliya organlari va byudjet muassasalari tomonidan byudjet va moliya qonunchiligiga rioya etilishini, O’zbekiston Respublikasi qonunlari, O’zbekistonRespublikasi Oliy Majlisining boshqa hujjatlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va farmoyishlari, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining buyruqlari va yo’riqnoma ko’rsatmalari, byudjet majburiyatlari ijrosi bilan bog’liq boshqa qonunchilik hujjatlari bajarilishi ta’minlanishini nazorat qilish; respublika byudjeti va mahalliy byudjetlarning qat’iy bajarilishi ustidan doimiy nazoratni ta’minlash; moliya organlari va tijorat banklarining birinchi navbatdagi sarf-xarajatlar navbatiga, mablag’ bilan ta’minlash hamda byudjet muassasalari xodimlariga ish haqi, ijtimoiy nafaqalar, stipendiyalarni to’lash muddatlariga va to’liqligiga rioyaqilish, shuningdek byudjet muassasalariga ko’rsatib o’tilgan maqsadlar uchun naqdpul berish bo’yicha faoliyati ustidan nazorat va monitoringni amalga oshirish; ijtimoiy nafaqalarning o’z vaqtida mablag’ bilan ta’minlanishini va ularni kam ta’minlangan oilalarga fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari orqali berilishini nazorat qilish; paxta xom ashyosini tayyorlash, saqlash, qayta ishlash, paxta mahsuloti ishlab chiqarish va uni sotish bo’yicha statistika hamda buxgalteriya hisobot ma’lumotlarining to’g’riligi ustidan nazoratni amalga oshirish; paxta tozalash korxonalari tomonidan qabul qilinadigan, saqlanadigan va qayta ishlanadigan paxta xom ashyosining miqdori va sifati bo’yicha ma’lumotlar nazorat va taftish qilinishini, xom ashyoni qayta ishlash chog’ida olinadigan paxta tolasi, paydo bo’ladigan kuyindilar hamda boshqa chiqindilarning belgilangan me’yorlariga rioya etilishini ta’minlash; investisiya dasturlarini amalga oshirishga ajratiladigan markazlashtirilgan byudjet mablag’laridan belgilangan maqsadda foydalanilishini nazorat qilish; byudjet mablag’larini kommunal xizmatlar va elektr energiyasiga sarflash limitlariga rioya etilishini muntazam ravishda tekshirib borish; byudjet muassasalari tomonidan shtat-smeta intizomiga rioya etish ta’minlanishininazorat qilish; hokimiyat va boshqaruv organlari rahbarlari va mansabdor shaxslari tomonidanbyudjet jarayoniga noqonuniy aralashish hollarining oldini olish; davlat valyuta mablag’larining to’g’ri va belgilangan maqsadda sarflanishini nazorat qilish; fuqarolarning moliya va byudjet intizomining buzilishi hollari to’g’risidagi xatlari,shikoyatlari va arizalarini ko’rib chiqish; Download 125.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling