Reja: Kirish. Fonetika bo’limi haqida


Download 482.65 Kb.
Sana28.12.2022
Hajmi482.65 Kb.
#1008849
Bog'liq
tovush o’zgarishlari12


Mavzu: O’zbek tilida tovush o’zgarishlari
Reja:

  1. Kirish. Fonetika bo’limi haqida;

  2. Asosiy qism;

  • O’zbek tilida fonetik hodisalar;

  • Tovushlarning nutqdagi pozitsiyalari;

  • O’zbek tilida kombinator tovush o’zgarishlari.

  1. Xulosa;

  2. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.

Til - millat koʻzgusidir .


Til – jamiyat va shaxs hayotida o‘ziga xos o‘rin egallab, jamiyatning har tomonlama rivojida va har bir shaxsning yuksak mavqega erishishida asosiy omillardan biri bo‘lib xizmat qiladi .Til – millat ko‘zgusidir. Ma’lumki. o‘zlikni anglash milliy ong va tafakkurning ifodasi, avlodlar o‘rtasidagi ruhiy-ma’naviy bog‘liqlik til orqali namoyon bo‘ladi. Jamiki ezgu fazilatlar inson qalbiga, avvalo, ona allasi, ona tilining betakror jozibasi bilan singadi. Xususan, O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi Qonuni 1989-yil 21-oktabrda qabul qilindi. Shu davrdan boshlab har yili bu kunni til bayrami sifatida nishonlanadi. Mustaqillik sharofati bilan o‘zbek tili - davlat tiliga e’tibor kuchaydi, ona tilimizning ijtimoiy mavqeyi kengaydi. 1993-yil 2-sentabrda “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish to‘g‘risida” Qonun qabul qilinishi Vatanimizning ma’naviy-madaniy hayotida jahonshumul ahamiyat kasb etdi.
Yangi alifboga kiritilgan o‘zgartirishlar asosida “O‘zbek tilining asosiy imlo qoidalari ishlab chiqildi va O ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 1995-yil 24-avgustda tasdiqlandi. Davr taqozosi bilan “Davlat tili haqida”gi Qonunga ham ayrim o‘zgartirishlar kiritildi va 1995-yilning 21-dekabrda O‘z-bekiston Respublikasining yangi tahrirda “Davlat tili haqida”gi Qonuni e’lon qilindi. Bu qonun 24-moddadan iborat bo‘lib, uning 1-moddasida asosiy qonunimiz bo‘lgan Konstitutsiyamizning 4-moddasida ta’kidlaganidek: “O‘zbekiston Respublikasining davlat tili o‘zbek tilidir”, – deb yozib qo‘yilgan. Shuningdek, davlat tilini o‘rganish, unga amal qilish tabiiy ehtiyoj va zaruratga, hatto anglangan majburiyatga aylanib bormoqda. O‘zbek tilida to‘g‘ri, ifodali so‘zlash va yozish, ona tilimizning sofligi va boyligi to‘g‘ri-sida tinmay g‘amxo‘rlik qilish, uning istemol doirasini kengaytirib borish davlatimiz fuqarolarining burchi hisoblanadi.
Buning uchun esa, avvalo, shu Vatanning fuqarosiman degan har bir kishi o‘z ona tilisining istiqboli, taraqqiyoti yo‘lida xizmat qilmog’i darkor. Globallashuv davri, axborot-kommunikasiya texnologiyalari va internet asri, tobora kuchayib borayotgan raqobat asri bo`lgan hozirgi sharoitda demokratik taraqqiyot, modernizatsiya va yangilanish borasida belgilangan maqsadlarga erishishda eng muhim qadriyat va hal qiluvchi kuch bo`lgan bilimli va intellektual rivojlangan avlodni tarbiyalashda til ta`limining o`ziga xos o`rni bor. Ta`lim-tarbiya jarayonida ona tili o`qitishni zamonaviy uslublarda olib borish, til birliklarining mohiyatini anglash zamon talabi.
Kurs ishi obyekti – Mavzu doirasidan kelib chiqqan holda, ishning obyekti tilshunoslikning tovush tizimini oʻrganuvchi fonetika boʻlimini oʻrganish .
Nutqimiz boʻlinuvchanlik xususiyatiga ega boʻlgan turli birliklardan iborat .
Bulardan eng kichigi esa , tovushdir . Aynan mana shu nutq birligini oʻrganuvchi boʻlim - fonetika boʻlimi hisoblanadi . Fonetika deganda eng quyi lisoniy sath ham, tilshunoslikning shu sathni o‘rganadigan sohasi ham tushuniladi. Fonetika (gr.phonetikos - tovushga, ovozga xos) tilshunoslikning boshqa sohalaridan farqli o‘laroq, nafaqat o‘rganish manbaining funktsional tomonini , balki nutq tovushlarini hosil qiluvchi talaffuz apparatini shuningdek, ularning akustik xossalarini va til egalari tomonidan qabul qilinish jihatlarini ham tekshiradi. Fonetikada. tilshunoslikning boshqa fan sohalari- adabiyotshunoslik, fiziologiya, fizika, psixologiya kabi fanlar bilan aloqasi yanada yaqqol namoyon bo‘ladi. Bu fanlardan farqli o‘laroq, fonetika. tovushlarga so‘z, qo‘shimcha va gaplarga moddiy qiyofa beruvchi til tizimi unsuri sifatida qaraydi. Fonetika nutqdagi tovush o‘zgarishlari va almashinishini, urg‘u va uning turlarini ham o‘rganadi. Fonetikani o‘rganish imlo (orfografiya), to‘g‘ri talaffuz (orfoepiya) me’yorlarini yaxshi o‘zlashtirib olishda, adabiy va. dialektal talaffuz farqlarini aniqlashda, logopediya va surdopedogogikada nutqiy nuqsonlar diagnostikasi va ularni bartaraf etishda katta ahamiyatga ega.
Fonetika yutuqlari aloqa vositalarini tekshirish va ular samaradorligini oshirishda hamda nutqni avtomatik aniqlashda muhim rol o‘ynaydi.
Fonetikaning bo‘limlari. Fonetika, avvalo, umumiy, xususiy va qiyosiy fonetikaga ajraladi .
Umumiy fonetika. Fonetikaning bu turi barcha tillarning tovush tomoni uchun umumiy bo'lgan qonuniyatlar va hodisalar bilan tanishtiradi. Masalan, barcha tillarda fonetik birliklarning fizik-akustik tabiati, anatomik - fiziologik (biologik) asosi va lingvistik-fuinksional jihatlari bor;
Barcha tillarda nutq tovushlari fonema tiplariga birlashadi, barcha tillarda fonemalar fonologik oppozitsiyalar (zidlanishlar) va korrelatsiyalarni yuzaga keltiradi, shular orqali fonologik sistemalar shakllanadi. Tilning strukturaviy va sistemaviy xususiyatiga xos bo'lgan bunday nazariy masalalami ko'rish umumiy fonetika predmeti sanaladi .
2. Xususiy fonetika. Fonetikaning bu turi konkret bir tilning fonetik tizimi haqida ma'lumot beradi: o'zbek tili fonetikasi, rus tili fonetikasi, ingliz tili fonetikasi kabi. Xususiy fonetika ayrim olingan bir tilning fonetik tizimini o'rganishda umumiy fonetika xulosalariga, shuningdek, fonetikaning boshqa turlarida to'plangan tajribalarga tayanadi.
Uning quyidagi ikki turi bor :
a ) tavsifiy fonetika. Bunda ayrim olingan bir tilning fonetik tizimi, undagi fonetik hodisalar va faktlar statik holatda ( shu tilning oldingi tarixiy taraqqiyoti bilan bog'lanmay) o'rganiladi. Xususan , «Hozirgi o'zbek adabiy tili fonetikasi» ham aslida tavsifiy fonetikadir, chunki unda o'zbek tilining fonetik tizimi, bu tizimda mavjud bo'lgan fonetik faktlar ( unli va undosh tovushlarning miqdor va sifat belgilari, tasnifi, urg'u, bo'g'in va hokazolar) hozirgi o'zbek tilida qanday bo'lsa, shundayligicha (tarixiy jarayon va faktlarga bog'lanmay) o'rganiladi.
b) tarixiy fonetika. Bunda ayrim olingan bir tilning fonetik tizimi, undagi fonetik hodisalar va faktlar shu tilning uzoq tarixiy taraqqiyoti bilan bog'lab o'rganiladi, shu1 asosda muayyan tilning fonetik- fonologik tizimida yuz bergan tarixiy o'zgarishlar2 ( diveigensiya, konvergensiya faktlari, fonologik tizimdagi eskirish va yangilanish jarayonlari) aniqlanadi. Shunga ko'ra u. diaxron fonetika deb ham yuritiladi. 3.Qjiyosiy fonetika. Fonetikaning bu turi qardosh tillarning (masalan, o'zbek, qozoq, qiig'iz, turkman va boshqa turkiy tillarning) fonetik tizimidagi umumiy va xususiy jihatlarni aniqlash imkonini beradi .
4. Eksperimental (instrumental) fonetika. Fonetikaning bu turida nutq tovushlarining fizik-akustik va artikulatsion jihatlari maxsus asboblar (pnevmograf , ossilograf, fonograf, spektrograf va boshqalar) yordamida tadqiq qilinadi. Shu asosda tovushlarning sifat va miqdor belgilari (balandligi, kuchi, tembri, spektri, cho'ziqlik darajasi), ularning artikulatsiyasi (hosil bo'lish oʼrni, usuli) aniqlanadi. Bunday tadqiqot natijalaridan fonetik birliklarning fonologik jihatlarini tavsiflashda foydalaniladi. O'zbek tilshunosligida eksperimental fonetikaning rivojlantirilishida Ahmadjon Mahmudov va Sora Otamirzayeva kabi fonetistlarning xizmati katta. Bu tilshunoslarning qator ishlarida o'zbek tili fonetik tizimining tovushlari, urg'u, bo'g'in kabi birliklari ayni shu usulda tadqiq qilingan.
Fonologiya tilshunoslarning alohida boʻlimi boʻlsa- da , fonetika bilan bevosita bogʻliq holda oʻrganiladi . Fonologiya (gr. rhone - tovush, logos - ta’limot) termini tilshunoslikda XIX asr oxirida nutq tovushlarining fiziologik-akustik (fizik) tomonidan funktsional (lingvistik) tomonini farqlash ehtiyoji bilan paydo bo‘ldi. Fonologiya til tovush qurilishining struktur va funktsional qonuniyatlarini o‘rganuvchi soha bo‘lib, semiotik (ishoraviy) tizim sifatida nutqni akustik-artikulyatsion aspektda o‘rganadigan fonetikadan farqlanadi.
Nutq tovushlari va ularning uch tomoni .
Kundalik hayotingizda har xil tovushlarni eshitamiz: mashinalar signali, hayvonlarning qichqirig‘i, parrandalarning sayrashi, suvning shildirashi va boshqalar. Havo to‘lqinlari orqali qulog‘imiz bilan eshitiladigan barcha hodisalarga tovush deymiz. Inson tomonidan talaffuz qilinadigan tovushlar ham ana shunday tovushlar sirasiga kiradi.Har qanday tovush ma’lum tashqi ta’sir yordamida havo oqimining tebranishi natijasida hosil bo‘ladi.
Masalan, ip yoki simni tarang tortib, uni qo‘lingiz bilan chertsangiz havoni tebratadi va tovush chiqadi.Tovushlar tabiiy va inson tovushlariga bo‘linadi. Tabiatdagi insondan tashqarida paydo bo‘lgan barcha tovushlar tabiiy tovushlar sanaladi.Tabiiy tovushlardan inson tovushlarining farqi shundaki, u inson nutq a’zolari harakati yordamida ma’lum maqsadda ketma-ket talaffuz qilinadi . Bu esa har qanday nutq tovushining uch tomoni mavjud ekanligidan dalolat beradi.
Birinchidan, nutq tovushlari insonning nutq a’zolari harakati natijasida maydonga keladi. Nutq tovushlarining bu tomoni uning talaffuz (fiziologik) belgisi hisoblanadi va u fiziologiya fani bilan uzviy bog‘liqlikda o‘rganiladi. Nutq apparati o‘pka, bo‘g‘iz, tovush paychalari, og‘iz bo‘shlig‘i, tanglay, til, lab, burun, tish kabi a’zolarni o‘z ichiga oladi. Tovush talaffuz qilinar ekan , uning hosil boʻlishida yuqoridagi nutq organlarining artikulatsion harakati ham alohida ahamiyatga ega . Shuning uchun ham tovushning bu tomonini artikulatsiya ham deyiladi .
Ikkinchidan, har qanday tovush havoning tebranishi natijasida hosil bo‘ladi. Shuning uchun ularning hammasi ma’lum sifat belgisiga: balandlik, kuch (yoki tezlik), miqdor (yoki uzunlik) va tembr belgilariga ega bo‘ladi. Tovushlarning bu tomoni akustik tomon deyiladi va u fizika fani bilan aloqada o‘rganiladi.
Uchinchidan, nutq tovushlari ma’lum maqsadda talaffuz etiladi. Tovushlarning ketma-ket talaffuz qilinishidan ma’lum axborot uzatiladi. Demak, tovushlar ma’noli birliklar tarkibida ularni moddiy tomondan shakllantirish va ma’nosini bir-biridan farqlash vazifasini bajaradi. Masalan, soli bilan sholi so‘zlari birinchi tovushlari bilan, sot bilan soch so‘zlari oxirgi tovushlari bilan, sot bilan sut so‘zlari o‘rtasidagi tovushlari bilan farqlanadi.
Tovushlarning bunday belgilari vazifaviy belgisi sanaladi va u faqat inson tovushlarigagina xos belgi hisoblanadi. Demak, yuqorida sanalgan belgilardan birinchisi tabiiy tovushlarga ham, inson tovushlariga ham xos belgi bo‘lsa, ikkinchi va uchinchi belgilar faqat inson tovushlarigagina xosdir. Shunday qilib, nutq tovushlarining uch tomoni mavjud: a) akustik; b) talaffuz (fiziologiya); d) vazifaviy tomonlari. Har qaysi nutq tovushini tavsif qilishda ana shu uch tomon e’tiborga olinadi. Masalan, k tovushi til o‘rtasining yuqori tanglayga tegishi va o‘pkadan chiqayotgan havoning bu to‘siqdan portlab chiqishi natijasida hosil bo‘ladi. Bu tovushning nutq a’zolarining qayerida va qanday yo‘l bilan hosil bo‘lishi talaffuz (fiziologik) tomoni sanaladi. Uning sof shovqindan iborat ekanligi, jarangsizligi akustik belgisi, k ning g dan va boshqa tovushlardan farqlanishi esa vazifaviy belgisi hisoblanadi. Tilshunoslik fani uchun vazifaviy tomoni muhim sanaladi. Shuning uchun vazifaviy belgi lingvistik (tilshunoslik) belgi deb ham yuritiladi.
Tilshunoslik fanida tovush va fonema tushunchalari bir-biridan farqlanadi. Bu farqlanish fan uchun juda muhim bo‘lgan xususiylik va umumiylik munosabatini aks ettiradi. Biz bevosita kuzatishda xususiyliklarni sezgi a’zolarimiz bilan his etamiz. Bir xususiylikni boshqa xususiylikka solishtiramiz. Solishtirilayotgan xususiyliklar o‘rtasida qanday o‘xshash va farqli tomonlar mavjud ekanligini aniqlaymiz. O‘xshash jihatlari asosida har qaysi xususiylikni ma’lum umumiylikka — sinfga birlashtiramiz. Masalan, sumkani olaylik. Sinfingizda nechta o‘quvchi bo‘lsa, o‘shancha sumka bor. Bu sumkalar rangi, hajmi yoki materiali, yoxud shakli jihatidan bir-biridan farq qiladi. Sinfingizda nechta sumkani ko‘rsangiz, shuncha xususiyliklarni ko‘rgan bo‘lasiz. Lekin shu xususiyliklarning hammasida takrorlanadigan umumiy belgi bor. Bu belgi sumkalik belgisidir. Ya’ni o‘quv qurollari solish uchun mo‘ljallangan, ko‘tarib yuriladigan, charm va boshqa har xil materiallardan tikilgan anjom. Ana shu belgilar xilma-xil sumkalarni bir sinfga, bir umumiylikka birlashtirishga asos bo‘ladi. Xuddi shuningdek, biz nutqiy jarayonda bevosita tovushlarni eshitamiz. Masalan, i tovushini olaylik. U, avvalo, har bir shaxsning o‘ziga xos talaffuzini o‘zida namoyon qiladi. Shu bilan birga, so‘zlarning tarkibida yondosh tovushlar ta’siriga beriladi. Masalan, tushib so‘zining ikkinchi bo‘g‘inidagi i birinchi bo‘gindagi u ning ta’sirida u tovushiga yaqin talaffuz qilinadi. Bilan, tilim, sira so‘zlari tarkibida bilinar-bilinmas aytiladi. Qiliq, qiziq kabi so‘zlar tarkibida til orqa tovush ta’sirida u ga yaqin talaffuz etiladi. Bundan tashqari, unga so‘zlovchining qaysi shevaga mansublik belgisi qo‘shiladi. Xullas, nutq jarayonida xilma-xil ko‘rinishga ega bo‘ladi. Shunday bo‘lishiga qaramasdan, ularning hammasida takrorlanadigan umumiy jihatlar bor. U ham bo‘lsa, torlik belgisi va lablanmaganlik belgisi. Shu belgilari bilan a ga, o ga, i ga, u ga zidlanadi. Ana shu birlashtiruvchi belgilar ma’lum xususiylikni umumiyliklarga birlashtirishga yordam beradi. Umumiylik so‘zlovchi va tinglovchilar xotirasida mavjud bo‘ladi. Shuning uchun ham bu umumiylik turlicha talaffuz qilinishiga qaramasdan, so‘zlovchi va tinglovchilar o‘rtasida bir xil tushunishga olib keladi.
Nutq jarayonida real talaffuz qilingan, qulog‘imiz bilan eshitgan eng kichik va boshqa mayda bo‘lakka bo‘linmaydigan nutq parchasi tovush sanaladi.
Bevosita kuzatishda bir nechta tovushlar orqali talaffuz qilinuvchi so‘z va uning ma’noli birliklarini shakllantirish va farqlash vazifasini bajarishgaxoslangan, ketma-ketlik jihatdan boshqa mayda bo‘lakka bo‘linmaydigan eng kichik til birligi fonemadir.
Masalan, tosh-tom so‘zlarini sh va m farqlaydi. Demak, sh va m alohida-alohida fonemalardir. Yoki tosh-tesh zidligida o va e; tosh-qosh zidligida t va q ma’noni farqlash uchun xizmat qiladi, shuning uchun ular ham mustaqil fonemalar sanaladi.Ko‘rinadiki, bir fonema bir necha tovushlar orqali ro‘yobga chiqadi. Fonemalarni sanash mumkin. Ular cheksiz ko‘rinishlarga ega bo‘ladi. Bu esa tovushlar miqdorining cheksiz ekanligini ko‘rsatadi. Fonemalar ikki va undan ortiq ma’noli birliklarni bir-biriga zidlash orqali aniqlanadi.Fonemalar so‘zlarning tarkibida muayyan tartibda kelib, ularni moddiy tomondan shakllantiradi. Bunda so‘z tarkibidagi fonemalarning joylashish tartibi katta rol o‘ynaydi.Loto o‘yinini ko‘z oldingizga keltiring. Unda sanoqli donalar bor. Lekin shu donalarni turli tartibda joylashtirish orqali xilma-xil shakllar yasaysiz. Xuddi shunga o‘xshash, fonemalar ham sanoqli, lekin uni xilma-xil tartibda joylashtirish orqali cheksiz so‘zlar hosil qilinadi. Sut, tus, ust so‘zlarining tovush tomoniga e’tibor bering. Ularning hammasi uchta bir xil tovushlarning turlicha ketma-ket joylashuvidan tashkil topgan.
Garchi yuqoridagi so‘zlarning tovush tarkibi bir xil bo‘lsa ham , lekin ular turli tartibda joylashib uchta so‘zning ifoda tomonini hosil qiladi. Ko‘rinadiki, so‘zlarning moddiy tomoni uchun uning nechta fonemadan tashkil topganigina emas, balki ularning qanday tartibda joylashuvi ham katta ahamiyatga ega.
Fonemaning tovushga va tovushning fonemaga munosabati turlicha boʻladi. Barcha fonemalar tovush hisoblanadi , ammo barcha tovushlarni fonema deb boʻlmaydi. Jumladan , p va g undoshlari puch , tuz soʻzlarida alohida fonema sanaladi . Shu undoshlar shapkoʻr ( shabkoʻr) , shamshod ( shamshot ) soʻzlarida talaffuz jihatidan alohida tovush boʻlsa ham , lekin fonema emas . Ular jarangsiz tovush bilan yondosh holda , yoki soʻz oxirida jarangsizlashib p , d fonemalarining varianti boʻlib kelmoqda . Tilda fonemalar soni chegaralangan , tovushlarning miqdori esa chegaralanmagan. Chunki bir fonemaning oʻzi qayerda va qanday oʻrinda kelishiga koʻra bir necha tovush variantlariga ega boʻlishi mumkin. Har bir fonema oʻzgarmas , doimiy belgilarga ega boʻladi.
Xulosa qilib aytish kerakki , fonema til birligi boʻlib , inson ongida imkoniyat sifatida mavjuddir. Tovush esa nutq birligi boʻlib , fonemaning ayni talaffuzdagi koʻrinishidir . Yuqorida taʼkidlaganimizdek , fonema talaffuzga koʻchar ekan , yaʼni tovush sifatida nutqda namoyon boʻlishida yondosh fonemalar taʼsiriga uchraydi. Bu esa tovushlar variatsiyasini paydo qiladi. Tovushning yozma nutqdagi shakli harfdir va u grafikada oʻrganiladi .
Unli va undosh tovushlar .
Tovushlar unli va undosh tovushlar boʻlinadi .
Nutq tovushlarining unli va undosh tovushlarga boʻlinishi ularni talaffuz etishdagi fiziologik farqlari va akustik xususiyatlariga asoslanadi .
Unli tovushlarni hosil qilishda havo oqimi oʻpkadan nafas yoʻli orqali hech qanday toʻsiqqa uchramaydi. Un paychalarining titrashi natijasida musiqiy ovoz yuzaga keladi.
Bu vaqtda ogʻiz boʻshligʻi ochiq boʻladi . Unli tovushlarning sifati va xususiyati ogʻiz boʻshligʻidagi nutq aʼzolarining harakati va holati bilan bogʻlangan .
Undosh tovushlarni hosil qilishda oʻpkadan chiqadigan havo oqimi har xil toʻsiqlarga uchraydi . Natijada ogʻiz boʻshligʻida ovoz shovqin bilan aralashadi yoki faqat shovqinning oʻzidan hosil boʻladi .
Bundan tashqari , F . Jumayevaning fikriga koʻra unli va undosh tovushlar vazifasiga koʻra ham farqlanadi . Unli tovushlar boʻgʻin hosil qiladi va urgʻu oladi. Undosh tovushlar esa yakka oʻzi boʻgʻin hosil qila olmaydi va urgʻu olish xususiyatiga ham ega emas .
Oʻpkadan chiqayotgan havo nafas apparatida hech qanday toʻsiqqa uchramaydigan va sof ovozdan iborat boʻlgan tovushlar unli tivushlardir. Oʻzbek tilida oltita unli tovush mavjud .
Bular : a , e , o , i , u ,oʻ . Unli tovushlarni tasnif qilishda quyidagilar hisobga olinadi.
1. Tilning qattiq tanglayga tomon koʻtarilish darajasi , yaʼni tilning vertikal harakati .
2. Tilning oldinga va orqaga tomon harakat qilishi , yaʼni tilning gorizantal harakati .
3. Lablarning ishtiroki .
1. Tilning tanglayga tomon koʻtarilish darajasiga koʻra unli tovushlar uchga boʻlinadi :
1 ) tor unlilar : i , u ;
2) oʻrta keng yoki tor unlilar : e , oʻ ;
3) keng unlilar : a , o .
Tor unlilarni hosil qilishda til yuqori koʻtarilib , tanglayga juda yaqinlashadi , havo yoʻli ancha torayadi. Oʻrta keng unlilarni hosil qilishda esa til oʻrta darajada koʻtariladi , keng unlilarni aytishda esa ancha pastga tushadi.
2. Tilning oldinga va orqaga tomon yotish (gorizantal ) harakatiga qarab , yaʼni hosil boʻlish oʻrniga koʻra unlilar ikkiga boʻlinadi :
1) til oldi unlilar : i , e , a ;
2 ) til orqa unlilar : u , oʻ , o .
Til oldi unlilarni hosil qilishda til tishlarga tiraladi , til orqa unlilarini hosil qilishda esa til keyinga tortiladi.
3. Lablarning ishtirokiga koʻra unlilar ikkiga boʻlinadi :
1 ) lablashgan ( lablangan ) : i , e , a ;
2) lablashmagan ( lablanmagan ) : u , oʻ , o .
Lablar ishtirokiga koʻra o unlisi oraliq holatda boʻladi . Chunki u baʼzi soʻzlarda lablangan , baʼzi soʻzlarda esa lablanmagan unli tarzida talaffuz qilinadi. Masalan :
ona ( lablangan ) - poema (lablanmagan )
inson (lablangan ) - tonna (lablangan )3
Lablangan unlilarning aytilishida lablar doira shakliga kirib , oldinga qarab choʻziladi . Bunga lablashish hodisasi deyiladi . Lablanmagan unlilarni hosil qilishda unlilar oʻz holida turadi .
Oʻpkadan chiqayotgan havo nafas apparatida biror bir toʻsiqqa uchrasa va ovoz va shovqindan , yoki faqat shovqindan iborat boʻlsa , bundan tovushlarga undosh tovushlar deyiladi . Undosh tovushlar tilizda 24 ta boʻlib, ular : b ,d , f , g , h , j , k , l , m, n ,p , q, r , s, t, v ,x, y, z ,dj , gʻ , sh , ch , ng. Undosh tovushlar quyidagi jihatlarga koʻra bir- biridan farqlanadi:
1 . Hosil boʻlish oʻrniga koʻra ;
2. Hosil boʻlish usuliga koʻra ;
3 . Ovoz va shovqinning ishtirokiga koʻra ;
4 . Ovozning ishtirokiga koʻra ;
5. Tovush tarkibiga koʻra ;
1 . Nutq aʼzolarida toʻsiqning paydo boʻlishi oʻrniga koʻra tovushlar uchga boʻlinadi : 1) lab undoshlari ; 2) til undoshlari ; 3) boʻgʻiz undoshi .
1. Lab undoshlari hosil boʻlishida pastki va ustki lablar faol ishtirok etadi . Lab undoshlari, oʻz navbatida , lab - lab undoshlari va lab -tish undoshlariga boʻlinadi .
Lab - lab undoshlari ikki labning faol ishtirokida hosil boʻladi: b , p , m ;
Lab -tish undoshi pastki lab bilan ustki tishlar ishtirokida hosil boʻladi: v ,f ;
2. Til undoshlari tilning qaysi qismi faol harakat qilishiga qarab toʻrtga boʻlinadi : 1) til oldi undoshlari ; 2) til oʻrta undoshlari ; 3) til oʻrta undoshi ; 4) til orqa undoshlari.
1. Til oldi undoshlari til uchi yoki old qismi bilan milk va yuqori tishlar ishtirokida hosil boʻladi : d , t , l , n , r , z, s ,sh , j , ch , dj ;
2. Y tovushi til oʻrta undoshi boʻlib , til oʻrta qismining qattiq tanglayga tomon koʻtarilishi asosida hosil boʻladi .
3. Til orqa undoshlari til orqa qismining yumshoq tanglayga tegishi natijasida hosil boʻladi : g , k , ng ;
4. Til ildizi bilan yumshoq tanglayning orqa qismi ishtirokida hosil boʻlgan tovushlar chuqur til orqa undoshlaridir : gʻ , x , q .
3. Boʻgʻiz undoshi h havo oqimining boʻgʻizda ishqalanib oʻtishi natijasida hosil boʻladi.
2 . Undosh tovushlar nutq aʼzolarining biror yerida toʻsiqqa uchrab , shu toʻsiqdan portlab yoki sirgʻalib oʻtib ketishiga koʻra ham oʻrganiladi. Ikki nutq aʼzosining jipslashuvi natijasida oʻpkadan chiqayotgan havo oqimining zarb bilan portlab oʻtishidan portlovchi undoshlar hosil boʻladi. Bular : b , g , d , k , t , q , ch tovushlaridir.
Portlovchilar portladh xususiyatiga koʻra sof va qorishiq portlovchilarga ajraladi.
Sog portlivchilar bir usul - portlash usuli bilan paydo boʻladi: b , g , d , k, t, q, p .
Qorishiq portlovchilar ikki usul asosida - toʻla boʻlmagan portlash va undan keyin sirgʻalish natijasida vujudga keladi: d+j - dj , t+ sh - ch .
Ikki nutq aʼzosining oʻzaro jipslashmasidan , bir - biriga yaqinlashishi natijasida havo oqimining ular orasidan ishqalanib - sirgʻalib chiqishidan sirgʻaluvchi undoshlar hosil boʻladi . Bular v , f , j , sh , z , s , y , x , h , gʻ tovushlaridir.
Xullas , undoshlar hosil boʻlish usuliga koʻra ikki turga ajraladi :
1. Portlovchilar : b , p , d ,t , j (jigar ) , ch , g , k , m , n , ng , q. a ) sof portlovchilar : b ,p , d ,t , g , k , m , n , ng , q.
b ) qorishiq portlovchilar : j ( j va d tovushlarining qorishishi ) , ch ( t va sh tovushlarining qorishishidan hosil boʻlgan ).
2. Sirgʻaluvchilar : v , f, z , s , j ( jirafa ) , sh , gʻ , x , y , l , r , h .
3 . Ovoz va shovqinning ishtirokiga koʻra undoshlar ikki turga boʻlinadi : jarangli undoshlar va jarangsiz undoshlar .
Tarkibiga koʻra jarangli undoshlar ovoz va shovqindan , jarangsiz undoshlar esa faqat shovqindan iborat boʻladi .
Undosh tovushlar ovoz va shovqinning ishtirokiga koʻra quyidagicha tasniflanadi:

Jarangli

B

V

D

Z

J

J

G


Y

M

N

Ng

L

R

-

-


Jarangsiz

P

F

T

S

Ch

Sh

K

X

-

-

-

-

-

-

Q

H


Nutq paytida baʼzan jarangli undoshlar jarangsizlar bilan oʻrin almashadi . M. : sabab - sabap , maqsad - maxsad kabi.
Talaffuzda jarangli undoshlardan sakkiztasi jarangsiz juftlik hosil qiladi :

Jarangli

B

V

D

Z

J(

J

G



Jarangsiz

P

F

T

S

Ch

Sh

K



X

Jarangli undoshlardan oltitasining jarangli jufti yoʻq: m , n , ng , l , r , y .
Jarangsiz undoshlardan ikkitasining esa jarangli jufti yoʻq : q , h .
4. Ovozning ishtirokiga koʻra undoshlar ikkiga boʻlinadi : shovqinlilar va ovozdorlar . Ovozdorlar sonorlar deb ham ataladi. Sonorlar ( lotincha sonorus - "ovoz " , " ohangli " ) undoshlar talaffuzida ovoz paychalari titrab , shovqinga nisbatan ovoz koʻproq hosil boʻladi : m , n , ng ,l , r ;
Shovqinlilarda esa ovozga nisbatan shovqin koʻproq boʻladi : t , k, b , d kabi . Shovqinli undoshlar oʻz xususiyatiga koʻra ikki xil: jarangli va jarangsiz undoshlarga boʻlinadi . Jarangli undoshlarning aytilishida shovqinga nisbatan ovoz ham qoʻshiladi , chunki bu tovushlarning hosil boʻlishida ovoz paychalari qatnashadi. Jarangsiz undoshlar esa , asosan , shovqindan iborat boʻladi , chunki ularning talaffuzida ovoz paychalari qatnashmaydi .*
Ovozdor undoshlar oʻz ichki tuzilishida uch turga boʻlinadi : burun tovushlari , yon tovush , titroq tovush .
Burun tovushlarining ( m , n , ng ) talaffuzdagi kichik til salgina pastga tushib havo oqimi burun boʻshligʻidan oʻtadi .
L undoshi yon tovushdir . Uning aytilishida tilning uchi milkka tegib , ikki yon salgina pasayadi va boʻshliq qoladi , havo oqimi shu yerdan sirgʻalib chiqadi .
R undoshining aytilishida havo oqimining taʼsiri bilan til uchi titraydi , ayni vaqtda nutq aʼzolari tez- tez jipslashadi , ana shu jipslashishlar oralarida havo oqimi chiqadi .
Shunga koʻra r titroq tovush hisoblanadi .
5. Undoshlar tovush tarkibiga koʻra sof , qorishiq undoshlarga ajraladi :
1 . Sof undoshlar :b , v , d , z , j , g , k , m, n , ng , l ,r, y , p , f , t , s , h , sh , k , x, q , h ;
2. Qorishiq undoshlar : j ( jahon ) , ch (t +ch ) . Qorishiq undoshlar ikki undosh tovushning qoʻshilishi( qorishishi )dan hosil boʻladi .
5 . Fonetik hodisalar .
Ayrim soʻzlarga qoʻshimcha yoki soʻz qoʻshilganda soʻzning tovush tarkibida quyidagi fonetik hodisalar kuzatiladi:
1. Tovush tushishi .
2. Tovush almashishi.
3 . Tovush orttirilishi .
4. Tovush moslashishi.
Yuqoridagi tovush oʻzgarishlaridan baʼzilari faqat talaffuzda , baʼzilari esa ham talaffuzda , ham imloda aks etadi .
1 . Tovush tushishi .
So'z o'zagidagi yoki unga qo'shilgan qo'shimchalar tarkibidagi ayrim tovushlarning ma’lum fonetik qurshov yoki pozitsiya ta’sirida talaffuz etilmasligi. Bu hodisa unlilarga ham, undoshlarga ham xosdir . Bu hodisa soʻzga soʻz yasovchi , lugʻaviy va sintaktik shakl yasovchi qoʻshimchalar qoʻshilishida yuz beradi .
Koʻp hollarda soʻz tarkibidagi i , a , u unlilari tushib qoladi. Masalan:
Soʻz yasovchi shakllar : qiyin -qiyna , oʻyin - oʻyna , ogʻiz - ogʻzaki ;
Lugʻaviy shakllar : ayir - ayril , qayir - qayril ;
Sintaktik shakllar : burun - burnim , egin - egnim .
Soʻzga soʻz qoʻshilishi natijasida ham unli tovushlar tushib qolishi mumkin . Yaʼni toʻliqsiz feʼllar , hamda koʻmakchi va yetakchi feʼlning qoʻshilishidan . Masalan : aytgan edi - aytgandi , borar ekan - borarkan ; oʻqiy oladi - oʻqiyolad , ucha oladi - ucholadi .
Soʻzga baʼzi soʻz yasovchi qoʻshimchalar ( past -pasay , sust - susay ), shakl yasovchi qoʻshimchalar ( men - mening , sen - seni ) qoʻshilishi natijasida soʻz tarkibidagi undosh tovushlardan biri tushib qoladi.
Fanda tovush tushish hodisasi sinkopa deyiladi . Sinkopa — so'z o'rtasidagi tovushning tushib qolishi. Bu hodisa reduksiyaning davomi sifatida ko'proq uchraydi-o'zak morfemaga affiks morfema qo'shilganda, urg'u oxirgi bo'g'inga ko'chib, o'zakdagi unli kuchsizlanadi va tushib qoladi: burun > burnim, burning, burni; о ‘g ‘il > о ‘g ‘lim, о ‘g ‘ling, о ‘g ‘li kabi. So'z o'rtasidagi unlining tushib qolishi ba’zan tarixiy (diaxron) planda sodir bo'lgan bo'lib, hozir sezilmasligi ham mumkin: olcha < olicha, kelyapti < kelayapti kabi. O'zbek tilida undosh tovushlar sinkopasi ham uchraydi: pastqam > pasqam, pastda > pasda kabi. Ularning ba’zi turlari tarixiy plandagina qaralishi mumkin: erdi > edi kabi;
Apokopa — so'z oxiridagi tovushning yoki qo'shm a so'z komponentining tushirib qoldirilishi: baland > balan, xursand> xursan , g'isht > g ‘ish, goʼsht > goʼsh, obroʼу > obroʼ ,podshoh > podsho kabi. Qo'shma so'z komponentining tushirib qoldirilishi asosan ruscha leksik o'zlashmalarda uchraydi: metropoliten > metro, kilogramm > kilo, taksomotor> taksi kabi. Tovush yoki komponentning tushib qolishiga olib keladigan sabablar qatorida pozitsion (urg'usiz bo'g'indagi reduksiya) va sintagmatik (yonma- yon qo'llangan tovushlarning singishib ketishi) bilan birga fonatsion energiyani tejash, ixchamlikka erishish kabi omillar ham qatnashadi;
Eliziya — unli tovush bilan tugagan so'zga unli bilan boshlangan so'zning qo'shilishi natijasida bir unli tovushning tushishi . Masalan, ayta oldi > aytoldi, Dili prom > Dilorom kabi. Bu hodisa unlilar singishuvining bir ko'rinishidir. Yana qarang: sinerezis.
Sandxi hodisasi — analitik shakllarning ixchamlashuvi natijasida sodir bo'ladigan fonetik o'zgarishlar. Masalan: ishlar edi > ishlardi, borgan emish > borganmish kabi. Bu hodisa o'z tabiatiga ko'ra eliziyaga juda yaqin turadi.
Aferezis - oldingi so'zning so'nggi tovushi (yoki tovushlari) ta'sirida keyingi so'z boshidagi tovushning (yoki tovushlarning) tushishi: ne uchun > nechun, mulla aka > mullaka kabi .. Bu hodisa sandxining bir ko'rinishi, xolos.
Gaplologiya - yasama so'z tarkibida birin-ketin kelgan ikkita bir xil bo'g'indan birining tushirib qoldirilishi. Bu hodisa ham ko'proq ixchamlashtirish, energiyani tejash asosida sodir bo'ladi. Masalan, tragikomediya < tragikokomediya. Bu so'zning tarkibida ikkita bir xil bo'g'in («ko» - uchinchi bo'g'in va «kо» - to'rtinchi bo'g'in) birin-ketin kelganligidan talaffuzda ulardan biri tushirib qoldirilgan va so'zning ana shu ixchamlashtirilgan shakli adabiy til uchun me’yor bo'lib qolgan. Bunday hodisa mineralogiya < mineralologiya, morfonologiya < mоrfofonologiya so'zlarida ham kuzatiladi.
2 . Tovush almashishi .
Qoʻshimcha qoʻshish natijasida soʻz tarkibidagi unli , yoki undosh tovuhning boshqa tovushga almashishi kuzatiladi .
Unli tovushlarning almashishi :
o-a : ot -ata , ong - ongla ;
a -o : tara - taroq , soʻra - soʻroq ;
i- u : sovi - sovuq , quri - quruq .
Undosh tovushlarning almashishi :
k - g : tilak - tilagi , bilak - bilagi ;
q -gʻ : qishloq - qishlogʻi ,oʻrtoq - oʻrtogʻi .
Soʻzga soʻz qoʻshilishi natijasida bir unli tovush boshqa unli tovushga almashadi . Yaʼni yetakchi va koʻmakchi feʼlning bir soʻzga aylanish jarayonida bir lab - lab undoshi boshqa lab- tish undoshiga almashadi .
Masalan : ayta beradi - aytaveradi , bora beradi - boraveradi .
3. Tovush ortishi .
Soʻzga qoʻshimchalar qoʻshilishida soʻz tarkibida bir tovush ortishi mumkin . Bu hodisa asosan undosh tovushlarda kuzatiladi . Soʻzga asosan shakl yasovchi qoʻshimchalar qoʻshilganda , asosda bir n va y undoshlari ortadi . Masalan : u + im =unim ,bu +i =buni;
obroʻ +im =obroʻyim, orzu + ing =orzuying
Tovush ortishi hodisasi tarkibida tovush ikkilanishi hodisasi ham oʻrganiladi.
Asosan , soʻzga soʻz yasovchi qoʻshimchalar qoʻshilganda soʻz asosidagi oxirgi undosh ikkilanadi . Masalan : jiz + a =jizza , shar +os =sharros , isi +q =issiq , achi +q = achchiq , ega +la = egalla .*1
4. Tovush moslashishi .
1. Assimilatsiya bir xil kategoriyadagi tovushlarning (mas, undosh bilan undoshning) o'zaro moslashuvidir. Bunday moslashuvning quyidagi turlari bor:
a) progressiv assimilatsiya - oldingi tovushning keyingi tovushni o'ziga moslashtirishi: ketdi > ketti (td > tt), ekgan> ekkan (k g > k k ), qishloqga > qishloqqa (qg > qq) kabi;
b) regressiv assimilatsiya. Keyingi tovushning oldingi tovushni o'ziga moslashtirishi: tuzsiz > tussiz (zs > ss), birta > bitta (rt > tt) kabi;
d) to'liq assimilatsiya. Bunda kuchli va kuchsiz pozitsiyadagi tovushlar bir-biriga aynan moslashadi (ular o'rtasida neytrallashuv sodir bo'ladi):
nonvoy > novvoy (nv > w), terakga > terakka (kg > kk) kabi;
e) to ‘liqsiz assimilatsiya. Bunda kuchli va kuchsiz pozitsiyadagi tovushlar bir-biriga qisman moslashadi: tanbur> tambur (nb > mb), shanba > shamba (nb > mb) kabi. Bu so'zlarda «п» (til-tish undoshi) lab-lab «b»ga faqat artikulatsiya o'rni jihatdan moslashgan (lab-lab «m»ga o'tgan), ammo boshqa belgilari moslashmagan. Qiyos qiling: «m» — sonor, «Ь» — shovqinli; «rn» - yumuq fokusli burun tovushi (nazal tovushi), «Ь» — sof portlovchi kabi;
f) kontakt assimilatsiya — ketma-ket joylashgan tovushlarning o'zaro moslashuvi (q.: yuqoridagi misollar);
g) distant assimilatsiya — so'z tarkibida bir-biridan uzoqroqda joylashgan tovushlarning o'zaro moslashuvi: sichqon > chichqon, soch > choch kabi.
O'zbek tilida o'zak bilan affiksdagi unlilar assimilatsivasi ham uchraydi. Assimilatsiyaning bu turi singarmonizm (unlilar uyg'unlashuvi) deb ham nomlanadi. Bunda unlilarning uyg'unlashuvi lab garmoniyasi va til garmoniyasi (lingval garmoniya) shaklida namoyon bo'ladi. Masalan: keldi -«е» old qator), «i» (old qator). Bunda o'zak va affikslar tarkibidagi har ikkala unli old qatordir (til garmoniyasi); qoldi — «о» (orqa qator), «i» (orqa qator). Bunda affiksdagi old qator «i» o'zakdagi orqa qator «o»ga moslashgan «i» ning orqa qator ottenkasi yuzaga kelgan (bu ham til garmoniyasi hisoblanadi); lab garmoniyasi ko'proq shevalarda uchraydi: o'g7/m (adabiy tilda) - ulum (qipchoq lahjasi shevalarida), ko'zim (adabiy tilda) - ko'zum (kezym: qipchoq lahjasida) Bunda o'zak va qo'shimchalardagi unlilarning lablanish jihatdan moslashuvi sodir bo'ladi.
Hozirgi o'zbek adabiy tilida assimilatsiyaning bu turi deyarli uchramaydi.Assiniilatsiyada fonemaning kombinator ottenkasi yuzaga keladi (o'zgarish tovushlarning bir-biriga ta’siri natijasida bo'lganligi uchun).
3. Dissimilatsiya - so'z tarkibidagi bir xil (yoki o'xshash) tovushlardan birining boshqa tovushga ko'chishi: birorta > bironta (ror > ron), kissa > kista(ss > st) kabi. Bu hodisani assimilatsiyaning aksi deyish mumkin. Dissimilatsiya hodisasi yo'nalishiga qarab ikki xil bo'ladi:
a) progressiv dissimilatsiya. Bunda keyingi tovush o'zgaradi: zarur > zarilkabi ;
b) regressiv dissimilatsiya. Bunda oldingi tovush o'zgaradi: maqtanmoq > maxtanmoq kabi.
Tovushning o'zgarish darajasiga ko'ra dissimilatsiya yana ikki turga bo'linadi:
a) to ‘liq dissimilatsiya. Bunda ikkita bir xil tovushdan biri noo'xshash tovushga aylanadi: kissa > kista (ss > st) kabi;
b) to ‘liqsiz dissimilatsiya (qisman dissimilatsiya). Bunda tovushning artikulatsion xususiyatlaridan ayrimlarigina o'zgaradi. Masalan, uchta > ushta(ch > sh) kabi: «ch» va «t» undoshlarining ikkalasi ham portlovchi, ammo «t»ning ta’sirida «ch» sirg'aluvchi «sh» ga o'tgan. Tovushlar o'rtasidagi masofaga nisbatan ham dissimilatsiya ikki xil bo'ladi: a) kontakt dissimilatsiya. Bunda yonma-yon turgan tovushlardan biri o'zgaradi: kissa > kista kabi: b) distant dissimilatsiya. Bunda dissimilatsiyaga uchrayotgan tovushlar bir-biridan uzoqroqda joylashgan bo'ladi. Masalan: birorta > bironta kabi .
6. Boʻgʻin. Urgʻu .
Bo'g'in bir havo zarbi bilan aytiladigan tovush yoki tovushlar birikmasidir. Masalan: ona (o-na), ota (o-ta), bola (bo-la) kabi. Bo'g'in nutq oqimining tovushdan katta, so'zdan kichik (ba'zan bir so'zga teng) segment birligidir. Fonologik nuqtayi nazardan bo'g'in sillabema deyiladi, uni o'rganadigan soha esa sillabika deb nomlanadi.Bo'g'in unlisiz tuzilmaydi, shuning uchun unli tovush bo'g'inning markazi hisoblanadi — u undoshlarni o'ziga tortib, bir havo zarbi bilan aytiladigan fonetik bo'lakni (bo'g'inni) hosil qiladi. Undoshlar o'zicha bo'g'in hosil qilmaydi (sonorlar bundan mustasno). Ular unlidan oldin kelganda kuchsiz boshlanib, kuchli tugaydi; kitob so'zidagi «ki-» bo'g'ini boshida kelgan «к» undoshi shunday. Undosh tovush unlidan keyin kelganda, kuchli boshlanadi, so'ng kuchsizlanib tugaydi: kitob so'zidagi «-tob» bo'g'ini oxirida kelgan «Ь» undoshi shunday. Ba’zan ikki bo'g'in orasida ikkita bir xil undosh yonma-yon kelib qoladi: muddat (mud-dat) kabi. Bu hodisa geminatsiya sanaladi. Bunda ikkala «dd» bir tovushdek talaffuz etiladi, binobarin, kuchli boshlanib, kuchli tugaydi, oralig'ida esa biroz pasayish kuzatiladi. Bular ikki balandlikka ega undoshlar sanaladi. Demak, bo'g'in tuzilishida undoshlar kuchsiz boshlanuvchi, kuchli tugovchi va ikki balandlikka ega xarakterida bo'ladi . Shunga ko'ra bo'g'in uch qismga bo'linadi; a) bo'g'in boshi- bo'g'in yasovchi tovushning (unlining) balandligigacha bo'lgan qism; b) bo'g'in markazi (bo'g'in balandligi); d) bo'g'in markazidan keyingi qism (bo'g'in balandligidan so'nggi qism).Unli (V) yoki unli+undosh (VC) tipidagi bo'g'inning boshi nolga teng bo'ladi: o+ta (birinchi bo'g'in boshi nolga teng), ol+ma (birinchi bo'g'in boshi nolga teng); undosh+unli (CV) tipidagi bo'g'inning oxiri ham nolga teng: ol+ma («та» bo'g'inining oxiri nolga teng) kabi. O'zbek tilidagi umumturkiy so'zlarda: a) boshi nulga teng bo'g'in faqat so'z boshida uchraydi: o+ta, uch+ta kabi; b) boshi nolga teng bo'lgan bo'g'in birinchi bo'g'indan keyin qo'llanmaydi. Bu tipdagi bo'g'inning so'z o'rtasida yoki oxirida kelishi faqat arabcha va ruscha leksik o'zlashmalarda uchraydi: ma-o-rif(arabcha), a-or-ta (ruscha-baynalmilal) kabi; d) oxiri nolga teng (CV tipidagi) bo'g'in so'zning barcha qismlarida qo'llanishi mumkin: bo+la, da+la kabi;e) bo'g'in boshida undoshlarning qatorlashib kelishi faqat ruscha-baynalmilal so'zlarda uchraydi: traktor (birinchi bo'g'in sxemasi — CCVC) kabi .
Bo'g'in tiplari quyidagilarga bo'linadi:
1) berkitilgan bo'g'in. U undosh bilan boshlanadi: olti so'zining ikkinchi bo'g'ini (-ti);
2) berkitilmagan bo'g'in. U unli tovush bilan boshlanadi: oltiso'zining birinchi bo'g'ini (ol-) ; 3) yopiq bo'g'in. U undosh bilan tugaydi: о/r/so'zining birinchi bo'g'ini (ol-) ; 4) ochiq bo'g'in. U unli bilan tugaydi: oltiso'zining oxirgi bo'g'ini (-ti).
Tasnifning bu turida o-ta, o-na so'zlaridagi bir unlidan iborat bo'g'in,shuningdek, tartib, maktab so'zlaridagi «undosh+unli+undosh» (CVC) tipidagi bo'g'inlar nazardan chetda qolgan. Shuning uchun mavjud adabiyotlarda bo'g'in tiplari tasnifining boshqa ko'rinishlari ham uchraydi. Masalan, M.M. Mirtojivev bo'g'in tiplarini shunday tasnif qiladi:
1) ochiq boshlanuvchi ochiq bo 'g'in: a+na, o+na, i+liq kabi so'zlarning birinchi bo'g'ini:
2) ochiq boshlanuvchi yopiq bo'g'in: ol+tin, il+gak, as+liy, ars+lon kabi so'zlarning birinchi bo'g'ini;
3) yopiq boshlanuvchi yopiq bo'gin: bor+moq, qiy+shiq, non+voy, ras+som kabi so'zlarning barcha bo'g'inlari;
4) yopiq boshlanuvchi ochiq bo'g'in: da+la, qo+ra, sa+ra kabi so'zlarning barcha bo'g'inlari. M.M. Mirtojiyev unli va undoshlardagi ovoz va shovqin miqdori har xil bo'lishini nazarda tutib, bo'g'inning akustik tasnifmi ham beradi. U shunday deydi: «Unli va undosh tovushlar tarkibida, bizga ma'lumki, un va shovqin miqdori turlichadir. Agar ularni ball tizimiga asoslangan bhkala bo'yicha hisoblasak, unlilar 4 ball, sonorlar 3 ball, jaranglilar 2 ball, jarangsizlar esa 1 ball deb qaralishi mumkin. Shunga ko'ra bo'g'in tovushlarini tavsiflasak, bo'g'inlar har xil turlarga bo'linadi. Albatta, bunda bo'g'inning boshi va oxiri nazarda tutiladi:
1) silliq bo'g'in (bo'g'in boshi va oxiri yo'q, kesilgan holatda). Masalan, a+e+ro+plan so'zining birinchi va ikkinchi bo'g'inlari shunday;
2) kuchayuvchi boʻg'in (yopiq boshlanuvchi ochiq bo'g'in tiplari nazarda tutiladi). Masalan, та, de, shu, bu so'zlarini tarkib toptirgan bo'g'in shunday;
3) pasayuvchi bo'g'in (ochiq boshlanuvchi yopiq bo'g'in tiplari nazarda tutiladi). Masalan, ot, ol, it, et kabi;
4) kuchayuvchi-pasayuvchi bo'g'in (to'la, ya’ni yopiq boshlanuvchi yopiq bo'g'in tiplari nazarda tutiladi). Masalan, ko'z, non, bir, tur kabi.
Shuni ham aytib o'tish kerakki, bri+ga+dirso'zining birinchi bo'g'ini ham kuchayuvchi bo'g'in deb qaraladi. Ammo uning bo'g'in boshi ikki undoshdan iborat. Shunga qaramay ular ball shkalasiga ko'ra har xil, ya’ni 2-3-4 deb olinadi. Unda tovushlar kuchayib borganligi kuzatiladi...» .
Ilmiy adabiyotlarda bo'g'in tiplari tasnifining yana boshqa turlari ham bor. Xususan, taniqli fonetist A. Mahmudov bo'g'inlami quyidagicha tasnif qiladi:
1) to'la ochiq bo'g'in. U faqat unlidan iborat bo'ladi: a+na, a+ka,o+pa so'zlarining birinchi bo'g'ini;
2) to'la yopiq bo'g'in. Bunday bo'g'in undosh bilan boshlanib, undosh bilan tugaydi: tar-tib, tar-vuz so'zlaridagi barcha bo'g'inlar;
3) boshi yopiq bo'g'in. Bunday bo'g'in undosh bilan boshlanib, unli bilan tugaydi: bo+la, ta+na so'zlaridagi barcha bo'g'inlar;
4) oxiri yopiq bo'g'in. Bunday bo'g'in unli bilan boshlanib, undosh bilan tugaydi: or+tiq, o ‘r+ta so'zlarining birinchi bo'g'inlari.
Muallif to'la yopiq bo'g'in strukturasi 7 xil bo'lishini ta’kidlaydi:
1) CVC — bet, kuch; 2) CCVC — Qrim, plan; 3) CVCC — qirq, hind; 4) CCVCC - Dnepr, sport; 5) CVCCS - tekst, punkt; 6) CCCVC — shtraf, skver; 7) CCVCCC - Dnestr, Bratsk. Boshi yopiq bo'g'in uchga bo'linadi: I) CV - bu; 2) CCV —drama, smena so'zlarining birinchi bo'g'ini: 3) CCCV - Brno kabi.Oxiri yopiq bo'g'inning to'rt xil bo'lishi aniqlanadi: 1) VC — o'q, el,uy; 2) VCC — ayt, ilm, ark; 3) VCCC - Omsk; 4) VCCCC — Ernst. Shunday qilib, muallif o'zbek tilidagi bo'g'inlar o'n besh strukturada ifodalanayotganligini ko'rsatadi . Bunda o'zbek tilining o'z va o'zlashgan qatlam so'zlari birga qaralgan.
Bo'g'inning til va nutqdagi ahamiyati quyidagilardan iborat:
1. So'zning, xususan , fonetik so'zning shakllanishida «qurilish materiali» va qoliplovchi vazifalarni bajaradi.- Ayrim tillarda bo'g'inning distinktiv (tafovutlash, farqlash) funksiyasi ham bor. Masalan, koreys, vyetnam, xitoy tillarida bo'g'in ohang turiga qarab so'z ma’nosini farqlaydi, ayni shu xususiyati bo'lgan tillarda u sillabema hisoblanadi. O'zbek tilida bo'g'inning bu funksiyasi nihoyatda kuchsizdir.
2. Bo'g'inning pedagogik-metodik ahamiyati ham bor: birinchi sinf o'quvchilarini to'g'ri o'qish va to'g'ri yozishga o'rgatishda, ularda to'g'ri talaffuz va imlo ko'nikmalarini shakllantirishda bo'g'inlab o'qitish va bo'g'inlab yozdirish yaxshi natija beradi.
3. Orfografiya qoidalarining bir qismi bo'g'in ko'chirilishiga asoslanadi.
4. Bo'gʻinning she’riyatda turoqlami, ohangdoshlik va musiqiylikni ta’minlovchi vosita sifatidagi roli ham katta. U she’riy misralardagi ritmni yuzaga keltiruvchi asosiy unsurlardan biri, ayni paytda vazn o'lchovi bo'lib xizmat qiladi.
Urg'u so'z tarkibidagi bo'g'inlardan birining boshqasiga nisbatan kuchliroq ovoz bilan aytilishi yoki gaplardagi ayrim bo'laklarning, nutq qimidagi ayrim frazalarning maxsus ohang bilan ta’kidlanishidir. Urg'umuayyan til fonetik-fonologik tizimining supersegment birligi sanaladi. Tilning qaysi sathidagi birliklarga aloqador bo'lishiga ko'ra urg'uning quyidagi tiplari o'zaro farqlanadi: 1) so'z urg'usi; 2) sintagma urg'usi; 3) ayiruv (ta’kidlov) urg'usi.
So‘z urg'usi bevosita so'zga aloqador bo'lgan, so'z tarkibidagi bo'g'inlardan biriga tushadigan urg'udir. Fonetik tabiatiga, tushadigan o'rniga va harakat qilish belgisiga ko'ra so'z urg'usi har xil bo'ladi.
1. Fonetik tabiatiga ko‘ra so'z urg'usi dinamik, kvantitativ, tipik ottenkali va tonik (musiqiy) xarakterlarda bo'lishi mumkin:
a) dinamik urg'u (zarb urg'usi). Urg'uning bu turi so'z tarkibidagi bo'g'inlardan birining, ayniqsa, undagi unli tovushning kuchli zarb bilan talaffuz qilinishiga asoslanadi. Kuchli zarb va baland ovoz dinamik urg'uning akustik belgisi bo'lsa, shu ovozni yuzaga keltiruvchi nutq a’zolari muskullarining kuchlanishi (tortilishi, taranglashishi) bunday urg'uning fiziologik belgisi sanaladi. Dinamik urg'uli bo'g'inda kuchli zarbning bo'lishi uning shu so'z tarkibidagi boshqa bo'g'inlardan ajralib turishini ta’minlaydi;
b) kvantitativ urg'u. Urg'uning bu turi urg'uli bo'g'indagi unli tovushning cho'ziq (davomli) talaffuz etilishi bilan xarakterlanadi;
d) tipik ottenkali urg'u (sifat urg'usi). Urg'uning bu turi bo'g'indagi unlining o'ziga xos tipik ottenkasi (sifat belgisi) saqlangan bo'lishi bilan xarakterlanadi, shu belgisiga ko'ra u urg'usiz bo'g'indagi unlining notipik ottenkasidan farqlanadi;
e) tonik (musiqiy) urg'u. Urg'uning bu turini olgan bo'g'in ovoz tonining o'zgarishi bilan urg'usiz bo'g'inlardan farq qiladi.
Demak, tonik urg'uda un paychalari chastotasi tezlashadi, ovoz toni esa balandlashadi.Ko'pchilik tillaming so'z urg'usida yuqoridagi fonetik (fizik-akustik) belgilardan bir nechasi birga ishtirok etadi, ammo ulardan bittasi, ba’zan, ikkitasi shu til uchun yetakchi belgi hisoblanadi. Masalan: rus tilidagi so'z urg'usida tonik (musiqiy) urg'u belgisi yo'q, qolgan belgilaming barchasi bor: cho'ziqlik mavjud , bo'g'indagi unlining asosiy sifat (akustik) belgilari saqlangan, zarb ham ishtirok etadi.
Quyidagi misollarning qiyosida buni yaqqol anglab olish mumkin: a) oltin (o'zb.) va karantin (rus.), ovsin (o'zb.) va apelsin (rus.) so'zlarining barchasida oxirgi bo'g'in 4urg'ulidir, barcha urg'uli bo'g'inlarda «i» unlisi qatnashgan, ammo ruscha karantin, apelsin so'zlaridagi «i» unlisi o'zbekcha oltin, ovsin so'zlaridagi «i» dan cho'ziqroq talaffuz etilmoqda. Bunday tafovutni mavzu (o'zb.) va meduza (rus.) mangu (o'zb.) va mangusta (rus.) so’zlarining urg'uli bo'g'inlaridagi «и» unlisi qiyosida ham ko'ramiz.
Rus tili fonetistlarining ta'kidlashicha, ruscha unli fonemalarning urg‘uli bo'g'indagi cho'ziqlik darajasi urg'usiz bo'g'indan biryarim barobar ortiqdir ; b) город (им. падеж, ед. число) - города (им.падеж, мн. число), вода (им. падеж, ед. число) - воды(им. падеж, мн. число) — воды (род. падеж, ед. число). Keltirilgan so'zlarning barcha grammatik shakllarida lab-lab, o'rta keng «о» unlisi qatnashgan, ammo u o'zining ana shu sifat belgilarini (lab-lab, o'rta keng «о» uchun tipik ottenkalarni) faqat urg'uli bo'g'inda saqlagan, urg'usiz bo'g'inlarda esa bu belgilar o'zgarib, «о» unlisi qisqa «а» (lablanmagan, quyi keng unli) tarzida talaffuz qilinmoqda: гарада, вида, вады kabi.
Unli fonemaning asosiy (tipik) ottenkasi namoyon bo'lishi uchun so'z urg'usining qanday ahamiyati borligini shu misollar tahlilidan anglab olish mumkin. Shuning uchun ham so'z urg'usining fonetik tabiatini baholashda rus tilshunoslari birinchi o'ringa sifat belgilarini (unli fonemadagi asosiy ottenkalarning saqlanish darajasini), ikkinchi o'ringa cho'ziqlik belgisini va nihoyat, uchinchi o'ringa zarb belgisini qo'yadilar.O'zbek tilida ham musiqiy urg'u yo'q, ammo unda cho'ziqlik belgisi va zarb bor. Bu belgilar urg'uli bo'g'inni shu so'zdagi urg'usiz bo'g'inlardan ajratish imkonini beradi. Bunda shuni ham ta’kidlash kerakki, so'z urg'usining cho'ziqlik darajasi rus va o'zbek tillarida bir xil emas: rus tilidagi so'z urg'usining cho'ziqlik belgisi o'zbek tilidagidan ko'proq darajada seziladi.
Buni yuqorida oltin va karantin, ovsin va apelsin so'zlari qiyosida ham ko'rib o'tdik.
Demak, o'zbek tilidagi so z urg'usida zarb birinchi o'rinda turadi, shunga ko'ra uni dinamik urg'u deb baholash maqsadga muvofiqdir.Musiqiy (tonik, melodik) urg'u yapon. xitoy, koreys tillariga xosdir.
Urg'uning bu turi boshqa fonetik belgilar. xususan. zarb urg'usi bilan aralash holda shved, norvej, serb, xorvat va litva tillarida ham uchraydi.
2. Oʻrniga ko‘ra so'z urg'usi ikki xil bo'ladi: barqaror urg'u va erkin urg'u:
a) barqaror urg'uli tillarda urg'u so'zdagi biror bo'g'inga doimiy bog'langan bo'ladi. Masalan, turkiy tillarda urg'u so'zning oxirgi bo'g'iniga tushadi. Bu xususiyat o'zbek tiliga ham xos: kitob, daraxt, bola, ota,shahar kabi. Vengr va chex tillarida so'z urg'usi birinchi bo'g'inga, polyak tilida esa so'zning oxiridan bitta oldingi bo'g'inga tushadi.
Bunday xususiyat yuqorida keltirilgan tillarning urg'u tizimiga xos doimiy va asosiy belgilardir;
b) erkin urg'uli tillarda urg'u so'zning turli bo'g'inlariga tushadi.
Rus tili ana shunday erkin urg'uli tillar tipiga kiradi. Unda urg'u so'zning birinchi bo'g'iniga (магний, завуч), ikkinchi, uchinchi bo'g'inlariga (оратор, бактерия, одуванчик, барахолка) va oxirgi. bo'g'iniga (бандероль,пейзаж) tushishi mumkin.
Erkin urg'uli tillarda urg'uning o'rni so'z ma’nolarini farqlash funksiyasini (fonologik vazifani) ham bajaradi, ana shu funksiyasida u aksentema hisoblanadi: замок (qulf) va замок (qal a, qasr, saroy, qo'rg‘on),парить (bug'lamoq) - парить (parvoz qilmoq) kabi.
Bog'langan urg'uli tillarda bu holat juda kam uchraydi: rus tilidan o'zlashgan so'z bilan o'zbek tili so'zlari o'rtasida shunday munosabat paydo bo'lganda (atlas va atlas kabi), sifatlar ravishga ko'chganda (yangi va yangi kabi) urg'uning o'rni ma’no farqlash xususiyatiga ega bo'lishi mumkin, ammo bu xususiyat bog'langan urg'uli tillar uchun yetakchi va doimiy belgi hisoblanmaydi.
3. Harakat qilish belgisiga ko'ra so'z urg'usi ko'chadigan va ko'chmaydigan turlarga bo'linadi:
a) ko'chadigan urg'u muayyan tildagi so'zlarda, ayniqsa, ularning turli grammatik shakllarida bir bo'g'indan boshqa bo'g'inga o'tib turadi, demak, harakatda bo'ladi. Bu xususiyat rus tilida ko'proq uchraydi. Masalan: загнать-загнан-загонять; задать-задал-задаш;рана-ранение kabi. Rus tilidagi urg'uning turli o'rinlarga ko'chishi hatto bir so'zning o'zida ham uchraydi: докрасна-докрасна, залитый-залитый, казаки-казаки, иначе-иначе, загиб-загиб kabi.
Bu xususiyat rus tilidagi erkin urg'uning xarakatchanlik belgisidir. Bunday belgi (harakat qilish, ko'chish) o'zbek tilidagi bog'langan urg'uda ham uchraydi. Masalan: temir-temirchi -temirchilikkabi. Demak, so’z urg'usining harakat qilish, ko'chish belgisi erkin urg'uli tillarda ham, bog'langan urg'uli tillarda ham bor, ammo ulardan birida (masalan, rus tilida) ko'chish turli yo'nalishda — oldingi bo'g'indan keyingi bo'g'inga yoki, aksincha, keyingi bo'g'indan oldingi bo'g'inlarga qarab bo'ladi. Masalan: трава (urg'u so'zning oxirgi bo'g'inida) — травы (urg'u oxirgi bo'g'indan oldingi bo'g'inga ko'chgan), видно (urg'u birinchi bo'g'inda) — видать (uig'u oxiigi bo'g'inga ko'chgan) kabi.
O'zbek tilidagi ko'chish esa asosan bir yo'nalishda sodir bo'ladi: urg'u o'zak oxiridan qo'shimchalarga tomon harakat qiladi. Masalan, shaharshaharlik-shaharliklar kabi. Demak, o'zbek tilidagi so'z urg'usining harakat qilishi bu tildagi urg'uning oxirgi bo'g'inga bog'langanlik belgisiga xilof emas, aksincha, u ayni shu me’yor talabi asosida oxirgi bo'g'ingako'chmoqda. O‘zbek tilida so'z urg'usining oldingi bo'g'inga qarab ko'chishi juda kam uchraydi: yangi (yangi uy) va yangi (yangi kelib-ketdi) kabi. Bulardan tashqari, so'z ma’nolari kuchaytirilganda, bu ma'nolarga uslubiy bo'yoq qo'shish zarurati bo'lganda yuzaga keltiriladigan geminatsiya (bir xil undoshlarning qavatlanishi) hodisasida ham urg'uning oldingi bo'g'inlarga ko'chirilishi kuzatiladi: maza qilmoq — mazza qilmoq, yashamagur —yashshamagur kab. Bunday paytlarda urg'u fonostilistik vositaga aylanadi:
b) ko'chmaydigan urg'u so'z tarkibidagi bitta bo'g'inga bog'langan bo'lib, u boshqa bo'g'inlarga o'tmaydi: rus tilidagi завод, народ, работатьso'zlarining turlanishi va tuslanishida bu hodisa kuzatiladi: народ —народы — народов — народами — для народа;работать — работаю —работаешь — работает — работают — проработай — проработалиkabi. O'zbek tilida bu xususiyat ayrim olmoshlaming turlanishida kuzatiladi: hamma — hammani — hammaning - hammaga — hammada - hammadan;barcha — barchani — barchaning - barchaga — barchada — barchadan kabi.
O'zbek tilidagi qo'shma va juft so'zlarda urg'u ikki va undan ortiq bo'lishi ham mumkin. Bunday paytlarda oxirgi bo'g'indagi zarb kuchliroq bo'ladi va asosiy urg'u sanaladi, qolgan uig‘ular ikkinchi darajali hisoblanadi: kaltakesak, temirbeton, gultojixo'roz, aka -uka, qozon-tovoq kabi. Bunday ikkinchi darajali urg‘ular, rus tilida ham uchraydi: железобетон,само произвольность, тёмно-синий kabi. So'z urg'usining til va nutqdagi roli: a) so'zning fonetik qobig'ini bir butun (kompleks) holatda ushlab turuvchi markaz bo'ladi; b) nutq oqimida so'zni boshqa so'zdan ajratib olishga yordam beradi; d) so'z urg'usining harakatchan turi so'zlarning leksik va grammatik ma’nolarini farqlashi ham mumkin; e) nutqda fonostilistik vosita bo'la oladi.
Keyingi ikki holat urg'uning fonologik va aksentologik xususiyatlari sanaladi.
Sintagma urg'usi — nutq oqimining ma’no jihatdan muhim bo'lgan qismini (sintagmani) alohida ta’kidlash, ajratish uchun qo'llangan urg'u. Sintagmani aniqlash mezoni ikkitadir: a) semantik mezon; b) sintaktik mezon. Bu mezonlar sintagmaning grammatik-semantik jihatdan yaxlit bir butun konstruksiya ekanligidan kelib chiqadi. Sintagma urg'usi fraza (gap) ichidagi mazmunan yaxlit, grammatik jihatdan bir butun bo'lgan qismni maxsus ta’kidlash, uni shu fraza (gap) ichidagi boshqa sintagmalardan ajratish uchun xizmat qiladigan fonetik vositadir.
1 .Fonetika - tilshunoslikning tovush tizimini oʻrganuvchi boʻlimi . Fonetika nutq tovushlarining hosil boʻlishi , oʻzgarishi , turlari , tasnifini , boʻgʻin , urgʻu, ohang kabi hodisalarni oʻrganadi .
2. Tovushlar ikki boʻlinadi : tabiiy va inson tovushlari . Fonetika boʻlimi inson tovushlarini oʻrganadi .
3 .Nutq tovushlari akustik - artikulatsion birlik boʻlib , soʻzni shakllantirish va maʼno farqlash vazifasiga ega . Akustik jihatdan nutq tovushlarining kuchi , balandligi , tebri va choʻziqligi kabi belgilari farqlanib oʻrganiladi .Fiziologik-artikulatsion jihatidan tovushlarning hosil boʻlishida ishtirok etadigan nutq aʼzolariga eʼtibor qaratiladi .
Nutq tovushlarining akustik xususiyatlariga ovoz va shovqindan iboratligi , jarangli yoki jarangsizligi kirsa , artikulatsion belgisiga esa nutq apparatining qayerida hosil boʻlishi hamda qanday usulda hosil boʻlganligi kiradi .
4. Nutq tovushlari hosil boʻlishda toʻsiqqa uchrashi yoki uchramasligiga, ovoz va shovqinning ishtirokiga koʻra ikkiga boʻlinadi : unli tovushlar va undosh tovushlar.
Unli tovushlarning oʻzi hosil boʻlishida lablar ishtirokiga koʻra , tilning vertikal va gorizontal harakatiga koʻra ham tasnif qilinadi .
Undosh tovushlar ham nutq aʼzolarining qayerida , qanday usulda paydo boʻlishiga koʻra , ovoz va shovqin ishtirokiga koʻra bir - biridan farqlanadi.
Bundan tashqari unli va undosh tovushlar boʻgʻin gosil qilish va urgʻu olishiga koʻra ham farqlanadi.
5 . Fonetika boʻlimida tovush oʻzgarish hodisalari yaʼni fonetik hodisalar ham oʻrganiladi.
Tovush oʻzgarish hodisalariga : tovush tushishi , tovush ortishi , tovush almashishi va tovush moslashish hodilsalari kiradi .
Soʻz asosiga turli vazifadagi shakllarning yoki soʻzlarning qoʻshilishi natijasida soʻz asosida bir tovush tushishi , ortishi yoki bir tovushning boshqa tovushga almashishi kuzatiladi . Tovush moslashish hodisalariga assimilyatsiya , dissimilatsiya va metateza hodisalari kirib , ular asosan ogʻzaki nutqda , talaffuz jarayonida kuzatiladi , ammo imloda aks etmaydi . Yuqoridagi uchta tovush oʻzgarish hodisalari esa talaffuzda ham , imloda ham aks etadi .
6. Fonetika boʻlimining oʻrganish obektiga tovushlardan tashqari nutqning segment va ustsegment birliklari ham kiradi . Jumladan : boʻgʻin , urgʻu .5
Bogʻin - bir havo zarbi bilan aytiladigan tovush yoki tovushlar birikmasi . Tovusshlardan unli tovushlargina boʻgʻin hosil qila oladi va soʻzdagi boʻgʻinlar soni unlilar soniga bogʻliq boʻladi . Boʻgʻin qanday tovush bilan tugashiga koʻra ikki turli : ochiq va yopiq boʻladi . Boʻgʻin qanday tovush bilan boshlanishiga koʻra esa berkitilgan va berkitilmagan boʻgʻinlarga boʻlinadi .
Urgʻu . Soʻzlar boʻgʻinlardan tashkil topadi . Soʻz tarkibidagi boʻgʻinlar ohang jihatidan bir xil talaffuz etilmaydi . Soʻzdagi bir boʻgʻinning boshqalariga nisbatan kuchliroq talaffuz etilishiga urgʻu deyiladi . Soʻz urgʻusi ikki xil boʻladi : erkin va barqaror .
Gap soʻzlardan tuziladi . Gapdagi soʻzlardan birining boshqalariga nisbatan kuchliroq, taʼkidli talaffuz qilinishiga gap urgʻusi deyiladi .
Xulosa qilib aytish mumkinki , fonetika boʻlimini oʻrganish bizda tovushlarni farqlash , ularning oʻziga xos xususiyatlarini bilish , soʻz tarkibidagi fonetik hodisalarni ajrata olish koʻnikmalarini hosil qiladi. Bundan tashqari boʻgʻin haqida , uning amaliy va nazariy ahamiyatidan xabardor boʻlish soʻzlarni toʻgʻri boʻgʻinlarga ajratish va koʻchirishga yordam beradi. Urgʻu , uning turlari haqida maʼlumotlar faqatgina bizga nazariy bilim beribgina qolmasdan , ogʻzaki nutqimizning chiroyli boʻlishiga ham taʼsir koʻrsatadi.
Fonetik oʻzgarishlar, tovush oʻzgarishlari, fonetik jarayonlar — nutq jarayonida soʻzning fonetik tuzilishida, tarkibida sodir boʻladigan oʻzgarishlar. Nutq jarayonida, talaffuzda tovushlar boshqacha aytilishi, tushib qolishi, baʼzan esa tovush orttirilishi, bir tovushning ikkinchisi tomonidan moslashtirilishi mumkin. Bunday Fonetik oʻzgarishlar tovushlarning kombinatorpozitsion (lot. combinare — qoʻshmoq, birlashtirmok va positio — holat, joylashish) oʻzgarishlari deyiladi. Kombinator oʻzgarishlar yonmayon tovushlarning oʻzaro taʼsirlashuvi natijasida yuzaga keladi va ularga quyidagilar kiradi: akkomodatsiya (lot. accomodatio— moslashish) — yonma-yon turuvchi 2 tovush (unli va undosh tovush) artikulyatsiyasining qisman moslashishi, muvofiq kelishi. Mas, til oldi unlilari (a, e, i) til orqa undoshlari (q, g', x)ning talaffuz etilishiga muvofiklashib, orqaga siljiydi; assimilyatsiya (k,.), dissimilyatsiya (qarang), metateza (qarang), diereza (yun. diairesis — ajralish, boʻlinish) — muayyan talaffuz sharoiti tufayli soʻz tarkibidagi tovushning tushib qolishi: pastqam>pasqam kabi. Soʻz oʻzagidagi yoki unga qoʻshilgan qoʻshimchalar tarkibidagi ayrim tovushlarning maʼlum fonetik qurshov yoki pozitsiya taʼsirida talaffuz etilmasligi natijasida sodir boʻladigan fonetik oʻzgarishlarga quyidagilar kiradi: prokop a (yunoncha: rgokore) — soʻz boshida unli yoki undosh tovushning tushib kolishi: yiroq>iroq, yilon> ilon kabi; sinkopa (yun. synkope — qisqartirish) — soʻz oʻrtasidagi tovushning tushib kolishi: oʻgʻil > oʻgʻlim kabi; apokopa (yun. arokore — tugallanmani qisqartirish) — soʻz oxiridagi unli yoki undoshning yoxud qoʻshma soʻzdagi 2qismning tushib kolishi: baland > balan, doʻst > doʻs; kilogramm > kilo, metropoliten > metro kabi.
Tovush yoki tarkibiiy qismning tushib krlishiga olib keladigan sabablar qatoriga fonatsion energiyani tejash, ixchamlikka erishish kabi omillar ham kiradi. Bunda quyidagi F.oʻ. kuzatiladi: eliziya (lot. elisio — siqish, siqib chiqarish) — unli bilan tugovchi va unli bilan boshlanuvchi 2 soʻzning qoʻshilishi natijasida unli tovushdan birining tushib qolishi. Mac, yoza oladi > yozoladi, ayta oladi > aytoladi; sandhi (sanskritcha sandhi — aloqa, bogʻlanish) — analitik shakllarning ixchamlashuvi natijasida sodir boʻladigan fonetik oʻzgarishlarga ishlar edi > ishlardi; aferezis (yun. aphaeresis) — oldingi soʻzning oxirgi tovushi taʼsirida keyingi soʻz boshidagi tovushning tushishi: ne uchun > nechun kabi; gaplologiya, mas, tragikokomediya > tragikomediya; sinerezis (yun. syneresis) — soʻz oʻrtasida bir joyda kelgan ikki unlining biri kuchsizlanib, nutkda tushib qolishi: saodat > so: dat, maorif > mo: rif kabi va boshqa Oʻzbek tiliga chet tillardan kirib kelgan oʻzlashma soʻzlarni turkiy soʻzlarning anʼanaviy fonetik tarkibiga moslashtirilishida ham bir qator Fonetik oʻzgarishlar sodir boʻladi.
Bular: proteza (qarang), epenteza [yun. epenthesis — (tovush) orttirish, qoʻshish] — soʻz tarkibida aslida boʻlmagan tovush, harf, boʻgʻinning paydo boʻlishi; fikr > fikir, hukm — hukum; brigadir > birgadir, traktor > tiraktir; epiteza (yun. epithesis) — soʻz oxirida muayyan fonetik yoki morfologik taʼsir ostida shu soʻzda aslida boʻlmagan tovushning ortishi: tank > tanka, kiosk > kioska kabi. Reduksiya (qarang!) ham nutqda muayyan fonemaning kuchdiz talaffuz qilinishi yoki tushib qolishi bilan bogʻliq fonetik o'zgarishlardan biridir.
Tovushlarning nutqdagi pozitsion o‘zgarishlari.Reduktsiya. Nutqdagi turli faktorlar natijasida tovushlar bir-biriga ta`sir qiladi. Bunday faktorlardan bin tovushning o‘rni, uning boshqa tovushga qo‘shni holatda bo‘lishi, tovushlarning birikuvi va urғuning tabiatiga boғliq. Tovushlarning pozitsion va kombinator o‘zgarishlari farqlanadi.
Ma`lum holatda ro‘y beruvchi tovushlarning o‘zgarishi pozitsion o‘zgarishshlar deb ataladi. Pozitsion o‘zgarishlar uch turga ega: 1) urғuga nisbatan urғuli va urғusiz unlilar farqlanadi; 2) bo‘ғin va uning tabiatiga ko‘ra ochiq va yopiq hamda berkitilgan va berkitilmagan bo‘ғinlar farqlanadi; 3) so‘zdagi o‘rniga ko‘ra so‘z boshi, o‘rtasi va oxiridagi tovushlar va ular-ning birikmalari farqlanadi.
Unli tovushlarning urғusiz bo‘ғinlarda kuchsizlanishi yoki o‘zgarishi reduktsiya deyiladi. Odatda sifat va miqdor reduktsiyasi farqlanadi. Urғusiz yopiq bo‘ғinlarda unlilar cho‘ziqligining qisqarishi va kuchli artikulatsiya qilinishining yo‘qolishi miqdor reduktsiya deb ataladi. Masalan, sanash so‘zining boshidagi urғusiz /a/, oxiridagi /a/ ga qaraganda ancha kuchsiz va qisqa talaffuz etiladi. Rus tilidagi gorod, goroda so‘zlarida urғusiz unlilar kuchsiz va qisqaroq talaffuz etiladi.
Tovushlarning urғuga nisbatan o‘rniga ko‘ra ikki xil pozitsiya farqlanadi: urғuli bo‘ғindagi holati - kuchli pozitsiya deb, urғusiz bo‘ғindagi holati - kuchsiz pozitsiya deb ataladi. Kuchli pozitsiyada unlilar o‘z artikulyatsion-akustik xususiyat-larini saqlab qoladi. Kuchsiz pozitsiyada unlilar miqdor va sifat belgilarini yo‘qotadi, ya`ni reduktsiyaga uchraydi.
Yuqorida ko‘rsatilgan miqdor reduktsiyasidan tashqari sifat reduktsiyasi ham bor. Sifat reduktsiyasida bir yo‘la tovushning artikulatsiyasi kuchsizlashadi va tovushning sifati o‘zgaradi. Masalan, rus tilidagi voda, vodi, vodyanoy, vodavoz so‘zlaridagi urғusiz unlilar (o, a) tovushlari doirasida o‘zgaradi. O‘zbek tili-da bunday xususiyat etarli darajada ko‘zga tashlanmaydi. Reduktsiyaga uchragan tovushlar urғuli tovushlarga qaraganda aniq bo‘lmagan kuchsiz va qisqaroq talaffuzga ega.
Reduktsiya`ning darajasi faqat tovushning holatiga emas, balki talaffuz stiliga ham boғliq. Odatda to‘liq talaffuz stilida reduktsiya minimal darajada bo‘lib, oғzaki nutq stilida esa, u maksimal darajada ro‘y beradi. Undan tashqari reduktsiyaning darajasi unlilarning tilning ko‘tarilishiga ko‘ra belgilariga (yuqori, o‘rta, quyi) ham boғliq.
Undosh tovushlar ham pozitsion o‘zgarishlarga uchrashi mumkin. O‘zbek tilida so‘z oxiridagi jarangli undoshlar jarang-sizlashishi bunga misol bo‘la oladi (kitob /kitop/, qand /qant kabi). Ba`zan ko‘p bo‘ғinli so‘zlarda so‘z oxiridagi jarangsiz undoshlar jarangli bo‘lib talaffuz etiladi (bilak-bilagi, kurak-kuragi, tilak-tilagi kabi).
Turli holatlarda tovushlarning talaffuzi har xil o‘zgarishlarga uchraydi. N.S. Trubetskoy ko‘rsatishicha "...amaliy jihatdan aynan bir tovushni bir pozitsiyada ham bir necha marta aniq va bir turda talaffuz etish mumkin emas" [Trubetskoy N.S. Osnovi fonologii. M., 1960, s. 48-49.] Nutqda tovushlarning turli pozitsion o‘zgarishlarini qancha chuqur o‘rganilsa, shunchalik ko‘p tovushlarning turlari aniqlanishi mumkin.
Nutqda tovushlarning kombinator o‘zgarishlari. Nutqda tovushlarning qo‘shni tovushlar ta`sirida miqdor va sifat belgilarining o‘zgarishi kombinator o‘zgarishlar deyiladi.
Nutqda tovushlarning kombinator o‘zgarishlariga akkomodatsiya, assimilatsiya, dissimilatsiya, diereza, epenteza, gaplologiya, proteza, metateza kabi fonetik hodisalar kiradi. Ba`zan bu hodisalarni o‘rganuvchi bo‘lim kombinator fonetika deb ham yuritiladi. Odatda tovushlarning birikuvi nutq organ-larining turli harakatlariga bogiiq boiadi.
Tovushlar qo‘shni holatda kelganda, oldingi tovushlarning rekursiyasi keyingi tovushning ekskursiyasi bilan boғlanishi natijasida ularning artikulatsiya fazalari to‘la amalga oshirilmasligi mumkin. Turli artikulyatsion-akustik xususiyatlar tovushlar birikmasida bir-biriga ta`sir qilishi natijasida artikulatsiya qisqarishi, tovush ba`zan tushib qolishi va boshqa o‘zgarishlar ro‘y berishi mumkin. Bunday o‘zgarishlar ba`zan nutqda talaffuzni iqtisod qilish hisobiga bo‘ladi, chunki "... odam o‘zining nutqi eshituvchiga qanchalik tushunarli bo‘lsa, o‘shancha talab etilgan nutq kuchini (ya`ni talaffuzini) sarf qiladi" [Martine A. Osnovi obshey lingvistiki. Novoe v lingvistike. Vғp. III.M, 1963, str. 536].
Nutqda talaffuzni iqtisod qilish artikulatsiyasi qiyin bo‘lgan bir necha undoshlar birikmasini qisqartirib oson talaffuz etishda kuzatilishi mumkin. Nutqda ro‘y beravchi bunday iqtisod qilish tendensiyasi kelgusida til doirasiga ham ko‘chadi.
Masalan, (str) undoshlar birikmasining talaffuzi qiyinchilik tuғdiradi va shu tufayli uni osonlashtirish turli tillarda bo‘lgan undoshlar birikmasini umumiy qisqartirish tendensiyasiga bo‘ysunadi. Qiyoslang: rus og’zaki nutqida "stram" so‘zi "sram" yoki nemis tilidagi strom so‘zi srom - "yo‘nalish"" kabi talaffuz etiladi [Serebrennikov B.A. Veroyatnostnғe obosnovaniya v komparativistike. M., Nauka, 1974, s. 62].6
Akkomodatsiya. Akkomodatsiya (lotincha accomadatio - moslashuv) keng tarqalgan fonetik hodisalardan biri bo‘lib, talaffuz iqtisodi bilan uzviy boғliqdir. Akkomodatsiya uch turli bo‘ladi. Keyingi tovushning ekskursiyasi o‘zidan oldin kelgan tovushning rekursiyasiga moslashsa, progressiv akkomodatsiya deyiladi. Aksincha, agar oldingi tovushning rekursiyasi keyingi tovushning ekskursiyasiga moslashsa, regressiv assimilatsiya deb ataladi. Qo‘shni kelgan tovushlarning bir-biriga ta`siri natijasida ularning artikulatsiyasi moslashuvi o‘zaro akkomodatsiya deyiladi. Akkomodatsiya unlilarning undoshlarga va undoshlarning unlilarga moslashuvida ro‘y berishi mumkin. O‘zbek tilida chuqur til orqa (uvulyar) undoshlardan (x, ғ, q) keyin til oldi unlilari (i, e, a) til orqa unlilari bo‘lib talaffuz etiladi, ya`ni ularning talaffuzi moslashadi. Aksincha, til orqa unlilari (u,o) til oldi undoshlaridan keyin til oldi unlilari bo‘lib artikulatsiya qilinadi. O‘zbek tilidagi bu xususiyat progressiv akkomodasiyaga misol bo‘la oladi. Unli tovushlar burun undoshlaridan oldin nazalizatsiya qilinishi regressiv akkomodasiyaga misoldir. Non, nom, ming so‘zlarida bir yo‘la progressiv va regressiv akkomodatsiya kuzatiladi, chunki ikki burun undoshi orasidagi unli nazalizatsiya qilinadi.
Rus, mordva, chuvash, nemis va fransuz tillarida til oldi unlilaridan oldin undoshlar palatalizatsiya qilinadi [Serebrennikov B.A. Veroyatnostnғe obosnovaniya v komparativistike. M., Nauka, 1974, s. 142]1, ya`ni regressiv akkomodatsiyaga uchraydi. Ba`zi tillarda esa, til orqa unlilaridan keyin undoshlar velyarizatsiya qilinadi, ya`ni tilning orqa qismi orqaga yoki yumshoq tanglayga tomon yo‘naladi va undoshning ton va shovqini pasayib qattiq talaffuz etiladi. Undoshlarning lablangan unlilar bilan birikuvi natijasida labializatsiya hodisasi ro‘y beradi. Ba`zan esa, velyar va lab undoshlari til orqa lablangan unlilari bilan birikishi natijasida labiovelyarizatsiya hosil bo‘ladi. Bu hodisalar ham akkomodatsiyaning turlari hisoblanadi. O‘zbek tilidagi qunt, bolta, qarta, mingta, kamchil so‘zlaridagi undosh birikmalarning har ikki elementi bir-biriga ta`sir qilib, jarangsiz undoshlar sonorlarni qisman jarangsizlashtiradi va o‘z navbatida, sonorlar ham jarangsiz undoshlarda ovoz tonini kuchaytirib, shovqinni pasaytiradi. Bu hodisa o‘zaro akkomodatsiyaga misoldir.
Akkomodatsiya tovushlarning hosil bo‘lishi o‘rni va usuli, labning holati va tovush paychalarining tebranishi va yaxshi tebranmasligiga ko‘ra moslashuv orqali amalga oshiriladi. Nutqdagi barcha tovushlar bir-biri bilan artikulatsiya fazalari orqali boғlanadi va bu artikulatsiya strukturasini tashkil etadi. Tovushlar o‘rtasidagi boғlanishning artikulatsiya strukturasini chuqur o‘rganish yordamida fonetik hodisalar oydinlashadi.
Assimilatsiya. Assimilatsiya (lotincha assimilatio - "o‘xshash bo‘lish") deb tovushlarning bir-biriga ta`siri natijasida ulardan birining ikkinchisiga o‘xshash bo‘lish hodisasiga aytiladi. Odatda unlilar unlilarga, undoshlar undoshlarga assimilatsiya qilinadi.
Agar o‘zaro ta`sir natijasida tovushlar bir-biriga butunlay o‘xshash bo‘lib qolsa, to‘liq assimilatsiya deyiladi. Agar tovushlarning biror artikulyatsion - akustik belgisi o‘xshash bo‘lib qolsa, to qliq bo‘lmagan (qisman) assimilatsiya deb ataladi. Masalan, ketdi (ketti) so‘zida (t) va (d) oldingi (t) jarangsiz undosh ta`sirida o‘xshash bo‘lib qoladi. Tovushlar bir-biriga ta`sirining yo‘nalishiga ko‘ra progressiv va regressiv assimilatsiya farqlanadi. Oldin kelgan tovush keyingi tovushga ta`sir qilib, o‘ziga o‘xshatsa - progressiv assimilatsiya, aksincha, keyingi tovush oldingisiga ta`sir qilsa - regressiv assimilatsiya deyiladi. Tovushlar artikulatsiya o‘rni, usuli, jarangli-jarangsizligi va yumshoq-qattiqligi (bu hodisa rus tilida bor) bo‘yicha assimilatsiya qilinadi. O‘xshash bo‘luvchi tovushlar yonma-yon bo‘lsa - kontakt assimilatsiya, ular o‘rtasida boshqa tovushlar bo‘lib, o‘xshash bo‘luvchi tovushlar bir-biri-dan uzoq bo‘lsa - distant assimilatsiya deyiladi.
Assimilatsiya bir so‘z ichida va so‘z birikmalari oraliғida ro‘y berishi mumkin. Masalan, o‘zbek tilidagi sotdi, otgan, rus tilidagi lodka, karobka so‘zlarida progressiv kontakt assimilatsiya jarangsizlanish bo‘yicha amalga oshiriladi.
Taqsimot (taxsimot), uluғsifat (uluxsifat), o‘taketgan (o‘taketgan), o‘qchi (o‘xchi), tanbur (tambur) so‘zlarida regressiv assimilatsiya uchraydi. Surnay (sunnay), kamay (kannay), tipirlatmoq (tipillatmoq), mahkam (makkam) (Toshkent shevasida) kabilar to‘la regressiv kontakt assimilatsiyaga misoldir. Qantak (o‘rik), qo‘ltiqtayoq (qo‘ltiғtayoғ), to‘ғnaғich (to‘naғich) kabilarda to‘la distant assimilatsiya uchraydi. Rus tilida distant assimilyatsiya ko‘proq uchraydi: zdravstvuyte /zdrasti/, pyatnadtsat’ /pitnadtsat’/ kabi.
Assimilatsiya hodisasi ham talaffuzini iqtisod qilishning bir turi hisoblanadi. Assimilatsiya natijasida so‘zlar qisqarishi, undagi tovushlarning artikulatsiyasi o‘xshash bo‘lib qolishi talaffuzni osonlashtirishga yordam beradi. Turli tillarda assimilatsiyaning tabiati o‘ziga xos xususiyatlariga ega. Xususan, nemis tilida jaranglilik belgisi bo‘yicha assimilatsiya uchramaydi. Bunday assimilatsiya rus va o‘zbek tillariga xosdir.
Distant assimilatsiya ko‘proq unlilarning o‘zaro ta`siri natijasida ro‘y beradi va turkiy, fin-ugor, ba`zi german tillarida uchraydi. Masalan, nemis tilida otlarning ko‘plik qo‘shim-chasidagi unli so‘z o‘zagidagi unliga o‘xshash belgilariga ega bo‘ladi. Bu hodisani umlaut deyiladi: Buch "kitob" - Biicher "kitoblar" kabi.
Progressiv assimilatsiyaning yana bir turi singarmonizm yoki unlilarning uyғunlashuvi deb atalib, u so‘zlarda (o‘zak va affiks-da) unlilarning o‘xshash artikulyasion-akustik belgilarga ega bo‘lishi bilan izohlanadi. Ba`zi afriks tillarida unlilar bir so‘z yoki so‘zlar birikmasi doirasida uyғunlashadi. Ko‘pgina urol va oltoy tillarida unlilar til oldi va til orqa, hamda lablangan-lablanmagan belgilari bo‘yicha uyғunlashadi. Masalan, turkiy tillarida, xususan, turkman, qozoq, qirғiz, turk, qoraqalpoq tillaridagi so‘zlarda til oldi yoki til orqa, lablangan yoki lablan-magan unlilar o‘xshash holatda uchraydi.
Bunda so‘z o‘zagidagi unli bilan uning affiksidagi unli uyғunlashadi. Masalan, turkman tilida: galamlar - "qalamlar", gelinlar - "kelinlar",  qozoq tilida: bashtar - "boshlar", koldor - "qo‘llar", turk tilida: gol-lar - "qo‘llar", gozlar - "ko‘zlar" kabi.
Singarmonizm urғu bilan ham boғliq bo‘lib, ularning har ikkisi so‘zning fonetik belgisi hisoblanadi. Nihoyat, assimilatsiya sinxronik (yangi paydo bo‘lgan) va diaxronik (tarixiy shakllangan) bo‘lishi mumkin. YUqorida ko‘rsatilgan umlaut va singarmonizm hodisalari tovushlarning tarixiy assimilatsiyasi natijasida kelib chiqqan.
O‘zgarishlarning boshqa turlari. Assimilatsiya natijasida nutq tovushlari o‘rtasidagi farqlar yo‘qolib, ular bir yoki bir necha belgilari bilan o‘xshash bo‘ladi yoki uyғunlashadi. Biroq bu hodisaga aksincha bo‘lgan tovushlarning o‘zaro ta`siri ham borki, bunda tovushlarning o‘xshash-lik xususiyati yo‘qoladi. Agar so‘zdagi ikki bir-biriga o‘xshash tovushlardan biri o‘zgarib, natijada ular biror artikulyatsion-akustik belgisi yoki bir necha belgilari bilan farqlanib qolsa, dissimilatsiya (lotincha dissimilatio - "o‘xshamaslik") deyiladi. Masalan, rus va o‘zbek oғzaki nutqida dissimilatsiya ko‘p uchraydi: tumba (tunba), Tambov (Tanbov), tramvay (tranvay), kombayn (konbayn), djemper (djenper), ambar (anbar) [Avanesov R.I. Russkaya literaturnaya i dialektnaya fonetika. M., 1974, s. 194-198]. Ingliz tilida marble - "mramor" so‘zi frantsuz tilidagi marbre - so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, so‘z oxiridagi (r) tovushi dissimilatsiya natijasida (l) ga ko‘chgan.
Metateza (yoki inversiya) hodisasi tovushlar yoki bo‘ғinlarning so‘z tarkibida o‘zaro o‘rin almashishi bilan izohlanadi. Ba`zan so‘zda yonma-yon kelgan tovushlarning o‘zaro o‘rin almashinuvi inversiya deb, aksincha, bir-biridan uzoq bo‘lgan tovushlarning o‘zaro almashinuvi metateza deb yuritiladi. Bu hodisa ko‘proq oғzaki nutqda uchraydi: mramor (marmar), tuproq (turpoq), yomғir (yoғmir), tuxfa (tufxa), supra (surpa) kabi.
Diereza (yoki tushurib qoldirmoq) hodisasi undosh tovush-larni talaffuzdan tushurib qoldirish bilan izohlanadi: (Toshkent shevasida) go‘sht (go‘sh), rest (ros), surtmoq (surmoq), tandir (tanir) kabi. Agar bir xil yoki o‘xshash bo‘ғinlardan biri tushirib qoldirilsa, gaplologiya deyiladi. Masalan, morfofonologiya so‘zi o‘rnida morfonologiya, sariғ yoғ o‘rnida saryoғ kabi.
So‘zga tovushni qo‘shib aytish epenteza deyiladi: nonko‘r (nonga ko‘r), ishqiboz kabi.
So‘zning boshlanғich qismiga tovushlarni qo‘shib aytilsa, proteza deyiladi. Turkiy tillarda, xususan o‘zbek tilida (oғzaki nutqda) rus tilidan kirgan so‘z boshida kelgan undosh tovushlar birikmasi oldidan (i), (u) unlilarini qo‘shib aytish protezaga misoldir: stantsiya (istansa, istansiya), stol (ustol), stul (ustul), spravka (ispravka) kabi.
CHet tilidan kirgan so‘zlardagi tovushlarni ona tilidagi tovushlar bilan almashtirib talaffuz qilish substitutsiya deyiladi. Odatda, ona tilida bo‘lmagan chet tilidagi tovushni ko‘proq almashtiriladi. Biroq chet tilidagi tovushga o‘xshashroq tovush ona tilida boiishiga qaramay, uni almashtirish hollari ko‘p uchraydi. CHunki har bir til o‘zining alohida tovush sistemasiga ega va undagi tovushlar boshqa tilda qaytarilishi mumkin emas. Bunday tovushlar substitutsiyasi hodisasi atoqli otlarda juda ko‘p uchraydi: nemischa: Vebster - Uebster, Isaak - Isaak, lotincha: Teodor - Feodor (Fyodr), inglizcha: Tomas - Tomas kabilar.
Tovushlarning almashuvi. YUqoridagi tovushlar almashuvi ikki yoki undan ortiq tiUarda uchraydi. Bir tildagi so‘zlarning har xil formalarida ham tovushlar almashuvi ro‘y beradi. Bunday tovushlar almashuvi alternatsiya deb ham yuritiladi. Almashinuvchi tovushlarni esa, alternantlar deyiladi. Tovushlar almashinuvining turli morfe-malardagi xususiyatlarini morfonologiya o‘rganadi.
Tovushlarning almashinuvi ikki xil bo‘ladi: fonetik (pozitsion) va ta-rixiy. Fonetik almashuv deb tilning hozirgi talaffuz normasiga asosan ro‘y beravchi alternatsiyaga aytiladi. Bunday almashuv tovushlarning o‘rniga boғliq bo‘lib, ma`lum holatda uchraydi.
1.CHet tilidan o‘tgan so‘zlarning bunday berilishi transliteratsiya deyiladi. Bu haqda keyinroq to‘xtaladi. Masalan: sez - seskanmoq, uyqu - uyғonmoq, sariq - sarғaymoq, bilak - bilagi kabi. Tovushlar almashuvi slavyan tillarida, ayniqsa rus tilida juda ko‘p uchraydi. Masalan, rus tilidagi ot - prefiksi sakkiz xil talaffuz qilinadi: otpusk (otpusk), otzov (odzuf), otxod (atxot). otgadat’ (adgadat), ottesnit’ (attisnit), otsepit’ (atsepit), ottepel’ (olttepel), otdelit’ (atdelit). Ularning har biri fonetik holatiga boғliq: yumshoq undosh (f), (d) undoshlaridan oldin keladi: affrikatlar (s) dan oldin, (o) urғuli holatda, (a) urғusiz holatda va hokazo [Bulanin L. L. Fonetika sovremennogo russkogo yazika. M., 1970, s. 129].
Ingliz tilida ham yuqoridagiga o‘xshash tovushlar almashuvi kuzatiladi. Masalan, otlardagi ko‘plik qo‘shimchasi -s otning birlik shaklida u tamomlangan undosh yoki unli tovushning artikulyatsion-akustik xususiyatiga ko‘ra har xil talaffuz etiladi: jarangsiz undoshdan keyin /s/, sirғaluvchi undoshlardan keyin /-iz/ va jarangli tovushga tugagan so‘zlarda /z/ talaffuz etiladi maps /mepiz/ - "xaritalar", box /bokiz/ - "qutilar", beds /bedz/ "krovatlar" kabi. Bu tovush almashinuvlarida assimila-tsiya muhim ahamiyatga ega.
Ba`zi tovushlar almashinuvi tarixiy faktlar asosida tasdiqla-nishi mumkin. SHu sababli ularni tarixiy tovush almashinuvlari deyiladi. O‘zbek tilidagi ba`zi affikslar tarixiy jihatdan har xil bo‘lgan: -gil, -ғil, -qil, -kil, -gali, -ғali, -kali, -qali shaklida yozilgan va shunday talaffuz etilgan g-k-q tovushlari almashinuvi ana shunday tarixiy jihatdan shakllangan alternatsiyaga kiradi.
Rus tilidagi k-ch tovush almashinuvi (masalan, ruka-ruchka so‘zlarida) undoshlardan keyin kelgan til oldi unlisining ta`siri-da bo‘lgan. Aslida sifatlarning suffiksi -`n bo‘lgan. Ruch- fonetik holatiga boғliq bo‘lmay qolgan va k-ch almashinuvi pozitsion boғliqlikdan chiqib, tarixiy bo‘lib qolgan. SHu sababli uni hozirgi rus adabiy tili talaffuz normasi yordamida tushuntirish mumkin emas [Bulanin L. L. Fonetika sovremennogo russkogo yazika. M., 1970, s. 132-133].
Ingliz tilida so‘zlarning o‘zagida kelgan unlilarning almashuvi birqancha feql shakllarini yasashda qo‘llanadi va tarixiy assimilatsiyaga misol bo‘la oladi: /i: /e/ e/ - feed, fed, fed - "boqmoq" (/i: /e/ e/ — feed, fed, fed — "boqmoq"), /i: /l/ /l/ - vin, von, von (win, won, won) - "yutmoq (o‘yinni)" kabi.
Tovushlar almashuvi natijasida so‘z turkumlari, so‘zlarning grammatik shakllari va boshqalarni farqlash mumkin. Tovushlar almashuvi faqat adabiy tilga xos bo‘lmay, balki shevalarda juda ko‘p uchraydi. Xususan, a/ e, i /e tovushlar almashuvi turkiy tillari shevalarida otlarning ko‘plik affikslarida uchraydi. O‘zbek tili va uning shevalarida bunday tovush almashuvi quyidagicha bo‘ladi: adabiy tilda: otlar - itlar; o‘zbek shevalarida: atlar - iytlar / iytlar, atlar - itlar /itler, etler; qozoq tilida: attar - iytter.
Fonetik va tarixiy almashuvlari o‘rtasidagi o‘xshashlik ularning har ikkisi ham morfologik funksiyani bajarishida ko‘rinadi. Biroq fonetik tovush almashuvi tilning hozirgi talaffuz normasi bilan bogiiq bo‘lsa, tarixiy tovush almashuvi bunday xususiyatga ega emas.
Bizningcha, tovush o‘zgarishlarini juda ham chuqur tahlil qilish zaruriyati yo‘q. O‘quvchi kirish imtihonlari saviyasida o‘rganishi maqsadga muvofiq deb fikrladik hamda shu doirada tushuncha berishga intildik.
Nutqdagi turli faktorlar natijasida tovushlar bir-biriga ta`sir qiladi. Bunday faktorlardan bin tovushning o‘rni, uning boshqa tovushga qo‘shni holatda bo‘lishi, tovushlarning birikuvi va urғuning tabiatiga boғliq. Tovushlarning pozitsion va kombinator o‘zgarishlari farqlanadi.
Ma`lum holatda ro‘y beruvchi tovushlarning o‘zgarishi pozitsion o‘zgarishshlar deb ataladi. Pozitsion o‘zgarishlar uch turga ega: 1) urғuga nisbatan urғuli va urғusiz unlilar farqlanadi; 2) bo‘ғin va uning tabiatiga ko‘ra ochiq va yopiq hamda berkitilgan va berkitilmagan bo‘ғinlar farqlanadi; 3) so‘zdagi o‘rniga ko‘ra so‘z boshi, o‘rtasi va oxiridagi tovushlar va ular-ning birikmalari farqlanadi.
Unli tovushlarning urғusiz bo‘ғinlarda kuchsizlanishi yoki o‘zgarishi reduktsiya deyiladi. Odatda sifat va miqdor reduktsiyasi farqlanadi. Urғusiz yopiq bo‘ғinlarda unlilar cho‘ziqligining qisqarishi va kuchli artikulatsiya qilinishining yo‘qolishi miqdor reduktsiya deb ataladi. Masalan, sanash so‘zining boshidagi urғusiz /a/, oxiridagi /a/ ga qaraganda ancha kuchsiz va qisqa talaffuz etiladi. Rus tilidagi gorod, goroda so‘zlarida urғusiz unlilar kuchsiz va qisqaroq talaffuz etiladi.
Tovushlarning urғuga nisbatan o‘rniga ko‘ra ikki xil pozitsiya farqlanadi: urғuli bo‘ғindagi holati - kuchli pozitsiya deb, urғusiz bo‘ғindagi holati - kuchsiz pozitsiya deb ataladi. Kuchli pozitsiyada unlilar o‘z artikulyatsion-akustik xususiyat-larini saqlab qoladi. Kuchsiz pozitsiyada unlilar miqdor va sifat belgilarini yo‘qotadi, ya`ni reduktsiyaga uchraydi.
Yuqorida ko‘rsatilgan miqdor reduktsiyasidan tashqari sifat reduktsiyasi ham bor. Sifat reduktsiyasida bir yo‘la tovushning artikulatsiyasi kuchsizlashadi va tovushning sifati o‘zgaradi. Masalan, rus tilidagi voda, vodi, vodyanoy, vodavoz so‘zlaridagi urғusiz unlilar (o, a) tovushlari doirasida o‘zgaradi. O‘zbek tili-da bunday xususiyat etarli darajada ko‘zga tashlanmaydi. Reduktsiyaga uchragan tovushlar urғuli tovushlarga qaraganda aniq bo‘lmagan kuchsiz va qisqaroq talaffuzga ega.
Reduktsiya`ning darajasi faqat tovushning holatiga emas, balki talaffuz stiliga ham boғliq. Odatda to‘liq talaffuz stilida reduktsiya minimal darajada bo‘lib, oғzaki nutq stilida esa, u maksimal darajada ro‘y beradi. Undan tashqari reduktsiyaning darajasi unlilarning tilning ko‘tarilishiga ko‘ra belgilariga (yuqori, o‘rta, quyi) ham boғliq.
Undosh tovushlar ham pozitsion o‘zgarishlarga uchrashi mumkin. O‘zbek tilida so‘z oxiridagi jarangli undoshlar jarang-sizlashishi bunga misol bo‘la oladi (kitob /kitop/, qand /qant kabi). Ba`zan ko‘p bo‘ғinli so‘zlarda so‘z oxiridagi jarangsiz undoshlar jarangli bo‘lib talaffuz etiladi (bilak-bilagi, kurak-kuragi, tilak-tilagi kabi).
Turli holatlarda tovushlarning talaffuzi har xil o‘zgarishlarga uchraydi. N.S. Trubetskoy ko‘rsatishicha "...amaliy jihatdan aynan bir tovushni bir pozitsiyada ham bir necha marta aniq va bir turda talaffuz etish mumkin emas" [Trubetskoy N.S. Osnovi fonologii. M., 1960, s. 48-49.] Nutqda tovushlarning turli pozitsion o‘zgarishlarini qancha chuqur o‘rganilsa, shunchalik ko‘p tovushlarning turlari aniqlanishi mumkin.
2. Nutqda tovushlarning kombinator o‘zgarishlari. Nutqda tovushlarning qo‘shni tovushlar ta`sirida miqdor va sifat belgilarining o‘zgarishi kombinator o‘zgarishlar deyiladi.
Nutqda tovushlarning kombinator o‘zgarishlariga akkomodatsiya, assimilatsiya, dissimilatsiya, diereza, epenteza, gaplologiya, proteza, metateza kabi fonetik hodisalar kiradi. Ba`zan bu hodisalarni o‘rganuvchi bo‘lim kombinator fonetika deb ham yuritiladi. Odatda tovushlarning birikuvi nutq organ-larining turli harakatlariga bogiiq boiadi.
Tovushlar qo‘shni holatda kelganda, oldingi tovushlarning rekursiyasi keyingi tovushning ekskursiyasi bilan boғlanishi natijasida ularning artikulatsiya fazalari to‘la amalga oshirilmasligi mumkin. Turli artikulyatsion-akustik xususiyatlar tovushlar birikmasida bir-biriga ta`sir qilishi natijasida artikulatsiya qisqarishi, tovush ba`zan tushib qolishi va boshqa o‘zgarishlar ro‘y berishi mumkin. Bunday o‘zgarishlar ba`zan nutqda talaffuzni iqtisod qilish hisobiga bo‘ladi, chunki "... odam o‘zining nutqi eshituvchiga qanchalik tushunarli bo‘lsa, o‘shancha talab etilgan nutq kuchini (ya`ni talaffuzini) sarf qiladi" [Martine A. Osnovi obshey lingvistiki. Novoe v lingvistike. Vғp. III.M, 1963, str. 536].
Nutqda talaffuzni iqtisod qilish artikulatsiyasi qiyin bo‘lgan bir necha undoshlar birikmasini qisqartirib oson talaffuz etishda kuzatilishi mumkin. Nutqda ro‘y beravchi bunday iqtisod qilish tendensiyasi kelgusida til doirasiga ham ko‘chadi.
Masalan, (str) undoshlar birikmasining talaffuzi qiyinchilik tuғdiradi va shu tufayli uni osonlashtirish turli tillarda bo‘lgan undoshlar birikmasini umumiy qisqartirish tendensiyasiga bo‘ysunadi. Qiyoslang: rus oғzaki nutqida "stram" so‘zi "sram" yoki nemis tilidagi strom so‘zi srom - "yo‘nalish"" kabi talaffuz etiladi [Serebrennikov B.A. Veroyatnostnғe obosnovaniya v komparativistike. M., Nauka, 1974, s. 62].
Quyida har bir kombinator o‘zgarishni alohida ko‘rib o‘tamiz.
Akkomodatsiya. Akkomodatsiya (lotincha accomadatio - moslashuv) keng tarqalgan fonetik hodisalardan biri bo‘lib, talaffuz iqtisodi bilan uzviy boғliqdir. Akkomodatsiya uch turli bo‘ladi. Keyingi tovushning ekskursiyasi o‘zidan oldin kelgan tovushning rekursiyasiga moslashsa, progressiv akkomodatsiya deyiladi. Aksincha, agar oldingi tovushning rekursiyasi keyingi tovushning ekskursiyasiga moslashsa, regressiv assimilatsiya deb ataladi. Qo‘shni kelgan tovushlarning bir-biriga ta`siri natijasida ularning artikulatsiyasi moslashuvi o‘zaro akkomodatsiya deyiladi. Akkomodatsiya unlilarning undoshlarga va undoshlarning unlilarga moslashuvida ro‘y berishi mumkin. O‘zbek tilida chuqur til orqa (uvulyar) undoshlardan (x, ғ, q) keyin til oldi unlilari (i, e, a) til orqa unlilari bo‘lib talaffuz etiladi, ya`ni ularning talaffuzi moslashadi. Aksincha, til orqa unlilari (u,o) til oldi undoshlaridan keyin til oldi unlilari bo‘lib artikulatsiya qilinadi. O‘zbek tilidagi bu xususiyat progressiv akkomodasiyaga misol bo‘la oladi. Unli tovushlar burun undoshlaridan oldin nazalizatsiya qilinishi regressiv akkomodasiyaga misoldir. Non, nom, ming so‘zlarida bir yo‘la progressiv va regressiv akkomodatsiya kuzatiladi, chunki ikki burun undoshi orasidagi unli nazalizatsiya qilinadi.
Rus, mordva, chuvash, nemis va fransuz tillarida til oldi unlilaridan oldin undoshlar palatalizatsiya qilinadi [Serebrennikov B.A. Veroyatnostnғe obosnovaniya v komparativistike. M., Nauka, 1974, s. 142]1, ya`ni regressiv akkomodatsiyaga uchraydi. Ba`zi tillarda esa, til orqa unlilaridan keyin undoshlar velyarizatsiya qilinadi, ya`ni tilning orqa qismi orqaga yoki yumshoq tanglayga tomon yo‘naladi va undoshning ton va shovqini pasayib qattiq talaffuz etiladi. Undoshlarning lablangan unlilar bilan birikuvi natijasida labializatsiya hodisasi ro‘y beradi. Ba`zan esa, velyar va lab undoshlari til orqa lablangan unlilari bilan birikishi natijasida labiovelyarizatsiya hosil bo‘ladi. Bu hodisalar ham akkomodatsiyaning turlari hisoblanadi. O‘zbek tilidagi qunt, bolta, qarta, mingta, kamchil so‘zlaridagi undosh birikmalarning har ikki elementi bir-biriga ta`sir qilib, jarangsiz undoshlar sonorlarni qisman jarangsizlashtiradi va o‘z navbatida, sonorlar ham jarangsiz undoshlarda ovoz tonini kuchaytirib, shovqinni pasaytiradi. Bu hodisa o‘zaro akkomodatsiyaga misoldir.
Akkomodatsiya tovushlarning hosil bo‘lishi o‘rni va usuli, labning holati va tovush paychalarining tebranishi va yaxshi tebranmasligiga ko‘ra moslashuv orqali amalga oshiriladi. Nutqdagi barcha tovushlar bir-biri bilan artikulatsiya fazalari orqali boғlanadi va bu artikulatsiya strukturasini tashkil etadi. Tovushlar o‘rtasidagi boғlanishning artikulatsiya strukturasini chuqur o‘rganish yordamida fonetik hodisalar oydinlashadi.
Assimilatsiya. Assimilatsiya (lotincha assimilatio - "o‘xshash bo‘lish") deb tovushlarning bir-biriga ta`siri natijasida ulardan birining ikkinchisiga o‘xshash bo‘lish hodisasiga aytiladi. Odatda unlilar unlilarga, undoshlar undoshlarga assimilatsiya qilinadi.
Agar o‘zaro ta`sir natijasida tovushlar bir-biriga butunlay o‘xshash bo‘lib qolsa, to‘liq assimilatsiya deyiladi. Agar tovushlarning biror artikulyatsion - akustik belgisi o‘xshash bo‘lib qolsa, to qliq bo‘lmagan (qisman) assimilatsiya deb ataladi. Masalan, ketdi (ketti) so‘zida (t) va (d) oldingi (t) jarangsiz undosh ta`sirida o‘xshash bo‘lib qoladi. Tovushlar bir-biriga ta`sirining yo‘nalishiga ko‘ra progressiv va regressiv assimilatsiya farqlanadi. Oldin kelgan tovush keyingi tovushga ta`sir qilib, o‘ziga o‘xshatsa - progressiv assimilatsiya, aksincha, keyingi tovush oldingisiga ta`sir qilsa - regressiv assimilatsiya deyiladi. Tovushlar artikulatsiya o‘rni, usuli, jarangli-jarangsizligi va yumshoq-qattiqligi (bu hodisa rus tilida bor) bo‘yicha assimilatsiya qilinadi. O‘xshash bo‘luvchi tovushlar yonma-yon bo‘lsa - kontakt assimilatsiya, ular o‘rtasida boshqa tovushlar bo‘lib, o‘xshash bo‘luvchi tovushlar bir-biri-dan uzoq bo‘lsa - distant assimilatsiya deyiladi.
Assimilatsiya bir so‘z ichida va so‘z birikmalari oraliғida ro‘y berishi mumkin. Masalan, o‘zbek tilidagi sotdi, otgan, rus tilidagi lodka, karobka so‘zlarida progressiv kontakt assimilatsiya jarangsizlanish bo‘yicha amalga oshiriladi.
Taqsimot (taxsimot), uluғsifat (uluxsifat), o‘taketgan (o‘taketgan), o‘qchi (o‘xchi), tanbur (tambur) so‘zlarida regressiv assimilatsiya uchraydi. Surnay (sunnay), kamay (kannay), tipirlatmoq (tipillatmoq), mahkam (makkam) (Toshkent shevasida) kabilar to‘la regressiv kontakt assimilatsiyaga misoldir. Qantak (o‘rik), qo‘ltiqtayoq (qo‘ltiғtayoғ), to‘ғnaғich (to‘naғich) kabilarda to‘la distant assimilatsiya uchraydi. Rus tilida distant assimilyatsiya ko‘proq uchraydi: zdravstvuyte /zdrasti/, pyatnadtsat’ /pitnadtsat’/ kabi.
Assimilatsiya hodisasi ham talaffuzini iqtisod qilishning bir turi hisoblanadi. Assimilatsiya natijasida so‘zlar qisqarishi, undagi tovushlarning artikulatsiyasi o‘xshash bo‘lib qolishi talaffuzni osonlashtirishga yordam beradi. Turli tillarda assimilatsiyaning tabiati o‘ziga xos xususiyatlariga ega. Xususan, nemis tilida jaranglilik belgisi bo‘yicha assimilatsiya uchramaydi. Bunday assimilatsiya rus va o‘zbek tillariga xosdir.
Distant assimilatsiya ko‘proq unlilarning o‘zaro ta`siri natijasida ro‘y beradi va turkiy, fin-ugor, ba`zi german tillarida uchraydi. Masalan, nemis tilida otlarning ko‘plik qo‘shim-chasidagi unli so‘z o‘zagidagi unliga o‘xshash belgilariga ega bo‘ladi. Bu hodisani umlaut deyiladi: Buch "kitob" - Biicher "kitoblar" kabi.
Progressiv assimilatsiyaning yana bir turi singarmonizm yoki unlilarning uyғunlashuvi deb atalib, u so‘zlarda (o‘zak va affiks-da) unlilarning o‘xshash artikulyasion-akustik belgilarga ega bo‘lishi bilan izohlanadi. Ba`zi afriks tillarida unlilar bir so‘z yoki so‘zlar birikmasi doirasida uyғunlashadi. Ko‘pgina urol va oltoy tillarida unlilar til oldi va til orqa, hamda lablangan-lablanmagan belgilari bo‘yicha uyғunlashadi. Masalan, turkiy tillarida, xususan, turkman, qozoq, qirғiz, turk, qoraqalpoq tillaridagi so‘zlarda til oldi yoki til orqa, lablangan yoki lablan-magan unlilar o‘xshash holatda uchraydi.
Bunda so‘z o‘zagidagi unli bilan uning affiksidagi unli uyғunlashadi. Masalan, turkman tilida: galamlar - "qalamlar", gelinlar - "kelinlar",  qozoq tilida: bashtar - "boshlar", koldor - "qo‘llar", turk tilida: gol-lar - "qo‘llar", gozlar - "ko‘zlar" kabi.
Singarmonizm urғu bilan ham boғliq bo‘lib, ularning har ikkisi so‘zning fonetik belgisi hisoblanadi. Nihoyat, assimilatsiya sinxronik (yangi paydo bo‘lgan) va diaxronik (tarixiy shakllangan) bo‘lishi mumkin. YUqorida ko‘rsatilgan umlaut va singarmonizm hodisalari tovushlarning tarixiy assimilatsiyasi natijasida kelib chiqqan.
3. O‘zgarishlarning boshqa turlari. Assimilatsiya natijasida nutq tovushlari o‘rtasidagi farqlar yo‘qolib, ular bir yoki bir necha belgilari bilan o‘xshash bo‘ladi yoki uyғunlashadi. Biroq bu hodisaga aksincha bo‘lgan tovushlarning o‘zaro ta`siri ham borki, bunda tovushlarning o‘xshash-lik xususiyati yo‘qoladi. Agar so‘zdagi ikki bir-biriga o‘xshash tovushlardan biri o‘zgarib, natijada ular biror artikulyatsion-akustik belgisi yoki bir necha belgilari bilan farqlanib qolsa, dissimilatsiya (lotincha dissimilatio - "o‘xshamaslik") deyiladi. Masalan, rus va o‘zbek oғzaki nutqida dissimilatsiya ko‘p uchraydi: tumba (tunba), Tambov (Tanbov), tramvay (tranvay), kombayn (konbayn), djemper (djenper), ambar (anbar) [Avanesov R.I. Russkaya literaturnaya i dialektnaya fonetika. M., 1974, s. 194-198]. Ingliz tilida marble - "mramor" so‘zi frantsuz tilidagi marbre - so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, so‘z oxiridagi (r) tovushi dissimilatsiya natijasida (l) ga ko‘chgan.
Metateza (yoki inversiya) hodisasi tovushlar yoki bo‘ғinlarning so‘z tarkibida o‘zaro o‘rin almashishi bilan izohlanadi. Ba`zan so‘zda yonma-yon kelgan tovushlarning o‘zaro o‘rin almashinuvi inversiya deb, aksincha, bir-biridan uzoq bo‘lgan tovushlarning o‘zaro almashinuvi metateza deb yuritiladi. Bu hodisa ko‘proq oғzaki nutqda uchraydi: mramor (marmar), tuproq (turpoq), yomғir (yoғmir), tuxfa (tufxa), supra (surpa) kabi.7
Diereza (yoki tushurib qoldirmoq) hodisasi undosh tovush-larni talaffuzdan tushurib qoldirish bilan izohlanadi: (Toshkent shevasida) go‘sht (go‘sh), rest (ros), surtmoq (surmoq), tandir (tanir) kabi. Agar bir xil yoki o‘xshash bo‘ғinlardan biri tushirib qoldirilsa, gaplologiya deyiladi. Masalan, morfofonologiya so‘zi o‘rnida morfonologiya, sariғ yoғ o‘rnida saryoғ kabi.
So‘zga tovushni qo‘shib aytish epenteza deyiladi: nonko‘r (nonga ko‘r), ishqiboz kabi.
So‘zning boshlanғich qismiga tovushlarni qo‘shib aytilsa, proteza deyiladi. Turkiy tillarda, xususan o‘zbek tilida (oғzaki nutqda) rus tilidan kirgan so‘z boshida kelgan undosh tovushlar birikmasi oldidan (i), (u) unlilarini qo‘shib aytish protezaga misoldir: stantsiya (istansa, istansiya), stol (ustol), stul (ustul), spravka (ispravka) kabi.
Chet tilidan kirgan so‘zlardagi tovushlarni ona tilidagi tovushlar bilan almashtirib talaffuz qilish substitutsiya deyiladi. Odatda, ona tilida bo‘lmagan chet tilidagi tovushni ko‘proq almashtiriladi. Biroq chet tilidagi tovushga o‘xshashroq tovush ona tilida boiishiga qaramay, uni almashtirish hollari ko‘p uchraydi. CHunki har bir til o‘zining alohida tovush sistemasiga ega va undagi tovushlar boshqa tilda qaytarilishi mumkin emas. Bunday tovushlar substitutsiyasi hodisasi atoqli otlarda juda ko‘p uchraydi: nemischa: Vebster - Uebster, Isaak - Isaak, lotincha: Teodor - Feodor (Fyodr), inglizcha: Tomas - Tomas kabilar.
Tovushlarning almashuvi. YUqoridagi tovushlar almashuvi ikki yoki undan ortiq tiUarda uchraydi. Bir tildagi so‘zlarning har xil formalarida ham tovushlar almashuvi ro‘y beradi. Bunday tovushlar almashuvi alternatsiya deb ham yuritiladi. Almashinuvchi tovushlarni esa, alternantlar deyiladi. Tovushlar almashinuvining turli morfe-malardagi xususiyatlarini morfonologiya o‘rganadi.
Tovushlarning almashinuvi ikki xil bo‘ladi: fonetik (pozitsion) va ta-rixiy. Fonetik almashuv deb tilning hozirgi talaffuz normasiga asosan ro‘y beravchi alternatsiyaga aytiladi. Bunday almashuv tovushlarning o‘rniga boғliq bo‘lib, ma`lum holatda uchraydi.
1.Chet tilidan o‘tgan so‘zlarning bunday berilishi transliteratsiya deyiladi. Bu haqda keyinroq to‘xtaladi. Masalan: sez - seskanmoq, uyqu - uyғonmoq, sariq - sarғaymoq, bilak - bilagi kabi. Tovushlar almashuvi slavyan tillarida, ayniqsa rus tilida juda ko‘p uchraydi. Masalan, rus tilidagi ot - prefiksi sakkiz xil talaffuz qilinadi: otpusk (otpusk), otzov (odzuf), otxod (atxot). otgadat’ (adgadat), ottesnit’ (attisnit), otsepit’ (atsepit), ottepel’ (olttepel), otdelit’ (atdelit). Ularning har biri fonetik holatiga boғliq: yumshoq undosh (f), (d) undoshlaridan oldin keladi: affrikatlar (s) dan oldin, (o) urғuli holatda, (a) urғusiz holatda va hokazo [Bulanin L. L. Fonetika sovremennogo russkogo yazika. M., 1970, s. 129].
Ingliz tilida ham yuqoridagiga o‘xshash tovushlar almashuvi kuzatiladi. Masalan, otlardagi ko‘plik qo‘shimchasi -s otning birlik shaklida u tamomlangan undosh yoki unli tovushning artikulyatsion-akustik xususiyatiga ko‘ra har xil talaffuz etiladi: jarangsiz undoshdan keyin /s/, sirғaluvchi undoshlardan keyin /-iz/ va jarangli tovushga tugagan so‘zlarda /z/ talaffuz etiladi maps /mepiz/ - "xaritalar", box /bokiz/ - "qutilar", beds /bedz/ "krovatlar" kabi. Bu tovush almashinuvlarida assimila-tsiya muhim ahamiyatga ega.
Ba`zi tovushlar almashinuvi tarixiy faktlar asosida tasdiqla-nishi mumkin. SHu sababli ularni tarixiy tovush almashinuvlari deyiladi. O‘zbek tilidagi ba`zi affikslar tarixiy jihatdan har xil bo‘lgan: -gil, -ғil, -qil, -kil, -gali, -ғali, -kali, -qali shaklida yozilgan va shunday talaffuz etilgan g-k-q tovushlari almashinuvi ana shunday tarixiy jihatdan shakllangan alternatsiyaga kiradi.
Ingliz tilida so‘zlarning o‘zagida kelgan unlilarning almashuvi birqancha feql shakllarini yasashda qo‘llanadi va tarixiy assimilatsiyaga misol bo‘la oladi: /i: /e/ e/ - feed, fed, fed - "boqmoq" (/i: /e/ e/ — feed, fed, fed — "boqmoq"), /i: /l/ /l/ - vin, von, von (win, won, won) - "yutmoq (o‘yinni)" kabi.
Tovushlar almashuvi natijasida so‘z turkumlari, so‘zlarning grammatik shakllari va boshqalarni farqlash mumkin. Tovushlar almashuvi faqat adabiy tilga xos bo‘lmay, balki shevalarda juda ko‘p uchraydi. Xususan, a/ e, i /e tovushlar almashuvi turkiy tillari shevalarida otlarning ko‘plik affikslarida uchraydi. O‘zbek tili va uning shevalarida bunday tovush almashuvi quyidagicha bo‘ladi: adabiy tilda: otlar - itlar; o‘zbek shevalarida: atlar - iytlar / iytlar, atlar - itlar /itler, etler; qozoq tilida: attar - iytter.
Fonetik va tarixiy almashuvlari o‘rtasidagi o‘xshashlik ularning har ikkisi ham morfologik funksiyani bajarishida ko‘rinadi. Biroq fonetik tovush almashuvi tilning hozirgi talaffuz normasi bilan bogiiq bo‘lsa, tarixiy tovush almashuvi bunday xususiyatga ega emas.

1. Fonetik hodisalar unlilarga ham, undoshlarga ham taalluqlidir.


2. Testda yozuvda aks etadigan fonetik o‘zgarishlarni topish talab etiladi. “Do‘st” – [do‘s], “ketdi” – [ketti] kabi faqat talaffuz uchun xos hodisalar nazarda tutilmaydi.
Bu mavzuni yangi o‘zlashtirayotganlar so‘zlarni asos va qo‘shimchalarga ajratishni yaxshi o‘zlashtirib olishlari kerak, chunki fonetik hodisa faqat morfemalar qo‘shilishi natijasida sodir bo‘ladi.
Fonetik hodisalar 3 xil bo‘ladi.
1. Tovush tushishi
Asosga qo‘shimcha qo‘shilishi natijasida so‘zda ayrim unli va undosh tovushlar tushib qoladi. Asosan, unlilardan a, i, e, u, undoshlardan t, n, qo‘sh undoshli so‘zlarda esa s, l, m kabi tovushlar tushishi kuzatiladi.

2. Tovush ortishi
Ayrim so‘zlarga qo‘shimcha qo‘shganimizda tovush ortadi. Bu hodisa yozma nutqda unlilar bilan sodir bo‘lmaydi, faqat undosh tovushlar (n, y) ishtirokida kuzatiladi.
Misollar:
de + il + di = deyildi;
mavzu + im = mavzuyim;
shu + ga = shunga.
Shuningdek, ch, s, b kabi undoshlarning ayrim so‘zlar tarkibida ikkilantirilishi ham tovush ortishi hisoblanaveradi.
Misollar:
isi + q = issiq, his + iy = hissiy,
tib + iy = tibbiy, achi + q = achchiq.
Onasi, ukasi kabi so‘zlardagi s undoshi orttirilgan hisoblanmaydi, chunki III shaxs egalik qo‘shimchasi - i va -si shakllariga ega.
3. Tovush almashishi
So‘zlarga qo‘shimchalar qo‘shilishi natijasida bir unli yo undoshning boshqa unli yo undosh tovushga almashib qolishi shunday ataladi.



Muhim: hisoblagich, tutqich, chizg‘ich, ko‘rsatkich kabi so‘zlarda tovush almashishi ro‘y berMAgan, chunki
-gich qo‘shimchasi faqat q va k undoshlari bilan yakunlangan so‘zlarga qo‘shilsagina tovush almashishi ro‘y bergan hisoblanadi. Bu qoida g bilan boshlanadigan barcha qo‘shimchalarga tegishli.
Yoqqich, ekkach, boqqani, bukkan, chiqquncha kabi so‘zlarda tovush almashishi bor.

Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati :
1. Rafiyev A., G’ulomova N. Ona tili va adabiyot. – Toshkent: <>, 2014. – 368 b.
2.Sayfullayeva R., Mengliyev A. Hozirgi o’zbek adabiy tili –Toshkent: “Fan va texnologiya” - 2009. 414 b.
3. H. Jamolxonov . Hozirgi oʻzbek adabiy tili .- Toshkent : "Talqin" , 2005 . 260 b.
4 .U. Tursunov , A. Muxtorov , Sh . Rahmatullayev . Hozirgi oʻzbek adabiy tili. - Toshkent: "Oʻzbekiston " .1992 . B .17
5 . Feruza Jumayeva . Ona tilidan saboqlar . - Toshkent : " Qamar -media " .2020. 324b.
6. U.Tursunov, N.Muxtorov, Sh.Rahmatullaev. Hozirgi o’zbek adabiy tili. 1992 yil.
7. Sh.Shoabdurahmonov, M.Asqarova, A.Hojiev. Hozirgi o’zbek adabiy tili. I qism. II qism. Toshkent. «O’qituvchi» nashriyoti. 1980 yil.
8. A.G’ulomov, M.Asqarova. Hozirgi o’zbek tili. Sintaksis. 
Toshkent. O’qituvchi nashriyoti. 1987 yil.
9. O’zbek tilining imlo lug’ati. Toshkent. O’qituvchi. 1995 yil.
10. R. Sayfullayeva , B .Mengliyev , G. Boiyeva va boshqalar . Hozirgi oʻzbek adabiy tili . -T. :"Fan va texnologiya nashriyoti" , 2009 . B. 54
11. H. Jamolxonov . Hozirgi oʻzbek adabiy tili .-T. : "Talqin" , 2005 .B .20-22 *2 R. Sayfullayeva , B .Mengliyev , G. Boiyeva va boshqalar . Hozirgi oʻzbek adabiy tili . -T. :"Fan va texnologiya nashriyoti" , 2009 . B. 55
12. A. Nurmonov, A. Sobirov , N . Qosimova . Hozirgi oʻzbek adabiy tili .- T . : "Ilm ziyo " , 2010 . B . 37 -38 .
13. U. Tursunov , A. Muxtorov , Sh . Rahmatullayev . Hozirgi oʻzbek adabiy tili . - T .: "Oʻzbekiston " .1992 . B .17 .
14. U. Tursunov , A. Muxtorov , Sh . Rahmatullayev . Hozirgi oʻzbek adabiy tili . - T .: "Oʻzbekiston " .1992 . B .17

1 Rafiyev A., G’ulomova N. Ona tili va adabiyot. – Toshkent: <>, 2014. – 368 b.

2


3 H. Jamolxonov . Hozirgi oʻzbek adabiy tili .- Toshkent : "Talqin" , 2005 . 260 b

4 .U. Tursunov , A. Muxtorov , Sh . Rahmatullayev . Hozirgi oʻzbek adabiy tili. - Toshkent: "Oʻzbekiston " .1992 . B .17

5 A.G’ulomov, M.Asqarova. Hozirgi o’zbek tili. Sintaksis. Toshkent. O’qituvchi nashriyoti. 1987 yil.



6 . R. Sayfullayeva , B .Mengliyev , G. Boiyeva va boshqalar . Hozirgi oʻzbek adabiy tili . -T. :"Fan va texnologiya nashriyoti" , 2009 . B. 54



7 A. Nurmonov, A. Sobirov , N . Qosimova . Hozirgi oʻzbek adabiy tili .- T . : "Ilm ziyo " , 2010 . B . 37 -38 .

Download 482.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling