Reja Kirish I – bob. O‘zbekistonning mustaqil taraqqiyoti yillaridagi tarixiga oid manbalar


I – BOB. O‘zbekistonning mustaqil taraqqiyoti yillaridagi tarixiga oid manbalar


Download 131.87 Kb.
bet2/7
Sana10.11.2023
Hajmi131.87 Kb.
#1763774
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Mustaqillik davri manbashunosligi

I – BOB. O‘zbekistonning mustaqil taraqqiyoti yillaridagi tarixiga oid manbalar.
1.1 O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov asaralari mustaqil O’zbekiston tarixi bo’yicha asosiy manba
Mustaqillikka erishganimizdan so‘ng haqqoniy tarixni o‘rganish, tarixiy asarlarni tahlil qilish, xolislik bilan yondashishga imkoniyat paydo bo‘ldi. Ayniqsa, tarix fanining rivojlanishida Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning asarlari muhim ahamiyatga egadir. Xususan, “Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q”1 asari nazariy-metodologik asos bo‘lib xizmat qilmoqda. Ushbu asarda I.A.Karimov shunday yozadi: “Sovetlar davrida yozilgan tarixni men tarix sanamayman. O‘zgalar yozib bergan tarixni o‘qishga mutloqo qarshiman. Mustamlakachi o‘ziga qaram bo‘lgan xalq haqida qachon xolis, adolatli fikr aytgan? Ular bor kuch-g‘ayratlarini Turkistonning o‘tmishini kamsitishga bizni tariximizdan judo qilishga sarflaganlar”. Shuningdek, “O‘zbekiston; Milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura” asarida yozilishicha, SSSR parchalanib ketdi. Bir necha yil mobaynida O‘zbekiston taqdiri va ta’minoti sobiq Ittifoq qo‘lida edi. Sobiq Ittifoq bu yerdan mahsulot va xom ashyoni olib ketib, bizga suv va havoday zarur narsalarni o‘z ko‘rsatmasi bilan keltirib berardi. Sodda qilib aytganda, paxta va boshqa boyliklarimiz olib ketilardi, don, shakar, yonilg‘i va boshqa xalq iste’moli mollari, umuman, hayotimizga, iqtisodiyotimizga va xalq xo‘jaligimizga zarur bo‘lgan mahsulotlar olib kelinardi. Mana, birgina misol. Sobiq SSSR Kanada va Amerikadan har yili 40-50 million tonna g‘alla sotib olardi. Shuning hisobidan O‘zbekistonga ham ulush berardi. Ittifoq parchalanib ketganidan keyin biz yillik ehtiyojimizga etarli 6 million tonna G’allani qayoqdan olib kelishni, qayoqdan valyuta topishni o‘ylab rosa sarson-sargardon bo‘ldik. “Bizdan ozod va obod Vatan qolsin” asarida esa “Biz taraqqiyotda asosan o‘z kuchimizga tayanishga majburmiz. Shuning uchun eng muhim bazaviy tarmoqlarni birinchi navbatda rivojlantirish hayot taqozosidir. Bular jumlasiga neft va gaz sanoati, energetika, oltin qazib chiqarish va rangli metallurgiyaning boshqa tarmoqlari kiradi. Hozir biz zarur neftning 80 foizini chetdan tashib keltirishga majbur bo‘lyapmiz. Bundan tashqari, benzin va boshqa neft mahsulotlari ham respublikaning tashqarisidan sotib olinyapti. Ularning narxlari muttasil oshib borayotganligi iqtisodiyotimizga og‘ir yuk bo‘lib tushmoqda. Ayni paytda esa, biz o‘zimizni neft va boshqa energetika resurslari bilan ta’minlash imkoniyatiga egamiz. Bundan tashqari, mazkur tarmoqlarning keskin rivojlanishini ta’minlash valyuta tushumlarini ko‘paytirishning ishonchli manbai, xorijiy sarmoyalarni jalb etish ob’ekti ham bo‘la oladi. Eksport quvvatidan to‘la-to‘kis va mumkin qadar ko‘p foydalanish hamda uni rivojlantirish iqtisodiyotimizni mustahkamlashning g‘oyat muhim shartidir. O‘zbekiston sobiq Ittifoq tarkibida tashqi bozorga mustaqil chiqmasdi. Jahon savdosida qatnashmasdi. O‘zining iqtisodiy quvvatini yetarlicha ishga tushira olmasdi. Shuning uchun bugungi kunda butun tashqi iqtisodiy faoliyatimizni tubdan isloh qilmoq zarur. Rivojlangan eksport quvvatisiz O‘zbekistonning kelajagi bo‘lmaydi. Eksport tarkibida chuqur o‘zgartirishlarni amalga oshirish lozim. Xom ashyoni eksport qilishdan ko‘ra, O‘zbekiston uchun ko‘proq naf keltiradigan yo‘nalishlarga o‘tish zarur. Bular jumlasiga engil sanoatning, qayta ishlash sohalarining, mashinasozlikning ilm-fanga asoslangan tarmoqlari tayyor mahsulotlarini chet ellarga sotish, chet elturizmini rivojlantirish kiradi”, deya ta’kidlanadi. O. Bo’riyevning asarida birinchi Prezidentimizning “Ozod va obod Vatan erkin va farovonlik hayot pirovard maqsadimiz” asari haqida quyidagicha yozib o’rtadi asarida yozilishicha, Vatanimizning ko‘pming yillik tarixi el-yurtimizni bosqinchi, yovuz kuchlardan himoya qilish, millatimizning erkinligi va or-nomusini asrash yo‘lidagi buyuk voqealarni, bu kurashlarda jasorat va mardlik ko‘rsatgan buyuk shaxslarning nomlarini asrlar davomida o‘zining yorqin xotirasida saqlab kelmoqda”1. Asarning davomida Jaloliddin Manguberdi - ona yurt himoyachisi, jasur sarkarda va davlat arbobi, xalqimizning Spitamen, Muqanna, Najmiddin Kubro, Amir Temur singari tarixda o‘chmas iz qoldirgan milliy qahramonidir. Jaloliddin Manguberdi - bor-yo‘g‘i o‘ttiz ikki yillik qisqa hayoti davomida elu yurt uchun, xalq ozodligi uchun so‘nmas xizmat qilishga ulgurgan ulug‘ ajdodimizdir. Aziz do‘stlar! Jaloliddin Manguberdining beqiyos jasoratini anglash uchun, avvalo, u yashagan tarixiy davr, shu davrlarning mashaqqatli va beshafqat sahifalarini o‘zimizga tasavvur qilib ko‘raylik. Shu paytgacha hech qaysi davlat, hech qaysi el bas kelolmagan, Xitoy va bepoyon Sibir yerlaridan boshlab bugungi Kaspiy va Qora dengiz bo‘ylarigacha bo‘lgan o‘lkalarni zabt etgan, yo‘lida uchragan shahar-qishloqlarni yondirgan, dahshati o‘zidan oldin etib, ne-ne shohu shahanshohlar, amiru sultonlar, sarkardalar yuragiga vahima solgan Chingizxon lashkarining Xorazm ustiga balo-qazoday yopirilib kelayotganini ko‘z oldingizga keltiring. Bir tomondan, boy-badavlat, ikkinchi tomondan, parokanda bo‘lib yotgan yurtimizning o‘sha paytdagi ahvolini ham bir o‘zingizga tasavvur qilib ko‘ring. Sotimjon Xolboyevning “Milliy mustaqillik va taraqqiyotning o`zbek modeli”1 kitobida yozilishicha I. Karimovning “Ozod va obod Vatan erkin va farovonlik hayot pirovard maqsadimiz” asari haqida quyidagicha yozib o’rtadi. Chingizxon shunday bir mash’um kuch ediki, dunyodagi manaman degan qancha zotlar uning qarshisida tiz cho‘kib, qulluq qilib yashashga tayyor edi. Muhammad Xorazmshoh atrofidagi ko‘plab beklar ham yov qo‘liga taslim bo‘lishni afzal ko‘rganlarida, Jaloliddin bu fikrga qarshi chiqib, o‘zining beqiyos jasorati va qat’iyatini namoyon etdi. Shu paytgacha mag‘lubiyatga uchramagan mo‘g‘ul lashkariga qarshi o‘n bir yil muttasil jang qildi. Va g’animlarga shunday qaqshatqich zarbalar berdiki, hatto Chingizxonday makkor va beshafqat, dunyoning yarmini zabt etgan fotih ham unga tan berishga majbur bo‘ldi. Aytinglar, aziz do‘stlar, ana shunday qaltis vaziyatda o‘zi kabi fidoyi, botir insonlarni jipslashtirib, Xorazm zaminini toptashga shay turgan yovuz dushmanga qarshi chiqish uchun odamda qanday jur’at, qanday yurak, qanday iroda, qanchalar baquvvat iymon-e’tiqod bo‘lishi kerak? Aytinglar, buning uchun insonda Vatanga muhabbat, elu yurtga sadoqat, fidoyilik, ozodlikka intilish tuyg‘usi nechog‘li yuksak bo‘lishi kerak? Qani, aytinglar, do‘stlarim, qadrdonlarim, oldindan o‘zining qurbon bo‘lishini bilaturib, lekin Vatan uchun, uning or-nomusi, uning tarixi va istiqboli uchun zimmasiga shunday og‘ir qismatni olgan zotlarni tarixda ko‘p uchratish mumkinmi? Aminman, bunday shijoatli va mard o‘g‘lonni dunyoga keltirgan, voyaga etkazgan xalq har qancha hurmat-ehtiromga, har qancha tasannolarga munosibdir. Hurmatli mehmonlar! Qadrli do‘stlar! Sulton Jaloliddin Manguberdi o‘z elining baxtu saodati uchun hayot-mamot janglarida jon fido etdi. Lekin dunyoda hech qanday xayrli ish beiz ketmaydi. Millat ruhi, odamzotning ozodlik sari intilishi abadiydir. Oradan bir asr o‘tib, sohibqiron Amir Temur Jaloliddin Manguberdi boshlagan ozodlik kurashini yangi sharoit va ulkan miqyoslarda davom ettirdi. Ona yurtimizni bosqinchilardan xalos qilib, markazlashgan qudratli davlat barpo etdi. Muhtaram jamoat! Jaloliddin Manguberdining hayot yo‘lini tahlil qiladigan, o‘sha tarixiy voqealarga bugungi kun ko‘zi bilan qarab baho beradigan bo‘lsak, ular bizni mana shunday tabiiy va ibratli saboq-xulosalar chiqarishga undaydi. Birinchi xulosa shuki, hayot bor ekan, davlat, el-yurt bor ekan, shu erkin, osuda hayotni ko‘rolmaydigan, hasad va fitna bilan yashaydigan, zo‘ravonlik bilan o‘z hukmronligini o‘rnatishga, xalq tinchini buzishga urinadigan yovuz kuchlar hamisha bo‘ladi. Bu - hayot. Bu - hayotning achchiq haqiqati. Uni hech kim inkor etolmaydi. Buni nafaqat o‘z tariximiz va hayotimizda, balki boshqa xalqlar tarixi va hayoti misolida ham ko‘rish mumkin. Bundan tashqari D.A.Alimovaning 2 tomdan iborat “История как история история как наука”1, T.S.Saidqulovning “O‘rta Osiyo xalqlari tarixining tarixshunosligidan lavhalar’’2 asarlari ham muhim adabiyotlar hisoblanadi. O‘rta Osiyo tarixi va tarixshunoshligi qo‘llanmasi O‘rta Osiyo xalqlari tarixiga mazkur qo‘llanmani yaratishda O‘zbеkiston tarixiga oid yaratilgan asarlar, yozma manbalardan ijodiy foydalanildi. Ayni paytda jonajon tariximizni yaratishda bеg‘araz ilmiy xolislik, biror-bir mafkuraning ustuvorligiga sun’iy yo‘l qo‘ymaslik va tariximizga insonparvarlik ko‘zi bilan qarash g‘oyasiga amal qilindi. Vatan tarixini o‘rganish va yoritishda uning davrlarini ilmiy asosda to‘g‘ri bеlgilash ham katta ahamiyatga ega. Ushbu kitobda sobiq marksizm-leninizm ta’limotiga asoslangan formatsiyalarga bog‘lab o‘rganish o‘rniga yangicha sivilizatsion yondashuvga asoslangan metodologiya tamoyillariga amal qilishga harakat qilindi. Mazkur qo‘llanmani yaratishda O‘zbеkiston tarixiga oid yaratilgan asarlar, yozma manbalardan ijodiy foydalanildi. Ayni paytda jonajon tariximizni yaratishda bеg‘araz ilmiy xolislik, biror-bir mafkuraning ustuvorligiga sun’iy yo‘l qo‘ymaslik va tariximizga insonparvarlik ko‘zi bilan qarash g‘oyasiga amal qilindi. Vatan tarixini o‘rganish va yoritishda uning davrlarini ilmiy asosda to‘g‘ri bеlgilash ham katta ahamiyatga ega. Mustaqillik yillarida O`zbekiston tarixining hanuzgacha bizga noaniq bo`lgan qirralari ochildi. Milliy o`zligimizni anglash, milliy tilimiz va urf-odatlarimiz nechog`li qadrli va aziz ekanligini idrok etishimiz tufayli taraqqiyot pillapoyalaridan rivojlanib boryapmiz. Bugungi kunda tarixshunoslik fani oldida O`zbekiston xalqi va davlatchiligi tarixini to`liq tiklash vazifasi turar ekan, qadimiy, ko`p asrlik sivilizatsiyaga ega bo`lgan Buxoro tarixini mukammal tadqiq qilmasdan turib bu mas’uliyatli ishni uddalay olmaymiz. “Xalq so’zi” gazetasining 2017.01.30 kunda chiqarilgan sonida Birinchi Prezidentimiz nutqidan shunday bayon etishgan “I.A.Karimov o`zlarining nutq va asarlarida Buxoroning boy tarixiga madaniyatiga qayta-qayta murojaat qilganlari ham bejiz emas. “Tarix O`zbekistondagi tub demokratik islohotlarni oziqlantiruvchi hayotbaxsh chashmaga aylanib bormoqda. Buxoro, Xiva va Samarqandning ko`hna madaniyati, ajdodlarimiz qoldirgan ulkan meros tarixi xotiramizni uyg`otmoqda, yangicha fuqarolik ongni shakllantimoqda”, - deb yozgandilar1.

Download 131.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling