Reja Kirish I – bob. O‘zbekistonning mustaqil taraqqiyoti yillaridagi tarixiga oid manbalar


Download 131.87 Kb.
bet1/7
Sana10.11.2023
Hajmi131.87 Kb.
#1763774
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Mustaqillik davri manbashunosligi


Reja
Kirish………………………………………………………………………
I – BOB. O‘zbekistonning mustaqil taraqqiyoti yillaridagi tarixiga oid manbalar.
1.1 O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov asaralari mustaqil O’zbekiston tarixi bo’yicha asosiy manba……………………………………
1.2 O‘zbekiston Respublakasi oliy qonun chiqaruvchi va ijroiya organlari hujjatlari……………………………………………………………………….
II – BOB. Mustaqillik yillarida O’zbekistonda amalga oshirilgan islohotlar.
2.1 Mustaqillik davrida qabul qilingan qonunlar, farmonlar, farmoishlar..........
2.2 Mustaqillik davri tarixini o’rganishda arxiv manbalarining o’rni..…….......
Xulosa……………………………………………………………………….....
Foydalanilgan adabiyotlar……………………………………………………


Kirish
Mavzuning dolzarbligi. Jahon tarixiy tajribasining guvohlik berishicha birorta ham xalq va millat ta‘lim tarbiyaga e‘tiborsiz taraqqiyotga erisha olmagan. Bugungi kunda ma‘naviyatga, ta‘lim – tarbiyaga, milliy kadrlar tayyorlashga birinchi darajali ahamiyat bermaydigan jamiyat, davlat, xalq va millat ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy muammolarni bartaraf etolmaydi. Xalqi ma‘naviy, ma‘rifiy jihatdan yetuk bo‘lmagan mamlakat tabiiy - iqtisodiy boyliklariga behisob, harbiy jixatdan qudratli bo‘lgan taqdirda ham buyuk davlat bo‘la olmaydi. El – yurtiga, Vataniga sadoqatli, iymon – e‘tiqodli, mard va jasur, malakasi yetuk, ma‘naviyati yuksak insonlar, barkamol avlod har qaysi davlatning qudratli salohiyat manbasidir. Ana shunday noyob hislat va fazilatlarga ega bo‘lgan insonlarni, barkamol avlodni tarbiyalab voyaga yetkazgan xalq, albatta kelajakka ochiq ko‘z, katta ishonch, umid va ixlos bilan qaray oladi. Ko‘rinib turganidek, mustaqil O‘zbekiston taraqqiyoti taqdirini ham ma‘naviy jihatdan yetuk insonlar hal qiladi. Mustaqil O‘zbekiston Respublikasining tarix fani sohasidagi o‘zgarishlari jamiyatimiz xayotining barcha soxalaridagi kabi istiqlol yillarida olamshumul axamiyatga ega bo‘lgan o‘zgarishlar amalga oshirildi. Yosh mustaqil davlatimizning kelajak taraqqiyoti albatta uning intelktual saloxiyatli va ma‘naviy yetuk yoshlariga bog‘liq. Ushbu xolat mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq xukumatimiz va Birinchi Prezidentimizning doimiy e‘tiboridagi masala bo‘lib kelmoqda. Birinchi Prezidentimiz I.Karimov “Yuksak ma‘naviyat – yengilmas kuch” asarida: “Ta’limni tarbiyadan, tarbiyani esa ta’limdan ajratib bo’lmaydi – bu sharqona qarash, sharqona hayot falsafasi”1 deb ta‘kidlaydi. Mamlakatimizda buyuk kelajak qurishda ta‘lim – tarbiya soxasiga aloxida e‘tibor qaratilmoqda. Uning natijasida O‘zbekistonda ta‘lim soxasida jahon andozasidagi kadrlarni yetishtirib berishga qaratilgan ta‘lim tizimi ishlab chiqilib xayotga joriy qilindi. Bunda “Ta‘lim to‘g‘risidagi Qonun” va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi‖ning eslashni o‘zi kifoyadir. Mamlaktimiz xayoti uchun muxim bo‘lgan mazkur dasturlarni qabul qilinishi xozirgi kunda ta‘lim – tarbiya soxasida erishgan yutuqlarmiz uchun asos bo‘ldi. Endilikdagi vazifa O‘zbekiston ta‘limi sohasidagi islohotlarga asos bo‘lgan me‘yoriy hujjatlarning mohiyatini anglash, ta‘limning istiqlol yillari va istiqlolgacha bo‘lgan davrdagi holatini tavirlash hamda tahlil qilish masalalari mavzuning dolzarbligidan dalolat beradi. Mavzuning maqsad va vazifalari. Kurs ishining asosiy maqsadi mustaqillik yillarida tarix faniga oid manbalarni tahlil etishdan iboratdir. Ushbu masaladan kelib chiqqan holda quyidagi vazifalar belgilandi: - O‘zbekistonning mustaqil taraqqiyoti yillaridagi tarixiga oid manbalarni tahlil qilish; - O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov asaralarida mustaqil O’zbekiston tarixi bo’yicha asosiy manbalar qatorida o’rganish; - Mustaqillik yillarida O’zbekistonda tarix sohasida amalga oshirilgan islohotlarni yoritib berish; - Mustaqillik davrida qabul qilingan qonunlar, farmonlar, farmoishlar; - Mustaqillik davri tarixini arxiv hujjatlari orqali o’rganish. Kurs ishining ob’ekti va predmeti Kurs ishining ob’ekti etib O’zbekiston Respublikasi mustaqillik davri tarixini yotirishda prezident asarlari va arxiv manbalaridan foydalanilgan holda tahlil qilish, Predmeti esa mustaqillik davrida manbashunoslik fanida olib borilgan yangiliklarni o’rganishdir. Mavzuning o`rganilganlik darajasi. Islom Abdug`aniyevich Karimovning to`laqonli va sermazmun siyosiy jamoatchilik faoliyati haqida xorijiy olimlar L.Levitin1, D.S Karlayl, A.Ch. Kasayev, N.L. Mishin2, o`zbek mualliflari N.To`xliyev, A.Ibrohimov, A.Erkayev, S.Xolboyev, Q.Radjabov, N.Quvvatov, Sh.Qobilov, Бўриев. О3, Tadjixanov U, Saidov A4, kabilarning asarlarida ma’lumotlar mavjud. “Ayniqsa, taniqli sharqshunos olim S.Xolboyevning1 “Milliy mustaqillik va taraqqiyotning o`zbek modeli” nomli salmoqli monografiyasida o`lboshchimiz I.A.Karimovning vatan tarixshunosligi sohasidagi qarashlari tahlil qilingan2”. Jumladan, Leonind Levitin Islom Karimov faoliyatiga oid bo`lgan asari “Islom Karimov –yangi O`zbekiston prezidenti” asarida Karimovning faoliyatini o`rganish sababini Avstriya Respublikasi federal kansleri Frans Vraniski so`zlari bilan quyidagicha izohlaydi: “Sovet ittifoqi parchalanishi bilan O`rta Osiyo mintaqasi chekka-chekkalardan jahon hamjamiyati siyosiy manfaatlarining markaziga siljib o`tdi. Mintaqaning yangidan tashkil topgan mamlakatlari: kommunizm merosidan xalos bo`lish, bozor iqtisodiyoti, baquvvat infrastruktura, zamonaviy boshqaruv apparatini yaratish zaruriyatlari singari katta muammolarga to`qnash keldi. Bir vaqtning o`zida demokratiyani va huquqiy davlat prinsiplarini ularning ming yillik tarixi bilan bog`langan holda hayotning barcha sohalarida mustahkamlash zarur. Mustaqillik davrida Birinchi Prezidentimizning asarlarini yoritib beruvchi manbalardan jurnallar, gazetalar va televideniyalarning o’rni yuqoridir. Kurs ishining tuzilishi Kirish, ikkita bob, to’rtta paragraf, xulosa va foydalanilgan adabiyotlardan iborat.



Download 131.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling