Reja Kirish I – bob. O‘zbekistonning mustaqil taraqqiyoti yillaridagi tarixiga oid manbalar


Mustaqillik davri tarixini o’rganishda arxiv manbalarining o’rni


Download 131.87 Kb.
bet5/7
Sana10.11.2023
Hajmi131.87 Kb.
#1763774
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Mustaqillik davri manbashunosligi

2.2 Mustaqillik davri tarixini o’rganishda arxiv manbalarining o’rni
Xoliqovning “Xalq so’zi” gazetasida yozgan maqolasida “O’zbekistonning mustaqillikka erishishida qo'yilgan navbatdagi muhim qadam 1990-yil 20 iyunda O'zbekiston Respublikasi Oliy Sovetining ikkinchi sessiyasida qo'yildi. Sessiyada O'zbekistonning "Mustaqillik Deklaratsiyasi” qabul qilindi va uning kirish qismida quyidagicha yozib qo'yildi: "O'zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi Oliy Kengashi o'zbek xalqining davlat qurilishidagi tarixiy tajribasi va tarkib topgan boy an'analari, har bir millatning taqdirini o‘zi belgilash huquqini ta'minlashdan iborat oliy maqsad haqi, O'zbekistonning kelajagi uchun larixiy mas'uliyatni chuqur his etgan holda xalqaro huquq qoidalariga, umuinbashariy qadriyatlarga va demokratiya prinsiplariga asoslanib, O‘zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasining davlat mustaqilligini e’lon qilindi” deb yozib o’tilgan1. Sessiya qabul qilgan bu “Mustaqillik Deklaratsiyasi” xalqimiz tomonidan katta mamnuniyat bilan kutib olindi. Shu kundan boshlab respublikada 0‘zbekistonning iqtisodiy va siyosiy hayotiga doir masalalar mustaqil tarzda hal qilina bordi. O'zbckiston rahbariyati va xalqi mustaqillik sari dadil qadam qo'yaverdi. 1991-yil 17-martda umumxalq referendumi o'tkazildi. Refe­randumda 0‘zbekiston xalqining mutloq ko'pchiligi O'zbekistonni mustaqil respublika sifatida ko'rish xohishi borligi namoyon qildi. 1991-yilga kelib O'zbekistonda respublikaning davlat mustaqilligiga doir mutlaqo yangi davlat ramzlari tayyorlash va qabul eldi. 20-avgustda O‘zbekiston SSSR Oliy Kengashi Rayosati va O’zbekiston SSR Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining respublika rahbarlari ishtirokida qo‘shma majlisi bo‘ldi. Unda fitna munosabati bilan vujudga kelgan vaziyat muhokama qilinib, O‘zbekistonning mustaqillikka erishish yo‘li o‘zgarmasligi haqida Bayonot qabul qilindi. Unda O'zbekiston Mustaqillik Deklaratsiya qoidalarini amalga oshirish yo'lida boraveradi, deb ko‘rsatildi. O'sha kuni O'zbekiston Birinchi Prezidenti IA.Karimov respublika aholisiga murojaat bilan chiqib, O’zbekistonning mustaqilligiga erishish yo'li qat’iy ekanligini yana bir bor alohida uqtirdi. Shunday ogir sharoitda, tarixiy vaziyatni to'gri baholay bilish qobiliyatiga ega bo'lgan. O’zzbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.Karimov Oliy Kengash sessiyasini chaqirish va unda O'zbekiston Mustaqilligi haqida qonun qabul qilishni talab qildi. Respublika Oliy Kengashi 1991 -yil 26-avgust kuni O'zbekiston davlat mustaqilligi to'g‘risida qonun loyihasini tayyorlash hamda 31-avgustda Oliy Kengash sessiyasini chaqirishga qaror qildi. 1991-yilning 31-avgustida Ozbekiston zamonaviy tarixining yangi davri boshlandi. Shu kuni Oliy Kengashning navbatdan tashqari oltinchi sessiyasi “O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini e’lon qilish to’g‘risida” Qaror qabul qildi1, tegishli bayonot bilan chiqdi va “O’zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining asoslari to‘g4risida”gi qonunni tasdiqladi.

Mamlakat taqdiri hal bo‘lgan bu hujjatlarda xalqning asriy orzulari mujassamlan o‘z taqdirini o‘zi hal qiladigan bo‘ldi. O'z yeridagi barcha tabiiy boyliklarning, ota-bobolari mehnati bilan yaratilgan butun ishlab chiqarish va ilmiy-texnik kuch qudratning to'la huquqli egasiga aylandi. Sobiq SSSR ning parchalanishi va yangi mustaqil davlatlarning vujudga kelishi Sobiq sovet respublikalari qatori O‘zbekiston Respublikasi oldiga ham yangi huquq tizimini shakllantirish, davlat hokimiyatini qaytadan tuzish, hokimiyatning oliy qonun chiqaruvchi organini tashkil etish va mazkur organ faoliyatining demokratik prinsiplarini shakllantirish muammosini ko'ndalang qilib qo‘ydi. Mustaqil O‘zbekiston Konstitutsiyasi butun davlat va jamiyatni yangi asoslarda qayta qurish, parlamentarizm tamoyillarini shakllantirish va rivojlantirishning negiziga aylandi". Parlamentarizm prinsiplari asosida faoliyat ko'rsatuvchi davlat institutlari bilan bog'liq masalalar O'zbekistonda huquqiy davlatchilikning qaror topishiga taalluqli muammolar silsilasida muhim o‘rin tutadi. Chunki XXI asming boshlariga kelib oddiy bir haqiqat-to’la vakolatga ega bo'lgan parlamentsiz mamlakatda sifatida milliy parlamentni rivojlantirishning sifat jihatidan yangi bosqichi boshlandi. Milliy parlamentarizmning eng yangi tarixi umum e’tirof etilgan uchta asosiy davrga bo'linadi. 1991-1994-yillar, ikkinchisi: 1995-2004 yiliar uchinchi davr: 2005-yildan hozirgi paytgacha. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining huquqiy holati Konstitutsiyaning V bo'lim XVIII bobida va 1994-yil 22-scntyabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Oliy Majlisi to‘g‘risida"gi qonunda belgilangan1. Bu qonunlarga ko‘ra, Oliy Majlis Oliy davlat vakillik organi bo‘lib, qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshiradi. Sobiq ittifoqdan qolgan qonunlarni o‘zgatirish, mamlakat hayoti uchun zarur o‘zgartirishlami amalga oshirish, demokratik tamoyillar asosida Oliy Majlisni shakllantirish uchun 1994-yil 25-dekabrga saylovlar belgilandi. 1993-yilning 28-dekabrida qabul qilingan «O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylovlar to’g’risida»gi qonunga ko‘ra respublika parlamentiga saylovlar umumiy, teng, to’g‘ridan- to‘g’ri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yo'li bilan o‘tkaziladi. 0‘zbekiston Respublikasi I chaqiriq Oliy Majlisiga saylov respublikamiz siyosiy hayotida ulkan yutuq bo’lib, bunda 250 deputatdan iborat Oliy Majlis-yangi Parlament demokratik va ko‘ppartiyaviylik asosida tuzildi.


Download 131.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling