Reja: Kirish i-bob. Boshlangich talim-tarbiya jarayonida oquvchi shaxsini shakllantirishning nazariy asoslari
Boshlangich sinf oquvchilarini shaxs sifatida shakllantirishda sinf rahbarining faoliyati
Download 121 Kb.
|
Turxonova Charos Boshlang’ich ta’lim jarayonida o’quvchi shaxsini
,
1.2. Boshlangich sinf oquvchilarini shaxs sifatida shakllantirishda sinf rahbarining faoliyati Hozirgi davrda oquv muassasalar va ulardagi oquv, tarbiya jamoa oldida juda katta ijtimoiy ahamiyatga molik vazifalar qoyilmoqda. Oliy oquv yurti yosh avlodning dunyoqarashini tarkib toptirish, goyaviy va siyosiy jihatdan chiniqtirishi yuksak axloqiy fazilatga ega qilishi mehnatga va ongli kasb tanlashga tayyorlash lozim. Bu vazifalarni hal qilishda sinf rahbari muhim rol oynaydi. Chunki u bir sinf sharoitida tarbiyaviy vazifalarni amalga oshirishga qaratilgan ishlarni tashkil etadi va boshqaradi. Sinf rahbarining kop qirrali vazifasi va funksiyalari Talim togrisida» gi Qonunida[1] bayon qilingan bolib, unda oqituvchilarga, ota-onalarga va sinf rahbarlariga tavsiyalar berilgan; aqliy, axloqiy, mehnat, estetik va jismoniy tarbiyaning vazifasi va mazmuni sinflarga nisbatan moslashtirilgan. Ana shunga kora sinf rahbari quyidagi vazifalarni bajaradi: 1. Oziga yuklatilgan sinfda tarbiyaviy ishlarni amalga oshiradi. Bu vazifani bajarishda u yolgiz emas. Shu sinfda dars berayotgan turli fan oqituvchilari bilan yaqin hamkorlikda va ularga suyangan holda oquvchilarda dunyoqarash asoslarini shakllantiradi, axloq tarbiyasini amalga oshiradi. Kamolot» tashkiloti hamkorligida, muntazam suratda ularga tayanib va kundalik ishda yordam uyushtirib oquvchilar bilan darsdan tashqaridagi xilma-xil ishlarni tashkil etadi va sinf jamoasini mustahkamlaydi. 2. Oquvchilarning birligiga bolgan qiziqishini va qobiliyatini ostirish, har bir oquvchining individual-ruhiy xususiyatini hisobga olgan holda kasbga yonaltirish va hayotiy maqsadlarni shakllantirish sinf rahbarining alohida vazifasidir. Ayni paytda u har bir oquvchining sogligini mustahkamlashga ham etibor beradi. 3. Sinf rahbarining diqqat markazida oquvchilarning yuqori darajada ozlashtirishini taminlash masalasi turadi. Buning uchun u har bir oquvchining kundalik ozlashtirishidan voqif bolib turadi, orqada qolayotganlarga oz vaqtida kechiktirmay yordam uyushtiradi. 4. Sinfdagi oquvchilarning oz-ozini boshqarish ishlarini yonaltiradi, ular ishtirokida sinf jamoasining ijtimoiy foydali ishlardagi ishtirokini tamin etadi, oquv yurti miqyosida uyushtirilayotgan muhim tadbirlarda oz sinfining faol qatnashishini taminlaydi. 5. Sinf oquvchilarining ota-onalari, korxonalar va muassasalardagi, turar joylardagi oila va oquv yurtiga yordam beruvchi homiy mahallalar bilan yaqin aloqa ornatadi. 6. Sinf rahbari shu sinfda dars berayotgan barcha fan oqituvchilari ortasida, oquv yurti bilan oila ortasida oquvchilarga nisbatan yagona talablar ornatilishiga erishadi, ota-onalarga sinf rahbari bilimlar tarqatib, oila bilan oquv yurti ortasidagi aloqani mustahkamlaydi. 7. Sinf rahbari oz sinfidagi turli hujjatlarning : sinf jurnali, oquvchilarning reyting daftarchasi, shaxsiy hujjatlari, turli xil reja va hisobotlarni yuritadi. Korinib turibdiki, vazifa keng va murakkab, ularni muvaffaqiyatli hal qilish sinf rahbarining shaxsiy sifatlariga ham bogliqdir. Sinf rahbarining shaxsiy sifatlariga qoyiladigan talablar oqituvchiga qoyiladigan farq qilmaydi. Lekin sinf rahbari asosiy tarbiyachi, bolalar manaviy jihatidan andoza oladigan shaxs bolganligi uchun ham bu talablar uning shaxsiy fazilatiga aylanib ketishi bilan tarbiyada alohida orin egallaydi. Tarbiyaviy ishlarning sifat va samaradorligi, avvalo tarbiyachining goyaviy ishonchiga va siyosiy ongining darajasiga bogliq. Sinf rahbari ozining goyaviy-siyosiy ongini oshiradi. Bu sinf rahbariga bolalarni onglilik ruhida tarbiyalashga, ular orasiga begona ideologiya va yomon xulqning kirib borishiga qarshi kurasha olish imkoniyatini bera oladi. Sinf rahbarining axloqiy obrosi nihoyat darajada yuqori bolishi ham bu orinda muhimdir. Sinf rahbari ana shundagina tarbiyaviy tasir kuchiga ega boladi. Tarbiyachining shaxsiy fazilatlari, manaviy qiyofasi oquvchilar ongining va xulqining shakllanishida katta tasir korsatadi. Sinf rahbari uchun kasbiy malaka va konikmalarga ega bolishning ozi yetarli emas. Oz tarbiyaviy faoliyatida yuksak darajadagi fuqarolik fazilatlari, intizomi va odamiyligi, axloqiy sifatlari bilan ham tasir otkazadi. Chunki tarbiyachilik talanti juda kop sifatlarni chuqur bilish, keng fikr doirasi, ishga jon dildan kongil qoyish bolalarga bolgan cheksiz muhabbat, muomalada nazokatlilik, qalb yoshligi, serzavq, temperament, aql va odoblilik namunasi, aloqada nazokat va sipolik, vazminlik va kamtarlik kabi fazilatlarning bolishini taqozo qiladi. Bunda yana tarbiyachilik texnikasi qoshilsa ishda muvaffaqiyat taminlanishi tabiiydir. Tarbiyachilik texnikasi sinf rahbarining asosiy qurolidir. Sinf rahbaridan madaniyat darajasining kengligi, sinf rahbariik odob talablariga rioya qilish, har bir oquvchi shaxsini inson sifatida hurmat qilish bilan unga nisbatan talabchanlikni unutmaslik, tashkilotchilik malakalariga ega bolish, oz malakasini tinimsiz oshirib borish bilan ishga ijodiy yondoshish talab qilinadi. Muhimi shundaki, sinf rahbarining ozi bolalarda tarbiyalamoqchi bolgan goyaviy-axloqiy goyaga mos bolishi kerak. Tarbiyadagi xatolarning kopligiga asosiy sabab oquvchilarning oldiga qoyilayotgan talablar tarbiyachi xarakterda hamisha ham namoyon bolavermasligidadir. Sinf rahbarining maxsus kasbiy va ijtimoiy vazifalariga odilona baho beruvchi xolis hakam tarbiyalanuvchilar. Avvalo, sinf rahbarining amaliy faoliyati faqat yarimi tarbiya texnologiyaga asoslanganligini nazarda tutish kerak. Uning ikkinchi yarimi bu sanat. Shu tufayli sinf rahbariga qoyiladigan dastlabki talab unda sinf rahbariik qobiliyat mavjud bolishi kerak. Sinf rahbarining qobiliyati bu oquvchilar bilan ishlashga ishtiyoq, bolalarga nisbatan muhabbat, ular bilan bolgan munosabatdan mamnun bolish bilan ifoda boladigan shaxsning sifatlari. Qobiliyat faoliyat jarayonida paydo boladi va rivojlanadi. Qobiliyat uddaburonlikdan farq qiladi. Malaka va uddaburonlik mashq, oqish natijasi hisoblansa. Qobiliyatning rivojlanishi uchun esa yana istedod, layoqat va zehn, yani inson asab tizimida anatomo-fiziologik xususiyat bolishi ham zarur. Tarbiyaviy faoliyatning samarali bolishi uchun sinf rahbarida qobiliyatning quyidagi turlari mavjud bolmogi va tarbiyalab yetishtirilmogi lozim: - tashkiliy sinf rahbarining oquvchilarni jipslashtirish, ularni band qilish, vazifalar bolib berish, ishni rejalashtirish, qilingan ishlarni jamlash mahoratiga namoyon boladi; - didaktiga oid organishga bolgan qiziqish hamda manaviy, hissiy istaklarni ragbatlantirish, oquv bilimini orttirish, faollashtirish mahoratida namoyon boladi; - perseptiv tarbiyalanuvchilarning manaviy dunyosiga singib, ularning emosional holatini baholash, ruhiy xususiyatlarini aniqlash mahoratida namoyon boladi; - suggestiv oquvchilarga emosional tasir korsatishda namoyon boladi; - kelajakni kora bilish - oz harakatlarning oqibatini kora bilishda, oquvchilarda qanday fazilatlarni royobga chiqarish lozimligini oldindan ayta olish mahoratida namoyon boladi; - tadqiqiy - sinf rahbari vaziyatlar va jarayonlarni organish va obyektiv baholash mahoratida namoyon boladi. Sinf rahbarining faol jamoatchi sifatida hamisha namuna korsatishi muhim ahamiyatga ega. Ayni vaqtda u kommunikativ (kattalar bilan ham, kichiklar bilan ham tez aloqa ornata olish) qobiliyatga ega bolishi, roy berayotgan fakt va hodisalarni faqat sinf rahbari qoidalarga boglab baholashgina emas, balki roy berish sababiga qarab hukm ham chiqarishi sinf rahbarlik optimizmiga, ijod qilish qobiliyatiga ega bolish kerak. Sinf rahbarining eng muhim fazilati odamlar bilan tezda til topa olishi, kopchilikka qoshila bilish, ulfatjonlik, dilkashlik bolib, bu undagi muomala madaniyatining yuksakligini ifodalaydi. Chunki unga hamisha odamlar bilan aloqa qilishga, ular bilan ishlashga togri keladi. Hozirgi sharoitdan kelib chiqqan holda oquv-tarbiya jarayonida qulay munosabatlar yaratish uchun kasbiy jihatdan ahamiyatli asoslar boluvchi sinf rahbarining insoniy xislatlari muhim ahamiyatga ega bolmoqda. Sinf rahbari uchun juda muhim xislat insonparvarlik, yani osayotgan insonga oliy qadriyat kabi munosabat qilish lozim. Insoniy munosabatlar oquvchiga nisbatan xayrixohlik, unga yordam berish, ularning fikriga quloq solmoq, uning oquvchilik faoliyatiga yuksak talabchanlikdan iborat. Sinf rahbari doimo faol, ijodkor shaxsdir. U oquvchilarning kundalik hayotini uyushtiruvchi xamdir. Oquvchilarda qiziqish uygotish, ularni ozi bilan yetaklash faqat yuksak irodali insonning qolidan keladi. Auditoriya, oquvchilar jamoasi kabi murakkab organizmlarga pedagogik rahbarlik qilishi sinf rahbaridan topqir, zehni otkir, har qanday vaziyatni mustaqil yechishga doim tayyor bolishligini talab qiladi. Unga kasbiy jihatdan kerakli xislatlardan biri sabr-toqat va dadillikdir. Oqituvchining birdan sarosimaga tushgani, oz nochorligini oquvchilar sezmasligi lozim. Shuni hamisha esda tutish kerakki, sinf rahbari oz harakati va axloqini nazorat qilish, hyech qachon arzimagan narsalarga asabiylashmasligi kerak. Muvaffaqiyatli faoliyat yuritishning birinchi sharti - bu sinf rahbarining talabchanligi. Dastlab talabni u oziga qoyishi kerak, chunki ozingda bolmaganini ozgadan talab qila olmaysan. Talabchanligi bilan birga oqilona tarbiyachi ham bolishi lozim. Sinf rahbarlik jarayonlarida yuz berib turadigan keskinliklarni bartaraf etish uchun tarbiyachiga hazil-mutoyiba tuygusi yordam beradi. Uning kolamida tayyor hazil, maqol, yaxshi, dostona piching ijobiy emosional holat yaratishga imkon berib, oquvchilarni oziga jalb qildiradi. Shaxs axloqini harakterlaydigan belgilardan biri masuliyatdir. Sinf rahbarining masuliyati - tarbiyachining faoliyati va talim-tarbiya jarayonining aniq vazifalarini ham oz ichiga oladi. Tarbiyachi zimmasiga bolaning shaxs sifatida har tomonlama kamol toptirish masuliyati yuklanadi. U oquvchiga chuqur nazariy bilim berishi, uni hayotga, mehnatga tayyorlashi lozim. Shu bilan birga u oquvchidagi mavjud layoqat va qobiliyatni oz vaqtida payqab, individual munosabatda bolishi, unda mavjud bolgan ijobiy axloqiy sifatlarni avaylab ostirishi darkor[10]. Sinf rahbari oquv yurtidagi eng universal pedagog hisoblanib u bajaradigan mehnatning olchovi, chegarasi yoq. Uning bilmagan ishi uddasidan chiqa olmaydigan sohasi bolmaydi. Shu bilan bir qatorda, u begaraz, xolis va tamasiz shaxs bolib, jamoatchilik asosida ishlaydi. Sinf rahbari pedagoglar, ota-onalar va oquvchilarni ozaro boglovchi shaxs sifatida barcha tomonlarning nuqtai nazarini hisobga olishi, harakatlarni bir markazga birlashtirishi, ozaro aloqalarning togri bolishiga tasir otkazishi va ayni vaqtda ozining pozisiyasini aniq taminlay olishi kerak. Bu esa donolikdir. Shunday qilib, pedagoglik odobiga ega bolgan sinf rahbari oquvchilar orasida obro qozonadi. Ustoz qanchalik obro qozonsa, talim va tarbiya mohiyatan shunchalik muvaffaqiyatli boladi va aksincha, tarbiyachining shani qanchalik past bolsa, uning tasiri shuncha bosh va oquvchilarni voyaga yetkazish jarayoni ham shuncha zaif boladi. Yuqori aytib otilgan fazilatlar sinf rahbarining tarbiyaviy ishlari samarasini oshirishda va uning muvaffaqiyatini taminlashga garov boladi. Download 121 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling