Reja: Kirish i-bob. Boshlangich talim-tarbiya jarayonida oquvchi shaxsini shakllantirishning nazariy asoslari
II-BOB. Boshlangich talim-tarbiya jarayonida oquvchi shaxsini shakllantirish tarbiyaviy ishlarni amaliy jihatlari
Download 121 Kb.
|
Turxonova Charos Boshlang’ich ta’lim jarayonida o’quvchi shaxsini
II-BOB. Boshlangich talim-tarbiya jarayonida oquvchi shaxsini shakllantirish tarbiyaviy ishlarni amaliy jihatlari
2.1. Sinf rahbarining darsdan tashqari vaqtdagi tarbiyaviy ishlarga rahbarligining xususiyatlari Sinf rahbarining faoliyati kamol topayotgan oquvchi shaxsini tarkib toptirishga qaratilgandir]. Bu faoliyatning natijalari tarbiyalanuvchining qiyofasida, uning shaxsidagi xususiyatlarida, xarakter va xulq-atvorida oz aksini topadi. Agar tarbiyachi pedagog nimaga intilayotganini ravshan va aniq tushunilmagan joyda tarbiyalanuvchilar shaxsini takomillashtirishga astoydil intilish bolmaydi, balki tarbiyada otkaziladigan ish tasodifiy tusga ega bolib, buning uchun ajratilgan vaqtni toldirish uchungina olib boriladi. Tarbiya faoliyatining maqsadlarini aniq bilmagan va bu maqsadlarni hisobga olmagan holda tola qimmatli tarbiya yoq va bolishi ham mumkin emas. Manaviy-axloqiy tarbiyaning maqsadi jamiyat talablariga bogliq bolib, bu talablar oz navbatida ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanish darajasi va jamiyatda yoshlarni oqitish va tarbiyalash ishlarining hammasi yosh avlodda manaviy axloq va etiqodni shakllantirishga, ularni Vatanga cheksiz sadoqat ruhida tarbiyalashga xizmat qilishi lozim. Manaviy axloqiy tarbiya-manaviy ongni bir maqsadni kozlab tarkib toptirish, axloqiy tuygularni rivojlantirish hamda xulq-atvor konikmalari va odatlarini hosil qilishdan iborat. Sinf rahbari oquvchilarni manaviy-axloqiy tarbiyalashning quyidagi vazifalarini hal etishi kerak. 1) Tugilib osgan joyiga, Ozbekiston Respublikasiga yuksak muhabbat tuygularini, uning tabiati va kishilar haqida, Vatanning himoyachilari va mehnat qahramonlari togrisida, ota-bobolarimiz, ularni dunyo sivilizasiyasiga qoshgan hissalari togrisida koproq bilishga intilishni tarbiyalash. 2) Oquvchilarda Vatanimizning boy tarixi, shuningdek boshqa mamlakatlar togrisida, tinchlik uchun kurash haqida chet ellardagi bolalar tashkilotlari haqida dastlabki tasavvurlarni hosil qilish. 3) Bolalarda ortoqlik tuygusini, boshqalarga yordam korsatish ishtiyogini, umumiy foyda yolida birgalikda faoliyat korsatishga intilishni tarkib toptirish. Bolalar ortasida, ogil va qiz bolalar ortasida dostona munosabatlarni ragbatlantirish, soxta ortoqlik korinishlariga qarshi kurash olib borish lozim. 4) Oz sozi va vadasi uchun, oqituvchi va kollektiv topshiriqlarining bajarilishi uchun masuliyat tuygusini tarbiyalash. 5) Bolalarda kishilarga togri munosabatni, keksalar, bemorlar, invalidlarga nisbatan etibor va gamxorlikni, xushfel va betartib, kamtar va haqgoy bolishini tarbiyalash. Oquvchilarni barcha kishilarning yaxshi va yomon xatti-harakatlarini farqlay olishga, oz xatti-harakatlariga va ortoqlarining xatti-harakatiga adolatli baho berishga orgatishi hamda oz kuch gayratini oquvchilarda nopoklik, adolatsizlik, kishilarga rahm-shafqatsiz bolishga nisbatan salbiy munosabatni tarkib toptirishga qaratishi kerak. Sinf rahbarlaridan madaniyat darajasining kengligi, pedagogik odob talablariga rioya qilish, har bir bola shaxsini inson sifatida hurmat qilish bilan unga nisbatan talabchanlikni unutmaslik, tashkilotchilik malakalariga ega bolish, oz muomilasini tinimsiz oshirib borish bilan ishga ijodiy yondashish talab qilinadi. Muhimi shundaki, sinf rahbarining ozi bolalarni tarbiyalamoqchi bolgan goyaviy-axloqiy barkamollikga mos bolishi kerak. Tarbiyadagi xatolarning kopchiligiga asosiy sabab, bolaning oldiga qoyilayotgan talablar tarbiyachi harakterida hamisha ham namoyon bolavermasligidadir. Sinf rahbarining faol jamoatchi sifatida hamisha namuna korsatishi muhim ahamiyatga ega. Ayni vaqtda u kommunikativ qobiliyatga ega bolishi, roy berayotgan voqea va hodisalarni faqat pedagogik qoidalarga boglab baholashgina emas, balki roy berishni sababiga qarab hukm ham chiqarishni, ijod qilish qobiliyatiga ega bolishi kerak. Sinf rahbari maktabdagi eng yetuk pedagog hisoblanib, u bajaradigan mehnatining olchovi, chegarasi yoq. Uning bilmagan ishi uddasidan chiqa olmaydigan sohasi bolmaydi. Shu bilan bir qatorda, u begaraz, xolis shaxs bolib, jamoatchilik asosida ishlaydi. Sinf rahbari pedagoglar, ota onalar va oquvchilarni ozaro boglovchi shaxs sifatida barcha tomonlarining nuqtai nazarini hisobga olishi, harakatlarni bir markazga birlashtirish, ozaro aloqalarning togri bolishiga tasir otkazish va ayni vaqtda ozining ornini aniq taminlay olishi kerak. Mana shu fazilatlar sinf rahbarining tarbiyaviy ishlari samarasini oshirishga va uning muvaffaqiyatini taminlashga garov boladi. Sinf rahbari oquvchilarga puxta bilim berishga, ularni fikrlash qobiliyatini faollashtirishga hamisha gamxorlik qilib boradi. Hatto ozlashtirish yuqori bolgan sinflarda ham bolalarda ilmga bolgan qiziqish va muhabbatni ostirishga, talim sifatini oshirishga harakat qilish zarur. Download 121 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling