Reja: Kirish i-bob. Boshlang’ich ta’lim-tarbiya jarayonida o’quvchi shaxsini shakllantirishning nazariy asoslari


Darsdan tashqari ta’lim muassasalarining o’quvchi shaxsini shakllantirishdagi amaliy mazmun-mohiyati


Download 121 Kb.
bet5/6
Sana07.05.2023
Hajmi121 Kb.
#1441184
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Turxonova Charos Boshlang’ich ta’lim jarayonida o’quvchi shaxsini

2.2. Darsdan tashqari ta’lim muassasalarining o’quvchi shaxsini shakllantirishdagi amaliy mazmun-mohiyati
Boshlang’ich ta’limda yuqori natijalarga erishish uchun avvalombor tarbiya tizimini to’g’ri yo’lga qo’yishga bog’liq bo’ladi. O’qish jarayonida bolalarda mehnatsevarlik, diqqatni, matonat kabi sifatlarni tarbiyalash bilimni muvaffaqiyatli o’zlashtirishga yordam beradi.
Maktabda olib boriladigan tarbiyaviy ishlar tizimi to’g’ri va bevosita sinfda o’zlashtirishni ko’tarishga ta’sir etadi. Sinf rahbari o’qituvchilar bilan hamkorlikda bolalarni o’qishga ongli munosabatda bo’lishga o’rgatadi.
Darsdan tashqari ta’lim muassasalari oldida turgan muhim tarbiyaviy faoliyati bu yoshlarga estetik, ekologik, axloqiy, huquqiy, iqtisodiy va shunga o’xshash boshqa turdagi tarbiyaviy ishlarni o’rgatishdan iboratdir. Tarbiyaning ushbu turlarini yosh avlodga singdirish uchun avvalo muassasada utkaziladigan o’quvchilar his – tuyg’usini shakllantirishga asoslangan turli tadbirlarda, to’garaklar faoliyatida milliy madaniy-tarixiy an’analarga, urf-odatlar va umumbashariy qadriyatlarga tayangan holda amalga oshiriladi. Masalan estetik tarbiyani yoshlar ongiga singdirish maqsadda o’quvchilar uylari, saroylari, shaxslar va o’smirlar ijodiyot uylarida doirachilar, paqc, vokal-cholg’u, folklor, maqom, karnay-surnaychilar, ashula va paqc, o’zbek halq cholg’u dastalari, hor studiyasi, qo’g’irchoq teatri, drama to’garagi, san’atsevarlar klublari tashkil etadi.
To’garak a’zolari ushbu dasta, to’garak va klublarda san’atni sevishga, ardoqlashga, san’at orqali go’zallikni kura bilishga, shu go’zallik orqali uz ona yurtini ulug’lashga, undagi go’zallikni, chiroyni asrab qolishga intiladi.
Estetik yo’nalish bo’yicha tahsil olgan to’garak a’zolari quyidagilarni bilishi lozim:
- raqs san’atining mashhur namoyandalari hayoti va ijodini;
-kuy tinglash, uning mohiyatini tushunib paqc harakatlari orqali ifodalashni;
-turli millat va elatlar raqslari harakatlarini, uni ijro etishni;
-doiraning yaratilish karihini, uning keksa namo­yandalari ijodiy yo’lini, doirani ushlash qoidalarini;
Shuningdek, estetik ta’lim tasviriy va halq amaliy san’ati yo’nalishlaridagi to’garaklar mashg’ulotlari orqali ham o’quvchilar qalbiga singdiriladi. Bu o’rinda o’quvchilar uylari, saroylarida tashkil etilgan «Tasviriy san’at», «Haykaltaroshlik, «Kulolchilik», «Milliy kashtachilik», «Naqqoshlik», «Yog’och o’ymakorligi», «Ganch o’ymakorligi», «Yosh ta’mirlovchilar» to’garaklari ayni maqsadni doimiy va uzluksiz amalga oshiradi.
Darsdan tashqari ta’lim muassasalarida rejalashtirilayotgan har bir tadbir mazmunida, klub va to’garaklar faoliyatida - Vatanga muhabbat va komil inson tarbiyasi aks etishi lozim. O’quvchilarda Vatanga muhabbat tuyg’usini tarbiyalashda yurtimiz madaniyati tarixi, muayyan davrlardagi mavqyei, buyuk mutafakkirlarimizning jahon fan va madaniyati sohasidagi o’rni, mamlakatimizning yorqin istiqboliga ishonch to’g’pisida ma’lumot beriladi. Vatanni sevish, uning istiqboli haqida qayg’urish iymon-e’tiqod ramzi ekanligi o’qtiriladi. Shu nuqtai nazardan asosiy maqsad - komil insonni tarbiyalash amalga oshiriladi.


Xulosa
O’zbekistonning ijtimoiy-pedogogik sharoitiga moslashgan ta’lim texnologiyalarini yaratish va ularni ta’lim – tarbiya amaliyotida qo’llash yo’lga qo’yilayotgan vaqtda, barkamol avlod tarbiyasi ko’p jihatdan bugungi kunda tahsil olayotgan bo’lajak pedagoglarning tarbiyaviy ishlarni tashkil etish mahoratiga bog’liqdir.
Olib borilgan izlanishlar shuni ko’rsatmoqdaki sinf rahbari madaniyat darajasining balandligi, pedagogik odob talablariga rioya etishi, har bir o’quvchi shaxsini inson sifatida hurmat qila bila olishi, tashkilotchilik malakalariga ega bo’lish, o’z malakasini tinimsiz oshirib borish bilan boshqalardan ajralib turadi.
Muhimi shundaki, o’quvchilar bilan ishlash ishtiyoqi, bolalarga nisbatan muhabbat, axloqiy obro’si nihoyat darajada yuqori bo’lganadgina sinf rahbari tarbiyaviy ta’sir kuchiga ega bo’ladi. Tarbiyachining shaxsiy fazilatlari, ma’naviy qiyofasi o’quvchilar ongining va xulqining shakllanishida katta ta’sir ko’rsatadi. O’z tarbiyaviy faoliyatida yuksak darajadagi fuqarolik fazilatlari, intizomi va odamiyligi, muomalada nazokatliligi, qalb yoshligi, aqli va odoblilik namunasi, aloqada nazokat va sipoligi, vazminligi va kamtarligi kabi axloqiy sifatlari bilan ham o’quvchi shaxsini shakllanishiga ta’sir etadi.
Izlanishlar natijalaridan quyidagi xulosalarga keldik:
a) o’quvchilar shaxsini shakllantirishda:
-dunyoqarash asoslarini tarkib toptirish;
-siyosiy onglilikni tarbiyalash va ijtimoiy faoliyatni rivojlantirish,
-axloqli, ongli intizomni va xulq madaniyatini tarbiyalash;
-o’qishga ongli munosabatni tarbiyalash,bilish faolligini va aqliy mehnat madaniyatini rivojlantirish;
-mehnatga va ijtimoiy mulkka munosabatni tarbiyalash, politexnika bilim doirasini kengaytirish, kasbni ongli tanlashga tayyorlash;
-o’z huquqini anglab yetishga o’rgatish,fuqarolik mas’uliyatini tarbiyalash;
-estetik madaniyat asoslarini tarbiyalash va badiiy qobiliyatni rivojlantirish;
-jismoniy barkamollik,salomatlikni,mustahkamlash va sanitariya-gigiyena madaniyati kabi muhim masalalar uz yechimini topishi lozim.
b) sinf rahbari tomonidan bajariladigan muhim vazifalar:
- o’quvchilarni o’z farzandidek ko’rmog’i, ularga Vatanni sevishga, do’stlariga sadoqatli va ta’lim muassasasi hayotida faolikka, o’z kasbining mohir mutaxassisi bo’lishga o’rgatishi zarur;
- sinf o’quvchisini har tomonlama o’rganish va uni o’z jamoasiga sodiq etib tarbiyalash;
- sinf o’quvchilarining fanlar bo’yicha o’zlashtirishini nazorat qilish va past o’zlashtirish sababini aniqlash hamda bartaraf yetishga yordam berish;
- o’quv jarayonida barcha fanlar bo’yicha to’liq o’zlashtirishga sinf o’quvchilarini diqqatini jalb etish;
- o’quvchilarni o’z kasbiga sodiq mutaxassis, ta’lim muassasasi mulkini e’zozlash va asrash, do’stlariga nisbatan mehr oqibatli bo’lishga o’rgatish;
- o’quvchilar ongini o’stirish, mafkuraviy dunyoqarashini shakllantirish maqsadida ma’naviy-ma’rifiy, tarbiyaviy soatlar o’tkazish;
- o’quvchilarda kelajakka, o’ziga va o’rtoqlariga ishonch, o’z qadrini bilish, mehnat quvonchi, qiyin vaziyatlarda bir-biriga yordam ko’rsatish kabi xislatlarni tarbiyalash;
- fan to’garaklariga, jismoniy tarbiya seksiyalariga jalb etish va ishtirokni nazorat qilish;
- o’quvchining tartib-intizomi va o’zlashtirishi haqida ota-onasiga ma’lumot yetkazish;
- o’quvchilar uyi va ijarada yashovchi o’quvchilar sharoitini o’rganish va yordam berish;
- o’quvchilarni ta’lim muassasasini, shaharni obodonlashtirish ishlariga to’liq qatnashishini ta’minlash;
- ommaviy bayramlarga o’quvchilar ishtirokini ta’minlashi lozim.
Yuqorida ko’rsatilgan vazifalarni sinf rahbari to’la bajargandagina maktab o’quvchilarini har tamonlama rivojlangan inson etib tarbiyalashimiz mumkin.

Download 121 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling