Reja: Kirish I bob. Lingvokulturologiya fanining nazariy asoslari


III bob. INSON TUG‘ILISHI BILAN BOG‘LIQ UDUMLARNING LINGVISTIK TADQIQI


Download 151.21 Kb.
bet21/31
Sana09.06.2023
Hajmi151.21 Kb.
#1471575
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   31
Bog'liq
Magistrlik dissertatsiyasi Zarnigor

III bob. INSON TUG‘ILISHI BILAN BOG‘LIQ UDUMLARNING LINGVISTIK TADQIQI
3.1 O‘zbek tilida chaqaloq tug‘ilishiga oid lug‘aviy birliklar
O‘zbek xalq urf –odatlari orasida tavalludga oid an’analar muhim ahamiyat kasb etadi. Ularga bog‘liq leksemalarni o‘rganish o‘zbek tilining tarixi va bugungi holati, bu til egalari bo‘lmish o‘zbek millatining dunyoqarashi va bu til lug‘aviy fondini aniqlashda yaqindan yordam beradi. Ta’kidlash joizki, o‘zbek tili leksikonida chaqaloq tug‘ilishiga oid bir qator etnografik leksemalar mavjud bo‘lib, ularni tadqiq etish lingvokulturologiya fani uchun ahamiyatlidir.
Ma’lumki, chaqaloq tug‘ilishi bilan bog‘liq an’analar xalq og‘zaki ijodida o‘z aksini topgan. Bu bilan go‘dakni asosan, hayotga tayyorlash bilan bog‘liq jarayonlarga alohida ahamiyat berilgan.
Biz quyida o‘zbek tilida chaqaloq tug‘ilishi bilan bog‘liq marosimlarga oid lug‘aviy birliklarni tahlil qilishga harakat qilamiz.
Аqiqa – arabcha leksema bo‘lib, bolaning yetti kunligida qo‘y so‘yib ziyofat beriladigan marosimdir va shu ziyofatda bolaga nom qo‘yiladi. Baʼzi qiz bolalarning ismlari o‘gʼil bolalar nomiga –a, –oy suffikslarini qo‘shishdan yasaladi. Masalan: Аmir – Аmira, Аziz – Аziza, Rahim – Rahima, Sobir – Sobira, Аdash – Аdashoy, Erkin – Erkinoy, O‘lmas – O‘lmasoy. Baʼzan bolaning qaysi oyda tugʼilganligiga qarab ham nomlaydilar: Rajab –Bibirajab, Аshur, Barot, Muharramoy, Qurbon – Qurbonoy.144
Ism qo‘yish./ Azon aytish.
Barcha musulmon xalqlari qatori, o‘zbeklarda ham tavallud topgan chaqaloqning qulog‘iga azon aytish odati bor. Bu odat chaqaloqning ongiga olamlarni yaratgan ulug’ Alloh nomini muhrlash maqsadida aytiladi. So‘ng chaqaloqning ismi ilk bor o‘z qulog‘iga singdiriladi.
Tadqiqot uchun ma’lumot to‘plash jarayonida shunga guvoh bo‘ldikki, tug‘ilgan chaqaloqqa ism qo‘yish qadimdan totemizm, shomonlik, ajdodlar e'tiqodi singari topinishlar ham muhim ahamiyat kasb etgan. Ba'zi ismlar, xususan, o‘tmishda yashab o‘tgan shohlar, buyuk insonlarning ismlarini “go‘dakka og‘irlik qiladi”, “bola bunday ismni ko‘tara olmaydi” deb ham aytadilar. Umuman, o‘zbek xalqida go‘dakka qo‘yilgan ism uning kelgusi hayotiga ta’sir qilishiga, salomatligiga , yashab ketishiga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi deb hisoblanadi. Hayotbek, Tursunboy, O‘lmasxon, Salomat, Yursinoy kabi ismlar shular jumlasidandir.
Z.Haydarovning “Nomoddiy madaniy meros” 145 kitobida qayd etilishicha,qadimiy diniy e'tiqodlarga asoslanib, ko‘kka (osmonga)-Oy, Kun (Quyosh) va boshqa osmon jismlari qudratiga sig‘inish asosida Oyxon, Oyqiz, Yulduz, Hulkaroy, Cho‘lponoy, Quyoshbek, Tangriberdi kabi ismlar paydo bo‘lgan. Ba'zida muqaddas deb ulug‘langan hamda sig‘inilgan ba'zi hayvonlar, jonivorlar, qushlarning nomlaridan ham ismlar yasalgan. Bunday ismlar guruhiga Bo‘rivoy, Arslon, Lochin, Burgut, Qo‘chqor, Sherzod kabi ismlar kiradi. Ba'zi chaqaloqlar badanidagi qandaydir ortiqcha belgilar bilan: xol, toj, qizil tamg‘a, ortiqcha barmoq va boshqa belgilar bilan tug‘ilgan. Bu nuqson va belgilar bolalarga ism berishda hisobga olinmasa ular bolaning sog’ligiga, hayotiga, kelajak turmushiga xavf tug‘diradi, deb tushunilgan. Bunday norasidalarni o‘z nomi bilan tug‘ilgan bola, deb hisoblashgan va ularga o‘sha ortiqcha belgilar nomidan yasalgan ismlar qo‘yilgan. Chunonchi Xolboy, Xolbibi, Anor, Anorvoy, Anorxon, Toji, Tojixon, Tojigul, Ortiqvoy, Norboy, Norjon, Ochil va boshqalar.146 Binobarin, go‘dakka berilgan ism uning taqdirini o‘zida aks ettiradi degan qarash ham mavjud. Bizning fikrimizcha, o‘zbek leksikonidagi "Xosiyatli ism”, “yaxshi ism”, "bexosiyat ism" singari iboralar ham mana shu farazlar natijasida paydo bo‘lgan.

Download 151.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling