Reja: Kirish I bob. Lingvokulturologiya fanining nazariy asoslari


Ingliz tilida nikoh to‘yi bilan bog‘liq maqollar


Download 151.21 Kb.
bet20/31
Sana09.06.2023
Hajmi151.21 Kb.
#1471575
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   31
Bog'liq
Magistrlik dissertatsiyasi Zarnigor

Ingliz tilida nikoh to‘yi bilan bog‘liq maqollar:
1.Where there’s marriage without love,
There will be love without marriage.
O‘zbek tilidagi tarjimasi:
Sevgisiz to‘y bo‘lgan joyda,
To‘ysiz sevgi bo‘ladi.
Bunda turmush qurish uchun ikki yosh o‘rtasida muhabbat bo‘lishi zarurligi, yo‘qsa orada begona muhabbat paydo bo‘lishi muqarrarligi ko‘zda tutilyapti.
2.Those that marry for money sell their liberty.
Bu maqol “Pul uchun turmush qurgan o‘z ozodligini sotadi” degan ma’noni ifodalaydi. Bu yerda ham garchi so‘z bilan ochiq aytilmagan bo‘lsa-da , turmush qurishda muhabbatning muhimligi nazarda tutilyapti. Oila qurishda kishining mol- davlatiga uchib, o‘z taqdirini, ya’nikim, erkini boy berish mumkinligi ta’kidlanyapti.
3.Marrying is easy, it’s housework that’s hard maqolida esa turmush qurishning osonligi, biroq uning uy ishlari qiyinligi aytiladi. Ya’ni, to‘y quvonch yengilligi bilan o‘tadi, ammo to‘ydan keyingi ro‘zg‘or yumushlari mas’uliyatli ekani ta’kidlanadi.
Marriage halves our griefs, doubles our joys, and quadruples our expenses. O‘zbek tilida ma’nosi: Turmush qayg‘ularimizni yarimlatadi, quvonchlarimizni ikki hissa oshiradi va xarajatlarimizni to‘rt baravar ko‘paytiradi.
Haqiqatan ham, oila qurib , ikki yosh o‘z his –tuyg‘ularini bo‘lishadi, bir –birini qo‘llab quvvatlaydi, shuningdek, o‘zbek xalqining “Bir tovuqqa ham don kerak, ham suv kerak” yoki “Ro‘zg‘or – g‘or” maqollaridagi ma’no singari oilaga qilinadigan xarajatlar ham ancha – muncha ko‘payadi.

Bob bo‘yicha qisqacha xulosalar
1. O‘zbekcha to‘y marosimlari leksikasida to‘y marosimiga oid leksemalar katta bir guruhni tashkil qiladi. Ularni leksik – semantk jihatdan tahlil qilishda uch turga - to‘y arafasida bajariladigan urf-odatlarni ifodalovchi leksemalar, kuyov xonadoni tomonidan amalga oshiriladigan urf- odatlarni ifodalovchi leksemalar va to‘ydan keyin kuyov xonadonida bo‘ladigan urf-odatlarni ifodalovchi leksemalarga bo‘lib o‘rganish maqsadga muvofiq.
2. O‘zbek etnografik leksemasida qo‘llaniluvchi ko‘plab marosim ifodalovchi leksemalar o‘zbek tilining hududlardagi shevalarida ham uchrashi tabiiydir. Bu har bir hudud uzoq vaqtlardan buyon yonma- yon yashab kelib, ijtimoiy hayotda an’ana va urf –odatlarning o‘xshashligi va har bir hudud aholisining o‘ziga xosligi bilan xarakterlanadi.
3.Angliya nikoh to‘yiga aloqador urf-odat va an’analarga boy qadimiy davlat bo‘lsa-da, bugungi kunda ularning barchasini to‘ylarda qo‘llash shart emas. Bir to‘y ikkinchisining aynan o‘ziday o‘tkazilmasligi ham tabiiy holat. Buni inglizlar o‘rtasidagi erkinlik bilan bog‘lash mumkin.
4. Ingliz xalq nikoh to‘ylari bilan bog‘liq marosimlar (stag- party/ stag-night, hen party, ...) va ularga bog‘liq etnografik leksemalarni o‘rganish bu mamlakat urf-odatlari to‘g‘risida muayyan ma’lumotlarni beradi. Bu marosimlarning ayrimlari boshqa hududlarda yashovchi inglizlar tomonidan o‘tkazilmaydi. Bu esa hudud etnografik leksik qatlamining o‘ziga xosligidan dalolat beradi.
5. O‘zbek “yor –yor”ida avvalo, kelin tushgan xonadon a’zolariga hurmat va ehtirom, so‘ngra kelin va kuyovga uzoq umr, o‘zlaridan ko‘payib, ya’ni ko‘p farzandlar ko‘rish va qo‘sha qarish kabi tilaklar kuylanadi. Ingliz nikoh to‘yi xorida esa yoshlik ayyomi, baxt, o‘zaro sadoqat va Xudoning himoyasiga ishonch tuyg‘ulari tantanavor, ko‘tarinki ruhda kuylanadi. E’tibor kelin – kuyov va ularnig shukuhli onlariga qaratiladi. Qiyoslayotganimiz bu ikki xalq madaniyati kuyidagi umumiylik shundaki, Yaratganga bo‘lgan e’tiqod yaqqol ko‘rinib turadi.
6. O‘zbek xalq ijodida to‘yga aloqador maqol va matallarni ularning semantikasiga ko‘ra klassifikatsiya qilish mumkin. Bunda to‘y, sep, qiz, kelin, qaynona, quda leksemalari muhim rol o‘ynaydi.
7. O‘zbek xalq maqollarida to‘y marosimiga va milliy qadriyatlarga urg‘u berilsa, ingliz maqollarida asosan to‘y muhabbat, shuningdek, mas’uliyatni bildiruvchi konsept sifatida ifodalanadi. Shuningdek, o‘zbek maqollaridagi ma’no kelin –kuyovga emas, ko‘proq to‘y marosimiga va xalqqa yo‘naltirilgan. Ingliz maqollarida esa aksincha, maqollardagi yashirin dav’at oila qurayotgan yoshlarga qaratilgan. Bu esa Sharq va G‘arbga xos bo‘lgan o‘ziga xoslik va mentalitet tushunchalari bilan bevosita bog‘liq.
8. Bu ikki xalq madaniyatiga xos bo‘lgan nikoh to‘yi urf-odatlarini o‘rganar ekanmiz, ulardagi lingvistik vositalar va obrazli motivlar har ikki xalq milliy – madaniy tafakkurining o‘ziga xos xususiyatlari bilan bog‘liq degan xulosaga kelamiz. An’analardagi o‘xshash g‘oyalar esa ingliz va o‘zbek tillari garchand qarindosh tillar oilasiga kirmasa-da, ularning qalb istaklari va hayotdagi eng kerakli ne’mat bu - baxt ekanligini his etishlari bu ikki xalqning mushtarak g‘oyasi ekanini yaqqol anglaymiz.



Download 151.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling