Reja: Kirish I bob. Lingvokulturologiya fanining nazariy asoslari


Download 151.21 Kb.
bet23/31
Sana09.06.2023
Hajmi151.21 Kb.
#1471575
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   31
Bog'liq
Magistrlik dissertatsiyasi Zarnigor

Uyqusini berish. Chaqaloq beshikka belangach, beshik to‘yiga yig‘ilgan mehmonlar “o‘z uyqularini go‘dakka olib beradilar”. “Barkamol avlod – Vatanning baxti” jurnalida bu marosim quyidagicha ta’riflangan. “Chaqaloqni beshikka belagan momo oq-qora ipni eshib turib, marosimda ishtirok etayotgan har bir kishining yoniga borib, “Uyqungizni bering”, “Uyqungizni bolaga berdingizmi?”— deydi. Ular “Uyqumni berdim” degach, go‘yoki uyquni olganday bo‘lib, qo‘lidagi ipga bitta tugun tugadi. Shu tariqa hammaning uyqusini «yig‘ib olib», tugilgan ipni beshikning boshiga bog‘lab qo‘yadi yoki tugilgan ipni chaqaloqning tushgan kindigi bilan birga matoga o‘rab, beshik ko‘rpachasining tagiga qo‘yadi.”161
Alla. Alla - beshik qo‘shig‘i bo‘lib, ona chaqaloqni uxlatish uchun kuyga solib aytadigan qo‘shiq. Uning so‘zlari xilma – xil bo‘lib, har bir ona o‘z onalik muhabbati, qalb qo‘ri bilan bu qo‘shiqni qayta yaratadi. Qo‘shiqning xarakterli jihati shundaki, har bir qatorda yoki qator osha alla so‘zi takrorlanadi.
Alla haqida Z. Haydarov o‘zining “Nomoddiy madaniy meros” asarida shunday fikrlarni bildirgan: “Allalar ijtimoiy-estetik qimmatiga ko‘ra ikki vazifani bajaradi: birinchisi -bolalarni uxlatish. Aslida “alla” so‘zining lug‘aviy ma'nosi professor Shavkat Rahmatullaevning ta'kidlashicha, “qadimgi turkiy tildagi “tinchlanish” ma'nosini bildirgan ala (ala - ala) undov so‘zidan o‘sib chiqqan” bo‘lib, ovutib, avaylab uxlatishdan iborat. Allaning ikkinchi qimmati uning tarbiyaviy - estetik mohiyat kasb etishida ko‘zga tashlanadi. Bu uning emotsional ta'sirchanligidan kelib chiquvchi xususiyatlardan iborat bo‘lib, bolani kuy og‘ushida hayot bilan tanishtirish, ohanglar vositasida hayot ma'nosini anglashiga yo‘l, shu zaylda estetik didini shakllantirish va o‘stirish maqsadiga qaratilganligidir. Abu Ali ibn Sino allaning shu xususiyatini ming yil ilgariyoq payqab, shunday yozgan edi: “...bolaning mijozini kuchaytirmoq uchun unga ikki narsani qo‘llamoq kerak. Biri bolani sekin-asta tebratish, ikkinchisi-uni uxlatish uchun aytish odat bo‘lib qolgan musiqa va allalashdir. Shu ikkisini qabul qilish miqdoriga qarab bolaning tanasi bilan badantarbiyaga va ruhi bilan musiqaga bo‘lgan iste'dodi hosil qilinadi”.162
Alladagi so‘zlar ona qalbining tub –tubidan bor mehri bilan chiqqani sababli bolaga yoqimli tuyulib, uni tinchlantirib, uyquga chorlaydi. Ona xursand bo‘lganda allada xush yoquvchi ko‘tarinki ohang seziladi, mabodo ona iztirob cheksa, allada ma’yus ohang hukm suradi.

Download 151.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling