Reja: Kirish I bob. Lingvokulturologiya fanining nazariy asoslari


Download 151.21 Kb.
bet25/31
Sana09.06.2023
Hajmi151.21 Kb.
#1471575
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   31
Bog'liq
Magistrlik dissertatsiyasi Zarnigor

Chilla soch / Sochini olish. Chilla davrida chaqaloqning birinchi marta sochlarini olish marosimi “chilla soch” deyiladi. Ajdodlarimizning diniy tasavvurlariga ko‘ra sochda qandaydir magik quvvat bo‘lib, uni har yerga tashlamaganlar. Shuning uchun ayniqsa chilla davrida chaqaloqning sochi olinganda muayyan urf - odatlarga rioya qilganlar. Ta’kidlash joizki, bugungi kunda ayniqsa yoshi ulug‘ insonlar – bobojon va buvijonlar bor xonadonlarda bu qarashlar o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan.
Avvalo chaqaloqning sochi olinadigan joyga oq rangli yangi ro‘mol to‘shalib , “umr yo‘llari oq bo‘lsin” deyiladi. Sochini olishdan oldin serfarzand,o‘zidan tinib –tinchigan yoshi ulug‘ inson, asosan, bolaning bobosi yoki buvisi go‘dakning sochiga qaychi bilan urib beradi yoki bir tutam kesib beradi. “Bolaning umri uzun bo‘lsin” deya niyat qilinadi. Chilla soch hovlidagi birorta mevali daraxtning tagiga ko‘mib qo‘yiladi va shunday deb niyat qilinadi:
Bolaning rizqi mo‘l bo‘lsin.
Bizning fikrimizcha, o‘zbek xalqida mevali daraxt o‘zidan hosil bergani sababli qadrli. Shu sababdan insonni ham daraxtga mengzab yoxud mana shu daraxt kabi o‘zidan ko‘payuvchi, serfarzand va farovon bo‘lishi uchun go‘dakning sochlari daraxt tagiga ko‘mib qo‘yiladi.
Chilla davrida soch olish to‘g‘risida fayllar.org saytida qiziqarli ma’lumotlar keltirilgan: “Uzoq yillar farzand ko‘rmay yurgan yoki farzand ko‘rsa-da,bolasi turmaydigan oilalarda tug‘ilgan o‘g‘il bolaning sochi olinganda esa boshining o‘ng tomonida, chaqaloq qiz bola bo‘lsa, chap tomonida kokil qoldirilgan. Bu kokil xalq orasida “choch niyoz” (“soch niyoz”) deb yuritilgan. Bir yilga qadar “choch niyoz” olinmaydi va yuvib-tarab, parvarishlanadi. “Choch niyoz” bola bir yoshga to‘lganidan keyin birorta mozorga borib qo‘y so‘yilgan va kokili olingan. Ba’zi hududlarda bolaning sochini birinchi marta olayotganda boshining orqa tomonida bir tutamgina sochni ataylab qoldirishadi. Ana shu qoldirilgan soch tolalari “ergash soch” deyiladi.Bu odat zamirida oilaning yangi tug‘ilgan chaqalog‘i ketidan keyingi fazandlar ergashib kelsin, ya’ni oila serfarzand bo‘lsin, degan ezgu niyat o‘z aksini topgan. Bu irim odatda kam farzand ko‘rgan yoki tug‘ilgan chaqaloqlari voyaga yetmay nobud bo‘lib ketaveradigan oilalarda bajarilgan”.167

Download 151.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling