Wetting the baby’s head (Bolaning boshini namlash). fuzeceremonies.co.uk saytida qayd etilishicha170, bu an’ana cho‘qintirish marosimida bolaning boshini muqaddas suv bilan namlash odatini ifodalaydi. Biroq bugungi kunda bu ibora ko‘proq chaqaloqning otasi va uning do‘stlari uchun qo‘llanib, ular qovoqxonaga yig‘ilib, chaqaloq tavalludini nishonlab, buni “yuvishadi”.
Traditional English baby gifts ( An’anaviy ingliz chaqaloq sovg‘alari). Chaqaloq tug‘ilishi munosabati bilan unga sovg‘alar berish an’anasi Angliyada juda qadrli. H. Marshallning maqolasiga ko‘ra171, odatda chaqaloqqa quyidagi narsalar hadya sifatida beriladi:
Babby rattles – shildiroq. Odatda kumushdan yasalgan bo‘lib, naqshinkor bezakli bo‘ladi. Ayrim hollarda yumshoq va hashamatli bo‘lib, ingliz ertaklaridagi Ayiq ( Paddington Bear) yoki Quyon ( Peter Rabbit) obrazlariga o‘xshash bo‘ladi.
Silver feeding set- Kumush idishlar to‘plami. Bu to‘plam kumush chashka, kumush qoshiq va kumush vilkadan iborat bo‘lib, ularga chaqaloqning ismi va tug‘ilgan sanasi yozilib, “shaxsiylashtirib” qo‘yilgan.172 Bunday sovg‘a berish an’anasi XVI asrga borib taqaladi.173 Ingliz tilidagi mashhur “Born with a silver spoon in her mouth” iborasi ana shu an’ana negizida paydo bo‘lgan. O‘zbek tilida bu iborani quyidagicha talqin qilish mumkin: “Og‘zida kumush qoshig‘i bilan tug‘ilgan”. Bizning fikrimizcha, bu iboraning paydo bo‘lishiga birinchi sabab, chaqaloqqa kumushdan ishlangan eng kerakli idishlar hadya etilishi bo‘lsa, ikkinchi sabab - bu idishlarga chaqaloqning ismi va tug‘ilgan sanasi yozilganligi bo‘lishi mumkin.
Jewellery ( Taqinchoqlar). Qiz bolalar uchun oltin yoki kumushdan yasalgan bilakuzuk, marjon va medalyonlar sovg‘a qilinib, farovon turmush ramzi sifatida ifodalanadi.
Keepsake boxes (Saqlash qutilari). Kumushdan yasalgan qutichalar chaqaloqning birinchi tushgan tishini yoki sochini saqlash uchun sovg‘a qilinadi.174 Shuningdek, pul to‘plash uchun cho‘chqacha shaklidagi qutichalar ham an’anaviy sovg‘alardan biridir.
Do'stlaringiz bilan baham: |