Reja: Kirish I. Bob. Media olamida adabiy til qonun-qoidalaridan foydalanish masalasi
Muayyan telekanallardagi ko‘pchilik dasturlarning adabiy til va nutq talablariga javob bermasligi (Sevimli TV misolida)
Download 86.42 Kb.
|
2Adabiy til me\'yorlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- “Maktab o’quvchilari uchun eng yaxshi fasl keldi, ya’ni kanikulga chiqishadi”, “Band qilib qo’ysez har xil narsalaga berilishavermaydi-de”
- Mana qarang-da, hozir men o’zimni tilim bilan aytyapman-da! Mana bu yerda uchta apparat turibdi. Bular alohida vazifani bajaradimi yoki bitta pragramma asosida ishlaydimi
2.2. Muayyan telekanallardagi ko‘pchilik dasturlarning adabiy til va nutq talablariga javob bermasligi (Sevimli TV misolida)
Hozirgi kunda milliy telekanallarimizda olib borilayotgan ko‘rsatuvlarda telejurnalistikaning asosiy muammolaridan biri bu adabiy til me’yorlarining buzilishidir. Adabiy til va jurnalistik nutqqa qo’yiladigan talablar qonun hujjatlaridan tashqari television kanallarda faoliyat olib boruvchi telejurnalistlarga ish faoliyati davomida ham aniq talab etiladigan qoidalarni o’z ichiga oladi. Bundan tashqari har bir jurnalistning jamiyat oldidagi kasbiy javobgarlik darajasini his qilgan holda til me’yorlarini hurmat qilishi va muayyan shevalarda so’zlovchi o’ziga xos hududlarimiz masalan Xorazm, Buxoro va boshqa viloyatlarning mahalliy an’analariga hurmat bilan yondashgan holda ish olib birishi professionallik darajasini oshirishga xizmat qiladi deyish mumkin. Ayrim hududlar mahalliy telekanallaridagi teleko’rsatuvlarda jurnalistlar tomonidan shevadan foydalanilishini shu hudud o’ziga xosligi va auditoriya asosan mazkur hudud vakillaridan iboratligi bilan izohlash mumkin. Biroq respublika miqyosida millionlan muxlislarga ega bo’lgan markaziy kanallar telejurnalistlariga nisbatan bunday izohni qo’llab bo’lmaydi deb hisoblaymiz. Tahlillarimiz shuni ko’rsatdiki, bugungi efirga uzatilayotgan teleko’rsatuvlarda adabiy til me’yorlariga aksar hollarda to’la amal qilinmayapti. Jurnalistlar ko’rsatuvlarni o’z ta’biga ko’ra olib borayotganligi qabul qiluvchi muxlislarning haqli e’tiroziga sabab bo’lmoqda. Bunday jurnalistlarga aslida tomoshabin tanqidi o’z ustida ishlash uchun sabab bo’lishi kerak, lekin natijalar har doim ham yaxshilanish borligni ko’rsata oladi deyishga hali erta. Adabiy til me’yorlari Sevimli TV ning “Olov pazanda”, “Bollivud battle”, “Sevimli kun” kabi bir qancha teleko‘rsatuvlari davomida buzilishi holatlari uchrab turadi. Fikrimizcha, Sevimli TV ning ayrim teleko‘rsatuvlarida jurnalistlar yo‘l qo‘yadigan xatolarning eng ko‘p uchraydigan turlaridan biri bu adabiy tilda emas shevada gapirgan holda ko‘rsatuvni olib borishdir. Telejurnalistikaning eng qat’iy qoidalaridan biri hisoblangan adabiy tilning albatta ishlatishi qoidasidan chekinish eng qo‘pol yondashuvlarga olib keladi. Bundan tashqari, shevadan foydalanish tomoshabinlarning keng guruhlari uchun jurnalistik materialning tushunarsiz bo‘lishi yoki to‘la yetkazib berilmasligi kabi oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkin. O‘rganishlarimizga ko‘ra Sevimli TVda muayyan jurnalistik materiallar afkor ommaga televideniye orqali yetkazilishida adabiy tilning orfoepik qoidalari va me’yorlari ham buzilishi tez tez uchrab turadi. Televideniye o‘z faoliyatida turli san’at sohalaridan qanchalik keng foydalanmasin, u avvalo matbuot, to‘g‘rirog‘i ommaviy axborot vositasidir. Shuning uchun ham unda telepublitsistika asosiy o rinni egallaydi. Telepublitsistika dunyoda yuz berayotgan voqea va hodisalami ommaga yetkazishda, hozirgi zamonning muhim masalalari bo‘yicha jamoatchilik fikrini uyg‘otishda muhim rol o‘ynaydi. O‘zbek telepublitsistikasi respublikamizda olib borilayotgan ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy, madaniy-ma'naviy islohatlami amalga oshirishda, kishilarimiz ongiga umuminsoniy va milliy qadriyatlami singdirishda, istiqlol mafkurasini shakllantirish va hayotga tadbiq etishda katta xizmat qilmoqda. Bugungi kunda telejurnalistga sof nutqning o‘zi yetarli emas, u yorqin shaxs sifatida, o‘ziga xos yondashuvga ega bo‘lishi talab etiladi. Telejurnalistning g‘oyaviy, ijodiy uslublari, madaniy saviyasi orqali o‘tmish, bugun va kelajakka daxldor hayotga munosabat o‘zgacha tarzda namoyon boladi. Telejurnalist o’z mahoratini to’la namoyon etish maqsadida muayyan ko’rsatuvlarda sheva so’zlar ishlatilishiga yo’l qo’yilishi ham mumkin. Biroq adabiy til me’yorlaridan bunday chekinishlar TV dastur umumiy hajmining yoki telejurnalistik materialning asosiy qismini tashkil etmasligi va muayyan adabiy ma’no tashish funksiyasini bajarishi lozim. Sevimli TV telekanalida telejurnalistlar tomonidan ko’plab teleko’rsatuvlarda shevadan keng foydalanilishi, adabiy til me’yorlaridan chekinish holatlari ko’plab uchrab turadi. Ayrim intervyularda journalist intervyu savollarini berishda adabiy tildan butkul uzoqlashgan holda faqat shevadan foydalanadi. Bunday holatlar auditoriyaning ayrim qatlamlari uchun tushunarli bo’lishi mumkin, ammo keng aholi qatlami uchun va teletomoshabinlarning boshqa hududiy regionlarida yashaydigan qismi uchun bunday holatlar tushunarsiz va ba’an qabul qilib bo’lmaydigan yondashuv sifatida qaralishi ham hech kimga sir emas. Hozirgi kunda keng tarqalgan vaynerlar va blogerlarning materiallari efirga uzatilishida esa ushbu lavhada chevadan va jargon so’zlardan foydalaniladi, noqulayliklar uchun uzr so’raymiz mazmunida teletomoshabinni tayyorlash va ogohlantirish maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz. Sevimli TVda orfografik xatolarga ham guvoh bo‘lish mumkin shunday xatolardan biriga ijtimoiy tarmoqlarda Raisbuva taxallusi ostida ijod qiluvchi blogger o‘z e’tiborini qaratadi va televideniyeda bunday xatoliklarga qarshi kurashga chaqiradi, ammo keyinchalik bu tanqidga Sevimli TV kanali rahbariyati tomonidan raddiya beriladi, biroq ko‘za allaqachon singan tomoshabin nigohida ishonchni va e’tiborni tiklash mushkul vazifa edi. Yuqoridagi kabi adabiy til me’yorlarining buzilishini “Sevimli” TV orqali efirga uzatiladigan “Sevimli kun” tonggi dasturida ham kuzatish mumkin. Masalan, ko’rsatuvning 20221-yil 4-iyun sonida “Kun davomida pozitiv kayfiyat bilan”, “Maktab o’quvchilari uchun eng yaxshi fasl keldi, ya’ni kanikulga chiqishadi”, “Band qilib qo’ysez har xil narsalaga berilishavermaydi-de”. 2021- yil 15-aprel sonida “Doston Ergashev bugun vooooopshem kech qolmadi” deydi boshlovchilardan biri, ikkinchisi esa xijolatomuz hamkasbining xatosini to’g’rilaydi: “Umuman kech qolmaydilar, demoqchilar”. 2022-yil 19-iyun sonida yana bir boshlovchi dronlar bo’yicha mutaxassisga quyidagicha savol bilan yuzlandi: “Mana qarang-da, hozir men o’zimni tilim bilan aytyapman-da! Mana bu yerda uchta apparat turibdi. Bular alohida vazifani bajaradimi yoki bitta pragramma asosida ishlaydimi?”13 Bunday yondashuvlarning muntazam davom etishi teletomoshabin nigohida nafaqat Sevimli TV telejurnalistlari professionallik darajasi va yetarli jurnalistik kasb malakasiga egaligi haqida turli shubha-gumon va mulohazalarning paydo bo’lishiga emas, balki butun televideniye jurnalistlariga ishonchsizlikning ortib ketishiga olib kelishi mumkin. Hattoki, bir necha marta bunday adabiy til me’yorlari buzilishi haqida ommaviy ravishda ijtimoiy tarmoqlarda qizg’in bahs-munozara va tanqidlar bo’lishiga qaramasdan Sevimli TV jurnalistlari ushbu tanqidlardan tegishli xulosa chiqargan deyish mushkul. Bu esa, o’z navbatida, jurnalistika sohasida adabiy til me’yorlariga rioya etilishi masalasi yuzasidan soha vakillari tomonidan ko’p ishlar qilinishi lozimligi haqida barchamizga eslatib turadi. Xulosa Tadqiqotlarimiz natijasida bir qancha ilmiy-amaliy xulosalarga keldik. Jumladan, adabiy til me’yorlarining ommaviy axborot vositalarida ayniqsa TV kanallarda muntazam ravishda buzilishi hollari kuzatiladi va bunday holatlar teletomoshabinlar e’tiboridan chetda qolmaydi hamda aksariyati kulgu obyektiga aylanadi. Teletomoshabin o‘ziga qiziqarli bo‘lgan har qanday janrdagi ko‘rsatuvlar sinchiklab kuzatadi, jurnalistning tarjimada yoki stilistik xatolarga yo‘l qo‘yishi yetkazilishi lozim bo‘lgan ma’lumotlar ishonchliligi va haqqoniyligiga shubha uyg‘otadi va jurnalistga nisbatan tomoshabinda ishonchsizlik uyg‘otadi. Jurnalistika adabiy til me’yorlariga e’tibor berishda matndagi gaplar va jumlalar tuzilishi shuningdek ularning izchillik bilan joylashuvini ham talab etadi. Mantiqiy ketma ketlik buzilgan jumlalarga noaniqliklar hamda anglashilmovchiliklarga sabab bo‘lishi ehtimoli yuqori, bu o;rinda jurnalistning jurnalistik mahorati ham muhim o‘rin tutadi. Efirga uzatilayotgan yangilik yoki reklama titrida mavjud bo‘lgan orfografik boshqacha aytganda imloviy xatoliklarning ko‘pligi jurnalistik professional ishchanlik obro‘siga qattiq ta’sir ko‘rsatadi va tomoshabinda turli qarama-qarshi fikrlarni uyg‘otadi. Biz tomonimizdan olib borilgan o‘rganishlar natijasida va muhokama etilgan xulosalar asosida adabiy til me’yorlarining buzilishini oldini olishga qaratilgan amaliy takliflarni ilgari surishni lozim topdik: Adabiy til qoidalariga rioya qilishni talab qiluvchi normativ hujjat qabul qilish va bunday hujjatda telejurnalistlar va jonli efir ishtirokchilariga aniq talablarni o‘rnatish; TV jurnalistlariga ularning butun faoliyati davomida treninglar va seminarlar orqali adabiy til me’yorlarini eslatib turish va shu orqali professionallik darajasini oshirish; Turli jurnalistik tadbirlar va tanlovlar o‘tkazib unda adabiy til me’yorlariga rioya etish mezonini asosiy shartlardan biri sifatida belgilab qo‘yish bilan til me’yorlariga e’tiborni yanada kuchaytirish; Sevimli TV da ko‘rsatuvlar sifatini oshirish uchun ichki kengash tuzgan holda adabiy til qoidalariga rioya etilishi yuzasidan tizimli nazoratni olib borish Download 86.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling