Reja: Kirish I. Bob. Media olamida adabiy til qonun-qoidalaridan foydalanish masalasi


Download 86.42 Kb.
bet1/6
Sana19.06.2023
Hajmi86.42 Kb.
#1618759
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2Adabiy til me\'yorlari




Reja:

Kirish………………………………………………………………………
I.BOB. Media olamida adabiy til qonun-qoidalaridan foydalanish masalasi
1.1. Mediada til tushunchasi va unga amal qilishning nazariy jihatlari……………………………………………………….………………..
1.2. Ommaviy axborot vositalarida til me’yorlariga amal qilinishga oid qoida va prinsiplar……………………………………………………………………
II.BOB. Ommaviy axborot vositalarida til mezonlaridan foydalanishdagi yutuq va kamchiliklar (Sevimli TV misolida)
2.1. Telejurnalistikada til me’yorlari buzilishi bilan bog‘liq holatlar tahlili………………………………………………………………………………..
2.2. Muayyan telekanallardagi ko‘pchilik dasturlarning adabiy til va nutq talablariga javob bermasligi (Sevimli TV misolida)…………………………….
Xulosa………………………………………………………………………
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati……………………………………….

Kirish
"Ommaviy axborot vositalarini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash davom ettirilib, jurnalistlarning erkin faoliyat yuritishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratiladi. Men, haqiqat va adolatni oʻz eʼtiqodi deb biladigan barcha jurnalistlarni — islohotlarning faol ishtirokchilari, oʻzimning eng yaqin doʻstlarim deb bilaman va ular hamisha prezident himoyasida boʻladi"
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyev

Hozirgi kunda ommaviy axborot vositalari orqali efirda adabiy til me’yorlariga amal qilinishini ta'minlash, muxlislar va keng ommaga yetkazib berilishida yo‘l qo‘yilgan lisoniy xatoliklarning jurnalistikadagi ahamiyati kabi masalalar tobora jiddiy tus olib borayotir. Ommaviy axborot vositalari kuzatuvchilarning bunday xatoliklar va jurnalistik kamchiliklarga munosabati, tayyorlanayotgan materiallarning sifati hamda saviyasi, jurnalistik mahorat hamda telejurnalistikaning umumiy holati sifatida namoyon bo‘ladi.


Shu bilan bir qatorda ayrim nazariy qarashlarga ko‘ra ommaviy axborot vositalari orqali yetkazib berilishi nazarda tutilgan kontentning mukammal va ishlov berilgan yuqori darajada omma e’tibori va e’tirofini qozonishi ham til me’yorlariga qanchalik amal qilinishi bilan bog‘liqdir.
Ommaviy axborot vositalarida, ayniqsa jonli efir jarayonida television materiallarda kechadigan xatoliklar va yo‘l qo‘yiladigan leksik kamchiliklar muayyan darajada tomoshabin nigohida television jurnalistik kontent sifati va saviyasini obro‘sizlantiribgina qolmasdan, bunday xatoliklarning uzoq vaqt davomida xalq xotirasida salbiy ko‘rinishda saqlanib qolishiga va hatto turli hajviy mem(OAVda keng tarqalgan kulgi obyekti)larga aylanib hajv qilinishiga ham olib kelmoqda. Kontentlar tayyorlanishi jarayonida qilingan samarali jurnalistik mehnat va ularning o‘ziga xosligi ham efirda o‘z aksini topadi.
Bunday yuqori sur’atdagi jadal texnik taraqqiyot kompyuter texnologiyasi bilan ommaviy axborot vositalarining uyg‘unligidagi tomoshabin va telejurnalist muloqoti tomoshabin saviiyasi yoki bilim darajasidan kelib chiqib tanlanishi ham eng maqbul yondashuv emasligini borgan sari oydinlashmoqda. Turli shaklda namoyon bo‘luvchi ommaviy axborot vositalarining Internet ommaviy axborot vositalari, shaxsiy ommaviy axborot vositalari kabi turli ko‘rinishlari ham vujudga kelishi internet televideniyesidagi kontentning efirga uzatilishi yoki videokontent ko‘rinishida yetkazib berilishida til qoidalariga amal qilish eng avvalo tomoshabinga kontentga yuklatilgan fikr va asosiy ma’lumotni to‘liq yetkazib berilishini ta’minlashga xizmat qiladi. Ba'zi mutaxassislar ommaviy axborot vositalari adabiy til qoidalariga to‘la amal qilinishini foydalanuvchilar uchun yaratilgan imkoniyatlardan kelib chiqib auditoriyaga moslashgan ko‘rinishda ifoda etilishi tarafdori sifatida talqin etiladi.

Download 86.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling