Reja: Kirish I. Bob. Media olamida adabiy til qonun-qoidalaridan foydalanish masalasi


II.BOB. Ommaviy axborot vositalarida adabiy til me’yorlarining buzilishi (Sevimli TV misolida)


Download 86.42 Kb.
bet4/6
Sana19.06.2023
Hajmi86.42 Kb.
#1618759
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2Adabiy til me\'yorlari

II.BOB. Ommaviy axborot vositalarida adabiy til me’yorlarining buzilishi (Sevimli TV misolida)
2.1. Telejurnalistikada adabiy til me’yorlari buzilishi bilan bog‘liq holatlar tahlili

Ommaviy axborot vositalarida adabiy til me’yorlarining buzilishi bilan bog‘liq holatlar muharrirlar tomonidan tahrirdan o‘tkazilishi ham bunday materiallardagi kamchiliklar bartaraf etishiga xizmat qiladi deyish mumkin. Tahrirlik kasbi qadim zamonlardan o‘z an’analariga ega bo‘lgan, zero dastlab tahrirlash, muharrirlik matnni adabiy qayta ishlash zaylida olib borilgan. Adabiy muharrir nashrga tayyorlangan materialning mazmuni va adabiy tuzilishiga javob beradi. Bu muallif bilan ishlashda muharrir, birinchi navbatda, publikatsiya mavzusining tanlanishiga e’tiborni qaratishi kerak. Bunda muharrir tomonidan materialning baholanishida uning mavzusining dolzarbligi, ishonchliligi va aniqligi asosiy mezon bo‘lib xizmat qiladi. Til va uslub tahlili, umuman aytganda, adabiy tahrir amaliy uslubiyat bilan bog‘liq.


Bunday tahlil ega va kesimning to‘g‘ri joylashtirilishi, ikkinchi darajali bo‘laklarning o‘rni va hokazolarnigina nazarda tutmaydi, balki, agar maxsus qo‘llash taqozo etilmasa, bir xil so‘zlardan yoki o‘zakdosh so‘zlardan takror foydalanish maqbul emasligini, tildagi tasviriy vositalar, garchi ular nutqning jozibadorligini oshirsa-da, ko‘plab ishlatishlik salbiy natija berishini va bermasligini o‘rgatadi. Muharrir adabiy tahrir va amaliy uslubiyat tufayli ega - kesim mosligi, qanday hollarda bir so‘zni takror qo‘llash mumkin yoki o‘rinli ekanligini, jumla tuzish qoidalari hamda me’yorlarini bilib oladi. Adabiy tahrir til me’rlari bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, tahrir jarayonida nutqiy xatoliklar tipologiyasi mavjud. Xatoliklar tipologiyasi adabiy til me’yorlarini (fonetik, leksik, orfografik, stilistik va h.k.) o‘z ichiga oladi. Nutqning to‘g‘riligi bu – jurnalist va teletomoshabinning o‘zaro anglashuvini ta’minlovchi asosiy kommunikativ xususiyatdir. Zero, to‘g‘ri nutq bu nutqning kommunikativ sifatlariga to‘la amal qilishdir. Jurnalist nutq faoliyati davomida ko‘zlangan kommunikativ maqsadlarga erishish uchun nutqning kommunikativ sifatlariga amal qilishi, o‘z nutqini aniq, to‘g‘ri, mantiqiy, o‘rinli qura olishi va uning sofligini ta’minlashi lozim. Tahrir ijodiy jarayon bo‘lib, muxarrirdan nutqiy mahorat va adabiy til me’yorlari bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishni talab qiladi. Xatolar va ularning turlariga oid tadqiqotlarda ularning turlicha tasniflash hollari kuzatildi. Nutqni grammatik jihatdan to‘g‘ri qurish, ya’ni so‘z yasash, so‘z o‘zgartirish, so‘z birikmalari va gaplardagi to‘g‘ri grammatik bog‘lanishlarning buzilishi grammatik xatolar sifatida tan olinadi. Nutqiy xatolar, grammatik xatolardan farqli o‘laroq, til birliklarining tarkibi yoki tuzilishida emas, balki ularni qo‘llashda, aniqroq aytganda, ko‘proq to‘g‘ri tuzilgan so‘z va so‘z birikmalarini noto‘g‘ri, noo‘rin, nojo‘ya qo‘llashda kuzatiladi. Endi tahririyat faoliyati tushunchasiga to‘xtalib o‘tamiz. Tahrir faoliyati – bu jurnalistik material matnlarining majmuaviy tekshiruvlarini qamrab oladi, ya’ni: matnning tushunarliligi, mantiqiyligi, dolzarbligi, samaradorligi, aniqligi va tekshirilish nuqtai nazaridan nashr yoki OAV konsepsiyasiga uslubiy va mafkuraviy muvofiqligi nuqtai nazaridan nashr etish uchun tayyorlanadigan harakatlar majmuasidir. Amalda har bir muharrir nashr qilish, dastur uslubi, tahrir qilish usuli hamda o‘z g‘oyalariga tayanib ish ko‘radi.6
Ta’kidlash joizki, sotsiologlarning fikricha, tahririyat va jurnalistlar o‘rtasida ko‘pincha paradoks holat yuzaga keladi: jurnalist va tahririyatning g‘oyaviy qarashlari bir-biridan keskin farq qiladi. Bu ko‘proq xodimlarning tahririyat ish faoliyati bilan aniq tanishmaganliklaridan kelib chiqadi. Bunda jurnalistlar asosan gazeta va jurnal sonlarini tanlov asosida o‘qib, e’lon qilingan maqolalarning natijalari bilan yaxshi tanishmaydi. Shuning uchun tahrirlash usulida eng asosiy e’tibor davriy tuzatishni talab qiladi. OAVda nashr etish uchun mo‘ljallangan matnlarni tahrir qilish eng avval janr nuqtai nazaridan tahlil qilishni o‘z ichiga oladi. Matbuot janrlarning tipologiyasiga ko‘ra u an’anaviy uch yo‘nalishni qamrab oladi: axborot, tahliliy, badiiy-publitsistik. So‘nggi o‘n yillikda amalga oshirilgan tadqiqotlarga ko‘ra an’anaviy gazeta janrlari klassifikatsiyasi tubdan o‘zgardi. Biroq, jurnalistik matnlarni tahrir qilishda ko‘proq standart yondashuv, an’anaviy janrlarga mos keladi. Har qanday matnning tipologik xususiyati bu matnning kategoriya toifasidan kelib chiqib, o‘zida mantiqiy bog‘liqlikni aks ettiradi. Tadqiqotchilarning fikriga ko‘ra, matn quyida berilgan toifalarga bo‘linadi: 1.Matn ketma-ketligi tamoyiliga ko‘ra til birliklari, unsurlardan tashkil topgan chiziqli kategoriya. Umumiy semantika va matn funksiyalariga bilan birlashtirilgan turli xil lisoniy til birliklari bilan boyitilgan, shuningdek til tarkibiy qismlarini tashkil qiluvchi matn maydoni kategoriyasi. Hajm kategoriyasi – matnning butun mohiyati muallif xohishistaklarini to‘liq aks ettiradi. Matnni tahlil qilishdagi bunday yondashuv tabiatan lingvistikadan sintaktik-kompozitsiyaviy darajagacha bo‘lgan barcha darajalarni qamrab oladi. Ammo fikrimizcha, jurnalistik materialni tahlil qilishda, uning funksional yo‘nalishiga alohida e’tibor qaratib, matnning kommunikativ maqsadini aniqlashtirish kerak. Matn tarkibidagi til birliklarining funksiyalari va yo‘naltirilgan maqsadi kommunikativ birlik sifatida matnning keyingi vazifalariga erishishdagi ikkinchi yo‘nalishdir. Bunda uning janrga mos kelishini hisobga olish zarur.
Til vositalarini tanlashda shaklning murakkabligi bilan baholanib, bu janrlar o‘rtasidagi chegaralarning yo‘qolishiga olib keladi. Fikrimizcha, ushbu holatdagi janrga bo‘lgan qarash matn tahlilini o‘zgartirmaydi. Matn tahriri ustida ishlashga tayyorlanish algoritmi quyidagicha ifodalanishi mumkin: ma’lumotlar sababi →janr tanlash →funksiyani aniqlash →maqsadni aniqlash →ma’lumotni qidirish va tekshirish →matn ustida ishlash. Muallifning pozitsiyasi minimal shakldan matnning asosiga qadar o‘zgarishi mumkin. Muallifning jurnalistikadagi roli xilma-xil: korrespondent va muxbirdan to feletondagi niqobli komik shaxsgacha. Reportajdan tashqari barcha axboriy janrda muallif pozitsiyasining aks etishi voqelikdagi haqiqat omilini tanlash va unga voqea maqomini berish bilan cheklanadi. Odatda, matnda muallifning fikri va bahosi mavjud bo‘lmaydi, chunki jurnalistning asosiy maqsadi tinglovchilarga tezkor, aniq va ob’ektiv ma’lumotlarni berish va xabardor qilishdir. Tahliliy matnlarda jurnalistning nuqtai nazari nafaqat to‘g‘ridan-to‘g‘ri muallifning o‘zinikigina emas, balki manfaatdor tomonlarning dalillarini tanlashda ham namoyon bo‘ladi.
Ta’kidlash joizki, barcha tahliliy janrlar ichida tahliliy yozishmalar janrdagi matn eng obyektiv shakl bo‘lib, bu muallifning mavqeiga bog‘liq bo‘lmaydi, chunki muallif emas, balki voqea yoki hodisaning mantig‘i talab etiladi. Bu, ehtimol, muammo emas, balki hodisaga asoslangan yagona tahliliy janrdir . Albatta u ijtimoiy hodisa yoki mavjud muammolar haqida xabar beradigan va boshqa birbiriga bog‘liq o‘zaro mutanosib hodisalarni ko‘rib chiqadi. Qolaversa, tahliliy janrdagi matnlarni tayyorlashda maqolaga qaraganda ancha kam vaqt sarflanadi. Axborot bazasi ham qat’iy tartibga solinadi: agar axborotni yozishda axborot agentligining nomi kifoya qilsa, tahliliy korrespondensiyada uning manzili, ma’lumotlarning aniq manbalari topilishi lozim. Axborotni yig‘ish usullari janr nuqtai nazaridan qat’iy farq qiladi.
Shunday qilib, jurnalist nutq faoliyati davomida ko‘zlangan kommunikativ maqsadlarga erishish uchun nutqning kommunikativ sifatlariga amal qilishi, o‘z nutqini aniq, to‘g‘ri, mantiqiy, o‘rinli qura olishi va uning sofligini ta’minlashi lozim. Tahrir ijodiy jarayon bo‘lib, muharrirdan nutqiy mahorat va adabiy til me’yorlari bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishni talab qiladi. 7
Bizning kundalik hayotimizning ajralmas qismi boʼlgan OАVga tadqiqotchilar tomonidan katta qiziqish uygʼonmoqda, chunki matbuot, radio va televidenie xodimlari tomonidan mavjud boʼlgan adabiy meʼyorlardan bir necha bor chetga chiqish takrorlanib, ular tez va juda muvaffaqiyatli ravishda media auditoriyaning ongi va nutqida ildiz otmoqda, bu hol esa, muqarrar ravishda tilga singib boradi, shu bilan birga OАV ona tilida soʼzlashuvchilarga uning obʼektiv meʼyorlarini singdirishi va tilning ifoda vositalarini boyitishga yordam berishi kerak.
Ba’zi amaliyotchilar orasida televideniyada eng asosiysi tasvir bo‘lib, so‘z unchalik katta ahamiyatga ega emas, degan qarashlar ham yo‘q emas. Ular zamonaviy jurnalistning qalam tebratishiga ehtiyoji yo‘q, yaxshi so‘zlay biladigan suhbatdoshni “gapirtirish”ni bilishi yetarli deb hisoblaydilar. Ko‘p yillar davomida televideniyada so‘z yoki tasvirning qay biri muhimligi borasida bahslar bo‘lgan. Albatta, ko‘rsatuvlarda matn muhim ahamiyatga ega, chunki u asosiy mazmuniy axborotni yetkazadi.
Shu bilan birga dasturlarning, avvalambor, ko‘rimli bo‘lishi kerakligini unutmaslik zarur. Radio muxlisini biz tinglovchi desak, ko‘rsatuv muxlisini tomoshabin deb ataymiz. Radio dasturlarda matn asosiy ma’lumotni bersa, televideniyada tasvir asl mohiyatni yetkazuvchi ustuvor xususiyat kasb etadi. Televideniyaning kommunikativ imkoniyatlarini og‘zaki nutq hamda ta’sirchan tasvir ochib beradi. Bunda so‘z, tasvir va musiqaning o‘zaro uyg‘unligi dasturning ta’sirchanligini yaratadi. Demak, televideniyada tasvir va musiqaning ahamiyatini kamaytirmagan holda, so‘zga, jumladan, nutq madaniyatiga e’tibor qaratishni dolzarb masala sifatida e’tirof etsak bo‘ladi.
Jurnalistikadagi nutq madaniyatini mutaxassislar uch yo‘nalishda tahlil qilishni tavsiya etadilar: matbuot uchun vizual nutq, radio uchun audio nutq hamda televidenie va hujjatli kino uchun audiovizual nutq ko‘rinishida. Ya’ni, jurnalistika sohasida nutqqa an’anaviy lingvistik tushunchadan farqli o‘laroq yondashuv talab etiladi. Umumiy tilshunoslikni tadqiq etuvchilar nutqni yozma hamda og‘zaki nutq ko‘rinishida tahlil qilishadi. Unda fikr ifodasi faqat so‘z bilan kechadi.8
Jurnalistikada esa so‘z —asosiy, lekin yagona fikr ifodasi emas. Matbuot tili matndan tashqari o‘z ichiga illyustratsiyalar (fotosuratlar, tasvirlar, infografika, sxemalar va hokazo) hamda qo‘shimcha bezak vositalari (shriftlar, qaysi polosada berilgani, ranglar bilan uyg‘unligi va hokazo) o‘z ichiga oladi. Radiodagi nutq so‘zlar sintezi (diktsiya, intonatsiya, pauza va orfoepik me’yorlar), musiqani (jurnalist materialini bezovchi ohanglar) hamda shovqin effektlarini o‘z ichiga oladi. Televideniya nutqi esa so‘zlarning uyg‘unligi (ovoz xususiyatlari bo‘lgan audio nutqdan tashqari so‘zlayotganlarning xatti-harakatlari, mimikasi) hamda tasvir (rakurs, nur va soya ta’sirchanligi va hokazo)ni ko‘rishimiz mumkin. Axborotni borligicha ko‘rish imkoniyatini bergani uchun televideniya materiallari boshqa OAVlardan ta’sirchanligi bilan ajralib turadi.Radioda axborot yetkazish zarurati bevosita muloqotga kuchli moyillikni keltirib chiqaradi.
Bu ham har qanday kommunikativ akt qatnashchisining nutqiy faoliyati axborot va faktik birliklardan iborat ekanligidan dalolat beradi. Birinchi oʼringa nima chiqishiga –axborotmi yoki muloqot, qanday muloqot doirasida biri ikkinchisiga boʼysunadi yoki biri ikkinchisidan ustun keladi, shunisiga qarab soʼzlovchi va tinglovchining kommunikativ roli, ularning nutqiy faoliyat turi aniqlanadi.
OAVda, ayniqsa, muloqotga asoslangan teleko‘rsatuvlarda jurnalist va boshlovchilar nutqidagi nuqsonlar audiovizual nutqning barcha unsurlarini mukammal egallay olmaganliklarini namoyon etmoqda. Boshlovchi nutqidagi lisoniy xatoliklar yoki ovozdagi deffektlar, albatta, tomoshabinlar e’tiboridan chetda qolmaydi. Nutqiy madaniyati yaxshi shakllangan muxlislar bunga salbiy baho berishsa, barcha yangilanishlarni borligicha, ba’zan zamonaviylik tarzida qabul qiladigan o‘smirlar ana shunday nutqdagi nuqsonlarni me’yor darajasida qabul qilishlari mumkin. Bu esa ularning tarbiyasiga, ma’naviy kamolotiga salbiy ta’sir qilishi turgan gap.
Nutq madaniyati har bir xalqning o‘ziga xos qadriyati ekanligini unutmaslik zarur. Masalan, yoshlar internet tili sifatida orfografik xatolar bilan, shevada yozishni bugungi kunda me’yor deb bilmoqda. Bu yozishmalarni an’anaviy maktub, kundalik sifatida qabul qilsak, yoshlar orfografik hamda stilistik xatoliklar bilan yozishga o‘rganib qolishgani bugungi kunda achinarli.
Boshlovchi jurnalist qatorida studiyaga taklif qilingan mehmonlarning ham adabiy til me’yorlariga rioya qilmagan holatda o‘z fikrlarini bayon etishlari muloqotga asoslangan dasturlarning “o‘ziga xos”ligiga aylanib ulgurmoqda. Ba’zan bu holatlar samimiyat, tabiiylik ruhini bersa ham, har bir millatning madaniy qadriyati bo‘lgan adabiy til me’yorlariga ziyon yetkazadi. Tarozining bir pallasida dasturlarning og‘zaki nutqdagi samimiy suhbati tursa, ikkinchi pallasida adabiy til me’yorlarining buzilishini ko‘rishimiz mumkin. Jurnalistning foliyat mahsuli milliy mentaliteti, ruhiyati, tariximiz hamda qadriyatlarimizni hisobga olib tayyorlanishi talab etiladi.
Jurnalist boshlovchilarning zamonaviy imijini hosil qilishda yangi kirib kelgan so‘zlarni to‘g‘ri talaffuz qilishlari katta ahamiyat kasb etmoqda. Hozirgi davrda OAV leksik tilida ham zamonaviy adabiy tilning yangilanish jarayonlari aks etadi. “Publitsistik uslubning har ikki shakli (og‘zaki va yozma) nafaqat so‘zlar, shuningdek, bir qator sintaktik tuzilmalar ham faollashdi.
Dastur boshlovchilari nutqimizga kirib kelgan yokio‘zlashgan so‘zlarni qoidaga muvofiq aniq talaffuz qilishlari hamda yozma nutqda to‘g‘ri yozilishi kerak. Mazkur yangi so‘zlarning bugungi kunda to‘g‘ri talaffuz qilinishi, yillar o‘tib ularning orfografik xatolarsiz yozilishiga ham zamin hozirlaydi.Yurtimizga tashrif buyuruvchi xorijlik sayyohlar moziydan xabar beruvchi mahobatli inshootlarni ko‘rib, ularga mahliyo bo‘lishadi. Qadimiylikda ana shu ulkan binolarga teng bo‘lgan tilimiz bugun xalqimizning o‘ziga xos madaniy boyligiga aylangan. Uni asrab-avaylash, kelajak avlodga bor jozibasi bilan yetkazishda radio, televideniya va matbuotdagi jurnalistlarning alohida o‘rni bor.9
Til va nutq tizimida me’yor o‘ziga xos o‘rniga ega. Til material sifatida nutq jarayonida xizmat qila boshlagan lahzalardanoq uni me’yorlashtirish jamiyat ehtiyojiga aylangan va me’yoriy muammolar kun tartibiga qo‘yilgan.
Jamiyat taraqqiyoti bilan baravar holda til va nutqdagi me’yoriy holatlarni o‘rganish, tahlil qilishga ham ehtiyoj kuchayib borgan va bu muammolarni hal qilishda xalqning maishiy, ma’naviy-ma’rifiy turmushi, ijtimoiy-falsafiy va estetik dunyoqarashi, urf-odatlari singari qator omillar e’tiborga olingan. Til hodisalarini, uning me’yoriy jihatlarini tadqiq etishda yana tilning milliy xususiyatlarini hisobga olmaslik ham aslo mumkin bo‘lmagan.
Demak me’yor milliylik va tarixiylik mazmunini kasb etadi, necha yuz, ming yillar davomida shakllangan an’anaviylikka ega bo‘ladi. Tildan foydalanishdagi an’anaviy me’yorlarning davrlar o‘tishi bilan o‘zgarib, yangilanib turishi ham tarixiy jarayondir.10
Til elementlarining ma’lum bir me’yorga keltirilishi, bir tomondan, til mutaxassislari tomonidan boshqarib borilsa, ikkinchi tomondan, tabiiy ravishda ham yuz beradi. Ammo, fikrimizcha, bir narsa ma’lum - tilning amalda bo‘lish holatlariga tazyiq o‘tkazib bo‘lmaydi. Lekin tegishli yo‘l-yo‘riqlar, ko‘rsatmalar, tavsiyalar berilib borilishi zarur.
Ammo o‘zbek tili va nutqi madaniyati uchun olib borayotgan ishlarimiz talablar darajasida emas. Bu vazifalarni ijobiy hal qilish uchun adabiy til me’yorini belgilashning amaliy jihati bilan jiddiy shug‘ullanishimiz kerak. Xo‘sh, me’yorni belgilashning amaliy jihati nimadan iborat? Tadqiqotlar va kuzatishlar natijasida til elementlarida qanday mazmuniy va shakliy imkoniyatlar mavjudligi tahlil qilinadi, lingvistik imkoniyatlari ochib beriladi va ulardan nutq jarayonida foydalanish yo‘llari tavsiya qilinadi. Ma’lum ma’noda bu ham ularning me’yorni belgilash va til birliklarining ishlatilishiga oid tavsiyalar berish degan gapdir.
Shu mazmunda til mutaxassislari, ziyolilar o‘zlarining to‘g‘ri maslahatlarini, tavsiyalarini berishlari, bu borada jonkuyarlik qilishlari mumkin. Buning ham ijobiy jihatlari ko‘p, albatta. Ammo hal qiluvchi gapni bu tildan foydalanuvchilar aytadi. Buning ustiga, har bir til elementining me’yor holiga kelgunicha ma’lum vaqt o‘tishi ham lozim bo‘lib qoladi.
Imlo va talaffuz qoidalari asosida yozish va so‘zlashni xalqimiz orasida ommalashtirish, bu qoidalarni lug‘atlar shaklida mustahkamlash, har bir sohada, jumladan huquq sohasida ham tildan foydalanish me’yorlarini belgilash bugunning dolzarb vazifalaridan bo‘lib qolmoqda.
Til elementlarining me’yorlashishidek uzluksiz jarayonda eskilik bilan yangilik o‘rtasida kurash hamisha davom etadi. Tilda yashab turgan so‘z va iboralar ularning o‘rniga kelayotgan yangilariga osonlikcha o‘rnini bo‘shatib bermaydi. Ma’lum muddat ular teng darajada, parallel yashab turishi va vaqtlar o‘tishi bilangina o‘rnini bo‘shatib berishi mumkin.
Xuddi mana shu eskilik bilan yangilik o‘rtasidagi kurash va bu kurashda tildagi me’yoriy ko‘rinishlarning tanlana borishi jarayonida adabiy til shakllanib boradi. O‘zbek milliy adabiy tili garchi umumxalq tilidan o‘sib chiqqan bo‘lsa ham, unda mavjud bo‘lgan dialektlar va shevalardan, jargonlardan, oddiy so‘zlashuv tilidan, umuman xalq tilidan ba’zi jihatlari bilan farq qiladi. Chunki umumxalq tili o‘zbek tilida uchraydigan barcha elementlarni o‘z ichiga oladi va ishlanmagan shaklda bo‘ladi. Adabiy til esa undan o‘zbek millati uchun tushunarli bo‘lgan va foydalanishda qulay deb topilgan variantlarini tanlab oladi hamda ularni millat vakillari uchun me’yor sifatida tavsiya etadi.
Tilning haqiqiy ijodkori, yaratuvchisi xalq hisoblansa ham, uning taraqqiyotida olimlarimizning, shoir va yozuvchilarimizning, davlat va jamoat arboblarining, huquqshunoslarimizning, pedagoglar va matbuot xodimlarining, kino, teatr san’ati ustalari va nashriyot xodimlarining hamda jurnalistlarning xizmatlarini qayd qilish lozim.
Ayniqsa mustaqillik davrida tilshunos olimlarimiz, shoir-yozuvchilarimiz va jurnalistlarimizning xizmatlari katta bo‘ldi. Ularning samarali mehnatlari tufayli tilshunoslikning ko‘pgina yo‘nalishlari bo‘yicha qat’iy me’yorlar belgilandi, ona tilimiz rivojiga oid yangi qoidalar va qarorlar inobatga olingan holda til birliklarining yozuv va muomala jarayonidagi namunaviy variantlari tavsiya etildi, til tizimidagi ko‘pgina munozarali masalalar o‘zining nazariy asosiga qo‘yildi.11
Til birliklarining adabiy shaklda me’yorlashuvida badiiy adabiyotning o‘rni ham alohida. Badiiy ijod jarayonida shoir va yozuvchilar o‘z fikr va hissiyotlarini boshqa ijodkorlardan farq qiladigan, favqulodda original ifodalarda berishga intiladilar. Bu yo‘lda ular yangi so‘z va iboralar yaratadilar. Yaratilgan birliklar o‘sha matnning o‘zida qolib ketaverishi, ommalashmasligi, adabiy tildan o‘rin olmasligi, bir so‘z bilan aytganda, tilda me’yorlashmasligi mumkin. Ularning me’yorlashishini sharoit, vaqt va ommaning qabul qilishi kabi omillar belgilaydi.
Til tadqiqotchilarining tasdiqlashicha, davlatchilik darajasida, ya’ni rasmiy muomalada tildan foydalanish uning me’yorlashuvini, binobarin, adabiy tilning shakllanuvini tezlashtirgan. Bundan shunday xulosa kelib chiqadiki, qayerda davlatchilik taraqqiy etgan, mustahkamlangan va bu davlatning boshqa davlatlar bilan munosabatlari yaxshi yo‘lga qo‘yilgan va rivojlangan bo‘lsa, shu yerda tilning me’yorlashuvi va madaniylashuvi ham tezroq amalga oshgan.
Har qanday til me’yorlarini katta ikkita guruhga – umumiy va xususiy me’yorlarga bo‘lib o‘rganish maqsadga muvofiq bo‘ladi:
Me’yorga nisbatan qo‘llaniladigan umumiylik va xususiylik til me’yorlarining faoliyat doirasi, qamrovi va ularning biri ikkinchisiga nisbatan olinganda anglashiladigan tushunchalardir. Shu ma’noda o‘zbek umumxalq tilidagi barcha me’yorlar yig‘indisini umumiy me’yor, adabiy, lahjaviy, turli ijtimoiy qatlamlar tiliga oid me’yorlarni xususiy me’yorlar sifatida qabul qilish mumkin.
Shunday qilib, bir tomondan, o‘zbek tiliga tegishli bo‘lgan barcha me’yorlar yig‘indisini umumiy me’yor deb tushunamiz. Ikkinchi tomondan esa, qo‘llanish doirasi chegaralanmagan hamda tilning hamma iste’molchilari va tildagi barcha vazifaviy uslublar uchun baravar bo‘lgan birliklar majmuini anglaymiz. «Umumiy norma tushunchasi o‘zbek milliy tilining barcha ijtimoiy vazifaviy ko‘rinishlari, nutq tiplari va uslublari uchun mushtarak bo‘lgan vositalari tizimi ma’nosini ham anglatadi».
Xususiy me’yor ma’lum til umumiy me’yorlarining yashash shaklidir. Shunday ekan, yuqorida sanab o‘tilgan o‘zbek adabiy tili, lahja va shevalari hamda ijtimoiy tarmoqlarining me’yori xususiy me’yor sanaladi.
Xususiy me’yorlarni yanada aniqroq tasavvur qiladigan bo‘lsak, har bir shaxsning tildan foydalanish me’yorini ham, o‘zbek tilida mavjud bo‘lgan beshta – rasmiy, ilmiy, ommabop, badiiy, so‘zlashuv uslublari doirasida amal qiladigan me’yorlarni ham xususiy me’yorlar deb tushunishimizga to‘g‘ri keladi.
Adabiy til esa umumxalq tilining yashash shakllaridan biri bo‘lib, uning boshqa ko‘rinishlaridan mukammalligi bilan bir qadar farq qiladi. Uning qamrov doirasi umumxalq tilining boshqa shakllariga nisbatan keng. U butun bir millatga oliy darajada xizmat qilishga mo‘ljallangan. Shuning uchun chegara bilmasdan, xalq orasiga chuqur kirib boradi va keng tarqaladi.
Aytilganlardan bir narsa anglashilayaptiki, tanlanish uchun variantlar bo‘lishi lozim. Ammo variantlarning paydo bo‘lishi til taraqqiyotida ma’lum vaqtning o‘tishini taqozo qiladi. Demak ungacha, haqiqiy ma’noda me’yorlashgunga qadar til birliklari nutqda yana qandaydir bosqichlarni bosib o‘tadi va tanlanish jarayoni tilning me’yorlashuvida keyingi bosqichlardan biri sanaladi.12
Orfoepik me’yorlarga rioya qilmaslik nutqimiz madaniyatida jiddiy nuqsonlardan biri bo‘lib qolmoqda. Tilshunoslarimiz zahmatlari tufayli o‘zbek tilidagi birliklarining deyarlik barchasidagi me’yoriy ko‘rinishlar ommaga turli qo‘llanmalar, lug‘atlar shaklida tavsiya etildi. Yangi imlo qoidalariga o‘tishimiz munosabati bilan bu yumushlar davom ettirilmoqda. Nafaqat filolog olimlar, balki maorifimiz jonkuyarlari, o‘z ona tiliga chuqur hurmat bilan qaraydigan barcha ziyolilarimiz bu me’yorlarning buzilishiga e’tiroz, tuzatish va tavsiyalar tarzida chiqishlar qilib turishibdi. Shunday bo‘lishiga qaramasdan, talaffuz me’yorlarini buzish, til madaniyatiga e’tiborsizlik hamon davom etmoqda.
Yillar davomida majlislarni rus tilida olib borgan yoki ma’ruzalarni rus tilida eshitgan ko‘pchilik kishilar o‘z nutqlarida ruscha so‘z va iboralarni qo‘llash, ayrim holatlarda rus tili gap qurilishi tartibida o‘zbekcha jumlalar tuzish iskanjasidan chiqib keta olmayaptilar. Bu kamchiliklar hatto radio, ayniqsa, televideniye eshittirishlarida ham seziladi.
Xalqimiz shevachilikdan batamom qutula olgan emas. Garchi ko‘pchiligimiz adabiy til me’yori talablari asosida savodli yozsak-da, talaffuzda e’tiborsizlik, loqaydlik, mas’uliyatsizlik davom etmoqda.
O‘zbеk аdаbiy tili mе’yorlаri ilmiy аsаrlаrdа quyidаgichа tаsnif qilinаdi:
1. Lеksik - sеmаntik mе’yor.
2. Tаlаffuz – (оrfоepik) mе’yor.
3. Yozuv (grаfikа) mе’yori.
4. Fоnеtik mе’yor.
5. Аksеntоlоgik (urg‘uni to‘g‘ri qo‘llаsh) mе’yor.
6. Grаmmаtik (mоrfоlоgik vа sintаktik) mе’yor.
7. So‘z yasаlish mе’yorlаri.
8. Imlоviy mе’yor.
9. Uslubiy mе’yor
10. Punktuаtsiоn mе’yor.
Аdаbiy mе’yorning оg‘zаki vа yozmа ko‘rinishlаri mаvjud bo‘lib, оg‘zаki аdаbiy mе’yorning rivоjlаnishigа хаlq qiziqchilаri, аskiyachilаri, lаtifаgo‘y хаlq shоir - bахshilаri kаttа hissа qo‘shsаlаr, yozmа аdаbiy mе’yorning shаkllаnishidа bеlgilаngаn yozuv shаkli аsоsidа yozib qоldirilаdigаn yozmа аdаbiyotning хizmаti chеksizdir. Umumаn оlgаndа, аdаbiy til mе’yorini o‘rgаnish yangi hоdisа emаs. Til mе’yori vа аdаbiy mе’yor muаmmо sifаtidа nutq mаdаniyati ilmiy sоhа dеb tаn оlingungа qаdаr hаm o‘rgаnib kеlingаn. Аdаbiy til mе’yori, uning shаkllаnish, rivоjlаnish, stаbillаshuv qоnuniyatlаri nutq mаdаniyati sоhаsining tеkshirish оbyеkti hisоblаnаdi.
Jamiyatda adabiy til normalarini tartibga solib turish jurnalistlarning faoliyatiga bog‘liq masala. Chunki OAV tili ommaga singadi va ko‘pchilik unga taqlid qiladi. So‘zlardan noaniq va noto‘g‘ri foydalanish jarayonidan bexabar o‘smir yoshlar nutqiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Ba’zi amaliyotchilar orasida televideniyeda eng asosiysi tasvir bo‘lib, so‘z unchalik katta ahamiyatga ega emas, degan qarashlar ham yo‘q emas. (Ular zamonaviy jurnalistning qalam tebratishiga ehtiyoji yo‘q, yaxshi so‘zlay biladigan suhbatdoshni “gapirtirish”ni bilishi yetarli deb hisoblaydilar.) Moskva universiteti Televidenie va radio kafedrasi mudiri bo‘lgan professor Enver Bagirov bu borada shunday xulosaga kelgan: “Ko‘p yillar davomida televidenieda so‘z yoki tasvirning qay biri muhimligi borasida bahslar bo‘ladi. Albatta, ko‘rsatuvlarda matn muhim ahamiyatga ega, chunki u asosiy mazmuniy axborotni yetkazadi. Shu bilan birga dasturlarning, avvalambor, ko‘rimli bo‘lishi kerakligini unutmaslik zarur. Radio muxlisini biz tinglovchi desak, ko‘rsatuv muxlisini tomoshabin deb ataymiz. Ba’zi dasturlarda matn asosiy ma’lumotni bersa, boshqalarida tasvir asl mohiyatni yetkazuvchi ustuvor xususiyat kasb etadi.
Bizning nazdimizda, televideniening kommunikativ imkoniyatlarini og‘zaki nutq hamda ta’sirchan tasvir ochib beradi. Bunda so‘z, tasvir va musiqaning o‘zaro uyg‘unligi dasturning ta’sirchanligini yaratadi”. Demak, televidenieda tasvir va musiqaning ahamiyatini kamaytirmagan holda, so‘zga, jumladan, nutq madaniyatiga e’tibor qaratishni dolzarb masala sifatida e’tirof etsak bo‘ladi.
Jurnalistikadagi nutq madaniyatini mutaxassislar uch yo‘nalishda tahlil qilishni tavsiya etadilar: matbuot uchun vizual nutq, radio uchun audio nutq hamda televidenie va hujjatli kino uchun audiovizual nutq ko‘rinishida. Ya’ni, jurnalistika sohasida nutqqa an’anaviy lingvistik tushunchadan farqli o‘laroq yondashuv talab etiladi. Umumiy tilshunoslikni tadqiq etuvchilar nutqni yozma hamda og‘zaki nutq ko‘rinishida tahlil qilishadi. Unda fikr ifodasi faqat so‘z bilan kechadi.
Jurnalistikada esa so‘z — asosiy, lekin yagona fikr ifodasi emas, ya’ni so’zga bo’yoq bermasdan ham materialning turli nozik qirralari qabul qiluvchiga yetkazilishi mumkin. Matbuot tili matndan tashqari o‘z ichiga illyustratsiyalar (fotosuratlar, tasvirlar, infografika, sxemalar va hokazo) hamda qo‘shimcha bezak vositalari (shriftlar, qaysi polosada berilgani, ranglar bilan uyg‘unligi va hokazo) o‘z ichiga oladi. Radiodagi nutq so‘zlar sintezi (diktsiya, intonatsiya, pauza va orfoepik me’yorlar), musiqani (jurnalist materialini bezovchi ohanglar) hamda shovqin effektlarini o‘z ichiga oladi. Televidenie nutqi esa so‘zlarning uyg‘unligi (ovoz xususiyatlari bo‘lgan audio nutqdan tashqari so‘zlayotganlarning xatti-harakatlari, mimikasi) hamda tasvir (rakurs, nur va soya ta’sirchanligi va hokazo)ni ko‘rishimiz mumkin. Axborotni borligicha ko‘rish imkoniyatini bergani uchun televidenie materiallari boshqa OAVlardan ta’sirchanligi bilan ajralib turadi. 
Televideniye nutq madaniyatini tadqiq qilishda unda so‘z, tasvir hamda musiqa uyg‘unligini hisobga olgan holda izlanish olib borish zarur. Televidenieda boshlovchi nutqi, intonatsiyasidan tashqari o‘zining tashqi ko‘rinishi, xatti-harakat(jest)lari, mimikasi, hatto kiyinishi bilan tinglovchiga ma’lum bir axborot yetkazadi. Ko‘rsatuv matn tayyorlagan, suhbat olib borgan jurnalist faoliyatidan tashqari suratga olish guruhi ijodini ham o‘z ichiga qamrab oladi. OAVda, ayniqsa, muloqotga asoslangan teleko‘rsatuvlarda jurnalist va boshlovchilar nutqidagi nuqsonlar audiovizual nutqning barcha unsurlarini mukammal egallay olmaganliklarini namoyon etmoqda. Kimdir o‘z qiyofasiga e’tibor qaratib, nutqiga kamroq ahamiyat bermoqda. Suhbatdosh qolib, boshlovchilarning o‘zlari ko‘p gapirishlari yoki respodentlar o‘rniga yirik planda jurnalist tasviri ko‘proq berilishi hollari ham uchraydi. Boshlovchi nutqidagi lisoniy xatoliklar yoki ovozdagi deffektlar, albatta, tomoshabinlar e’tiboridan chetda qolmaydi.
Nutqiy madaniyati yaxshi shakllangan muxlislar bunga salbiy baho berishsa, barcha yangilanishlarni borligicha, ba’zan zamonaviylik tarzida qabul qiladigan o‘smirlar ana shunday nutqdagi nuqsonlarni me’yor darajasida qabul qilishlari mumkin. Bu esa ularning tarbiyasiga, ma’naviy kamolotiga salbiy ta’sir qilishi turgan gap. 
Nutq madaniyati har bir xalqning o‘ziga xos qadriyati ekanligini unutmaslik zarur. Masalan, yoshlar (ba’zan o‘rta yoshdagilar ham) internet tili sifatida orfografik xatolar bilan, shevada yozishni bugungi kunda me’yor deb bilmoqda. Bu yozishmalarni an’anaviy maktub, kundalik sifatida qabul qilsak, yoshlar orfografik hamda stilistik xatoliklar bilan yozishga o‘rganib qolishgani bugungi kunda achinarli. Boshlovchi jurnalist qatorida studiyaga taklif qilingan mehmonlarning ham adabiy til me’yorlariga rioya qilmagan holatda o‘z fikrlarini bayon etishlari muloqotga asoslangan (suhbat, tok-shou kabi) dasturlarning “o‘ziga xos”ligiga aylanib ulgurmoqda. Ba’zan bu holatlar samimiyat, tabiiylik ruhini bersa ham, har bir millatning madaniy qadriyati bo‘lgan adabiy til me’yorlariga ziyon yetkazadi. Tarozining bir pallasida dasturlarning og‘zaki nutqdagi samimiy suhbati tursa, ikkinchi pallasida adabiy til me’yorlarining buzilishini ko‘rishimiz mumkin.
Aynan so‘zning ahamiyatini kamaytirmagan holatda OAVning o‘ziga xos nutqiy xususiyatlari bo‘lgan matbuotdagi illyustratsiya va bezak vositalari, radiodagi musiqa, ovoz va shovqin hamda televideniedagi tasvir kuchini ilmiy tahlil qilish davr talabiga aylangan. Bunda san’atshunoslik kesimida o‘rganish yetarli bo‘lmay, bu vositalarni auditoriyaga ta’sir kuchini aniqlashtirish uchun psixologik hamda sotsiologik nuqtai nazaridan ilmiy tahlil qilish zamon talabiga aylanmoqda. Ahamiyatlisi, bu yo‘nalishdagi tadqiqotlar uchun xorijlik mutaxassislarning izlanishlari yetarli bo‘lmay, auditoriyamizning milliy mentaliteti, ruhiyati, tariximiz hamda qadriyatlarimizni hisobga olib tayyorlanishi talab etiladi. Hozirda tadqiqotchilar mazkur yo‘nalishning bir qismi bo‘lgan OAVda imij masalasini ilmiy tahlil qilishayotgani diqqatga sazovordir. 
Jurnalist boshlovchilarning zamonaviy imijini hosil qilishda yangi kirib kelgan so‘zlarni to‘g‘ri talaffuz qilishlari katta ahamiyat kasb etmoqda. Hozirgi davrda OAV leksik tilida ham zamonaviy adabiy tilning yangilanish jarayonlari aks etadi. “Publitsistik uslubning har ikki shakli (og‘zaki va yozma) nafaqat so‘zlar, shuningdek, bir qator sintaktik tuzilmalar ham faollashdi. Ular iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, madaniy-ma’rifiy, sport, sog‘liqni saqlash kabi sohalarga xos dolzarb tushunchalarni anglatishga ko‘ra farqlanadi. Shuningdek, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-huquqiy, bank-moliya, ta’lim-tarbiya, tibbiyot va boshqa ko‘plab sohalarga oid diler, menejment, konsalting, kredit, lizing, ipoteka, kollej, bakalavr, magistr, onlayn, moderator, messenjer, mediamadaniyat, patronaj kabi o‘zlashma va yasalmalar o‘zbek tiliga publitsistik matnlar orqali kirib kelgan, shu uslubda qayta-qayta qo‘llanishi natijasida xalq tiliga kirib, vizuallik kasb etgan”.
Dastur boshlovchilari nutqimizga kirib kelgan bu kabi o‘zlashgan so‘zlarni qoidaga muvofiq aniq talaffuz qilishlari hamda yozma nutqda to‘g‘ri yozilishi kerak. Mazkur yangi so‘zlarning bugungi kunda to‘g‘ri talaffuz qilinishi, yillar o‘tib ularning orfografik xatolarsiz yozilishiga ham zamin hozirlaydi.
Yurtimizga tashrif buyuruvchi xorijlik sayyohlar moziydan xabar beruvchi mahobatli inshootlarni ko‘rib, ularga mahliyo bo‘lishadi. Qadimiylikda ana shu ulkan binolarga teng bo‘lgan tilimiz bugun xalqimizning o‘ziga xos madaniy boyligiga aylangan. Uni asrab-avaylash, kelajak avlodga bor jozibasi bilan yetkazishda jurnalistlarning alohida o‘rni bor.
Faol, ijodiy o‘qitish darsda, ayniqsa teletomoshabinlarning ongi va his -tuyg‘ulariga chuqur ta'sir ko‘rsatadigan ko‘rgazmali qurollardan foydalanishni anglatadi. Shulardan biriish turlari - og‘zaki nutqni rivojlantirishda ko‘rgazmali qurollardan foydalanish.
Vizual vositalardan foydalanishning maqsadi - tuzilgan nutqni mustahkamlashko‘nikmalar (bayonotning maqsadini aniqlash, materialni to‘plash va tizimlashtirish bayonot, bayondagi asosiy fikrni ochib berish, gapni boshqacha qilib qurishnutq uslublari), leksik ish olib borishda (so‘z boyligini kengaytirish - teletomoshabinlarbir qator so‘zlarning ma'nosini aniqlash).
Tasviriy san'at hissiyotlarni faollashtirishning qo‘shimcha vositasiga aylanaditilni o‘zlashtirish va bilishga hissa qo‘shadigan teletomoshabinlar.san'at asarlari teletomoshabinlarni o‘ziga jalb etish jarayonini boshqarishga xizmat qiladiqizil, hayotdan ajralmaydigan va keyingi rivojlanish mahsuli bo‘lgan fanga fikrlash va gapirish.
Tasviriy san'at, albatta, til darslarini hissiyotli, jonli va tasavvurli qilishiga yordam beradi.O‘qituvchi Levitan, Repin, Konchalovskiy yoki boshqa buyuk ustalar yozgan natyurmortlardan muvaffaqiyatli foydalanishi mumkin.
Tv dasturlarda til me’yorlaridan foydalanish teletomoshabinlarning so‘z boyligini boyitish va kommunikativ-nutqiy ko‘nikmalarini shakllantirish imkoniyatlarini ochib beradi, ular hududni, tarixiy yodgorlikni, madaniyatni tavsiflash ishiga o‘z hissasini qo‘shadi xabar.
Vizual materialni tanlashda, asosan, izchil nutqni rivojlantirishga, ularning badiiy qiymatiga e'tibor qaratish lozim.
Nutq faoliyatining asosini jumlalar tuzish tashkil etadi. Gap tuzish qobiliyati deganda gapning maqsadini leksik va grammatik vositalar bilan to‘g‘ri shakllantirish qobiliyati tushuniladi, ya'ni to‘g‘ri so‘zlarni mustaqil tanlash, aniqlash qobiliyati jumlaning tuzilishini va ma'lum bir tilga xos qoidalarga muvofiq leksik birliklar bilan to‘ldiring.
Og‘zaki nutqni o‘qitish yozma nutqni o‘rgatish bilan parallel va yaqin aloqada olib boriladi. Ko‘pincha, yozma nutqni o‘rgatishda og‘zaki nutqning malakasi va ko‘nikmalari qo‘llaniladi (noaniq: prezentatsiyalar va insholar yozishda og‘zaki takrorlashlar) va ko‘pincha, aksincha, og‘zaki nutqni o‘rgatish (masalan, monolog) izchil ish ustida ishlash ma'lum bir mavzuda yaxshi gapirish uchun adabiy til me’yorlariga qat’iy rioya qilinishi talab etiladi.
Eng muhim jihatlardan biri - ko‘rsatuv namoyishida bunday xatolarning darrov tuzatilishidir. Shu bilan birga, kuzatish ham foydali bo‘ladi. Teletomoshabinlarga ko‘p ismlar, unvonlar, faktlar yuklamang, yaxshisi ularning e'tiborini ikki yoki uchta rasmga qarating va shu bilan tartibsiz idrokdan saqlaning. Iloji boricha asl nusxaga mos keladigan reproduktsiyalarni namoyish qilish maqsadga muvofiq, rasmning rangli gamutini buzmang, rasmni qora va oq rangda takrorlashdan saqlaning. Telejurnalistning sharhlari, ko‘rganlari va eshitganlari haqida teletomoshabinlar bilan suhbatlari muhim emas.
Bugungi kunda telejurnalistning bevosita efir amaliyotidagi eng samarali yo‘nalishlardan biri – voqea-hodisaning mohiyatini ixcham va tushunarli tarzda ifodalash orqali axborotni tezkor va sifatli ko‘rinishda auditoriyaga yetkazib berishdan iborat. Bunday “so‘z konsentrati” aslida voqeani ramziy tarzda fahmlashga xizmat qilmoqda va tomoshabinning vaqtini tejaganligi bois ularga ma’qul bo‘lmoqda. Axloqiy jihatdan tarbiyalangan jurnalist auditoriya qarashlari va axloqiy mezonlari bilan o‘rtoqlashadigan odamlardan iborat emas balki, radio aholining turli qatlamlari vakillariga mo‘ljallanganligini unutmasligi kerak. So‘z erkinligi qaror topishida ommaviy axborot vositalari xodimlari o‘z faoliyatlari uuchun javobgar sanaladilar.
Eng avvalo, uning auditoriyaga taqdim etayotgan axboroti ishonchli, yetarli faktga asoslangan va shaxsiy munosabatdan xoli bo‘lishi talab etiladi. Ishonchli axborotda dalillar yoki fikr-mulohazalarning to‘g‘riligi ma’lumot olingan manbaga ko‘ra belgilanadi – tinglovchi xabarning qayerdan olinganligi va bayon etilyotgan mulohaza kimga tegishli ekanligini bilishni xohlaydi. Bunda xabar voqea sodir bo‘lgan joyda o‘z muxbirlarining yoki tekshirilgan ma’lumotlarning yo‘qligi sababli jahon tajribasiga tayangan holda kamida ikkita manbaning tasdig‘ini topgan bo‘lishi kerak, ayniqsa yangiliklar dasturi bunga qat’iy amal qilishi kerak. Telejurnalist yangiliklarni zaruriyat paydo bo‘lganda, uning noto‘g‘ri xabar tarqatishida ayblashgan taqdirda o‘zining xaqligini tasdiqlay oladigan dalillarga asoslangan ko‘rinishida tuzishi kerak.
Teleradiokanallarning har bir dasturi va eshittirishini kuzatar ekanmiz, deyarli kamchiliklarsiz, shuningdek tomoshabin va tinglovchi uchun tushunarli va juda muhim ahamiyatga ega boʼlgan mavzu yoritilayotganining guvohi boʼlamiz. Bunda aytib oʼtilgan fikrlar boshlovchining aynan axborot globallashuvi jarayonida eng muhim yangiliklardan foydalanib, yoshlarga ijobiy taʼsir qiluvchi maʼlumotlarni keltirganligini koʼra olishimiz mumkin.
Teleko’rsatuvlarning adabiy bo’yoqlarga burkangan holda yetkzailishiga urinishlar jurnalistlar e’tiboriga boshqa bir masala stilistik so’z tanlash muammosini olib chiqadi, ya’ni janr yo’nalishiga mos so’z va jumlalar ishlatilishi ko’rsatuv tushinilishi va qabul qilinishini oshiradi.
Ma’salan ko’ngilochar ko’rsatuv boshlovchisi hattoki ilmiy atamalarning ham xalqbop ommaviy ta’riflaridan foydalangan holda yetkazib berishga urinishi til qoidalaridan chetga chiqish deya olmaymiz, hamda bunday usul va vositalardan foydalanish ham o’ziga yarasha mahorat talab etishiga e’tibor qaratishimiz lozim.
Keyingi paytlarda intellektual oʼyin shaklidagi muloqotli eshittirishlar ham koʼpaydi. Bu teleko‘rsatuvlarning rang-barangligini va tinglovchilar qiziqishining ortishiga omil boʼladi. Bu eshittirishlarning muallifi yoki boshlovchisi muloqotga kirishgan mehmon, tinglovchi bilan tanishishda, qiziqishlarini, kasbi, yoshini soʼrashda qisqalikka eʼtibor qaratib, eshittirish asosiga koʼproq eʼtibor qaratsa, maqsadga muvofiq boʼlardi.
Jurnalistika taraqqiy etishi bilan bu kasbning turli qirralari, xillari paydo boidi. Jurnalistika nashrlarini xabardor qiluvchi jumalistlar - muxbir, reporter deb, keyinchalik jurnalistika va adabiy ijod rivojlanishi bilan publitsist, sharhlovchi, jumalistikaning ma’lum janrlari bo‘yicha ijod qiluvchilarni - feletonchi, ocherkchi deb atash odat tusiga kirdi. Jurnalistika nashrlarini bevosita tayyorlash va chiqarish bilan bogiiq boigan muharrir, musahhih. (korrektor), matbaachi kabilar kelib chiqdi. Ommaviy axborot vositalarining paydo boiishi bilan fotojurnalist. telejurnalist, suxandon, operator kabi kasblar ham paydo boyidi.
Jurnalistika va ommaviy axborot vositalari taraqqiy eta borishi bilan bu tarmoqlanish yana davom etaveradi. Jurnalist mehnatining uch asosi va uch tarkibiy qismi mavjud. Jurnalist mehnatining ijtimoiy-siyosiy asosi uning qaysi jamiyatda, qanday mafkura va dunyoqarashga xizmat qilishidan kelib chiqadi. O 'z milliy mustaqilligiga erishgan O‘zbekistonda jurnalistika kasbining ijtimoiysiyosiy va huquqiy asoslari to ‘la ko‘rsatib berilgan.
Bu o‘z xalqi, o‘z vatanining ravnaqi uchun, mustaqillikni yanada mustahkamlash, milliy taraqqiyotga erishish, adolat va demokratiya y o iid a ijod qilishdan iborat. Jurnalist mehnatining huquqiy asoslari parlamentimiz tomonidan qabul qilingan “Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida”, “Jurnalistik faoliyatni himoya qilish to‘g‘risida”, “Axborot olish kafolatlari va erkinligi to‘g‘risida” kabi qonunlar va O‘zbekiston Konstitutsiyasida belgilab berilgan.
Noto‘g‘ri imlo (yoki noto‘g‘ri ism)yordamida ismlar (kompaniyalar va odamlar) har doim to‘g‘ri yozilishi kerak. Agar ishonchingiz komil bo‘lmasa, standart, qabul qilingan imloni ko‘rish uchun asosiy yangiliklar veb-saytlarida nomlarni talaffuz qilishda xatolarga yo‘l qo‘yilyapti.
Efirda ismlarni noto‘g‘ri talaffuz qilish potentsial noprofessionallikdir. Natijada tomoshabinlar asarning qolgan qismiga ishonchni yo‘qotishi mumkin. noto‘g‘ri yoki ahamiyatsiz taniqli rasmlar maqolalar platformalarga yuklanganda, tizim tomonidan tanlangan rasm tanlanadi.
Ushbu maqolalar ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilganda, bu havola yonida ko‘rsatilgan taniqli rasm turli so’zlar bilan ham ifoda etilishi mumkin. Har doim xususiyat rasmlarini tasvirlashda kerakli so’zlarni tanlashga stilistika qoidalarga amal qilishga juda muhim nuqtalardan sanaladi. Agar shunday qilmasangiz, uning o‘rniga ahamiyatsiz yoki haqoratli tasvirlar va so’zlar paydo bo‘lishi xavfi bor.
Misol uchun, sug‘urta reklama tasavvur avtohalokat haqida bir yangilikda aks ettirilishini. Bu tasodifiy bo‘lsa-da, u yomon holatgaga o‘xshaydi. Tasvir tarafkashligini yaratish yangilik bilan birga joylashtirilgan rasm tomoshabinning matnni idrok etishiga ta'sir qilishi mumkin.
Muayyan jurnalistik materiallarda ba'zi siyosatchilarning yaxshi fotosuratlari va boshqalarning yomon fotosuratlari borligini ko’rishimiz mumkin. Bu tasodifiy yoki maqsadli tasvir tarafkashligi hamda yetarli darajada so’zlar bilan ochib berilmasligiga olib kelishi ehtimoli mavjuddir.
Tasvirlar odamlarni kuchli yoki zaif, kuchli yoki himoyasiz, kulgili yoki obro‘li ko‘rinishga olib kelishi mumkin. Bu janrga xos hiyla, lekin bu har kuni sodir bo‘ladi. Noaniq olmoshlar samarali yangiliklar yozish ismlarni aniqlaydi (va ular kontekstda kim).
Birinchi foydalanishdan keyin olmoshlardan foydalanish yaxshi. Ammo bu chalkashlikka olib kelishi mumkin bo‘lsa, ularni hech qachon ortiqcha ishlatmang.
Tomoshabin har doim maqola kimga murojaat qilayotganini bilishi kerak.
Asl yangiliklarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri qayta yozish qayta yozish uchun boshqa jurnalistning maqolasidan yangiliklar maqolasini nusxalash bema'ni, dangasa va blog yuritishda keng tarqalgan.
Asl tadqiqot uchun hikoyani o‘zingiz ta'qib qiling yoki hamma narsani belgilang va o‘z yondashuvingizni toping kabi tavsiyalar mavjud. Birovning yangiliklarini qayta yozish oson, lekin bu yangilik badiiy qimmati qanchalik baholanishi haqida fikrlarni tug’diradi. Bu hatto plagiat bo‘lishi mumkin. Aniqlik yetishmasligi-yangiliklar sarlavhalari aniq bo‘lishi kerak.
Noaniqlik keng tarqalgan (va halokatli) xatodir. Agar siz hech qachon ochilmaydigan ip kabi yangiliklarni o‘qigan bo‘lsangiz, bu nimani anglatishini bilib olasiz. Misol uchun, 'jabrlanuvchining do‘stining amakisining amakivachchasi' degan narsa aslida hech narsa demaydi.
Noto‘g‘ri idiomalardan foydalanish idiomalar ajoyib va ular tilni qiziqarli qiladi. 'Qattiq yangiliklar' faqat joy emas so‘zlar yoki iboralarni noto‘g‘ri (yoki noo‘rin) ishlatish keng tarqalgan kamchilikdir.
Agar siz biron bir xususiyatga so‘z yoki iborani qo‘shsangiz, etimologiya yoki ma'noni qidiring. Ba'zan, bu sizning fikringizcha nimani anglatishini anglatmaydi. Shunday qilib, yangiliklar oddiy tushunmovchilik bilan ko‘p odamlarni xafa qilishi mumkin.
Juda ko‘p til me’yorlari buzilishi tafsilotlarni ko‘rib chiqish ortidan tomoshabinlar faktlarni yo‘qotadilar. Ahamiyatsiz tafsilotlarni qo‘shish va tomoshabinlar axborot haddan tashqari yuklanishidan aziyat chekishadi. Shaxsiy yoki maxfiy ma'lumotlarni eslatib o‘tishda maxfiylikka rioya etish lozim va bu boshqa alohida masala.
Yangiliklar yozuvida sarlavha bilan bog‘liq muhim tafsilotlar bo‘lishi kerak. Undan ko‘p yoki kam emas. Noto‘g‘ri yoki qisman iqtibos jurnalistlar va yozuvchilarga aniq iqtibos keltirish ishoniladi.
Hech qachon iqtibos qanday qabul qilinishini o‘zgartiradigan, o‘zgartiradigan yoki ta'sir qiladigan qisman xatolar ham kuzatiladi. Bu jurnalist qila oladigan eng xavfli xatolardan biri.
Bizning jamiyatimizda jurnalistika kasbi ulug‘lanadi hamda unga yuksak talablar qo‘yiladi. Jurnalist mehnatining iqtisodiy asosiga uning mehnatiga muvofiq to’lovlar - maosh, qalam haqi, mukofotlar kiradi. Bizda iste’dodli, o ‘z kasbining haqiqiy egasi bo‘lgan jurnalistlar uchun yetarli darajada iqtisodiy shart-sharoitlar yaratilmoqda. Eng yaxshi jurnalistlar davlatimizning mukofotlariga sazovor bo‘lishmoqda, el orasida ardoqlanishmoqda. Bularning hammasi ularning o’z kasblariga yuksak ijtimoiy javobgarlik hissi bilan vijdonan yondashganligi natijasi desak mubolag’a bo’lmaydi.
Jurnalist shunday yuqori darajadagi xalqa ishonchi va hurmatiga kerak bo’lsa e’tirofiga yillar davomida qilingan samarali mehnati orqali erishadi, tomoshabin yillar davomida e’tirofini bir nechta ko’rsatuvlarda ushbu jurnalist tomonidan yo’l qo’yiladigan adabiy til qoidalari, talablari buzilishi tufayli yo’qotishi ham mumkin.
Jurnalist kasb etikasi nuqtayi nazaridan ham materialning to’g’ri rasmiylashitirilganligiga javobgar desak bo’ladi. Teletomoshabin shuningdek, ko’rsatuvlar saviyasiga qiziqarlilik nuqtayi nazaridan ham baho berishi turgan gap.
Shunday bo’lsa-da qiziqarli qilish jarayonida tahrir etilayotgan jurnalistik materiallar linvistik qoidalar doirasida qolishiga erishilishi muhimdir, bunda jurnalist kuchli bog’lanishli birikmalar tomoshabin uchun ko’proq tushunarli sinonimlarni qo’llay olish mahoratini til qoidalariga rioya etgan holda amalga oshirishi e’tiborga molik jihatlardan sanaladi.



Download 86.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling