Reja: Kirish I bob. Nevropsixologiya fanining ilmiy-nazariy tahlili


Neyropsixologiya sohasi bo'yicha o'zbek olimlari ham ulkan izlanishlar hamda xissalar qo'shib kelmoqdalar. Jumladan, Zarifboy Ibodullayev – tibbiyot fanlari doktori, professorni misol qilib ko'ratishi


Download 59.4 Kb.
bet7/12
Sana10.02.2023
Hajmi59.4 Kb.
#1184147
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
kurs ishi tibbiyot

Neyropsixologiya sohasi bo'yicha o'zbek olimlari ham ulkan izlanishlar hamda xissalar qo'shib kelmoqdalar. Jumladan, Zarifboy Ibodullayev – tibbiyot fanlari doktori, professorni misol qilib ko'ratishimiz mumkin.


Zarifboy Ibodullayev – Toshkent tibbiyot akademiyasi “Аsab kasalliklari, tibbiyot psixologiyasi va psixoterapiya” kafedrasi professori, tibbiyot fanlari doktori. Z. Ibodullayev 1997-yilgacha deyarli psixiatriya fani mavzulariga o`xshab qolgan tibbiyot psixologiyasi mavzularini qayta ko`rib chiqish zarurligini ilgari suradi.U tufayli Respublikada birinchi bo`lib tibbiyotda “Freyd nazariyasi va psixoanaliz” ta`limoti o`qitila boshlanadi. U 2005-yilda asab kasalliklari ixtisosligi bo`yicha “Yarimsharlararo funksiyonal asimmetriya va serebral insultlarda neyropsixologik sindromlar, ularni korreksiya qilish yo`llari” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini yoqlaydi. Ushbu ilmiy ish O`zbekistonda neyropsixologiyaga oid dastlabki doktorlik dissertatsiyasi edi. Z. Ibodullayev tomonidan 2002-yili ilgari surilgan 2 ta yirik konsepsiya, ya’ni ambidekstlarda insult modeli va miyaning psixologik himoya konsepsiyasi xorijlik olimlar, hususan I.M. Tonkonogiy (AQSh), H. Shonle (Germaniya), E.D. Xomskayada (Rossiya) katta qiziqish uyg‘otadi. Professor Zarifboy Ibodullayev 160 dan oshiq ilmiy asarlar muallifi. Uning ilmiy rahbarligida nevrologiya, neyropsixologiya va tibbiyot psixologiyasi yo‘nalishlari bo‘yicha dissertatsiya ishlari tayyorlangan va tayyorlanmoqda. 


I Bob bo'yicha xulosa
Yuqoridagi mavzuni ilmiy-nazariy jihatdan yoritish bobidan kelib chiqib quyidagi xulosalarga keldim: Neyropsixologiya – bosh miyaning lokal va diffuz zararlanishlarida oliy ruhiy funktsiyalarni o’rganuvchi fan. Albatta bu fan oliy ruhiy funktsiyalarning ontogenezda shakllanish bosqichlarini miyaning morfofunktsional sistemalariga bog’lab o’rganadi. Neyropsixologiya nevrologiya, psixologiya va fiziologiya negizida shakllandi. Neyropsixologiyaning asosiy maqsadi- miyaning xatti-harakat va ruhiy jarayonlarni, jumladan, his-tuyg'ular, idrok va ongni qanday ishlab chiqarishi va boshqarishini tushunishdir. Bu maqsadga biologik va xulq-atvor sohalarini bog'lash uchun ob'ektiv choralar yordamida sog'lom va shikastlangan miya tizimlarini o'rganish orqali erishiladi. Neyropsixologiya tarixiga nazar tashlaydigan bo’lsak, u bosh miya katta yarim sharlari po’stlog’ida oliy ruhiy funktsiyalar markazlarini aniqlashga urinishlardan boshlangan. Chet elda Donald Xebb psixologiya va nevrologiya olamini birlashtirishdagi faoliyati uchun "neyropsixologiyaning otasi" sifatida tanilgan. Bundan tashqari Karl Vernike 19-asrning nufuzli neyropsixiatri boʻlgan, ayniqsa miyaning maʼlum hududlarida anormalliklarni qanday lokalizatsiya qilish mumkinligini tushunishga qiziqqan. Yana bir buyuk olim Pol Broka miyaning lokalizatsiyasi sohasida erishilayotgan yutuqlardan ilhomlanib, oʻzining koʻp umrini nutqni tushunish va ishlab chiqarish hodisalariga bagʻishlagan. Uning tadqiqoti natijasida biz chap yarim shar orqali artikulyatsiya qilishimiz aniqlandi va kengaytirildi.
O'zbekistonlik olim Zarifboy Ibodullayev – Toshkent tibbiyot akademiyasi “Аsab kasalliklari, tibbiyot psixologiyasi va psixoterapiya” kafedrasi professori, tibbiyot fanlari doktori nevropsixologiya sohasiga ulkan hissa qo'shgan. U tufayli Respublikada birinchi bo`lib tibbiyotda “Freyd nazariyasi va psixoanaliz” ta`limoti o`qitila boshlanadi.

Download 59.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling