Reja: Kirish I bob. Nevropsixologiya fanining ilmiy-nazariy tahlili
Download 59.4 Kb.
|
kurs ishi tibbiyot
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nevropsixologiya tarixi
Vazifalari: Nevropsixologiya fani quyidagi masalalarni o’rganishni o'z vazifalari qatoriga kiritadi:
Psixologik sistemalar ta’limoti; Oliy ruhiy funktsiyalarning shakllanish qonuniyatlari va ularning dinamik joylashuvi; Bosh miya katta yarim sharlarining spetsifik funksiyalari yoki funksional assimetriya ta’limoti; Nevropsixologik buzilishlarning sindromik tahlili; Topografik diagnostika usullari (Luriya usullari); Nevropsixologik korreksiya usullari. Bugungi kunda nevropsixologiya fanining vazifalari biroz boshqacha talqin qilinadi. O'z ilmiy yo'nalishlarini yo'qotmagan holda, nevropsixologiya fani tibbiy amaliyotga keskin kirib keldi. Nevropsixologlar safi nevrologlar hisobiga kengaydi. Ko'pgina tibbiyot universitetlarida klinik nevropsixologiya bo'limlari faoliyat ko'rsata boshladi. Mashxur klinik psixologlar Judit Todd, Artur K. Bogart(2001) nevropsixologiya fanini bosh miya zararlanishlarida kuzatiladigan barcha psixologik buzilishlarni (xulq-atvor, shaxs va h.k.) o'rganuvchi fandir hamda nevropsixologlar miya jarohatlarini davolashda faol ishtirok etishlari kerak, deb ta'kidlashadi. Nevropsixologiya tarixi: Neyropsixologiya tarixiga nazar tashlaydigan bo’lsak, u bosh miya katta yarim sharlari po’stlog’ida oliy ruhiy funktsiyalar markazlarini aniqlashga urinishlardan boshlangan. 1836-yili Frantsiyaning kichik bir shahrida tibbiy jamiyat yig’ilishlaridan birida oddiy vrach Mark Daks jamiyat raisidan o’zining kuzatuvlari to’g’risida ma’lumot berishga ruxsat so’raydi. Uning nutqida quyidagi jumlalar bor edi: «Men bosh miyaning chap yarim shari zararlangan bemorlarning barchasida nutq buzilishlarini kuzatdim, lekin o’ng yarim shar zararlangan bemorlarning birortasida ham nutq buzilishi uchramadi. Demak, aynan bosh miyaning chap yarim shari nutq uchun mas’ul, ya’ni u erda nutq markazlari joylashgan». Bu paytgacha nutq uchun bosh miyaning ikkala yarim shari ham javob beradi deb, faraz qilinardi. Lekin u o’z mulohazalarini anatomik tekshiruvlar bilan tasdiqlamagan (bunga imkoniyat bo’lsa-da) va chop qildirmagan. Shuning uchun ham M.Daksning og’zaki qilgan ma’lumotiga o’sha kuni olimlar e’tibor ham qilmadi va ushbu to’g’ri fikr tez orada unutildi.1861-yili yosh frantsuz olimi atropolog Pol Brok nutqi buzilgan va tananing o’ng tomoni falajlangan bitta bemorni kuzatadi. Bu bemor tez orada vafot etadi. Uning bosh miyasi ochib tekshirilganda, chap yarim sharning pastki peshona pushtasining orqa qismida infarkt o’chog’i aniqlanadi (bu soha keyinchalik Brok markazi deb atalib boshlandi). Ushbu bemorning miyasi xanuzgacha Parijdagi tibbiyot muzeyida saqlanib keladi. Bemor atrofdagilarning gapiga tushunsa-da, o’zi gapira olmasdi, faqat “ta-ta-ta” degan tovush chiqarardi xolos. Nutq buzilishining bu turi keyinchalik «motor afaziya» deb nom oldi. O’sha davrdan boshlab bosh miyada turli markazlarni izlash katta qiziqish bilan boshlanib ketadi. Biroz vaqt o’tmay, nemis psixiatri K.Vernike 1874-yili chap chakka bo’lagining ustki pushtasi zararlanganda ham nutq buzilishini kuzatib, sensor nutq markazini aniqlaydi. 1876-yili Ferrier chakka bo’lagida eshituv markazini, 1881-yili Munk itlarning bosh miyaning ensa qismi olib tashlanganda «narsalarni ko’rsada, tanimasligini», o’sha yili Eksner o’rta peshona pushtasining orqa qismi zararlanganda yozish buzilishini aniqlaydilar.Albatta, bu kashfiyotlar o’sha davrdagi olimlarni hayratga soladi, ya’ni ular bosh miyada turli markazlar, hatto ong, xotira, tafakkur markazlarini izlab boshlashadi. Shu davrdan boshlab fanda «lokalizatsionizm» degan yo’nalish yuzaga keladi. “Lokalizatsiya” iborasi frantsuzchada «joy» degan ma’noni anglatadi.1870-yili Finkelnburg lokalizatsionchilarga qarshi chiqib, bosh miya po’stlog’i zararlanganda «asimboliya» rivojlanadi, xolos deydi. Uning fikricha, simvollarni ishlatish qobiliyati buzilishi natijasida nutq faoliyati, narsalarni tanish va turli ongli harakatlarni bajarish buzilarkan. Lokalizatsionchilar nuqtai nazarini 1864-1874 yillari o’zining kuzatuvlariga asoslanib, mashhur ingliz nevrologi D. Jekson tanqid qiladi. D. Jekson, asosan, nutqning dinamik tomonlari bilan qiziqdi. U «bosh miyada nutq buzilishiga sababchi bo’lgan zararlanishni joylashtirish» va «nutqning o’zini joylashtirish» ikki xil narsa, degan edi.D. Jekson afaziyada nutq funktsiyasining to’la yo’qolmasligiga e’tibor qaratadi. Afaziya kuzatilgan bemorda maqsadga yo’naltirilgan nutq buzilishi mumkin, biroq hissiy nutq saqlanib qoladi, deb fikr yurgizadi u. Masalan, biron-bir so’zni bemor affekt holatida aytib yuborishi, lekin ixtiyoriy holda esa gapira olmasligi mumkin. D. Jekson «nutqini yo’qotgan» odam «so’zlardan ham judo» bo’lgan degani emas, chunki so’zning anglanmagan qismi ham mavjuddir deydi. Shuning uchun «nutqidan judo» bo’lgan bemorning fikrlash jarayoni biroz pasaysa-da, hali fikr yurgizishga qobiliyatli. D. Jekson maqsadga yo’naltirilgan nutq bosh miyaning chap yarim shari bilan, hissiy nutq esa o’ng yarim shar faoliyati bilan bog’liq, deb aytgan. D. Jekson birinchilardan bo’lib, MNS funktsiyalarining murakkab tuzilishi to’g’risidagi g’oyani ilgari surdi. Uning fikriga ko’ra, har bir funktsiya 3 bosqichdan iborat: «quyi» (orqa miya, miya ustuni), «o’rta» (bosh miya po’stlog’ining harakat va sezgi markazlari) va «oliy» (bosh miyaning peshona bo’lagi). «Oliy» markazlar zararlanganda nafaqat patologik simptomlar paydo bo’ladi, balki ijobiy o’zgarishlar ham kuzatiladi: «quyi» markazlar «oliy» markazlar nazoratidan xalos bo’lib, o’z faoliyatini kuchaytiradi. Bunga markaziy piramidal yo’llar zararlanganda spinal reflekslarning kuchayishini misol qilib ko’rsatadi. Agar afaziyada so’zlash, o’qish va yozish qobiliyatlarining buzilishi salbiy alomatlar bo’lsa, hissiy nutq saqlanib qolishi va birovning so’ziga tushunish ijobiy xislatlardir, degan edi D. Jekson. U 1868-yili afaziya nafaqat bosh miyaning chap yarim shari, balki o’ng yarim shari zararlanganda ham kuzatilishini e’lon qilgan. Bu bemorlar chapaqay bo’lgan. D. Jeksonning bu xulosalari bosh miyaning funktsional asimmetriyasini o’rganishga turtki bo’ldi. Keyinchalik bosh miya katta yarim sharlari po’stlog’ida bir qancha markazlar kashf qilindi. Shuning uchun olimlar D.Jeksonni “miyaning funktsional asimmetriyasi” haqidagi ta’limotni birinchi bo’lib ilgari surgan deb hisoblashadi. Bundan tashqari uyg'onish davridan keyingi davrda nevrologiya va psixologiya so'zlari kiritilgan bo'lib, ulardan neyropsixologiya atamasi olingan. O'zining 1664-yildagi Serebri anatomiyasida o'sha davrning eng ko'zga ko'ringan anatomi Tomas Uillis (1621-1675) nevrologiya so'zini yunon tilida taqdim etgan. Vaqt o'tishi bilan nevrologiya va psixologiya atamalari, mos ravishda Uillisning nervlar va ruh haqidagi ta'limotlari umumiy lug'atning bir qismiga aylandi. Biroq yillar o‘tishi bilan bu so‘zlar ham yangi ma’no kasb etdi. Lashley 1936-yilda Boston Psixiatriya va Nevrologiya Jamiyati oldidagi taqdimotida miya shikastlanishi va xatti-harakati kontekstida neyropsixologiyadan foydalangan. Uning Bostondagi murojaati 1937-yilda nashrda paydo bo'lgan. Biroq, Leshli bu qo'shma so'zni birinchi bo'lib ishlatmagan. U 1913 yilda Uilyam Osier (1849-1919) tomonidan Jons Xopkins kasalxonasining Phipps psixiatrik klinikasida o'qitish bilan bog'liq nashr etilgan nutqida ishlatilgan. Download 59.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling