Reja: kirish I bob. Yoshlar turizmini rivojlantirishning nazariy asoslari


Download 0.72 Mb.
bet1/14
Sana26.06.2023
Hajmi0.72 Mb.
#1655819
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
O`zbekistonda yoshlar turizmini rivojlantirishning jahon tajribasi


Mavzu: O`zbekistonda yoshlar turizmini rivojlantirishning jahon tajribasi


REJA:
KIRISH
I BOB.YOSHLAR TURIZMINI RIVOJLANTIRISHNING NAZARIY ASOSLARI
1.1. Yoshlar turizmining mazmuni va mohiyati
1.2. Yoshlar turizmini rivojlantirishda davlat ustuvorligi
II BOB. O’ZBEKISTONDA YOSHLAR TURIZMINI RIVOJLANTIRISHNING JAHON TAJRIBASI
2.1. O`zbekistonda yoshlar turizmi uchun yaratilgan imkoniyatlar tahlili
2.2. Yoshlar turizmini rivojlantirishda jahon tajribasi (Ispaniya misolida)
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
ILOVALAR

KIRISH


Mavzuning dolzarbligi. Turizm XXI asrda jahon iqtisodiyotiga juda katta ijobiy ta’sir qiluvchi ijtimoiy-iqtisodiy soha bo’lib kirib keldi. Butunjahon turizm tashkilotining ma’lumotlari bo’yicha dunyoda ishlab chiqarish va servis oborotining 10 % ini turizm tashkil qilmoqda.
Keyingi 20 yilda xalqaro turizmning rivojlanishi dunyo bozorida tovar va xizmatlarning kuchli eksport qilinayotganligi kuzatilmoqda. Ya’ni turistik xizmatlarning eksportda o’sishi 8 % ga o’sib umumiy xizmatlar savdosining jahon bo’yicha 30-35 % ini tashkil qilmoqda.
Xalqaro turizmda yoshlar turizmi yo’nalishi ayniqsa dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. “Yoshlar turizmi” tushunchasi ostida yoshlarning bir-biriga yaqin umumiy maqsadlar mushtarakligiga asoslangan katta kompaniyada individual yoki guruhiy tarzda yoshlarning dam olishlarini ifodalovchi sayohat faoliyati turadi. Ammo bugungi kunda yoshlar bir qator muammolarga duch kelmoqdalar: turistik xizmatlar va turlarning qimmatligi; viza rejimi; yoshlarga ko’rsatiladigan turistik xizmatlar sifatining pastligi; yoshlar turistik obyektlarining o’ta yemirilganligi uzoq muddatda ishlamay qolganligi va xokazolar.
Yoshlar turizmning bugungi kundagi o’ziga xosligi – zamonaviy yoshlar turizmni olamni o’rganish vositasi sifatida qarashi hisoblanadi. Ularning fikricha, aynan turizm ular dunyoqarashini kengaytirish yo’llaridan biri deb baholanadi.
Yoshlarning ma’naviy turizm bilan band bo’lishi ayni paytda jinoyatchilikning narkomaniya alkogolizmning keng quloch yoymasligiga yordam beradi. Hayot tarzining buzilishi yoshlarda pessimizmning kuchayishiga turli oqim va guruhlarga qo’shilib qolishiga imkon beradi. Bu esa bugungi kunning eng asosiy muammolardan biri hisoblanadi.
Mamlakatimiz aholisining qariyib 60 foizi yoshlardan iboratligini yurizm mamlakat iqtisodiy taraqqiyotida kata potensialga egaligini inobaga olsak yoshlar turizmni rivojlantirish bugungi kunning eng asosiy dolzarb masalalaridan biri ekanligini ham tan olishimiz lozim. Chunki bugungi yoshlar ertangi kelajak vakillari hisoblanadi. Mamlakat iqtisodiy taraqqiyoti ayniqsa turizm sohasi kelajagi yoshlarning qo’lida.

Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling