Reja: kirish I bob. Yoshlar turizmini rivojlantirishning nazariy asoslari


Turizm tashkilotchilari ya’ni turoperatorlik va turagentlik tashkilotlari


Download 0.72 Mb.
bet3/14
Sana26.06.2023
Hajmi0.72 Mb.
#1655819
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
O`zbekistonda yoshlar turizmini rivojlantirishning jahon tajribasi

Turizm tashkilotchilari ya’ni turoperatorlik va turagentlik tashkilotlari – turistik mahsulotlarini yaratish va realizatsiya qilish bilan shug‘ullanishadi. Taraqqiyotning hozirgi bosqichida mamlakatning yoki turistik markazning ijtimoiy tuzilishidan qat’iy nazar turizm sohasida turistik faoliyatni amalga oshiruvchi birqancha turli xildagi korxonalar, chunonchi: turizmni tashkillashtiruvchi turoperator va turistik agentliklar mavjud.
Turizm tashkilotchilariga turizm sohasidagi ikki xil korxona mansubdir: turoperatorlar va turistik agentliklar. Bu korxonalar turizm xizmatining o‘zi bilan bevosita shug‘ullanmaydilar, balki faqat iste’molchi (turist) bilan bevosita xizmat ko‘rsatuvchining o‘rtasida vositachilik vazifasini bajaradilar.
Turoperatorlar turistik mahsulotni shakllantirishni (tuzish yoki loyihalash), uni bozor tomon harakatini, shuningdek realizatsiya qilinishini amalga oshiruvchi
Yuridik yoki jismoniy shaxsdir. Shuningdek, turoperator turistik mahsulotni iste’molchi (turist) oldida bajarilishi uchun javob beradi va amalda turistik mahsulotni nazorat qilish va operativ kuzatib borishni amalga oshiradi.
Turistik agentliklar (turagent) – bu iste’molchiga, ya’ni turistga yoki mijozlarga ayrim turistik xizmatlar va turlarni chakana sotish funksiyasini amalga oshiruvchi yuridik yoki jismoniy shaxsdir.

  • O‘yin-kulgu va bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish bo‘yicha korxonalar – bularga tematik parklar, kino konsert zallari, o‘yin avtomatlari joylashgan zallar kiradi va buyerlarda turistlar bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishlari mumkin.

  • Ovqatlantirish korxonalari – restoran, kafe, bar, chiyxona va shu kabilarni kiritishimiz mumkin. Bu korxonalar turizmda asosiy xizmatlardan biri bo‘lib bu yerda turistlarning ovqatlanishga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirishimiz mumkin.

  • Takidlash joyizki, ovqatlanish korxonalari turistlarga yana turli xil qo‘shimcha xizmatlarni ko‘rsatadi, jumladan: turli bayramlarni, nomerda ovqatlanishni, nomerda mini barlarni tashkil etish va boshqalar. Shuningdek, turistlarga nafaqat tashrif buyurgan joylarida balki, avtobuslarda, temir yo‘l transporlarida, havo va suv transportlarida ham ovqatlanish xizmatlari ko‘rsatiladi.


  • Download 0.72 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling